Юр отдел?

Description
Ҳуқуқий маслахатлар ва жавоблар ўзбек ва рус тилларида⚖️

@Yurotdelmurojaat_bot - саволларингизга шу ерда жавоб берамиз!

Правовые советы и ответы на вопросы на узбекском и русском языках⚖️

@Yurotdelmurojaat_bot - ответим на ваши вопросы тут!
Advertising
We recommend to visit

🔞КАТТАЛАР УЧУН!

🇺🇿 ТВ-да кўрсатмайдиган ва халқга айтилмайдиган махфий янгиликларни ёритиб борамиз!

Янгиликлар бўлса бизга юборинг, биз каналга чиқарамиз:👉 @SaraXabar_Aloqabot

Реклама: @SaraXabarda_reklama

Last updated 2 weeks, 5 days ago

🕵🏻‍♂️ "ХОКИМ БУВА" нинг телеграмдаги расмий сахифаси шу, қолганлари фейк!

🔞 КАТТАЛАР УЧУН!

‼️ Воқеа ёки ҳодисанинг гувоҳи бўлдингизми?
Унда бизга юборинг: @hokimbuva_bot

💰 Реклама: @YD_Reklama
🧑🏻‍💻 Админ: @XokimBuva_ads

Last updated 4 days, 17 hours ago

🇺🇿 КАТТАЛАР УЧУН!

🌐 Ўзбекистон ва Жаҳондаги муҳим воқеалар, энг тезкор ва махфий хабарлар!

Yaxshi Yomon - Бизни кузатиб боринг...

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми бизга юборинг: @YaxshiYomon_Bot

☎️ Реклама: @YaxshiYomonda_Reklama

Last updated 5 days, 11 hours ago

8 months, 3 weeks ago

▪️Bank bilan bog’liq barcha turdagi nizolar bo’yicha

▪️Majburiy ijro byuro organlari bilan bog’liq nizolar yuzasidan

▪️Sud hujjatlarining ijrosi yuzasidan

@azizbek_zaynobidinov ga murojaat qiling

8 months, 4 weeks ago

❗️ Демак, янги қабул қилинган қонун билан ПҚ292- сонли қарорининг кредит фоизлари ва неустойка ҳисобланиши қисми мустаҳкамланди ҳамда фуқаролик кодексига ўзгартиришлар киритилди.

Хусусан;

ФК 248- модда:
Агар амалга оширилган тўлов суммаси карз олувчи жисмоний шахсга ёки қарз олувчи тадбиркорлик субъектига ажратилган микроқарз ёки кредит бўйича мажбуриятларни бажариш учун етарли бўлмаса, қарз
олувчининг қарзи куйидаги навбатда қопланади:

1) асосий қарз бўйича муддати ўтган қарздорлик ва муддати ўтган фоиз тўловлари мутаносиб равишда;
2) жорий* давр учун хисобланган фоизлар ва жорий давр учун асосий
карз буйича қарздорлик;
**3)
неустойка (жарима, пеня)*;

4) кредиторнинг қарздорликни узиш билан боғлиқ бўлган бошқа харажатлари

ФК 744-модда:
«Кредит буйича қарздорликни ундириш тўғрисида суднинг хал
қилув карори чиқарилганда
суд қарорида кўрсатилган, кредит бўйича ундириладиган суммага нисбатан ушбу Кодекснинг 327-моддаси биринчи ва иккинчи қисмларида хамда 734-моддаси биринчи кисмида назарда тутилган фоизлар, шунингдек неустойка хисобланиши тухтатилади»

@yurotdel_uz

8 months, 4 weeks ago

❗️ Prezident qarori aholi va tadbirkorlik subyektlariga sud qaroridan keyin to 2023 yil 31 dekabrga qadar hisoblangan foiz qarzdorlklaridan bo'yin tovlash huquqini aslo bermaydi.

? O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 04.09.2023 yildagi PQ-292-sonli "O'zbekiston Respublikasi prezidentining tadbirkorlar bilan 2023-yildagi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorining 10-bandiga muvofiq 2024-yil 1-yanvardan boshlab:

▪️ aholi va tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan kreditlar bo'yicha garzdorlikni undirish bo'yicha sudning
hal qiluv garori chigarilganda, mazkur kreditlar bo'yicha foizlar va neustoyka hisoblanishi to’xtatiladi deb ko'rsatilgan.

@yurotdel_uz

10 months, 1 week ago

❗️Сизнинг банк олдидаги муддати ўтган қредит қарздорлигингиз банк томонидан қандай таснифланади ?
? Ўзбекистон Республикаси Марказий банки Бошқарувининг 2015 йил 13 июндаги 14/5-сон қарорига асосан Тижорат банкларининг активлари(=кредит)сифатига кўра «стандарт», «субстандарт», «қониқарсиз», «шубҳали» ва «умидсиз» тоифаларга таснифланади.

?«стандарт» :
Қарздор томонидан охирги 180 кунда активларнинг асосий қарзи ва фоизлари бўйича муддати 30 кунгача кечиктирилган ягона ҳолат мавжуд бўлса

?«субстандарт»:
асосий қарз ва фоизлар бўйича 31 кун ва ундан ортиқ, лекин 90 кундан ошмаган муддати ўтган қарздорлик мавжуд бўлса

?«қониқарсиз»:
асосий қарз ва фоизлар бўйича 91 кун ва ундан ортиқ, лекин 180 кундан ошмаган муддати ўтган қарздорлик мавжуд бўлса

?«шубҳали»:
қарз олувчининг банкрот деб эълон қилиниши; асосий қарз ва фоизлар бўйича 181 кун ва ундан ортиқ, лекин 365 кундан ошмаган муддати ўтган қарздорлик мавжуд бўлса.

?«умидсиз»
қарздорнинг 2-сон картотекасида муддати 366 кун ва ундан ортиқ кунга кечиктирилган тўлов ҳужжатлари мавжуд бўлса;
асосий қарз ва фоизлар бўйича 366 кун ва ундан ортиқ кунга муддати ўтган қарздорлик мавжуд бўлса.

Бизнинг каналимиз:@yurotdel_uz

10 months, 3 weeks ago
11 months ago

Tadbirkorlik subyektlarini o’zlarini ixtiyoriy tugatayotganda:
?kreditorlar talablarini ta’minlash bo‘yicha ilgari ko‘rilgan barcha choralar bekor qilinadi ya’ni ularning MIBdagi barcha ijro ishlari tamomlanib tugatuv boshqaruvchisiga yuboriladi. Bunda ular qarzdorlikning undirilishi yuzasidan olinadigan 4% ijro yig’imidan “aylanib” o’tadi.

?muddati kechiktirilgan majburiy to‘lovlarni bajarish muddati boshlangan hisoblanadi;

?yer solig‘i, yagona yer solig‘i, mulk solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, shuningdek, barcha turdagi soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha penyalarni hisoblab yozish to‘xtatiladi.

?2-son kartotekaning amal qilishi to‘xtatib qo‘yiladi

@yurotdel_uz

11 months ago

Kredit qarzdorlikni sud orqali majburiy tartibda undirish barcha muddatlar:

  1. Kreditor (Qarz beruvchi)ning yozma ogohlantirishi/talabnomaning yuborilishi 5-10 kungacha.

Bank yo‘llaydigan talabnomada quyidagi axborot ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:
talabnoma rasmiylashtirilgan sanadagi iste’molchining joriy qarzi miqdori va tarkibi;
qarzni to‘lash usul(lar)i;
iste’molchi o‘z majburiyatlarini bajarishi lozim bo‘lgan muddat o‘n kundan kam bo‘lmasligi lozim; https://lex.uz/docs/-3804290#-3805070

  1. Sudgacha nizoni hal etish tartibiga rioya qilish

Qarzdorlik yuridik shaxslardan undirliganda mediatsiya tartib taomiliga rioya qilish majburiy hisoblanadi. Bunda taxminan 15-20 kun ketishi mumkin.

Qardorlik jismoniy shaxslardan undirililganda mediatsiya majburiy hisoblanmaydi. Bankning (qarz beruvchi) qarzdorga yuborgan talabnomasi yetarli hisoblanadi.

  1. Sudga hujjatlarni topshirish va sud jarayoni:

Sud arizani 10 kun ichida ko’rib chiqib qabul qilish yoki qabul qilinmaslik masalasi hal etiladi.

Agar mazkur fuqarolik ishi ish yurituviga qabul qilinsa 20 kun ichida ko’rib chiqishga tayyorlab tegishli kunga tayinladi va taraflarga sud kuni va joyi to’grisida chaqiruv qo’g’ozlari yuborilib taraflar xabardor etiladi.

Ishni ko’rish jarayoni 1 oy davomida ko’rib chiqilib barcha ish hujjatlari to’planib va taraflarning tushuntirishlari tinglangandan so’ng sud muhokamaga o’tadi.

Sud muhokamasida taraflarning oxirgi so’zlari tinglanadi hamda mazkur ish bo’yicha hal qiluv qarori/ajrim chiqaradi.

  1. Sudning hal qiluv qarori 1 oy ichida kuchga kiradi.

Mazkur ish bo’yicha taraflardan 1 oy ichida apellyatsiya shikoyati kelib tushmasa, ijro uchun tegishli Majburiy ijro byurosiga yuboriladi.

  1. MIB davlat ijrochisi ijro hujjatini olgan paytdan e’tiboran bir ish kuni ichida ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror chiqaradi hamda qarzdorga ixtiyoriy muddat uchun 15 kun muhlat beradi. Davlat ijrochisi qaror chiqarilgan kunda qarzdorning nomidagi barcha mol mulklariga band solishga haqli. https://lex.uz/acts/-26477
  2. Agarda qarzdorlik garov mulki bilan ta’minlangan bo’lsa ixtiyoriy muddatdan so’ng garov mulkini xatlash choralarini ko’radi.
  3. Garov mulki xatlangandan so’ng “Mol-mulkni elektron onlayn-auksionda sotish uchun chiqarish to’g’risidagi” qarori chiqarilib 15 kunlik ixtiyoriy muddat bergan holda ogohlantirish xatlari yuboriladi.
  4. Taxmiman 30-45 kun atrofida mol mulk sotilib yoki sotilmasa undiruvchiga topirilib ijro ishi yakunlanadi.

Demak eng tezlashgan holda 6-7 oyda qarzdorlini majburiy tartibda undirish mumkin.@yurotdel_uz

1 year ago
  1. Savol. Turar joylarning yashalmaydigan qavatlarida billiard va kalyanxona ochish mumkinmi qanday tartiblari bor?
    Asos: TURAR JOY BINOLARI

▪️Ko‘pkvartirali turar-joy uylarning birinchi qavatlarida yashash sharoitini yomonlashishiga va xavfsizligini buzishga olib keluvchi obyektlardan tashqari,…
savdo-maishiy xizmat…..ga mo‘ljallangan xonalari joylashtirilishi mumkin.

Talablari:
▪️Ushbu faoliyatini amalga oshirish uchun turar-joyda yashobchilar bilan kelishilgandagina yo‘l qo‘yiladi.
▪️soat 22 dan keyin xizmat ko‘rsatish faoliyatiga yo’l qo’yilmaydi.
▪️billiard xonasi — 30-36 m2
▪️*вентиляция тизимлари билан жиҳозланган
▪️*Чилим* чекиш учун махсус ажратилган жойлар фақат чилим бериш бўйича хизматлар кўрсатиладиган, техник жиҳатдан тартибга солиш соҳасидаги норматив ҳужжатларга мувофиқ бўлган ва вентиляция тизимлари билан жиҳозланган алоҳида ажратилган бинолар, иншоотлар ва объектларда ташкил этилиши керак.
▪️ чилим чекиш 21 ёшга тулмагандарга сотиш хам уларнинг истемол килиниши хам мамурий жаримага сабаб булади
Лицензиялаш, рухсат бериш ва хабардор қилиш тартиб-таомиллари
тўғрисидаги қонунчиликни бузиш***

2 та рухсатномаси булиши керак;
1. Кунгил очар маскан учун биллиард
2. Тамакаи махсулотлари савдоси Чилим учун

Агарда рухсатномалар булмаса
МЖТКнинг 165-моддасида назарда тутилган ҳуқуқбузарликлар аниқланган тақдирда, маъмурий ҳуқуқбузарлик тўғрисида баённома тузади.

Нима килиш керак: Биринчи навбатда 22 00 дан кегин 02 килиш керак шунда рейд килиб 1.лицензиясиниларини текширади
2. Фаолият вактини бузганлик учун байённома тузади
3. Маиший шовкин учун чора куради жарима кулланиш тадбирини килади
Барча материалларни йиги судга такдим килади
@yurotdel_uz

1 year, 5 months ago

Lizing – bu uzoq muddatli ijara bo‘lib, uning oxirida ijaraga olingan obyektni sotib olish imkonini beradi.

Lizing – bu xizmatdir.
Misol uchun, traktorni lizingga olmoqchi bo‘lgan fermer ushbu xizmat turini ko‘rsatuvchi kompaniyaga tashrif buyuradi. O‘z navbatida, kompaniya o‘z mablag‘lari hisobiga traktorni xarid qiladi va uni mijozga ma’lum miqdordagi to‘lov evaziga muddatli foydalanish uchun topshiradi. Belgilangan ijara muddati yakunlanganidan so‘ng esa traktorga egalik qilish huquqi bevosita mijozning nomiga o‘tadi.

Lizingda bitim predmetini mijoz tanlaydi. U sotuvchini tanlaydi. Xaridni esa lizing kompaniyasi amalga oshiradi va sotib olingan tovarni mijozga vaqtinchalik foydalanishi uchun kelishilgan muddatga beradi. Belgilangan summa to‘langandan keyin, ijaradagi mulk mijozning tasarrufiga o‘tadi.

Lizing obyektlari
O‘zbekistonda lizing obyektlari sifatida tadbirkorlik faoliyatida foydalaniladigan binolar, inshootlar, uskunalar, transport vositalari va boshqa ko‘char va ko‘chmas mulklar bo‘lishi mumkin. (O‘zbekiston Respublikasining 14.04.1999 yil sanasidagi №756-I-sonli “Lizing to‘g‘risida”gi Qonuni).

Nimani lizingga olish mumkin emas?
Yer uchastkasini, tabiiy obyektni (masalan, dala yoki ko‘l) va davlatga tegishli bo‘lgan hamda qonun bo‘yicha erkin muomalaga chiqarilmaydigan mulkni (masalan, binolar, madaniy yodgorliklar) lizingga olish mumkin emas.

Obuna bo’ling: @yurotdel_uz

1 year, 5 months ago
**Bizning kanal:** [**@yurotdel\_uz**](https://t.me/yurotdel_uz)

Bizning kanal: @yurotdel_uz

We recommend to visit

🔞КАТТАЛАР УЧУН!

🇺🇿 ТВ-да кўрсатмайдиган ва халқга айтилмайдиган махфий янгиликларни ёритиб борамиз!

Янгиликлар бўлса бизга юборинг, биз каналга чиқарамиз:👉 @SaraXabar_Aloqabot

Реклама: @SaraXabarda_reklama

Last updated 2 weeks, 5 days ago

🕵🏻‍♂️ "ХОКИМ БУВА" нинг телеграмдаги расмий сахифаси шу, қолганлари фейк!

🔞 КАТТАЛАР УЧУН!

‼️ Воқеа ёки ҳодисанинг гувоҳи бўлдингизми?
Унда бизга юборинг: @hokimbuva_bot

💰 Реклама: @YD_Reklama
🧑🏻‍💻 Админ: @XokimBuva_ads

Last updated 4 days, 17 hours ago

🇺🇿 КАТТАЛАР УЧУН!

🌐 Ўзбекистон ва Жаҳондаги муҳим воқеалар, энг тезкор ва махфий хабарлар!

Yaxshi Yomon - Бизни кузатиб боринг...

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми бизга юборинг: @YaxshiYomon_Bot

☎️ Реклама: @YaxshiYomonda_Reklama

Last updated 5 days, 11 hours ago