?ADTI.UZ | Rasmiy kanali

Description
? Andijon davlat tibbiyot instituti
®️ 1955-yilda asos solingan.
? Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy
? Telefon: (0-374) 223-94-60
⌨️ Murojaat uchun: @adti_murojaat_portali_bot
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 Monat, 3 Wochen her

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 Monate, 2 Wochen her

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 Jahr, 7 Monate her

1 month, 3 weeks ago
1 month, 3 weeks ago
?ADTI.UZ | Rasmiy kanali
1 month, 3 weeks ago
?ADTI.UZ | Rasmiy kanali
1 month, 3 weeks ago
***?******?******?***

???

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI REKTORI M.M.MADAZIMOVNING YANGI YIL TABRIGI

Assalomu alaykum, aziz instiutimiz jamoasi, qadrli professor-o‘qituvchilar, ilmga chanqoq talaba-yoshlar! Kirib kelayotgan yangi yil bayrami barchangizga qutlug‘ bo‘lsin!

Yangi yil yangi orzular, yangi maqsadlar ayyomi. Bu kunni barchamiz intiq bo‘lib kutamiz. O‘tgan yil sarhisobini qilib, yangi yilga katta rejalarni maqsad qilamiz.

Shu qatorda aytib o‘tishimiz joizki, o‘tgan 2024-yil Andijon davlat tibbiyot institutiga ham muvaffaqiyatli keldi. Boisi, bu yil yangi o‘quv yilini yangi o‘quv binosi bilan qarshi oldik. Institut klinikasi ham to‘liq ravishda bizning tasarrufimizga o‘tdi, hozirda klinikada qurilish-bunyodkorlik ishlari ayni avjida.

Yangi va zamonaviy 2000 o‘rinli o‘quv binoyimiz 7 qavatdan iborat bo‘lib, har bir qavatda 28 ta xona mavjud. Binoda umumiy 12 ta maʼruza zali mavjud. Binoning 2-qavatida jahon standartlariga mos katta imkoniyatlarga ega simulyatsiya markazi joylashgan. Zamon talablariga to‘la mos keladigan Simulyatsiya markazidan esa zamonaviy robot simulyatorlar o‘rin olgan.

Shuningdek, institutning Markaziy ilmiy-tekshirish laboratoriyasi ham qurib bitkazildi. Ushbu bino 4 qavatdan iborat bo‘lib, 400 o‘ringa mo‘ljallangan. Binoda 30 ta o‘quv xonalari, 21 ta laboratoriya xonasi, 1 ta maʼruza zali, 28 ta kafedra mudiri va yordamchi xonalari mavjud. 1 qavatli vivariy binolari, tashqi yordamchi bino va inshootlarida qurilish ishlari yakunlanish arafasida.

Talabalarni turar joy bilan taʼminlash borasida navbatma navbat yangi turar joylarni qurib bitkazmoqdamiz. Joriy yilda ham Davlat xususiy sherikchiligi asosida yangi 400 o‘ringa mo‘ljallangan talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi.

Xalqaro hamkorliklarni rivojlantirish borasida ham yakunlanayotgan yil samarali bo‘ldi deb bemalol ayta olaman. Chunki biz AQSH, Germaniya, Rossiya Federatsiyasi, Xitoy, Koreya davlatlarining nufuzli oliy taʼlim muassasalari bilan ilmiy, o‘quv, klinik amaliyot masalalarida yangi hamkorlik memorandumlarini imzolandik.

Ayniqsa, yil yakuni xushxabarlarga boy bo‘ldi. Institutimiz davolash ishi (o‘zbek, rus va ingliz tilida), stomatologiya fakultetlari taʼlim dasturlari Qozog‘iston Respublikasining ECAQA markazi tomonidan xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazildi. Xalqaro akkreditatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomalar markaz tomonidan taqdim qilindi. Bu esa institutimiz uchun yuqori natija albatta! Niyat qilamanki, bu kabi yutuqlarimiz kelayotgan yilda yana-da bardavom bo‘ladi.

Aziz hamkasblar, Sizlarni Yangi yil bayrami bilan yana bir bor qutlab, barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, xonadonlaringizga tinchlik va fayz-u baraka tilayman. Yurtimiz farovon, dasturxonlarimiz to‘kin bo‘lsin! Go‘zal Vatanimizga ko‘z tegmasin! Kelayotgan 2025-yil – “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili”da tabiatimiz yashillik, qalbimiz esa yaxshilikka to‘la bo‘lsin!

Batafsil: havolada

*❇️*Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari?

?sayt | ✈️Telegram |? Instagram | ?Facebook |?You Tube |? Twitter

1 month, 3 weeks ago
1 month, 3 weeks ago

#fakultet_yutuqlari

Andijon davlat tibbiyot instituti Davolash ishi fakulteti kafedralarining 2024-yil sarhisobi, erishgan yutuqlari.

2 months ago

???
#yangi_yil_shukuhi

?Andijon davlat tibbiyot instituti Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor Sarvarbek Salohiddinovning bayram tabrigi

*❇️*Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari?

?sayt | ✈️Telegram |? Instagram | ?Facebook |?You Tube |? Twitter

2 months ago

[#Rasman

?](https://t.me/OTM_Minbari) 2-yanvar ham dam olish kuni deb e’lon qilindi

Bu bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni 4-yanvar – shanba kunidan 2-yanvar – payshanba kuniga ko‘chirildi hamda olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 2-yanvar – payshanba qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilandi.

Shunday qilib, Yangi yilda olti kunlik ish haftasida ishlaydiganlar 5 kun, besh kunlik ish haftasidagilar 6 kun dam oladi:

28-dekabr (shanba) — 6 kunliklar uchun ish kuni, 5 kunliklar uchun dam olish kuni;

29-dekabr (yakshanba) — barcha uchun odatiy dam olish kuni;

30-dekabr (dushanba) — 6 kunliklar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklar uchun 14-dekabr (shanba) kunidan ko‘chirilgan dam olish kuni;

31-dekabr (seshanba) — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;

1-yanvar (chorshanba) — Yangi yil bayrami.

* 2-yanvar (payshanba) — 6 kunliklar uchun dam olish kuni, 5 kunliklar uchun 4-yanvar (shanba)* kunidan ko‘chirilgan dam olish kuni.

Talabalarga esa mutlaqo farqi yo'q, ular allaqachon dam olishni boshlab yuborishgan ?

Kanalga obuna bo’ling⤵️****https://t.me/OTM_Minbari

2 months ago
2 months, 1 week ago
?ADTI.UZ | Rasmiy kanali
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 Monat, 3 Wochen her

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 Monate, 2 Wochen her

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 Jahr, 7 Monate her