Tafakkur sohili

Description
Yaxshi yozilgan kitob doim qisqa bo‘ladi
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 3 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago

3 weeks, 4 days ago
3 weeks, 5 days ago
3 weeks, 5 days ago
1 month ago
[#taqriz](?q=%23taqriz)

#taqriz

📖 Madlen Miller – Kirka

“Dunyo oʻta jirkanch makon. Biz esa uning bagʻrida yashashga majburmiz”

Kirka. Quyosh xudosi Helios va dengiz nimfasi Perseysning toʻngʻich farzandi. Bolalikdan sevilmagan, istalmagan, har doim kamsitib kelingan ma’buda. Yolgʻizlikka doʻst tutingan, har yerda begona sanalgan Kirka.

Madlen Miller bu asarida Kirkani isyonkor, kuchli qilib tasvirlaydi. Qadimgi yunon diyorlarining patriarxal tuzumiga qarshi bosh koʻtargan qahramon edi bu.

“Ayollarni tinmay yerga urish baxshilarning eng sevimli mashgʻulotidek tuyulardi menga. Yerda sudralgan koʻyi sochimizni yulib yigʻlamasak, xuddi rivoyat oʻz sehrini yoʻqotadigandek”

Uning qobiliyati ham tangrilarga tugʻma in’om etilgan emas, balki uzoq yillik matonat bilan qilingan mehnat natijasi edi.

Bu asarda Kirkaning yoʻli Odissey, Prometey, Medeya, Yason, Afina kabi mashhur qahramonlar bilan kesishadi. Ularning taqdiriga Kirkaning nigohi bilan nazar tashlaymiz. Yunon mifologiyasidagi eng muhim hikoyalarni bir nuqtaga jamlagan asar bu.

Va albatta, Kirkaning oʻzini, oʻzligini anglashi, oʻz “men”iga yetib borishigacha boʻlgan jarayonning guvohi boʻlasiz. Mutolaa jarayonida anglaganim, ming yillardan beri hech narsa oʻzgarmagan. Yashash sharoitlarimiz oʻzgargan boʻlishi mumkin, ammo muammolarimiz, ogʻriqlar va oʻy-xayollarimiz oʻzgarishsiz qolmoqda.

Muallif bu asarida ayol tabiatining serqirra va murakkabligini ochib bergan. Kirka qiz, opa, yor, ona, doʻst edi. Uning hikoyasiga turli nuqtalardan nazar tashlar ekanmiz, ayol zotining mukammal portretini koʻrishimiz mumkin.

Asarning tiliga toʻxtalsam. Huddi dostonlardek oʻqiladi. Bu endi yozuvchining mahoratimi yoki tarjimonniki, tushunolmadim, ammo ilk sahifalaridanoq asar sizni olis yunon oʻlkalariga olib ketadi. Tashbehlar oʻz oʻrnida qoʻllanilgan. Jumlalar toʻgʻri koʻnglingizga yetib boradi. Nasr va nazm toʻqnashgan nuqtada yaralgan bu asar.

Agar yunon mifologiyasi bilimdoni boʻlsangiz, asar sizga voqealarga yangi rakursdan qarash imkonini beradi. Bordiyu bu boradagi bilimlaringiz menikiga oʻxshab u yer-bu yerda eshitgan/oʻqigan, filmlarda koʻrilgan uzuq-yuluq ma’lumotlar bilan cheklangan boʻlsa, ularni boyitib, tartibga solish uchun ayni muddao. Hech qanday bilimga ega boʻlmasangiz ham oʻylanmang, asar sizni yunon ma’budlarining sehrli olamiga qanday olib ketganini bilmay qolasiz. Xullas, barchaga tavsiya qilaman.

Dildora Rustamova

🔸Zabarjad Media – eng yaxshisini ilinamiz!

1 month ago

Assalomu alaykum qadrli kitobxonlar Namangan davlat universiteti Yoshlarning ma'naviy yuksalishiga ko‘maklashish deportamenti Iste'dodli talabalar bilan ishlash sektori tomonidan tashkil etilgan "Tafakkur sohili" loyihasining 4-son bo'yicha 4 nafar talaba ishtirok etgan bu adolat mezonlariga nizom talablariga va sog'lom raqobat bo'lishiga to'g'ri kelmaydi. 4-son bo'yicha ishtirok etish maqsadida ro'yhatdan o'tgan talabalar ayrim obyektiv va subyektiv sabablar tufayli vaqtida yetib kela olishmadi. Bu soni navbatdan tashqari o'tkaziladi. Bu haqida kanalga e'lon beriladi. Taqriz yozgan 4 nafar talabani taqrizlari navbatdan tashqari yozilgan taqrizlarga qo'shib tekshirilib keyin natijalar e'lon qilinadi. Loyihada ishtirok etgan talabalar diqqatiga har bir son adolatli holda tekshirilib natijalar e'lon qilinadi. Hurmatli talabalar "Tafakkur sohili " loyihasining talabalar tomonidan yozilgan taqriz shaffof va adolatli tekshiriladi. 7 kishidan iborat xakamlar tomonidan ko'rib chiqiladi va hakamlarga har bir yozilgan taqriz kodlangan holda beriladi bu degani tekshiryotgan shaxs kimni taqrizini tekshirayotganligidan xabardor emas degani.

1 month ago
4 months, 1 week ago
4 months, 2 weeks ago

Bugun, 15-iyul, ko‘plab mamlakatlarda dangasalar kuni

Tabriklagani erindim
Ammo hayolimdan uzun tabrik so'zlarini o'tkazib qo'ydim?

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 3 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago