Fathiyya Nabijon

Description
بسم الله الحمدلله و الصلاة والسلام على رسول الله و بعد 📚

“Sen: “Biladiganlar bilan bilmaydiganlar teng boʻlarmidi?!” deb ayt” [39:9]

Murojaat uchun @Fathiyya_Nabijonbot
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 months ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 6 months ago

5 months, 1 week ago

Eng buyuk rahmat nima?
Alloh Taolo “Fussilat” surasining 2-oyatida shunday deydi:

تَنْزِيْلٌ مِّنَ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيْمِ

“(Ushbu Qur’on) mehribon va rahmli (Alloh) tomonidan nozil qilingandir.“

“Ar-Rohman” surasining ilk ikki oyatida esa bunday:

اَلرَّحْمٰنُۙ
عَلَّمَ الْقُرْاٰنَۗ

“Mehribon (Alloh Muhammad payg’ambar va uning ummatlariga), Qur’onni ta’lim berdi”.

Savol: Nega Qur’onni mufassal tarzda bayon etib nozil qilgan va uni bandalariga ta’lim bergan Zotning zikri aynan “Rohman” ismi orqali ketyapti?

Nima uchun, aytaylik “Azizul Hakiym yoki Latiyfun Xobiyr emas?

Javob: Alloh Taoloning odamzotga ko’rsatgan eng buyuk rahmati: Qur’onni nozil qilgani va uni ta’lim bergani!

Dunyodagi hech bir in’om, na yashash ne’mati va na nimalardandir lazzatlana olish Rohmanning odam bolasiga rahm qilib Qur’onni eng to’g’ri yo’l ko’rsatuvchi o’laroq nozil qilganiga, uni yodlashga/tushunishga/amal qilishga oson qilib qo’yganiga teng kelolmaydi.

Odatda, insonlar “Menga rahm qiling” degan jumlani o’ta qaltis vaziyatlarda ishlatishadi: jon talvasasida, xonavayron bo’lish ehtimoli ortganda, hor bo’lishga bir bahya qolganda va hkz.

Alloh Taolo biz bandalariga rahm qildiki, ikki dunyoda ham hor bo’lishlariga yo’l qo’ymaydigan, ham bu dunyoda azizlik bilan, ham oxiratda jahannamdan qutqarilish bilan jonimizni omon saqlaydigan, amal qilsak aslo xonavayron qilmaydigan Qur’onni ta’lim berdi.

Turli xil bahonalar bilan o’zimizga qilingan eng katta rahmatdan yuz o’girishimizni, Qur’onni na tilovat qilishimiz va na tafsirini ochib o’qimasligimizni qanday oqlasa bo’ladi?!..

@fathiyyanabijon

6 months ago

#daydi_fikrlar

Biz o’z nafsi xotirjamligi uchun emas, kelajak avlod farovonligi uchun yashaydigan ummatmiz.

• Sahobalar harom munosabatga kirishish tugul, nikohdan oldingi uchrashuvlardan ham chetda bo’lishgan. Yillab-oylab gaplashib yurishmagan, hatto zaksdan o’tishmagan. Vaholanki ularda ham nafs bor edi, ularning ham ayollarini ko’ngli nozik edi. Lekin aynan haromga kirmaganlari sabab ularning zurriyodlaridan Allohning qilichlari, din keyingi avlodga yetib borishi uchun jonini-yu molini fido qilgan o’g’lonlar, mahramlari uchun shahidlik maqomidan boshqasiga rozi bo’lmaydigan himmatli ayollar chiqdi va islom ular vositasida dunyoga yoyildi.

• Tobe’inlar, salafi-solihlar nikohdan oldin ko’rishishmagan, to’ygacha har kecha chatlashishmagan. Ehtimol shu sabab Alloh ularning naslidan Ummaviylar, Abbosiylar, Usmoniylar kabi asrlar mobaynida dunyoga hukmronlik qilgan hukumatlar va ularning asoschilari yetishib chiqdi. O’sha vaqtlar oralig’ida islom ular bilan aziz bo’ldi.

• Bizning davrlarga kelib ikki nomahramning nikohdan oldin uchrashib/gaplashib yurishi norma, hatto urf bo’lib ketti. Haromdan uzoq turadiganlar kulgiga qoladigan bo’ldi. Qizlardan hayo ko’tarilib, istalganicha uchrashuvlarga chiqaveradigan bo’lishdi.

Keyin nima bo’ldi?

Ularning naslidan yolg’on bilan rasvo molini yaxshi deb sotadigan kazzoblar, hukumatga “paxta”qo’yadigan maddohlar, dunyo uchun dinini sotadigan munofiq imomlar, buzuqlikning har qanday turiga rozi bo’ladigan liberallar chiqdi va chiqishda davom etyapti. G’azoda iymoniy birodari jon talvasasida azoblanib yotgan, ochlikdan o’lar holatga kelganini ko’rib tursa ham, bo’kib-bo’kib pepsi ichadigan, chanel sepadigan fosiqlar tug’ildi va tug’ilishda davom etyapti.

Islom - iffat va hayosini o’tkinchi orzu havaslaridan ustun qo’yadigan muslimalar va nafsi amridan ko’ra Robbisining amrini afzal ko’radigan o’g’lonlar zurriyodlari bilan yana oldingi azizligiga qaytadi. Shunday kishilar va ularning farzandlaridan iborat avlodlar orqali jamiyatlar isloh, yer yuzi esa obod bo’ladi. Taraqqiyotning boshqacha formulasi yo’q!

@fathiyyanabijon

6 months, 3 weeks ago

Ommaviy hayosizlik Mavzuga qo’l urishdan oldin sarlavhani bunday qo’yish fikri yo’q edi, chunki bu illat asosan Toshkentlik ayol-qizlar orasida tarqalgan degan fikrda yurar edim. Biroq chuqurroq tahlil qilib ko’rib, muammo ancha kengroq tus olganini angladim.…

6 months, 3 weeks ago

Ommaviy hayosizlik

Mavzuga qo’l urishdan oldin sarlavhani bunday qo’yish fikri yo’q edi, chunki bu illat asosan Toshkentlik ayol-qizlar orasida tarqalgan degan fikrda yurar edim. Biroq chuqurroq tahlil qilib ko’rib, muammo ancha kengroq tus olganini angladim.

Gap satrsiz ayol-qizlarning g’ayriaxloqiy kiyinish tarzi haqida ketmayapti, hijobni (boshga o’ralgan bir parcha mato desa to’g’riroq bo’lsa kerak) tor shim bilan kiyish urfga kirgani, bu ortiq hayrat yoki atrofdagilar qalbida g’ashlik uyg’otmay qo’ygani to’g’risida ham emas.

Diqqat qaratishimiz kerak bo’lgan nuqta: hatto jamiyatning nisbatan taqvoliroq, o’zini diniga chuqur amal qiladiganlar toifasiga kiritadigan musulmonlar xonadonining yaxshi tarbiya ko’rgan qizlaridan ham hayo ko’tarilib ulgurgani!
Bu xulosaga ko’cha-ko’yda uchratgan ba’zi qizlarni ko’rib yaqindagina kelib qolganim yo’q. Tahsil oladigan universitetim - O’zbekiston bo’yicha eng ko’p qizlar o’qiydigan OTMlardan biri. Ya’ni 3 yillik o’qishim davomida har kuni turli xil mintaqalardan keladigan qizlarni kuzatish imkoniyatim bo’lgan. Har yili yanada ko’proq adadda yangi qabul qilingan talabalar kelib qo’shilishi, to’g’ridan-to’g’ri muloqot, o’zaro fikr almashish hisobiga bu imkoniyat kengayib beraverardi.

Hayosizlikning eng keng tarqalgan ko’rinishi - qizlar orasida oila qurish uchun bo’lajak nomzod bilan uchrashish ermakka aylanib qolgani. O’z qadrini, qiymatini bilmay duch kelgan yigit bilan uchrashib ketaverish normal holatdek go’yo. 17 marotaba uchrashuvga chiqqanini gapirib, boshqa qizlar bilan solishtirganda bu juda kamligini aytgandi bir yoshroq ustozimiz.

Haqiqatdan ham tengdoshlarim orasida 25dan ham ziyod nomahram bilan uchrashishga ulgurganlarni ko’rdim. Eng achinarlisi, gap diniga imkon qadar amal qilib keladigan xonadonning qizlari xususida borayotgani!

Har bir nomahram bilan xoli qolib suhbatlashish - hayo kamayishi, qalbga bitta dog’ tushishi, ko’zlar qotib fitratga hos uyalish, tortinish yoqolib borishiga barobar. Qiz bola o’z qiymatini bilishi, asosiy ishni valiylarga topshirib, hammasi hal bo’lgandan keyingina istihora qilib qaror berishi darkor, unda ham yaxshilab o’ylab!

Yana bir masala: hayosizlik turmushdan keyingi hayotda ham o’z ta’sirini ko’rsatishi. Oxirgi oylarda ham online, ham offline tarzda kelin look sotiladigan atelyelarni aktiv kuzatishni boshladim. Eng taniqlilaridan tortib, eng oddiy shoowroomlargacha. Atigi bir dona bo’lsa ham uzunligi tizzaga yetadigan ko’ylak topa olmaganim alam qildi. Barchasi yo mato qizg’onib tikilganday o’ta-o’ta kalta, yo ichi ko’rinadigan darajada shaffof, yo xuddi podiumga kiyib chiqadigandek qomatni bilintiradigan tor, yo ziynatlarni zohir qilib ko’rsatadigan fasonda.

Atelye egalaridan ham, tikuvchilardan ham emas, muslimalardan - tengdoshlarimdan hafa bo’lib ketdim. Bozor iqtisodiyoti “Talabga yarasha taklif” prinsipi asosida harakatlanadi. Qizlar tomonidan bu kabi liboslarga talab bo’lmasa, tikuvchi va sotuvchilar shunday asortiment bilan chiqisharmidi?! Boshqa qizlarni qo’yib turaylik, taqvoli xonadonning muslima qizi o’ziga bularni kiyishni qanday ep ko’radi?!

Hayosizlik bu darajada avj olishidan rujulati, g’oyurligini yo’qotib shunga qo’yib berayotgan ota/aka/erlar ham, qizlarning erkaligiga ko’z yumayotgan, nasihat kor qilmasa qattiqqo’llik bilan bo’lsa ham qaytarmayotgan onalar ham, asl fitrati, tabiati holatini unutib moda ketidan manqurtday quvadigan qizlar ham birdek mas’ul. Aybni muayyan bir qismgagina ag’darish katta xato, qolaversa bu yechim ham emas.

Davomi 👇

@fathiyyanabijon

6 months, 3 weeks ago

Hayosizlik badali

Bir blogger qiz yozayapti: “Sovchilar guruhiga ko’zim tushib qolibti. Kunda ikki mahal jonli efir qilishar ekan. Xolalar o’tirib olib “otchet” topshirishyapti: kim kulib kiradi, kimning oyisi qanday gaplashadi. Xuddi express24 dan buyurtma qilayotgandek bir xola “Falon joyga yaqinroq turadigan qizlardan beringlar (tashib ketishga oson bo’lsin..). Rozimi u qizlarning onasi u guruhlarda raqami aylanishiga yoki yo’q, hech kimning ishi yo’q. Birovning uyi, ichidagi narsalar, mahramiyat olib chiqib muhokamaga qo’yilyapti…”

Aslidachi?
Bunday guruhlarga onalar o’zlari xohlab qizlarining rasmlari va raqamlarini berib qo’yishar ekan, sovchi ayollar esa yoqqanini tanlab, uyiga borib qizini ham ko’rib kelisharkan (gap Toshkent shahri haqida ketyapti).

وَمَآ اَصَابَكُمْ مِّنْ مُّصِيْبَةٍ فَبِمَا كَسَبَتْ اَيْدِيْكُمْ

“Sizga qaysi bir musibat yetsa, bas, o‘z qo‘lingiz qilgan kasbdandir…” {42:30}

“Battar bo’linglar, так вам и надо!” degim keladi. Mahramiyatiga ega chiqa olmagan, uyini karvonsaroyga aylantirib duch kelgan ayolga qizini olib chiqib ko’z-ko’z qilaverganni badali - allada aziz qilib maqtagan o’sha qizini yetti yot begonalar istaganicha muhokama qilishi, xuddi express24 dan buyurtma qilgandek tanlab olishi, yoqmasa do’kondan olib qaytarilgan buyumdek ra’d etib qadrini yer qilishi bilan to’lanadi!

“Urf-odat” deb baxona qilishadi, to’g’ri islomda urfni ham inobatga oladigan, ba’zi ko’rinishlari hatto joiz sanaladigan o’rinlar bor, ammo: shariat arkonlariga zid kelmaslik sharti bilan!

Bu urfni yomonligi nafaqat qizlarda hayo kamayishi, balki o’rtada fitna yuzaga kelishida ham bilinadi.

Qaysi qiz o’ziga oro bermay kiradi o’sha sovchilik bahona kelgan ayollar oldiga? Tabiiyki ziynatlanib ko’rinish beradi. Buni ko’rgan ayollar uyiga kelgach fitratiga xos bo’rttirish, ichidan qo’shib to’qish bilan yigitga qizni maqtay ketadi. Bu gaplardan keyin qizni hayolida tasavvur qilgan bo’ydoq yigit fitnalanmaydi deb kim kafolat bera oladi?!

Shu emasmi hatto yaxshi xonadonni tarbiyali qizlari ham turmush qurishidan oldin o’nlab nomahramlar bilan uchrashuvga chiqishga ulgurishi sababi?!

@fathiyyanabijon

6 months, 4 weeks ago

#eslatma

Арафа кунининг режаси

• Арафа кечаси (бугун) барвақт ухланг!

• Эртаси куни саҳарлик қилиш учун саҳарда туринг.

• Ҳеч йўқ 4 ракаат таҳажжуд намозини ўқинг! Бошингизни саждага қўйиб дунё ва оҳират яхшилигини сўранг! Шундай кунларга етказганига  ҳамдлар айтинг!

• Бомдод вақти киргунча «Саҳарларда Аллоҳга истиғфор айтадиган кишилар» (Оли Имрон,18-оят)дан бўлиш учун истиғфор билан машғул бўлинг!

• Бомдод азонидан беш дақиқа олдин сиз намозга тайёр бўлинг! Тасаввур қилинг таҳоратингизнинг охирги томчиси билан таҳорат аъзоларингизнинг барчасидан гуноҳларингиз оқиб тушиб кетяпти.

• Таҳоратдан сўнг айтиладиган дуони айтинг!

• Бомдодни ўқинг! Саломдан кейиноқ такбиру ташриқни айтинг!

• Сўнг жойнамозда қуёш чиққунга қадар Қуръон, тонги зикрлар билан машғул бўлинг! Кун чиқиб ўн беш дақиқа ўтгандан сўнг...

• Ҳаж ва умра савоби ёзилиши учун Шуруқ намозини ўқинг!

• Сизни энди танлаш ҳуқуқингиз бор. Агар ухламасдан шу кунни ўтказа олсангиз , ухламанг! Ҳар сониянгиз ғанимат билиб  зикр, дуолар қилинг! Ва ижобатига ишонинг!

• Ёки Аллоҳга ибодат қилиш учун куч тўплаш нияти ила бир соат ухлаб олинг!

• Сўнг уйғониб таҳорат олинг! Энг ози тўрт ракаат Зуҳо намозини ўқинг. Такбир, зикр, тиловатни айниқса:

«Ла илаҳа иллоллоҳу Ваҳдаҳу лаа шарийка лаҳ Лаҳул мулку ва лаҳул ҳамду ва Ҳува аъла кулли шайъин Қодийр »ни кўпайтиринг.

• Пешин намозини ўқинг! Такбир айтинг! Қуръонни бир оз тиловат қилинг!

• Арафа ҳутбасини жон қулоғингиз билан эшитинг!

• Асрни ўқинг! Такбир айтиб кечки зикрлар, дуолар қилинг!

• Шом номозига бир соат қолганда Қуръон ўқишни бошланг! Ҳушуъ ила дуолар қилинг!

• «Эй, Роббим  шу куннинг қуёши ботар экан, мен жаҳаннамдан озод бўлиб, жаннатинг ёзилган бандаларинг қаторида ёзгин» деб дуо қилинг!

• Аллоҳ сизни солиҳ амалларга муваффақ айласин! Дуоларингиз қабул бўлишини биз ҳам сўраб қоламиз!

• Шомга азон айтилди. Ифтор қилишни бошланг!!!
Ундан олдин кўп дуо қилинг! Ёдингизда бўлсин рўзадорнинг дуоси албатта ижобат бўлади!

(C)

@fathiyyanabijon

7 months, 1 week ago

Avlaviyat: solih amalmi yoki gunohdan tiyilish 2

Alloh rizosiga intiladigan inson - U Zotni o’z payg’ambarlarini qanday sifatlar bilan maqtaganiga ko’proq nazar solishi va uni o’zida shakllantirishga haris bo’lishi lozim.

Qur’onda, Alloh Taolo Yusuf alayhissalomni maqtab: “اِنَّهٗ مِنْ عِبَادِنَا الْمُخْلَصِيْنَ” - “Albatta u bizning muxlis (ixlosli) bandalarimizdan” deydi {12:24}. Ayrim tarjimalarda “الْمُخْلَصِيْنَ” so’zi “pokiza”, “osiylik gunohidan poklangan/saqlangan” deb ham keladi.

Oyat tafsirida Saadi rahimahulloh shunday deydilar: «Bu galdagi sinov uchun beriladigan ajr, Yusuf akalari tomonidan haydalganda olgan ajridan ko’ra buyukroq. Sababi bu safar juda ko’p narsa uning o’ziga bog’liq bo’lib, gunohga yetaklaydigan ancha-muncha omillar bor edi, biroq uning Allohga bo’lgan muhabbati barcha narsadan ustun chiqdi.

Akalari bilan sinalgan vaqtida uning sabri ilojsizlikdan bo’lgan. Xuddi bandalar tasarrufida bo’lmagan kasallik, illat va boshqa ko’ngilsiz voqealar yuz berishi kabi. Bunday vaziyatlarda kishini xohlaydimi u, yo’qmi, sabr qilishdan boshqa chorasi qolmaydi…»

Yusuf alayhissalomda gunohni oqlash uchun bir talay sabablar bor edi: yosh, ko’rkam buni ustiga bo’ydoq bo’lganlar. Begona yurtdaliklari hisobiga qilmishlari ovoza qilinib sharmanda bo’lishlari u qadar jiddiy xavf emasdi, qul o’laroq ho’jayinlariga “itoat”ni ro’kach qilishlari ham mumkin edi. Barcha zamonlardagi klassik uslublar: “Keyin tavba qilib olaman, Alloh Rohiym zot, kechirib yuboradi” yoki “Atiga bir marta bo’lsa hech nima qilmaydi, boshqa qaytmayman”, “Kafforotiga sadaqa qilib yuboraman, unut bo’lib ketadi” ham desalar ham bo’lardi.

Biroq ular: “Bu jirkanch ishdan meni asra Allohim! Shubhasiz bu ma’siyat Allohning g’azabini keltiradi, kishini Robbisidan uzoqlashtiradi va menga boshpana berib barcha ehtiyojlarimni ta’minlab qo’ygan xo’jayinimga hiyonat hisoblanadi. Meni unga nisbatan bunday vaxshiyona nonko’rlik bilan javob qaytarishim katta nohaqlik bo’ladi, nohaq insonlar esa hech qachon yaxshilikka erishmaydilar” deb aytdilar.

Bu payg’ambarni “ixlosli, pokiza banda” maqomiga ko’targan narsa majburlik yoki nazorat ostidaligi bahonasida emas, hamma sharoit muhayyo bo’lib turgan qulay paytda gunohdan tiyilishi.

Yuqorida yozilganlardan umumiy xulosa bir narsaga borib taqaladi: “Kishini Robbisi nazdidagi qiymatini kengchilik vaqtida qilgan solih amallarining adadidan ko’ra, qiyinchilik payti tiyila olgan gunohlari ko’proq yuksaltiradi. Boshqa chorasi qolmagani tufayli sabr qilgan emas, sabr qilmaslikka ming xil “uzr”lari bor paytda sabrli bo’lgan ajrga haqli.

@fathiyyanabijon
#fathiyyasthoughts

7 months, 1 week ago

Avlaviyat: solih amalmi yoki gunohdan tiyilish Ilm talabi yo’liga chiqqan borki, hozir butun fikr-u hayoli tezroq imtihonlarni topshirib olishda. Imtihonlar oldin ham bo’lgan, hozir ham bor va bundan keyin ham bo’laveradi. Asosiysi ulardan oldingi va keyingi…

7 months, 1 week ago

Avlaviyat: solih amalmi yoki gunohdan tiyilish

Ilm talabi yo’liga chiqqan borki, hozir butun fikr-u hayoli tezroq imtihonlarni topshirib olishda. Imtihonlar oldin ham bo’lgan, hozir ham bor va bundan keyin ham bo’laveradi. Asosiysi ulardan oldingi va keyingi holatimiz.

Shunday talabalarni bilaman, ustozlari/tengdoshlari nazdidagi misqollab yiqqan obro’sini bir martalik “hordiq” bilan puchga chiqaradi. Oylar davomida qiynalib o’qigan/yodlaganlarini bir martalik bazm sabab unutib yuboradi.

Gap ayni kunlarda dolzarb, o’quvchilar nishonlashga shay turgan “Bitiruv oqshomlari” haqida ketyapti. Qanchadan-qancha o’zini musulmon hisoblaydiganlar bor: “To’rt yil qiynalib o’qib nihoyat diplomli bo’ldim, bir marta nishonlasam nima qilibti”, “Maktabni bitirib katta hayotga qadam qo’ydim endi, buni nishonlash kerak” deb buzuqlikning har qanday turiga rozi bo’lishadi.

Vaholanki faxsh va fasod aynan shunaqangi - “bir marta”lardan boshlanadi. Musulmon kishi zakiy bo’lishi, avlaviyatni yaxshi bilishi zarur. Bunday vaziyatlarda ming turli yaxshilik qilgandan, bir marta xolis Robbisi roziligi uchun ma’siyatdan tiyilish afzal bo’lib qoladi. Mavzuni dugonam bilan muhokama qilgandik, xulosa har kimning o’ziga havola:

“Umr davomida bir martadan millionlab gunohlar qilsa bo’ladi, shu bir martadan boshlanadi o’zi hammasi. Borib keladida, ana hech nima bo’lmadiku deydi. Yigitlarga aralashmadimku yoki qizlarga aralashmadimku deydi. Keyin kursdoshlar yig’ilishadi, yana shu ahvol. Juda achinib qarayman bunday odamlarga. Ming savob ishdan ko’ra bir gunohdan kechgan afzalroq”.

@fathiyyanabijon

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 months ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 6 months ago