Terabayt.uz | Хабарлар

Description
Terabayt.uz сайтининг канали
Facebook: fb.com/terabaytuz
Instagram: instagram.com/terabaytuz
YouTube: youtube.com/TerabaytUzOfficial
Мурожаатлар: @Terabaytuz_aloqabot

Тижорий ҳамкорлик: @ukkuuz
Advertising
We recommend to visit

🔞КАТТАЛАР УЧУН!

🇺🇿 ТВ-да кўрсатмайдиган ва халқга айтилмайдиган махфий янгиликларни ёритиб борамиз!

Янгиликлар бўлса бизга юборинг, биз каналга чиқарамиз:👉 @SaraXabar_Aloqabot

Реклама: @SaraXabarda_reklama

Last updated 2 weeks, 4 days ago

🕵🏻‍♂️ "ХОКИМ БУВА" нинг телеграмдаги расмий сахифаси шу, қолганлари фейк!

🔞 КАТТАЛАР УЧУН!

‼️ Воқеа ёки ҳодисанинг гувоҳи бўлдингизми?
Унда бизга юборинг: @hokimbuva_bot

💰 Реклама: @YD_Reklama
🧑🏻‍💻 Админ: @XokimBuva_ads

Last updated 3 days, 17 hours ago

🇺🇿 КАТТАЛАР УЧУН!

🌐 Ўзбекистон ва Жаҳондаги муҳим воқеалар, энг тезкор ва махфий хабарлар!

Yaxshi Yomon - Бизни кузатиб боринг...

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми бизга юборинг: @YaxshiYomon_Bot

☎️ Реклама: @YaxshiYomonda_Reklama

Last updated 4 days, 11 hours ago

2 weeks ago
**Bitcoin - $76,000 rekord narxini yangiladi!**

Bitcoin - $76,000 rekord narxini yangiladi!

Kriptovalyuta va Blockchain texnologiyalari haqida yangiliklarni o’zbek tilida rasmiy OAVda kuzatib boring!

Kanalga a’zo bo’ling!

3 weeks, 1 day ago
**Xiaomi SU7 Max электромобили Тошкент кўчаларида**

Xiaomi SU7 Max электромобили Тошкент кўчаларида
2,8 сонияда 100 км/соат тезликка эриша оладиган ушбу модел норасмий дилерлар орқали Ўзбекистонда 55 000$ дан бошлаб сотилмоқда.

Ҳайдаган бўлармидингиз? 🏎

@terabaytuz

3 weeks, 1 day ago
Terabayt.uz | Хабарлар
3 months, 2 weeks ago

Sun'iy intellekt yoppasiga ishsizlikka sabab bo'ladimi?

Sun'iy intellekt ko'plab sohalarda odamlar o'rnini egallab, ishsizlik keskin oshishiga sabab bo'ladimi, degan savolga yana qaytamiz.

XX asrning va umuman insoniyat tarixining eng katta voqealaridan biri odamzotning Oyga qadam qo'yishi bo'lgan. "Apollon" deb atalgan 1969-yilgi missiyada uch amerikalik fazogir Oyga uchgan.

Ushbu missiyani amalga oshirishda Massachusets Texnologiya instituti tomonidan yaratilgan AGC (Apollo Guidance Computer) kompyuteri ishlatilgan.

Bungacha AQShning fazo missiyalarida murakkab matematik hisob-kitoblar insonlar qo'li bilan amalga oshirilgan. Tadqiqotlarga kompyuterlarni joriy qilish boshlangach, ko'plab odamlar ish o'rnini boy beradi, degan xavotirlar paydo bo'lgan.

Bugun sun'iy intellekt erasi bo'sag'asida turar ekanmiz, xuddi shu savol yana o'rtaga chiqmoqda. Sun'iy intellekt odamlarni yoppasiga ishsiz qiladimi?

"NASA" fazo agentligi Oy missiyalari uchun ishlatgan va hajmi uydek bo'lgan AGC kompyuterning operativ xotirasi (RAM) bor-yo'g'i 64 KB bo'lgan; sekundiga 85 mingta ishni bajargan.

Endi uni qo'limizdagi iPhone 15 Pro Max bilan solishtiramiz. Bitta qo'lga sigadigan bu jajji jihozning operativ xotirasi Oyga raketa uchirgan kompyuternikidan 128 ming marta kattaroq (8 GB). Bir soniyada amalga oshiriladigan instruksiyalar soni bo'yicha esa 117 million marta kuchliroq (10,000,000,000,000).

Bugun ish stolimizdagi 300-400 dollarik arzon kompyuterlar "NASA" kosmosga raketa uchirgan va o'sha payt millionlab dollar turgan kompyuterlardan istalgan konfiguratsiya bo'yicha millonlab marta kuchli.

Kompyuterlar shu qadar kuchayib, qo'lda qilingan ko'plab hisob-kitob ishlarini odamlardan tortib olishiga qaramay, bugun AQShdagi ishsizlik darajasi 1960-yillardagi miqdor bilan deyarli bir xil.

Ya'ni, bu super mashinalar odamlarni ishsiz qoldirmadi; aksincha, ular uchun yangi vazifalar va ishlarni paydo qildi.

Sun'iy intellekt bilan ham shunday bo'ladi. U odamzotni ko'plab zerikarli va texnik jihatdan murakkab ishlardan xalos qiladi. Ilmiy taraqqiyotda katta o'zgarishlar yasab, dunyo yalpi ichki mahsuloti o'sishini tezlashtiradi.

Yangi ish kategoriyalari paydo bo'lishi bilan birga, amaldagi ishlar ham tez orada yo'qolib ketmaydi; shunchaki, bu ishlarning xususiyati o'zgaradi.

Masalan, dasturchilar 5 yildan keyin "low-level coding" (quyi darajadagi murakkab kodlarni yozish) bilan shug'ullanmaydi. Ular, asosan, "prompt-based engineering" (inson tili bilan buyruq berishga asoslangan dasturchilik) va sun'iy intellekt yozgan kodlarni tekshirish bilan shug'ullanadi. Bu esa dasturchining ish unumdorligini kamida 10, balki 100 baravar oshiradi.

Demak, bitta dasturchi 10 ta dasturchining ishini bajarsa, kompaniyalar 10 ta odam o'rniga bitta odamni ishga yollaydimi?

Zohiran shunday, lekin aslida unday emas. Masalan, "Amazon" kompaniyasida bajarilishi kerak bo'lgan dasturlash ishlari va yangi mahsulot g'oyalari qalashib yotibdi. Ularni amalga oshirish uchun, shunchaki, odam resursi yetmaydi va barchasi ijroga kirish uchun navbatini kutmoqda.

Agar sun'iy intellekt dasturchi ishining unumdorligini 10 baravar oshirsa, mana shu yangi g'oyalar va ishlarning bajarilishini 10 baravar tezlashtiradi. Ishonchim komil, "Amazon" ishchilari sonini kamaytirish o'rniga, navbatda turgan ishlarini tezroq tugatib, bozorga chiqarishni afazal ko'radi; chunki raqobat va foydani oshirish xohishi shuni taqozo etadi.

Shu bois yaqin orada dasturchilik yo'qolib ketadi, deb xavotir olmasa ham bo'ladi. Faqat dasturchilardan talab qilinadigan malakalarda o'zgarish bo'ladi. Endi siz sun'iy intellekt bilan ishlashni ham bilishingiz kerak bo'ladi.

@bmamadiev

4 months, 1 week ago

"ChatGPT" o'zbekchani o'zbeklardan yaxshi yozyapti

"ChatGPT"ni o'zbek tilida deyarli ishlatmagan edim. Bugun sinab ko'rdim. Matnlarni shunaqa ravon tuzyapti, hayron qoldim. Sizlarda ham shunaqami?

Bir necha mavzularda savollar tashlab ko'rdim: texnik mavzularda ham, ijtimoiy-siyosiy sohalarda ham juda bejirim matnlarni tuzyapti. O'zbekzabon odam yozgan matndan farqlash qiyin.

Lekin tarjimada hanuz oqsash bor. Masalan, tarjima uchun ingliz tilida matn bersangiz, o'zbek tilidagi tarjimada g'alizliklar anchagina bor.

Bundan nima xulosa chiqarish mumkin?

"OpenAI" kompaniyasi "ChatGPT" modelini treningdan o'tkazishda uni o'zbek tilidagi internet resurslari bilan ham "oziqlantirgan". Onlayn resurslar tanlab olinganmi yoki istalgan manbadagi o'zbekcha matnlar hech qanday saralashsiz "yem" qilinganmi, bir narsa deyish qiyin.

Sifatli matnlarni tuzayotganiga qaraganda, ijtimoiy tarmoqlar kabi odamlar shevada va chala savod bilan yozadigan manbalar ishlatilmagan.

Tarjimadagi g'alizlikning boisi - model matnlarni so'zma-so'z tarjima qilishga urinadi va shuning natijasida beo'xshov jumlalar paydo bo'ladi.

Internetda odam qo'li bilan ingliz tilidan o'zbek tiliga qilingan tarjimalar ko'p bo'lsa-da, asl manba va tarjimani bir-biriga solishtiradigan, har ikki tildagi matn birga yonma-yon beriladigan resurslar deyarli yo'q. Ya'ni, "ChatGPT" ixtiyorida o'zbek tiliga tarjima qilingan matnlarni qiyoslab o'rganish uchun yetarli materiallar bo'lmagan.

Shu bois tarjimada hanuz oqsayapti. Lekin o'zbek tilidagi savol-javoblar sifatiga gap yo'q.

Men ChatGPT - 4o versiyasini ishlatdim. Sizda ham "ChatGPT" o'zbek tilida ravon yozyaptimi?

@bmamadiev

6 months, 3 weeks ago

Terabayt.uz сайти киберҳужумга учради

Ўтган куни сайтимиз киберҳужумга учради. Ҳужумни уюштирган ўсмир сайт контенти ўрнига уятсиз ва бемаъни сўзлар қолдирган. Ҳозирда муаммо бартараф этилган ва сайт тўлиқ режимда ишламоқда.

Ушбу ҳужумни уюштирган водийлик "хакер"нинг шаҳси IP манзили ва IMEI коди маълумотлари орқали аллақачон аниқланган ва ҳуқуқни мухофаза қилувчи органларга ариза киритилган. Тез орада ушбу жиноятчи қилмиши учун жавоб бериши муқаррар.

Ёшларимизга кибержиноятчилик учун жиноий жавобгарлик борлигини ва арзимаган кўнгилхушлик учун ҳаётини барбод қилмасликларинги сўраб қоламиз.

@terabaytuz

We recommend to visit

🔞КАТТАЛАР УЧУН!

🇺🇿 ТВ-да кўрсатмайдиган ва халқга айтилмайдиган махфий янгиликларни ёритиб борамиз!

Янгиликлар бўлса бизга юборинг, биз каналга чиқарамиз:👉 @SaraXabar_Aloqabot

Реклама: @SaraXabarda_reklama

Last updated 2 weeks, 4 days ago

🕵🏻‍♂️ "ХОКИМ БУВА" нинг телеграмдаги расмий сахифаси шу, қолганлари фейк!

🔞 КАТТАЛАР УЧУН!

‼️ Воқеа ёки ҳодисанинг гувоҳи бўлдингизми?
Унда бизга юборинг: @hokimbuva_bot

💰 Реклама: @YD_Reklama
🧑🏻‍💻 Админ: @XokimBuva_ads

Last updated 3 days, 17 hours ago

🇺🇿 КАТТАЛАР УЧУН!

🌐 Ўзбекистон ва Жаҳондаги муҳим воқеалар, энг тезкор ва махфий хабарлар!

Yaxshi Yomon - Бизни кузатиб боринг...

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми бизга юборинг: @YaxshiYomon_Bot

☎️ Реклама: @YaxshiYomonda_Reklama

Last updated 4 days, 11 hours ago