? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?
⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT
ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅
? Elon va Garant: @TonyYT
? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER
Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️
©️ SENATOR PUBGM
Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️
? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.
? Reklama: @Xojisaid
*💖 *YANGI NASHR*✏️ *“YOSH KO‘NGIL. OYBEK – KECHA VA BUGUN”*🗓 *Bu yil O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining farmoyishiga ko‘ra Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek tavalludining 120 yilligi yurtimizda keng nishonlanadi.*✔️ *Shu munosabat bilan O‘z FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti va Oybek uy-muzeyi ilmiy xodimlari hamkorligida “Yosh ko‘ngil. Oybek – kecha va bugun” nomli salmoqli to‘plam nashr etildi.*⚡️ *Kitob ikki qismdan iborat: birinchi qismiga Oybekning asrlar chegarasidan oshib, bugun ham sevib o‘qilayotgan she’rlari kiritilgan bo‘lsa, ikkinchi qismidan ulug‘ adib va shoir asarlari tadqiqiga bag‘ishlangan monografiya va maqolalar o‘rin olgan.
Monografiya va maqolalar muallifi – f.f.d., prof. U.Hamdamov.*✍️ *Kitob bilan tanishib chiqar ekansiz, Oybek kechagi kun ijodkorigina emas, balki bugun va ertangi kunimiz uchun ham ulug‘ xizmatlar qila oladigan ulkan adib va hassos shoir ekanligiga guvoh bo‘lasiz.*📇 *Zero, “Navoiy”, “Qutlug‘ qon”, “Na’matak” kabi asarlari Oybek nomini mudom sharaflab turadi.
Tez orada ushbu kitob taqdimoti Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida tashkil etiladi.
(Kitob Gʻafur Gʻulom nashriyotida 2025-yili chop etildi. Hajmi 380 b. Qattiq muqova)*💖 *O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti Matbuot xizmati.*😎Bizni kuzatib boring🎯***
Қадрли ҳамкасблар, институтимиз жамоаси!
Барчангизни кириб келаётган янги йил билан чин дилдан табриклаймиз! Сиҳат-саломатлик, оилавий бахт, тинч-тотувлик, қувончу шодлик ҳар бир кунингизда ҳамроҳу ҳамнафас бўлсин!
Ўтиб бораётган 2024 йил институтимиз фаолиятида кўплаб ютуқлар билан эсда қолди. Тилшунослик, адабиётшунослик ва фольклоршуносликда жиддий тадқиқотлар яратилди, муҳим натижалар қўлга киритилди: энциклопедия, луғатлар, монографиялар, дарсликлар, ўқув қўлланмалари, рисолалар, илмий-оммабоп нашрлар, илмий ва публицистик мақолалар қатори, оммавий ахборот воситаларидаги фаол чиқишларимиз ҳам илм-фан йўлидаги саъй-ҳаракатларимиз сарҳисобини яққол кўрсатиб турибди.
Истаймизки, 2024 йилда йилда амалга ошмай қолган режаларингиз, ишларингиз, эзгу ниятларингиз янги 2025 йилда рўёбга чиқсин. Янги йил илмий, ижодий, педагогик фаолиятингизда янгидан янги зафарлар, муваффақиятлар олиб келсин. Сиз орқали яқинларингиз: оила аъзоларингиз, дўсту биродарларингизни ҳам байрам муносабати билан самимий қутлаб қоламиз!
Ҳурмат билан,
Институт маъмурияти.
Qadrli hamkasblar, institutimiz jamoasi!
Barchangizni kirib kelayotgan yangi yil bilan chin dildan tabriklaymiz. Sihat-salomatlik, oilaviy baxt, tinch-totuvlik, quvonch-u shodlik har bir kuningizda hamroh-u hamnafas bo‘lsin!
O‘tib borayotgan 2024-yil institutimiz faoliyatida ko‘plab yutuqlar bilan esda qoldi. Tilshunoslik, adabiyotshunoslik va folklorshunoslikda jiddiy tadqiqotlar yaratildi, muhim natijalar qo‘lga kiritildi: ensiklopediya, lug‘atlar, monografiyalar, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, risolalar, ilmiy-ommabop nashrlar, ilmiy va publitsistik maqolalar qatori, ommaviy axborot vositalaridagi faol chiqishlarimiz ham ilm-fan yo‘lidagi sa’y-harakatlarimiz sarhisobini yaqqol ko‘rsatib turibdi.
Istaymizki, 2024-yilda yilda amalga oshmay qolgan rejalaringiz, ishlaringiz, ezgu niyatlaringiz yangi 2025-yilda ro‘yobga chiqsin. Yangi yil ilmiy, ijodiy, pedagogik faoliyatingizda yangidan yangi zafarlar, muvaffaqiyatlar olib kelsin. Siz orqali yaqinlaringiz: oila a’zolaringiz, do‘st-u birodarlaringizni ham bayram munosabati bilan samimiy qutlab qolamiz!
Hurmat bilan,
Institut ma’muriyati.
Qayd etilishicha, kelasi yil Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti ilmiy xodimlari tomonidan Scopus bazasiga kiritilgan jurnallarda ko‘proq maqola e’lon qilish, tadqiqotchilarni “O‘zbek tilining antropotsentrik tadqiqi”, “O‘zbek tilini sotsiolingvistik tadqiq qilish masalalari”, “Zamonaviy o‘zbek terminologiyasi va leksikografiyasining dolzarb masalalarini tadqiq etish va sohaga oid hamda tarjima lug‘atlarini yaratish”, “O‘zbek shevalari leksikasini tadqiqi”, “O‘zbek adabiyoti tarixini tadqiq etish”, “XX asr va istiqlol davri o‘zbek adabiyoti tarixi tadqiqi”, “O‘zbek va turkiy xalqlar adabiyotida milliy va umuminsoniy qadriyatlar talqini”, “O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari” 100 jildligini nashrga tayyorlash va uni tekstologik o‘rganish masalalari” kabi davlat dasturlariga jalb qilish, xalqaro hamkorlar sonini yanada oshirish, institutning “O‘zbek tili va adabiyoti” jurnalini zamonaviy talablar asosida yanada rivojlantirish rejalashtirilgan.
Taqdimotda ilmiy ishlarni yuqori ko‘rsatkichlarga yetkazish hamda xalqaro hamkorlik jarayonini yanada jadallashtirish chora-tadbirlari ham muhokama qilindi.
Vitse-prezident Bahrom Abdurahimovich Abduhalimov boshchiligidagi hay’at a’zolari institut ilmiy salohiyatini yuksak baholab, kelgusi yil uchun ham aniq dasturlar ishlab chiqish, ilmiy ishlanmalar sonini yanada orttish va ularni amaliyotga jorish qilish borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
2024-yil, 12-dekabr
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori institutida davlat dasturi bo‘yicha 2024-yilda bajarilgan ilmiy ishlar yuzasidan hisobot bo‘lib o’tdi
Institut direktori, filologiya fanlari doktori, professor Mahmudov Nizomiddin Mamadalievich joriy yil mobaynida institutining ilmiy-tadqiqot faoliyati, xususan, xorijda tan olingan ishlanmalar, nashr qilingan ilmiy ishlar, davlat dasturlari, xalqaro hamkorliklar va keyingi rejalar to‘g‘risida axborot berdi.
N.Mahmudovning keltirishicha, tadqiqotlarning maqsadi – hozirgi o‘zbek tili, terminologiya, leksikografiya, o‘zbek adabiyoti tarixi, XX asr o‘zbek adabiyoti, hozirgi adabiy jarayon, adabiyot nazariyasi, folklorshunoslik va sotsiolingvistika kabi sohalarda fundamental tadqiqotlar olib borishdan iborat. Vazifalari sifatida hozirgi o‘zbek tili, terminologiya, leksikografiya, o‘zbek adabiyoti tarixi, XX asr o‘zbek adabiyoti, hozirgi adabiy jarayon, adabiyot nazariyasi, adabiy aloqalar, folklorshunoslik va sotsiolingvistika kabi sohalarda tadqiqotlar yaratish, bir va ko‘p jildli lug‘atlar (izohli, orfografik, o‘zbekcha-ruscha va ruscha-o‘zbekcha), sohaga oid ensiklopediyalar va o‘zbek folklori namunalarini nashrga tayyorlash, respublika oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari uchun o‘zbek tili, adabiyoti va folklori bo‘yicha darslik hamda o‘quv qo‘llanmalarni nashrga tayyorlash belgilangan.
2024-yilgi xorijda tan olingan ishlanmalar soni – 2 ta, institut xodimlari tomonidan nashr qilingan ilmiy ishlar - 434 ta bo‘lib, shundan 55 tasi ilmiy kitob bo‘lib, xususan, 2 ta darslik, 3 ta o‘quv qo‘llanma, 31 ta monografiya, 5 ta lug‘at, 3 ta ilmiy anjuman to‘plamlari, 1 ta ensiklopediya, 10 ta xalq ijodiyoti to‘plami hisoblanadi. Scopus bazasiga kiritilgan jurnallarda – 2 ta (yana 4 ta maqola topshirilgan va chop etilishi kutilmoqda), xalqaro nufuzli (yuqori impakt faktorli) jurnallarda – 42 ta, OAK ro‘yxatidagi respublika jurnallarida – 107 ta, xalqaro ilmiy anjumanlarda – 135 ta, respublika miqyosidagi ilmiy anjuman va to‘plamlarda – 102 tani tashkil qilgan.
Ayniqsa, o‘zbek ilm-fani tarixida birinchi marta O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-oktyabrdagi PQ-4865-sonli “Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 4 jilddan iborat “Alisher Navoiy ensiklopediyasi”ning nashr etilgani, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-maydagi PQ-4320-sonli “Baxshichilik san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash yo‘lida “O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari” 100 jildligining 31 – 40 jildlari chop qilingani eng muhim yutuqlardandir.
“Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori institutining xalqaro hamkorlik doirasi ham yildan yilga kengayib bormoqda. Masalan, Turkiya jumhuriyati Bashkent universiteti (Anqara), Qirg‘iz-o‘zbek xalqaro universiteti (Qirg‘iziston, O‘sh), Xo‘jand davlat universiteti (Tojikiston), Ozarbayjon Fanlar akademiyasi Nizomiy nomidagi Adabiyot instituti, Qirg‘iziston Fanlar akademiyasi, Turkiya jumhuriyati Izmir universiteti (Izmir), Toshkentdagi Haydar Aliev nomli Ozarbayjon madaniyat markazi, Xakasiya til, adabiyot va tarix ilmiy-tadqiqot instituti (Rossiya), M.O. Avezov nomidagi Adabiyot va san’at institute (Qozog‘iston), Anqara Xoji Bayram universiteti (Turkiya), Tojikiston Fanlar akademiyasi Adabiyot institutilar bilan ilmiy hamkorliklar o‘rnatilgan” – deydi institut direktori.
? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?
⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT
ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅
? Elon va Garant: @TonyYT
? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER
Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️
©️ SENATOR PUBGM
Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️
? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.
? Reklama: @Xojisaid