Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 day, 23 hours ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 1 month, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 5 months ago
@SaraTarix *kanali Sotiladi
Eng qiziqarli faktlar faqat shu kanalda ?* @Eng_Zur_fakt
*AMIR TEMURNING BIR TUNI.
Mahobatli saroy, oltin toj-u taxt,
Hoqon oʻltirmishlar, chuqur o'y surib,
Qancha yurt kezmishlar, davlat, mol-mulk naqd,
Nelar koʻrmadilar, olis yoʻl yurib.
Nimalar oʻtmadi, bu qattiq boshdan,
Odamzod har nega chidar ekan-da.
Baʼzi bir amirlar haddidan oshgan,
Taʼzirin oladi, bir kun borganda!...
Yoʻlning azoblari Amirga maʼlum,
Xalqini qiynadi, kelgindi,malʼun!
" Mugʻulni daf qil"!-der, koʻngildigi un,
Yovsiz kun keladi, KELADI,BIR KUN!
Turon malikalar Hazratni kutib,
Tunlarni sogʻinib oʻtkazar bedor.
Hoqon-chi, qoʻlida qilichni tutib,
Yurtga koʻz tikmasin, deydi, "yov-gʻaddor!"
Toʻgʻri u ham qoʻmsar orom,halovat,
Yurtma-yurt kezmoqning azobi hadsiz,
Ammo yogʻiy qilich qayragan bir payt,
Aslo tek turolmas, "goʻyo jurʼatsiz..."
Temur joʻmard yigit, sheryurak-jasur!
Aslo yenga olmas buzgʻunchi unsur.
U bir kun yurtidan quvib yovlarni
Turon mamlakatin aylaydi ustun!
Qoʻllagay pirlarning saboqlarini.
El aytgay qoʻldagi qadoqlarini.
"Biz Amir Temurning avlodlari"-deb,
Izhor etisharlar ardoqlarini!
Gulbahor Gʻiyosova
Post qiziqarli bo'lgan bo'lsa "?" qoldiring!*
Post qiziqarli bo'lgan bo'lsa "?" qoldiring!
Eng qiziqarli faktlar faqat shu kanalda ?**** @Eng_Zur_Fakt
**Sohibqiron Amir Temurning o‘limini araq tezlashtirganmi?!
Tarixiy adabiyotlarda Amir Temurning vafoti bilan bog‘liq sabablar deyarli bir-biridan farq qilmaydi. Uning 1405 yil 18 fevralda bosh shamollashidan vafot etgani fakt, albatta. Ammo buyuk sohibqironning o‘limini tezlashtirgan boshqa omillarni ham eslab o‘tish maqsadga muvofiqdir. Ibn Arabshohning yozishicha (1436 yilda yozilgan), sovuq natijasida “Temur ibrida (sovuqdan jismni zaiflashtiradigan kasallik) kasaliga chalinib, uni daf etish uchun tabiblar tavsiyasi asosida tarkibida isitadigan moddalar, xushbo‘yliklar va rezavorlar bo‘lgan xamr arag‘ini iste’mol qilgan”. Tarixchi Xondamirning ham fikricha, Temurning o‘limini araq ichimligi tezlashtirib yuborgan. Bu haqda u o‘zining “Habib us-siyar” asarida (1524 yil yozilgan) shunday yozadi: “...sohibqiron shu asnoda araqqa rag‘bat ko‘rsatdi, unga javhar keltirishlarini buyurdi: ko‘rinishidan suvdek bo‘lsa ham, sifati jihatdan olovdek, suyultirilgan billur edi. Oliynasab Sohibqiron ikki kecha-kunduz araq ichdi, ammo aslo ovqat yemadi. Shuning uchun uning mijozida o‘zgarish yuz berdi. Bu o‘zgarishni ular (tabiblar) xumor belgisi bo‘lsa kerak deb tushundilar. Yana unga bir-ikki qadah berdilar, harorati biroz taskin topdi, ammo vujudi tabiatiga sharob ta’sir qildi shekilli, issig‘i yana ko‘tarilib ketdi. 807 yil sha’bonning uninchi chahorshanba kunida (11 fevral) mushkul kasallik og‘irlashdi”.
Temur kasali va uning o‘limiga ko‘p miqdorda iste’mol qilingan araq sabab bo‘lganligi haqida yana o‘sha davr tarixchisi Xofiz Abru ham yozadi. Garchi, rasmiy tarixchilar (saroy tarixchilari – Ali Yazdiy, Abdurazzoq Samarqandiy va boshq.) bu fakt haqida hech narsa yozmasa-da, bu biri-biriga bog‘liq bo‘lmagan uch tarixchining bir xil yozishi yuz bergan voqealarning to‘g‘ri ekanligiga dalildir.**
Eng qiziqarli faktlar faqat shu kanalda ?**** @Eng_Zur_Fakt
Goooo
Eng qiziqarli faktlar faqat shu kanalda ?**** @Eng_Zur_Fakt
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 day, 23 hours ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 1 month, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 5 months ago