Kitobxon yigit?

Description
Kitoblar haqida fikrlar?
Advertising
We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

? @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 4 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 3 months ago

7 months ago

Barcha ayol-qizlarga bayram muborak bo'lsin!!!?

@kitobxonyigit

7 months, 3 weeks ago

Ba'zilar kinosini ko'rgan bo‘lsa kitobini o‘qiy olmasliklari, yoki aksincha, kitobini o‘qishgan bo‘lsa kinosini ko'ra olmasliklarini ko‘p ta'kidlashadi. Kecha shu xayolimga kelib qoldi va ham filmini ko'rgan, ham kitobini o‘qigan asarlarimni eslasam (Garri Potter, Uzuklar hukmdori, Graf Monte Kristo, Hobbit, Sherlok Xolms, Mittivoy va Karlson, Bilmasvoy, Odam Amfibiya...), deyarli barchasining ikkala versiyadan ham birdek zavq olgan ekanman.

Hozir ham seriali juda yaxshi ishlangan "Game of thrones"ning kitobini o‘qiyabmanu, sekin ichiga olib kirib ketyapti. Serialini maza qilib ko‘ranman, kitobidan ham yaxshigina zavq oladiganga o‘xshayman.

Sizda-chi, by masalada tajribangiz qanday?

@kitobxonyigit

7 months, 4 weeks ago

​​Henri Marsh — Ozor berma Shifokor bemorini o‘limdan saqlab qolganida nimalarni his qiladi? Bemorining o'limiga sababchi bo‘lsa-chi? Yoki o‘z oyog'ida yurib kelgan inson uning amaliyoti natijasida bir umrga nogiron bo‘lib, to'shakka mixlanib qolsa nimalarni…

9 months ago

Hemingueyning "To‘qchilik va yo‘qchilik" ini o‘qiyappan. Boshida qiziq boshlangandi, oxiriga kelib qanaqadir tartibsiz bo‘lib, tushunish qiyin bo‘bqoldi. Voqealar ipini yo'qotib qo'ydim.
Oxirgi bobida hammasi tartiblanib, o‘z iziga tushib olishiga umid qilib, o‘qishda davom etamiz.

@kitobxonyigit

9 months, 1 week ago

Imtihondan o‘tib, tibbiyot yo'nalishiga o‘qishga kirib qolgan talabalarda yo'nalish tanlash bilan bog‘liq muammo hal bo'lmaydi, aksincha haqiqiy muammo endi boshlanadi: endi u juda keng va tarmoqlanib ketgan tibbiyot sohalaridan ham ko'ngliga ham cho'ntagiga yoqadiganini tanlashi kerak. Boshqa institutlardagi do'stlari magistraturani bitirib, sohasi bo‘yicha ishlashga yaxshigina takliflar olayotgan paytda tibbiyot talabalari bakalavrni endi bitirayotgan, ko'pchiligi hali ham sohasini tanlolmay, bir necha variantlarni ko'rib chiqayotgan bo‘ladi. Bu bosqichlardan o‘tib bo‘lganlar uchun bu davrlarni eslash o‘zgacha nostalgiya beradi. Lekin, talabalarga ham bunday holat faqat ularda emasligi, ulardan oldingilar ham bunday bosqichlardan o'tganligi, o'zlari o‘ylayotgandak landpvur emasliklarini kimdir aytishi kerak. Agar bu inson dunyoga mashhur vrachlardan biri bo‘lsa, yana yaxshi.

Henri Marsh "Ozor berma" kitobining "Angor animi" degan bobida o‘zining maktabdan neyroxirurgiyagacha bo‘lgan yo'li haqida hikoya qilib beradi. Bu bobda muallif neyroxirurgiyaga qachondan qiziqishni boshlagan, ungacha qaysi sohalarda o‘zini sinab ko'rgan, soha tanlashda shoshilmaslik, tajribalardan qo'rqmaslik, o‘z yo'lini hamma kutganidan ko‘ra kechroq topish dahshatli narsa emasligi haqida aytib beradi. Shuningdek, Britaniya tibbiy ta'lim tizimi haqida tasavvurga ega bo'lish mumkin. Shaxsan menga, bu tizim juda yoqqan.

Tibbiyot yo'nalishida o‘qiyotganlarga ushbu tipdagi kitoblarni o'qishni qattiq tavsiya qilaman. Lekin, bu kitob ushbu yo'nalishda o‘zbek tiliga tarjima qilingan, hozircha, yagona kitob. Rus tilini biladiganlar bo‘lsa ruscha kitob sotadigan do'konlardan xuddi shu tarzda, vrachlar o‘z hayoti, faoliyatlari haqida yozgan ko'plab kitoblarni topishlari mumkin. Inglizcha biladiganlar internetdan qidirishga majbur(.

@kitobxonyigit

9 months, 1 week ago
9 months, 1 week ago

Barcha kanallarga obuna bo'lish uchun ko'k yozuvni ustiga bosing!

9 months, 1 week ago

Bugun sizlarga Telegram platformasidagi eng sifatli kontent ulashuvchilarni saralab yaxlit holatga keltirdik.Sara asarlarga yozilgan intellektual taqrizlar jamlangan kanal — @salimov_blogi

Zamonaviy mutolaa repertuarlari jamlangan bookblog – @panda_books

Dunyoqarashini o'stirishni xohlaydiganlar uchun ajoyib bookblog — @bookerberg

Student lifestyle & Study skills
Books & Book reviews —
@avidadeifeekkhan

Kitob bilan stressni yengamiz — @doctorsmind

Kitoblar haqida fikr-mulohazalar, taqrizlar berib boriluvchi kundalik-kanal —@mutolaa_olami

Filologiya, sotsiologiya va tarjima adabiyoti bo'yicha taqrizlar manzili — @bobil_kutubxonasi

Ilm yoʻlida birgamiz! — @Xushnudbek_kutubxonasi

Adabiyot, noshirlik, san'at va siyosat haqida mulohazalar — @timur_books

Kitoblar olamiga o‘n to‘qqiz yoshli o‘smir nigohi ila boqish — @santuagaraoflibrary

Kitoblar, tarjimalar va estetika dunyosi — @usmonosphere

Biroz nazm, biroz falsafa va kitoblar haqida — @gulruxsors_blog

Diqqat! Aql ko‘zingiz ochilib ketishi mumkin bo‘lgan hudud! — @kitob_ombori

Tarjima, tavsiya va taqrizlar kanali — @stoik_kutubxonasi

@Mirahmedovas_blog — kitoblar olamidan bitiklar)

Kitoblar, taassurotlar va hokazo — @larasinsight

Yangi tarjimalar va ijod olami — @mittihaqiqatlar

Dunyo adabiyotiga bir nazar — @dunyo_klassikasi

Soyabon ostidagi ayolning ijod o'zani ☔️- @RaxshonaAhmedova

Bo'lajak defektolog kitob o'qiydi — @qalamkashf

Kitoblar haqida fikrlar — @kitobxonyigit

YouTube kitobxonning mo'jaz "xonasi" — @marufjonblogi

Sovuq kunlarda ham Quyosh qizidan qaynoq post va taqrizlar – @quyoshtaraflarda

Kitoblar, tabiat, hislar olami –  @nigohlarda

Stendapchi va kitobxonning sahifasi — @phaziloff

Kitoblar dunyosidan soʻngi xabarlar — @dildora_bookaholic

Iqtisodiyot va hayot haqida — @economist_Martin

Someone who believes in magic
Welcome and enjoy @m1racle_books

*⚜️Biz sizga faqat eng saralarini tavsiya etamiz!*

9 months, 1 week ago

Barchangizni Yangi yil bilan tabriklayman!!!?

9 months, 1 week ago
Britaniyada bemorlargayam qiyinakan. Istalgan vaqtda o'ldirishi …

Britaniyada bemorlargayam qiyinakan. Istalgan vaqtda o'ldirishi mumkin bo‘lgan kasali borligini bilgandan keyinam vrach qabuliga kirish uchun bir necha hafta kutibdi, bechora. Bizda bo'lganida tanish-bilishini ishga solib, tanishi bo'lmasa baqir-chaqir qilib bo‘lsayam uzog'i ikki kunda kerakli vrach qabuliga kirgan bo‘lardi)...

@kitobxonyigit

We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

? @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 4 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 3 months ago