🎧 Подкасты из мира бизнеса
Реклама: @Danil_Podcast
Last updated 2 months, 1 week ago
#Sirdaryo tuman
📚Maĸtab sinfxonalarida partalar va dosĸa joylashuvi.
🖊️Partalarga chap tomondan yorug‘lik tushib turadigan devor yaqinida o‘rnatilishi, to‘rt o‘rinli stollar 2 qatordan, ikki o‘rinli stollar 3 qatordan o‘rnatilishi kerak.
🖊️ Partalar orasidagi masofa 0,5 m dan kam bo‘lmasligi, bolalar stoli kengligi 0,45 m ni tashkil etishi, oldi-orqa yo‘nalishidagi har bir stol atrofidagi ish zonasi 0,95 m (0,45+0,5) ni tashkil etishi lozim.
🖊️Mashg‘ulotlardagi har bir bolaga tarbiyachi erkin muloqot qilishi ta’minlanishi zarur.
🖊️Partalar o‘rnatish uchun esa zaruriy umumiy maydon 33,3 m2 dan iborat bo‘lishi, shuningdek, har bir guruh 30 o‘ringa mo‘ljallanganligi sababli 4 o‘rinli stoldan 8 ta qo‘yilishi shart.
🖊️Doskadan birinchi qator stoligacha bo‘lgan masofa 1,5 m ni tashkil etishi kerak. Bolalarning ko‘rish sharoitlarini optimallashtirishda ko‘rish joylari va bolalarning ko‘rish maydonining chegaralari ham hisobga olinishi tufayli stollarning doskadan uzoqligi 2 mgacha bo‘lishi kerak.
🖊️Sinf xonalarida 1,0×1,5 m o‘lchamdagi o‘quv doskalaridan foydalanilishi lozim. Devorga osilgan doska pastki chetining yerdan balandligi 0,7-0,8 m ni tashkil etishi kerak.
🌐 Bizni kuzatishda davom eting!Obuna bo'ling:
Телеграммhttps://t.me/sirdaryotumsanepid
#Sirdaryo tuman
📌Gepatit ĸasalligi !
🖊️Virusli gepatit – o‘tkir yuqumli kasallik.
Jigar hujayralarining zararlanishi, teri va shilliq qavatlarning sarg‘ayishi, peshobning to‘q sariq yoki «pivo»ga o‘xshash, najasning oqimtir tusga kirishi ba’zida esa jigar va taloqning kattalashishi bilan ifodalanadi.
🖊️Virusli gepatit deganda bir-biriga o‘xshash olti xil gepatit tushuniladi. Bular A, V, S, D, E, G viruslari qo‘zg‘atadigan kasallikladir.
A va Ye virusli geptitlarda viruslar bemorning axlati orqali tashqariga chiqadi.
🖊️Shu bois axlat, suv, oziq - ovqat mahsulotlari, bemor foydalangan buyum va narsalardan ifloslanish juda xavfli hisoblanadi.
🧨YuQISH YO‘LLARI
Parenteral yo‘l bilan yuqadigan virusli gepatitlar shpris, igna va boshqa tibbiy asboblarni yetarli zararsizlantirmaslik oqibatida, shuningdek, qon va qon preparatlari quyish hamda turli tibbiy muolajalar vaqtida ham yuqishi mumkin.
Gepatit ĸasalligi bilan ĸasallanmasliĸ uchun tozaliĸ - gigiena qoidalariga amal qilish va emlanish samarali usul eĸanligini tavsiya etamiz.
O'zingiz va oilangiz sog'lig'ga befarq bo'lmang.
🌐 Bizni kuzatishda davom eting!Obuna bo'ling:
Телеграммhttps://t.me/sirdaryotumsanepid
## Sirdaryo tuman
📌Uy sharoitida mayonez tayyorlamang!!!
🖊«Mayonez – zararli, uni iste’mol qilish mumkin emas». Bu sog‘lom ovqatlanish tarafdorlarining mayonezga qarshi ilgari surgan eng keng tarqalgan fikridir.
🖊Ammo xozirda ko'pchilik xonadonlarda uy sharoitida mayonez tayyorlab,iste’mol qilmoqdalar.
🖊Uy sharoitida mayonez tayyorlansa, tarkibda hech qanday zararli narsa bo‘lmaydi. Ammo bunday sous muzlatkichda uch kundan ortiq bo‘lmagan muddatda saqlanishi kerak.
🖊Sanoat usulida tayyorlangan mayonez uch kundan ortiq saqlanishi mumkin. Vakuum ostida qadoqlash, mahkamlash va sovuq javonlarda saqlashning maxsus usuli saqlash muddatini oshirishga yordam beradi. Buning uchun konservantlar, qalinlashtiruvchi moddalar, stabilizatorlar va bo‘yoqlar qo‘llaniladi. Biroq ular boshqa sanoat souslari va boshqa mahsulotlarda ham mavjud.
🖊Yaroklik muddati o'tgan maxsulotda bakteriyalar rivojlanib, ovqatdan zaxarlanish xolatlari kuzatilishi mumkin.
🧨O'zingiz va oilangiz sog'lig'iga e’tiborli bo'lishingizni tavsiya qilamiz.
🌐 Bizni kuzatishda davom eting!Obuna bo'ling:
Телеграммhttps://t.me/sirdaryotumsanepid
? 2024-2025 yangi õquv yili uchun tayyorgarlik holati ma'sul tashkilot mutahasislari tomonidan õrganilmoqda.
? Sirdaryo tuman Prokraturasining topshiriği asosida
? Tegishli tashkilotlar hamkorlikda prokratura mutahasisi.
Sirdaryo tuman SEO va JS bolalar va õsmorlar gigiyenasi sanitariya gigiyena vrach yordamchisi,Sirdaryo Maktab va maktabgacha ta'lim tashkiloti.Sirdaryo tuman TTB birlashma tibbiy hodimi.Sirdaryo gaz ta'minoti.FAVQULOTDA VAZIYATLAR bõlim ma'sullar tomonidan
? Yangi õquv yiliga ta'lim muassasalari qay holatda tayyorligi havsizligi va shart sharoit õquvchilar ta'lim olishlari u-n sinf xonalarining sanitariya gigiyena va meyorlari talablari asosida talabga javob berishi holati ma'sullar tomonidan õrganib chiqildi.
? Õrganish jarayonida ayrim katta va kichik õquvchilar honalarida ta'mirlash ishlari ib borilmaganligi aniqlandi.
? Ayrim makdablarda õquvchilar uchun ajratilgan qõl yuvish anjomi nosoz holatdaligi,suv bilan ta'minlanmaganligi aniqlandi.
? Sinif xonalari pol va patalok qisimlar ta'mir talab holatda.
? Siniflarda yoritish tizimlari ayrim sinf xonalarida nosoz.
? Ma'sul tashkilot mutahasislar tomonidan tegishli kõrsatma tavsiyalar berib borilmoqda.
? Sohada yuz berilayotgan yangiliklardan xabardor bo'ling!
Bizni kuzatishda davom eting!Obuna bo'ling:
Телеграммhttps://t.me/sirdaryotumsanepid
Telegram
Sanepidqo'm Sirdaryo tuman bo'lim
Ses
Маймун чечаги касаллигининг
этиологияси, эпидемиологияси, клиник
хусусиятлари, даволаш ва олдини олиш
чора-тадбирлари
(Услубий қўлланма)
?⚕ MAYMUN CHECHAGI YUQUMLI KASALLIK CHETDAN KIRIB KELISHI VA TARQALIB KETISHINI OLDINI OLISH CHORALARI KÕRILMOQ.
❇️ Sirdaryo viloyat SEO vaJS boshqarmasi epidemiolog vrach mutahasisi hamda Sirdaryo tuman SEO vaJS bõlimiga qarashli "Sanitariya nazorat posti epidemiologlari tomonidan
❇️ Õzbekiston Respublikasi Davlat chegara qõshinlariga qarashli Sirdaryo tuman "Guliston va Malek bojxona õtkazish posti"da
? Veterinariya nazorat posti xodimlari
? Davlat chegara qõshinlari bojxona posti xodimlari
? Õsimliklar karantinlar inspeksiyasi nazorat xodimlariga
? Maymun chechak? kasalligi chetdan kirib kelishini oldini olish va aholini epidemiologik osoyishtaligini saqlash borasida soha xodimlariga kasallikning etiyalogiyasi kilinik belgilari va profilaktik choralari xaqida tushuntirish ishlari olib bordi.
? Ma'lumot uchun
❇️ Sirdaryo viloyat SEOvaJS boshqarmaning 2024- yil 20 - avgust kungi 04-6/548- sonli KÕRSATMA XATIDA kõrsatilishicha JSST favqulodda vaziyatlar qõmitasining tavsiyasiga kõra yangi epidemyaning ommaviy xalqaro axamiyatga ega soğliqni saqlash favqulodda vaziyat deb baxolanganligini ma'lum qilganligi tõğrisida kõrsatma berdi.
? Bizga ushbu kasallikga qarshi kurashish va chetda kirib kelish oldini olish choralari kõrish nazoratga olish topshiriği berildi.
? Sohada yuz berilayotgan yangiliklardan xabardor bo'ling!
Bizni kuzatishda davom eting!Obuna bo'ling:
Телеграммhttps://t.me/sirdaryotumsanepid
🎧 Подкасты из мира бизнеса
Реклама: @Danil_Podcast
Last updated 2 months, 1 week ago