@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 5 months, 1 week ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 9 months ago
Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!
Murojaat uchun - @Ayollar_ads
Last updated 1 year, 9 months ago
- Фузулий яхши китоб, - деди Кумуш, - мен ҳам ёлғиз қолған кезларимда бу китобдан бошимни ололмас едим, сизамми?
... Отабек гарангсиб қолған, ўзини овутмоқчи бўлган бу олийжаноб гўзалга нима дейишини билмас, қайердан сўз бошлашқа ҳайрон эди:
- Ким йиғлатди сизни?
- Йиғлабманми?
- Кўзингиз, киприкингиз...
- Ўзи шунақа...
- Йиғлатған мен эмасми?
- Китобни нега ёпдингиз? Очиб ўқинг, мен эшитай.
- Ота-она ризолиғини бир томчи кўз ёшингизга арзитдимми?
- Мен рози, мен кўндим,- деди дафъатан Кумуш, бу сўзни нимадандир қўрқғандек шошиб айтди.
- Кўндингиз... нега, а?
Отабек ҳайрат ва таажжуб ичида эди.
- Негаки, - деди Кумуш,- мен сизга ишонаман...
- Шунинг учун...
- Шунинг учун кўндим...
- Кўнглингиз фаришталар кўнглидек.
- Сизнинг ҳам кўнглингиз...
Икки жон, икки юрак гўёки биттадек бир-бирисини онглаб, бирисидан-бирисига ўтиб юрар эди шу аралаш бир табассум билан:
- Ўзим... - деди ва кейинидан ўзининг ҳамма тилак ва шартлари маъносини жамъи бўлған,- МЕНИ УНУТМАЙСИЗМИ? - деган сўроғини берди.
Навоийни ўқимасак ҳам бўлаверади дегувчиларга
Беш юз йилки ҳазрат дилни ҳайрон қилгай,
Жоҳил каслар бор ҳайратни вайрон қилгай.
Бу жаҳонда шундай ажиб миллат бордир –
Навоийни ўқимас, лек байрам қилгай!
2025.09.02
© Насрулло Эргаш
Hayatımı, zamanımı, üreyimi
naçarını sana verdim
İstedim sevilen olum yolunu gözledim
Sevgine ihtiyacım vardır görseydin
Mana gelseydin,
atrini duysaydım bir...
Mashhur “bevafolar”: ular nafratga loyiqmi, shafqatga?
Yunon mifologiyasidagi Pandora har qanday xiyonatkor ayolning arxetipi sifatida koʻriladi. U Pandora qutisini ochishi bilan insonlar dunyosiga oʻlim va yomonliklar kirib kelgan. Shundan soʻng u xiyonat va aybdorlik ramziga aylangan. Lilit ham mifologiyadagi mashhur ayol obraz boʻlib, u Odamni tashlab ketib, iblis bilan ittifoq tuzgani aytiladi.
Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/3334
Rasmiy sahifalarimiz?
Ushbu toʻplamni @alisher_abduhamidov **ismli obunachimiz sovgʻa qildilar. Katta rahmat!
Eng yaxshi investitsiya bilim olishga qaratilgan investitsiyadir.**
Tolstoy va Dostoyevskiy oʻrtasidagi 10 farq:
Tolstoy koʻp koʻzli, Dostoyevskiy koʻp ovozli yozuvchidir.
Tolstoy tashqariga, Dostoyevskiy ichkariga boqar.
Tolstoy aql va mantiq yozuvchisidir, Dostoyevskiy esa ziddiyatlarni aks ettiradi.
Tolstoy nima qilish kerak degan savollarning ortidan quvar ekan, Dostoyevskiy mumkin emas, nimalarni qilmaslik kerak degan savol ortidan boradi.
Dostoyevskiy kambagʻal boʻlgani uchun, kitob va qoralamalarining gonorarini oldindan olishga majbur edi. Tolstoy esa boy boʻlgani holda asarlari nashr etilgandan keyingina qalam haqi olardi.
Tolstoy asarlari uchun sogʻligʻidan qanchalik qarzdor boʻlsa, Dostoyevskiy hastaligi va taqdiri uchun shunchalik burchlidir.
Tolstoy epik, Dostoyevskiy esa dramatik janrda yozardi.
Dostoyevskiy Xudoga ishonardi, Tolstoy esa yashirincha eʼtiqod qilardi.
Tolstoy ijodi davomida eng yaxshisini izladi, Dostoyevskiy esa doim yomonlardan koʻra yomonrogʻi borligini eslatib turdi.
Inson insonlardan uzoqlashsa, Tolstoyni oʻqishni istaydi, inson insonlar orasiga kirgach, Dostoyevskiyning qadrini anglaydi.
Bu ikki yozuvchini bir-biriga qarshi qoʻymoq toʻgʻri emasdir. Na Tolstoy va na Dostoyevskiy, ikkisi birlikda Tolstoyevskiydir.
Turk tilidan kamina tarjimasi.
Yaqin orada sotib olgan kitoblarim shular ekan. Endi ilmiy adabiyotlarga koʻproq murojaat qilishim tabiiy.
Agar kimdir yuqori lavozimlarni egallab, chiroyli uylarda yashasa, ma’lumot va bank hisobiga ega bo‘lsa, demak, bu odam shunga munosib odam deb o‘ylagan paytlarim qanchalik ahmoq bo‘lgan ekanman.
"Martin Iden"
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 5 months, 1 week ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 9 months ago
Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!
Murojaat uchun - @Ayollar_ads
Last updated 1 year, 9 months ago