Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 4 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 3 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago
Biz qachon odamlardek yashaymiz?
Bu jumla sizga tanish bo’lsa kerak. So’zim sizni hafa qilmasmikin. Chunki, siz o’sha odamlardek yashamaysiz, yashay olmaysiz ham.
Inglizlarning bir maqoli bor:
“The grass is greener on the other side”.
Tarjimasi: “qo’shnining maysasi siznikidan yashilroq”.
Buni qanday tushunamiz?
O’zimizni atrofdagilarga solishtirsak ular bir necha jihatlarda bizdan ustun ekani ko’rinadi. Kimningdir mashinasi yaxshiroq, kimdir sahohatda yuradi, telefoni yaxshiroq, yaxshiroq kiyinadi, yaxshiroq pul topadi, yaxshiroq joyda ishlaydi… bu kabi yaxshiroqlarni sanashga barmog’imiz yetmaydi.
Birovga o’zingizni taqqoslash nolishga sabab bo’lsa, ishonavering, siz o’smaysiz.
Boshqa yo’li bormi?
— Albatta, bor.
Eng katta dushmaningiz va raqobatchingiz bu o’zingiz (nafsingiz).
Siz tamomila boshqa muhitda ulg’aydingiz va shunday davom etyapti ham. Hayotda o’ynaydigan rolimiz turlicha. Kimdir o’zini eplab yursa bo’ldi ya’ni topganini o’ziga sarflaydi, yana kimdir oilasini mas’uliyatini olgani uchun o’z ehtiyojlaridan qisman voz kechadi, boshqasi esa na uni na buni qoyillatadi. Kimdir katta oilada ulg’aysa, boshqasi ota-onasiz katta bo’ladi. Kimdirni tarbiyalashadi, boshqasini taltaytirib yuborishadi.
Hayot rang-barangligi bilan qiziq!
Siz hech qachon odamlardek yashamaysiz. Siz o’z hayotingizni yashaysiz.
Kimnidir husni, chiroyi uchun yaxshi ko'rsang, bu sevgi emas, shahvatdir!
Kimnidir zakovati uchun yaxshi ko'rsang, bu muhabbat emas, hayratdir!
Kimnidir boyligi uchun yaxshi ko'rsang, bu ham muhabbat emas, mol-mulkka o'chlikdir!
Kimnidir o'z nazdingda yaxshi bo'lgani uchun yaxshi ko'rsang, bu ham sevgi emas, balki his-tuyg'ularingdan minnatdorlikdir!
Yaxshi ko'rgan insoningni nima uchun yaxshi ko'rishingni bilmasang, mana shu haqiqiy sevgidir!
© Sharif Abdulatif
Har kimsa to’g’ridir, sen to’g’ri bo’lsang.
Hech kim to’g’ri bo’lmas, sen egri bo’lsang.
— Yunus Emro
Bu dunyoda hech narsa sizni rizqingizchalik ortingizdan quvlamas ekan.
Салафлардан бирлари айтадилар: "Агар дуомиз ижобат бўлишини хоҳласак, дўстларимизнинг ҳақларига ўзларига билдирмай дуо қилардик".
Ilm olinmaydi, ilm yuqadi.
“Ustozni xizmatini qiling” deyilganda “voyvo o’rgangan bo’lsak pulini to’lab o’rganyapmiz, endi xizmatiniyam qilishimiz qoldi” qabilidagi fikrlarni eshitganman.
Fikrimni qabul qiladigan yaqinlarimni ahli ilmlarning xizmatini holis qilishga targ’ib qilaman. Albatta, meni ham targ’ib qilib kelishadi.
Ustoz har qanday yo’nalishda bo’ladi:
- fanda
- tilda
- dinda
- kasbda
- hayot yo’lida
- va boshqa ishlarda
Ustoz qalban rozi bo’lsa, ilm qanday kelib qolganini sezmay qolasiz.
Ilm oling, xizmatta bo’ling, ana endi ko’ringki sizga yetadigani bo’lmay qoladi.
Bundanda yaxshi formula bo’lsa menga ham o’rgating!
Otang bilan faxrlanish maroqli, lekin otang sen bilan faxrlanishini mazasi boshqacha.
Bobo uylanishni nimasi yaxshi?
— Uylansang muammolaringni yengillatadi.
Meni muammolarim yo’qku.
— Uylansang u ham bo’ladi bolam…
Open budjedga ovoz berib, haq olish hukmi ochiq oydin pora olish ekan. Kim bunga qoʻl urgan boʻlsa tavba qilib, qaytib yaqinlashmasin❗️
Tavsiya: olgan narsasi miqdoricha pulni savob umid qilmay ehson qilsin✅
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 4 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 3 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago