Нур Муҳаммад кундалиги

Description
@Nurmuhammad_Abduzoirov
Advertising
We recommend to visit

Унча-Мунча - Кун ботгунча...

Видеоларни жўнатиш ва бошқа мавзулар бўйича:
@UM24BOT

Реклама бўйича:
@newline24

.

Last updated 2 days, 15 hours ago

Ва ниҳоят ўша машхур МАНОЛИ СЎЗЛАР Расмий саҳифасидасиз!

Admin: @omadli_adminjon

Reklama: https://t.me/rek_info/1338

Сиз тўғри манзилдасиз бизни танлаб адашмадингиз 💯

"Каналга қўшилиш" тугмасини устига босинг 👇

Last updated 4 months, 1 week ago

📚Расулуллоҳ ﷺ дедилар:
«Албатта, Аллоҳ суратларингизга ва молу дунёларингизга қарамайди. Лекин қалбларингизга  ва  амалларингизга қарайди»
✍(Имом Муслим ривояти)

Last updated 1 month, 1 week ago

3 weeks, 5 days ago
Onam kichkina narsalarimgacha asrab yuradi, xoh …

Onam kichkina narsalarimgacha asrab yuradi, xoh u menga kerakli boʻlsin, xoh keraksiz. Tashlab yuborishga koʻzi qiymaydi.
Men endi kerakmas deb bir burchakka otgan qogʻozlarimgacha yigʻadi!
Ona-da. Bolasining mehnati singgan hamma narsani saqlaydi!
Yaqinda shunday bir qogʻozlarni titkilab koʻrdim.
Ichidan shu narsani topib oldim, umumam eslolmadim qachon koʻchirganman, muallifi yozilmagan ekan...
Freazalogiyalarga qiziqqan paytim qayerdandir koʻchirgandirman
yoki oʻzim qayerlardandir yigʻib yozib qoʻygandirman, bilmayman. bilganim esa, bu qogʻoz 2015-2016 - yillarga tegishli edi, chunki, men bu davrdan keyin daftarga yoki qogʻozga umuman yozmay qoʻyganman...

Harqalay, oʻsha qogʻozlar ichidan topganim shu boʻldi, balki keyinroq yana izlasam yana allambalolar chiqib qolar, hozircha shu!

TOʻRTLIK.

Hech qarshilik qilmasdan,
fikrlarin qoʻllab bor,
Ehtiyot boʻl, u yerga
yelkang bo'lsa — sigʻmaysan.
Suvilonning yoniga
doim qoʻling hoʻllab bor,
Chunki quruq qoʻl bilan
suvdan quruq chiqmaysan.

1 month ago
Нур Муҳаммад кундалиги
1 month ago
Нур Муҳаммад кундалиги
1 month ago
Нур Муҳаммад кундалиги
1 month ago
1 month, 1 week ago

Фикрларимни назорат қилишни бас қилинг!!!
Етар энди, сизга қолгани йўқ мени бошқариш!
ўз билганимча, ўз хоҳлаганимча яшасам майлими?
Мени ҳаётим, оиламдан қизиқроқ нарса йўқми сизга, бечоралар...
Шунчалик ҳам паст бўладими одам? мендан қарзингиз бўлса, аллақачон кечиб қўйганман! Сиздан қарзим бўлса айтинг, тўлайман, фақат бунинг эвазига сиз хоҳлагандек яшашимни талаб қилманг! Яхшиси, мендан воз кечинг, қўйинг. Ҳеч нарсани йўқотмайсиз, ишонинг. Юзинг-кўзинг демай дўстларингиз сафидан ўчиринг, телефон қилсам кўтарманг...
Фақат мени ҳаётимга, мени фикрларимга дахл қилманг...
Илтимос!

3 months, 1 week ago

#tahrirsiz
Qayerdan va qachon paydo boʻldi ekan menda odamlarni bunchalik yomon koʻrish... Men hammani yaxshi koʻrardim. Nega sizni koʻrishga koʻzim yoʻgʻ-u, mobodo uchratib qolsam-da jilmayibgina qarayman... Nega yuzingizga aytmayman sizni yomon koʻrishimni, sizni yomon koʻrishimga biror sabab bormi oʻzi?
Unda nega sizni yomon koʻraman, menga biror yomonlik qildingizmi?
Nimalar boʻlyapti oʻzi? Tushunmayapman... Bularning hammasi omadsizliklarim natijasadi roʻy berdimi?
Nega sizning hayotingizga aralashyapman... Qanday yashasangiz yashayverishingiz kerak-ku, axir...
Oʻzi bu gaplarni nima uchun yozyapman, siz nega bularni oʻqiyapsiz vaqtingizni sarflab?
Jinni boʻlyapmanmi? Oʻzimga boʻlgan ishonchim shu qadar tushib ketdimi? Oʻzi bulardan biror maʼno bormi? Yana nima deyish kerak? Bu qadar maydalashmasam, mayda narsalarga bunchalik katta boʻlmasa men uchun?
Uyalmaymanmi?
#nega men bu qadar aybdorman?

#xullas, ichimda nimalar boʻlyapti, men bilmayman, kuzatuvchilar eʼtibor berishmasin bularga? Hech qanday maʼno yoʻq, oʻzim ham bilaman... Ammo nimadir yozish kerak edi... Mayli-da.

#meni ustimdan kulishga nima haqingiz bor? Men ham odammasmanmi?
Nega mana bu yozganlarimni oʻqishingizni xohlayman-u muhokama qilishingizni istamayman...
Mening bu ahvolimga siz ham tushib koʻrganmisiz, mega bilishni ham istamayman...
Men oʻzi kimman?

3 months, 1 week ago

#Uzuq_yuluq

Bilaman, orangizdahi eng noshud va omadsiz odamman, lekin buni menga eslatib turishingiz shart emas... Men sizning ichingizdan nimalar oʻtyotganini bilmaganim kabi siz ham meni bilmaysiz ichimda nimalar borligini...
Siz harakat qilyapsiz hayotingizni yaxshilashga va qaysidir maʼnoda natojasini koʻrdingiz ham, mening natijalarimni koʻrmaganingiz bu — men harakat qilmayotganimni anglatmaydi...

#shunchaki
Koʻplardan yaxshilik koʻrdim, yomonlik emas, ular menga yaxshilik qilishga majbur emasdilar va hozir ham majbur emaslar. Men oʻzim yomondirman, hammaning koʻziga qoʻlidan bir ish kelmaydigan odamdek koʻrinib, shunday tasavvur uygʻotyotgandirman, balki, boʻlmasa, bu kabi mening hayotdagi omadsizliklarimni yuzimga taʼna qiladigan odamlar bu qadar koʻp boʻlmasligi kerak edi... Vijdonimni oldida aybim katta, odamlarning koʻziga ojiz koʻrindim, yoki ojizligimni koʻrsatib qoʻydim... Bu ishlar xatoligini bilganmidim, menga nasihat qilishga haqli boʻlmagan odamlar nenga oʻrgatishni boshlashdi... Men shunday odammidim? Menga rahmi kelib qarashlaridan zavqlanadigan odammanmi? Yoʻq... Nimalar haqida oʻylayapman, bilmayman ham, halovatim yoʻqolgan...
Siz ham oʻzingizga savol berib koʻrganmisiz, men hech qayerda xato qilmaganmanmi deb...
Koʻpchilikni ranjitdim, toʻgʻri. Ular meni kechirmaguncha Xudo meni kechirarmikin, Axir, Sizga ozor berganim Xudoga bergan ozorim emasmi, siz Xudoning bir parchasi emasmisiz?

#kundalik

Men shundan qoʻrqamanki, ertaga biror yaqinimga nimadir boʻlishidan va men hech narsa qilolmasligimdan. Qoʻlimdan kelganini qilsam-da hech narsani oʻzgartirolmasligimdan xavotirlanaman...
Sizga nima, oʻzi bu gaplarni nega yozyapman-a?

#uzuq_yuluq Bir kuni hammasi yaxshi boʻladi, yaxshi boʻlmasa ham peshonada borini koʻramiz va sizga oʻshanda ham sizga va boshqalarga ogʻirimni tashlamayman.

Sizga gapirganlarimni hazil sifatida qabul qiling va unuting...

Xullas, zerikdim.

3 months, 1 week ago

#uzuq_yuluq
Nega Iticket saytiga kirsangiz birorta chipta qolmagan, ammo konsert zali oldida kamida 20-25 kishi "bilet kerakmi" deb qoʻlidagi bir dasta chiptalarni koʻrsatadi?

5 months, 1 week ago

Uzoq vaqtdan beri tushkunlikdan chiqolmayapman... Atrof-muhit, jamiyat, kitoblar, umuman hamma-hammasi bu tushkunlikni yanada chuqurlashtirib boryapti...
Agar yaqin orada oʻzimni oʻldirib qoʻysam, ajablanmang, oʻshanda bu depressiya eng baland choʻqqisiga chiqqan boʻladi.

We recommend to visit

Унча-Мунча - Кун ботгунча...

Видеоларни жўнатиш ва бошқа мавзулар бўйича:
@UM24BOT

Реклама бўйича:
@newline24

.

Last updated 2 days, 15 hours ago

Ва ниҳоят ўша машхур МАНОЛИ СЎЗЛАР Расмий саҳифасидасиз!

Admin: @omadli_adminjon

Reklama: https://t.me/rek_info/1338

Сиз тўғри манзилдасиз бизни танлаб адашмадингиз 💯

"Каналга қўшилиш" тугмасини устига босинг 👇

Last updated 4 months, 1 week ago

📚Расулуллоҳ ﷺ дедилар:
«Албатта, Аллоҳ суратларингизга ва молу дунёларингизга қарамайди. Лекин қалбларингизга  ва  амалларингизга қарайди»
✍(Имом Муслим ривояти)

Last updated 1 month, 1 week ago