Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 4 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 3 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago
ISHONCH aslida xamma narsa
Xa to'g'ri o'qidingiz ishonch aslida bu xamma narsa ayniqsa ota onaning ishonchi. Shunday ota onalarni bilamanki ular farzandlarini super yulduz darajasigacha chiqishiga ishontra olishadi va buni uddalashadi. Ta'lim jarayonida shunday vaziyatlar bo'ladiki o'quvchining ishonchi pasaygandek bu vaziyatda ustozning, otaning ayniqsa ONANING farzandga bildirgan ishonchi eng muhim jarayon. Hech kim ishonmaganda ham biz ularga ishonishimiz kerak! Tanqidiy fikrlashda bir ibora bor ZARUR ammo YETARLI emas - xa Ishonch zarur lekin yetmaydi, ammo ishonch bo'lmasa maqsadga yetib bo'lmaydi.
Ishonchsizlikchi? sizga ishonishmayaptimi, sizdan kuchlilar borligini sizga takror takror aytishyaptimi, uyda akangiz sizdan yaxshiroq, do'stlaringiz orasida yana kimdur, xatto eng yaqin insonlaringiz sizga ishonmayaptimi, unda bu eng zo'ri - qolganlar sizga past baho berayotgan birpaytda siz o'zingizga faqat o'zingizga ishoning. Shu davrda xammadan ko'proq izlanasiz, ko'proq o'qiysiz ularning ishonchsizligi sizning eng katta ishonchingizga aylansin.
3-4 sinflar bilan ishlashni boshlashimga aslida bir o'quvchimning onalari sababchi bo'lganlar va juda katta ishonchsizlik bildirganlar, bu esa aynan shu yosh toifasida ko'proq izlanishlarimga sababchi bo'lgan. Xar gal ishonchsizlik xolatini o'zimda sezsam Onajonimni o'g'lim senga ishonmaganlarga isbotlashinga ishonaman degan so'zlari qulog'imda jaranglaydi va bu ishonch men uchun eng kattasi.
Bugun bizga farzandlarini ta'limini ishonib topshirayotgan ota onalar sizlarga kattakon raxmat! ko'rasiz farzandingizning lug'atida uddalay olmayman so'zi umuman bo'lmaydi va bu boshlanishi albatta ...
REPITITOR SEHIRGAR EMAS !
Ba'zan ota onalardan keladigan fikrlarni eshitib xursand bo'lsak, ba'zan ayrim savollarga javob berishga og'rinamiz. Balki bu mening xali kamchiliklarim ko'pligidan dalolat berar.
Gap shundaki, ayrim ota onalar farzandlarini repititorga olib kelishadi va birinchi beradigan savollari, ''o'glim yoki qizim natija ko'rsatadimi?'' xa bu tabiy va o'rinli savol albatta. Shunda avval 1 yoki 2 hafta o'qitib, keyin farzandingiz qay darajada o'zlashtirayotgan ekanligini aytamiz deymiz odatda, xa natija ko'rsatish yoki ko'rsata olmasligini emas balki bizni fanimizga nisbatan qiziqishi bormi, biz fanimizni sevdira olamizmi yoki yo'q shuni aytaolamiz. Xop unda ota onalarning qaysi savollariga javob berish qiyin?
Natija qilib berasizmi ? xa to'g'ri o'qidingiz bu o'sha yuqoridagi savol faqat...
Gap shundaki, ba'zi ota onalar farzandlarini repititorga olib borsam bas bilimli bo'lib qoladi deb o'ylashadi. Men farzandimni manabu o'quv markazga qo'ygandim, falonchiga bergandim 2 oy o'qidi, xech o'zgarish yo'q, ustozi unaqa bunaqa deydigan ota onalarning savollariga javob berish qiyinlik qiladi, chunki xamma aybni kelishi bilanoq o'qituvchiga yuklagan, o'zini judayam g'am xo'r qilib ko'rsatadigan ota onalarga nima deb javob berishingizni axamiyati yo'q! 2 oy dan so'ng siz xaqingizda boshqasiga shunday deydi. Vaxolanki shunaqa ota onalarning farzandlari bilan yaqindan tanishib, o'zi nima sababdan o'qiyapsan? kim bo'lmoqchisan? degan savollarni berganimizda otam (onam) borasan deganlari uchun kelyapman degan javoblarni ham eshitganmiz. Hurmatli farzandini kelajagi uchun befarq bo'lmagan ota onalar!! xo'sh sizga qanday javob bersak ma'qul? keling o'zimni shaxsiy javoblarimni berib ko'raman.
1- farzandingiz zo'r natija qilaoladi.
izoh: Xa bu ota ona uchun eng zo'r javob lekin ...
2-farzandingiz yaxshi emas, natija qilaolmaydi.
izoh: Bu esa siz yoqtirmagan javob-a
keling shu javobni boshqacha qilib talqin qilamiz: farzandim natija qilaoladimi dedingiz biz esa sizga 2-javobni berdik, sababi siz bizdan natija deganda qaysidur nufuzli maktabni talab qilib so'ragan edingiz. Hop endi farzandingizni olib yana boshqa joyga qo'yasizmi? yoki endi umaman o'qitmaysizmi? ustozku bir shogirdini yo'qotishi mumkin lekin siz farzandingizdan kechip keta olmaysiz. Siz so'rayotgan natija aslida nima? farzandingizni ilmli bo'lishi xaqiqiy natija emasmi yoki qaysidir maktab bilan o'lchanadimi? Xullas, avval farzandingiz xoxish istaklarini, qiziqishlarini so'rang farzandingizga eng yaqin do'st bo'ling, maktabdan uyga kelganda bugun ustozing nima o'rgatdi emas! sen bugun nima o'rganding deb savol bering ko'rasiz keyin siz so'raganizda ustoz zo'r natija qilaoladi deb javob beradi.
Men sizga o'xshagan aybni ustozdan qidiruvchi ota- onalarni judayam qadrlayman, sababi siz bizni yanada kuchli bo'lishimizga undovchi kuchsiz.
Bir ustozim oqmagan suv hidlanadi deganlaridek, siz ustozlarni bilimini yangilashga undaysiz RAXMAT sizlarga !!!
G'olibni aniqlaymiz Barcha fikrlarni o'qib chiqdim fikr bildirgan xammaga raxmat. Fikrlar bir biriga yaqin va chiroyli ochib berilgan 1-fikr egasi xam qisqa va aniq javob berganlar lekin G'afforova Sug'diyona to'liq yoritib berganlari uchun g'olib deb…
G'olibni aniqlaymiz
Barcha fikrlarni o'qib chiqdim fikr bildirgan xammaga raxmat.
Fikrlar bir biriga yaqin va chiroyli ochib berilgan 1-fikr egasi xam qisqa va aniq javob berganlar lekin
G'afforova Sug'diyona to'liq yoritib berganlari uchun g'olib deb topishga qaror qildin tabriklayman.
Kitob ertaga albatta qo'lingizda bo'ladi
Adham Sohibov ga bog'laning
izohli suratlarni davom ettiramiz yana In Sha Alloh
- izoh berib ko'ringchi
eng yaxshi izoh egasiga mendan bitta kitob sovg'a
# Sarhisob
Yil so'ngida bir narsani o'ylab qoldim bundan 12 13 yil avvalgacha yil so'ngini yangi yilni kutish bilan o'tkazar ekanman xa aslidaxam shunday bo'lishi kerakda 15 16 yoshda nimanixam kutardik boshqa.
Bugunchi..? Bugun hammasi o'zgargan yilni oxirlab borayotgani qaysidir ma'noda yangi sahifalarni yangi maqsadlarni yangi rejalarni boshlanishi dek tuyuladi aslidachi?
Bilasizni doim yilning boshlanishi bir xil bo'ladi sababi barchada yangi maqsadlar yangi rejalar va orzular.
Yil so'ngichi ? Hammada xar xil nega bilasizmi chunki kimlardur o'zmaqsadlariga erishgan kimdurlar esa xali erisha olmagan bu ku mayli xayotingiz uchun o'ta muhim bo'lgan shaxslarni manashu tugab borayotgan yilda UCHRATDINGIZ shu bilan bir qatorda balki YO'QOTDINGIZ xa barchasiga o'zingiz aynan siz erishdingiz.
Bugun o'tib borayotgan manshu 366 kuningizni sar hisob qilib o'zingiz bilan suhbatlashib oladigan vaqt kelmadimekan-a?
Yaxshilab eslang o'tgan yili shu vaqtda xam oldingizga olam olam maqsadlarni qo'ygan edingiz xo'sh ularni qanchasini amalga oshirdingiz a?
Keling savolni boshqacharoq beraman bugunimiz kechamizdan qaydarajada yaxshi tomonga o'zgardi, o'zimizni qanchalik o'stra oldik, qaydarajada o'zimizni isloh qildik shu savollarga javobingiz bormi?
1.Kimda dur bor unda yaxshi.
2.Kimda dur yo'q
3.Kimlar dur xali o'ylab xam ko'rmadimi
2-3 toifadagilar xo'sh qachon javob beramiz qachon o'ylab ko'ramiz.Axir siz do'stim Shu yili otangizga endi siz farzandingizni ortidan doim g'ururlanib yurasiz deb va'da bermaganmidiz, onagizga onajon sizni dunyodagi eng baxtli ona qilaman demaganmidingiz xo'sh qani va'dangizni bajarganiz xa balki shu yil qila olmagan bo'lsam,mana yangilda qilaman dersiz yo'q shoshmang siz bundan avvalgi yildaxam aynan shunday degan edingiz. Biz ku bu vadalarga ishonarmiz ,lekin siz ota onanggizni, o'zingizni umringiz qanchalik shiddat bilan o'tib borayotganini sezayotgan mekinsiz.
QADIRLI Do'stim balki akam, opam ,ukam, singlim yoki shogirdim esingizda tuting siz uchun jonini berishgada tayyor insonlar bor siz shu insonlar uchun xam kuchli bo'ling oldingizga qo'ygan maqsadlarga erishish uchun yangi yilni kutib o'tirmang xarakatni qilavering Otanggiz onanggiz sizni yutuqlaringizni ko'rishni intiqlik bilan kutish moqda shunday ekan ularni kuttirmang ota onani kuttirish yaxshi emas.
-Hurmatli o'zim bu gaplar aslida eng avvalo o'zingga tegishli
Hurmat bilan :Adham Sohibov
Осмонга етса ҳам ақлу расоинг,
Пойидан ўзга жой эмасдир жойинг –
Қулоққа айлансин ҳар бир аъзоинг,
Онанг сўзламоққа чоғланган маҳал!
Бу суҳбат чоғинда ғуборларни еч,
Ҳар қандоқ чиройли балоғатдан кеч!
Осмон ҳам жим турар, сезганмисан ҳеч,
Онанг сўзламоққа чоғланган маҳал?!
Зинҳор туриб олма ўтирган бўлсанг,
Чўкка туш мабодо тик турган бўлсанг,
Ҳатто ичингда ҳам жоизмас кулсанг,
Онанг сўзламоққа чоғланган маҳал!
Ризолиқ истасанг кўнглига бойлан,
Ҳар бир хизматига юракдан шайлан!
Жим бўлгин, муваққат соқовга айлан,
Онанг сўзламоққа чоғланган маҳал!
Адхам дуст , берилма фоний ўйинга,
Меҳр қўй волиданг ётган уйингга,
Калом ўқимоқни қолдир кейинга,
Онанг сўзламоққа чоғланган маҳал!
Biz o’zimizni va o’quvchilarimizni taniymizmi?
Insonlar yaratilishidan turli xil. Balki, aynan shu turli xillik hayotda balansni saqlab turar. O’qituvchi sifatida biz ko’pincha o’quvchilarimizni o’zimizga o’xshatishga, xuddi bizdek fikrlab, harakatlar amalga oshirishini xohlaymiz!
Lekin tug’ilishimizdan biz turli xil edik. Demak bizni yaratgan zot shuni xohlagan va bu hikmatsiz emas. Zamonaviy pedagogika alohida yondashuvni talab qiladi. Bu uchun biz bolalarni tabiatini va psixikasini yaxshi bilishimiz, ularga mos metodika va yondashuvlar yaratishimiz kerak.
Eng muhim jihat esa o’zimizni tushunib olishimiz. Qanday insonmiz? Nima kuchli taraflarimiz bor? Qaysi kuchsiz taraflarimiz ustida ishlashimiz kerak? O’zimizni bilishimiz ta’limda o’z xarakterimizga mos metod tanlashimizda ham yordam beradi.
Bunda bizga temperamentlar yordam beradi. Insonning tug’ma xarakter xususiyatlari. Bir xil vaziyatda nega odamlar o’zini turli xil tutadi?
Nega ba’zi odamlar qo’polroq?(masalan men), nega ba’zilar hamma bilan chiqishib ketadiyu boshqasi chekkada bitta o’zi turaveradi? Nega kimdir tog’ga chiqqanda yarmidan qaytib kelsa ikkinchisi ikki kun ketishini bilsa ham eng tepasiga chiqqisi kelaveradi?(yana men)
Nega ba’zi insonlar xo’p deydiyu bajarmaydi? Nega ba’zilar qaror chiqaradiyu amalga oshiradi? Ba’zilar yillab kutib, qolib ketadi. Qaysi odamga qaysi vazifani ishonish kerak? Kimga qanday muomila qilish kerak? Deyarli barcha savolga temperamentlar ilmi javob beradi.
Gippokrat tarafidan fanga kiritilgan bu atama va uning to’liq tahlili hozirgi ilmiy fan tomonidan tasdiqlanmagan. Lekin u bo’lib ketgan insonlarning 4 turi insonlarni tushunish uchun eng muhim bilimlardan biri bo’lib qolmoqda.
Sizni: sizda ishi bo'lmasaham eslaydigan, yo'qlab telefon qiladigan do'stlaringizni qadrlang!!
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 4 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 3 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago