Ma'mura To'rayeva ijodi

Description
Mening oq qog'ozdagi qalbim..!😊
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 5 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago

3 weeks, 2 days ago
3 weeks, 3 days ago

Қўмита томонидан ишлаб чиқилган, Вазирлар Махкамасининг 2024 йил 1 ноябр куни 731-сон "Зулфия номидаги Давлат мукофотига талабгорларни танлаш ва уларнинг хужжатларини тақдим этиш тартиби тўғрисидаги Низомни тасдиқлаш хақида"ги қарори қабўл қилинди.

1 month, 1 week ago

#ona_tilim_jonu_dilim

O‘g‘limni o‘zbekcha maktabga berdim

Garchi tug‘ilganda meros qilinib
Bu til berilgandir har o‘zbek zotga.
Mehmonga asralgan zar to‘shak kabi,
Bir yilda bir marta olamiz yodga.

Ona tilim, deymiz takror va takror,
Biroq xatolarsiz yozmaymiz xatni.
“-ni” va yoki “-ning”mi? Nima farqi bor?
Ona tilda to‘liq aytmaymiz gapni...

Bir yilda bir bora qilamiz bayram,
Eslaymiz shu til deb fido zotlarni.
Shiorlarni ilib, g‘ururdan yayrab
“Yopamiz” til haqda hisobotlarni...

Garchi so‘zshunosman, lekin tilimdan
Na begona giyoh, na tikan terdim.
Boshqa ish kelmadi, netay, qo‘limdan:
O‘g‘limni o‘zbekcha maktabga berdim.

Sitorabonu

3 months, 3 weeks ago

10- avgust kuni Evrika ko'rsatuvida ko'rishamiz?

3 months, 4 weeks ago

#qisqa_hikoya_2 ?

Bo'g'zimdagi buyuk hayqirig'imni hech kim eshitmadi. Ona qachondan o'zgardim ayting? Butun qishloqni boshiga ko'tarib yig'lagan o'g'lingizni nega bugun ovozi chiqmayapti?

Qiziq, ona dedimmi? Ko'rdingizmi bugun sizdan olislarda qalbim uzoqlashgani yetmagandek shevam ham o'zgardi. Sizni esimni taniganimdan buyon aya derdim-ku.

Aya, ayajon... sog'indim sizni... Sovuq vagonlarning hayqirig'idan qo'rqqan paytlarim etagingiz ortiga o'tib yashiringim keladi...

Aya... men o'zgardim, siz istagandek qalbimni pok saqlay olmadim.Tosh shahar toshlaridan bitta-bitta terib qalbimga qadadim...

Kechiring, aya, meni endi bag'ritosh deb atang. O'sma qo'yib meni kutayotgan qo'shni qizlar o'rniga bir xil ko'zlar, bir xil qalamqoshlar meni o'z nog'orasiga kuysiz o'ynatdi".

Said to'lqinlanib ijod qilardi. Har joyda miyig'ida nishonga urdim degandek kulib qo'yardi.

Yarim tun, ilhom parisi va Saidni jiringlagan telefon diqqatini bo'ldi. Beliga tepdi degandek zarda bilan telfonga javob berdi:

- Alo?

- Allo bolam... - unsiz ovoz eshitildi.

- E-e aya, sizmidingiz? Ijod qilyapman, hadeb telefon qilavermang-da endi!

Said telefonni o'chirib divanga uloqtirdi. U bugun onasi haqida kitob yozyotgandi...

Ma'mura To'rayeva
TOSHDO'TAU talabasi

@mutolaablogs

6 months, 1 week ago

InshaAlloh boshlagan ishimni hayrli qilsin...

6 months, 1 week ago

Yurakni eritayluk, rub berayluk, inqiroz bo'lmayluk...Hozir bizga birdan-bir lozim bo'lg'an narsa - adabiyot, adabiyot, adabiyot...

Cho'lpon

6 months, 1 week ago

KUTISH

__Kir uyga kech bo'ldi.
Besh yoshli qizcha ko'chada turardi
__Dadam menga tug'ulgan kuningda boraman degan.
__Kir dedim, u barbir kelmaydi... - ayol so'ngi so'zlarini pichirlab aytdi va chuqur xo'rsindi.
Qiz har yili eshikda otasini kutardi...

Ma'mura To'rayeva

8 months, 1 week ago

Hech bir odam ahmoq boʻlib tugʻilmaydi. Ahmoq boʻlish uchun taʼlim olish kerak.

©️Osho

@dil_undovi

8 months, 3 weeks ago

Ko'rishga ulgurmaganlar uchun??

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 5 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago