Zohid Ernazarov

Description
Markaziy Osiyo bo‘ylab sayohatlar! ⛰ Bizga qo‘shiling va ekstremal sport, go'zal manzaralar va madaniyatni kashf qiling!! Aloqa uchun: @zohidxb
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 3 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago

2 Wochen, 5 Tage her

Basseynni kiyinish xonasida salla o'ragan, soqoli oppoq, yuzidan nur yog'ilib turgan 70 yoshlardagi otaxonni uchratib qoldim. Chidolmasdan bobodan yoshini so'rasam, otaxon jilmayib 85 daman bolam deydi. Havasim keldi)

Bu postni sport bilan shug'ullanishimga endi kech deydigan tanishlarizga junatib qo'ying:)

@ernazarovz

3 Wochen, 1 Tag her

Eng qulay omonat qaysi?

Omonatni istalgan bankdan ochishingiz mumkin, O'zbekistondagi hamma banklardagi omonatingiz qaytarilishi davlat tomonidan kafolatlanadi. Endi qaysida foiz balandligi, xohlagan vaqti bir qismini yechib olish imkoniyati va omonat ochish uchun minimal summaga qarab omonat turlari farqlanadi. Avvallari oflayn va onlineligiga ham qaralardi, hozir oflayn omonat deyarli hech kimga qiziqmas.

O'zimning tajribamdan kelib chiqib, TBC, Anorbank va XalqBankidagi omonatlarni tavsiya qilishim mumkin.

TBC Bank
Foizi - 24% (yillik)
Muddati - 24 oy
Minimal summa - 100 000 so'm
Qo'shimcha mablag' kiritish - mavjud
Qisman yechib olish - bor, yechib olgandan keyin hisobda kamida 10 mln qolishi kerak.
Batafsil

Anorbank
Foizi - 23% (yillik)
Muddati - 24 oy
Qo'shimcha mablag' kiritish - mavjud, dastlabki 13 oyda
Qisman yechib olish - bor, yechib olgandan keyin hisobda kamida 500 000 qolishi kerak.
Batafsil

Xazna
Foizi - 24% (yillik)
Muddati - 24 oy
Qo'shimcha mablag' kiritish - mavjud
Qisman yechib olish - mavjud emas.
Batafsil

Siz qaysi omonatdan foydalanasiz?

@ernazarovz

3 Wochen, 2 Tage her

Yuval Hararining Nexus: Tosh asridan Sun'iy intellekt davrigacha axborot tizimlarining qisqacha tarixi asarini o'qib chiqdim.

Muallif doim bitta kitobda hamma narsani — tarix, din, iqtisod, siyosat, jamiyat, IT, hokimiyat, tibbiyot va shunga o'xshash sohalarni qamrab olishga, o'quvchilariga dunyo haqida kompleks va chuqur mulohaza uchun material berishga harakat qiladi. (1,2,3).

Kitobdan chiqargan asosiy xulosam — sun'iy intellekt va umuman kelajakda nima bo'lishi haqida hech kim ishonch bilan nimadir deya olmaydi. Va vaqtning nisbiylik tushunchasi har qachongidan dolzarb. O'zlashtirishimiz kerak bo'lgan eng asosiy ko'nikma esa - moslashuvchanlikdir.

Siz oxirgi marta qaysi kitobni o'qidingiz?

@ernazarovz

3 Monate her
Xalq banki jamoasining sport bilan shug'ullanishi …

Xalq banki jamoasining sport bilan shug'ullanishi uchun MOQ darajasidagi motivatsiya! ?

@ernazarovz

3 Monate her

Tungi soat 23:30. Metroda uyga qaytayapman. Avvallari bu vaqtda bitta vagonda bor-yo‘g‘i 3-4 nafar uyqusiragan yo‘lovchini uchratish mumkin edi. Hozir esa vagonlar liq to‘la, aksariyati yoshlar. Ba'zilari shu qadar kech bo‘lishiga qaramay, qo‘llarida kitob o‘qib ketishyapti. Bu holat Toshkentning so‘nggi yillarda iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan sezilarli darajada rivojlanib, odamlarning faolligi va hayotga intilishi oshib borayotganini yaqqol ko‘rsatadi.

Siz bu haqda qanday fikrdasiz?

@ernazarovz

3 Monate, 2 Wochen her
Chatgpt dan hozirgi hayotimni tasvirlab berishini …

Chatgpt dan hozirgi hayotimni tasvirlab berishini so'radim. Oshxonada idish yuvishimdan tashqari hammasini to'g'ri topdi. Chatgpt meni haliyam bo'ydoq deb o'ylaydi shekilli:)

Siz ham sinab ko'ring.

Prompt: men haqimda bilganlaringdan kelib chiqib, sening tasavvuringdagi mening hozirgi hayotimni chizib ber.

@ernazarovz

6 Monate, 1 Woche her

Parollar va xavfsizlik

Yaqinda qiziq bir hisobotni ko'rib qoldim. Unga ko'ra 2024-yilda telefondan foydalanuvchilar eng ko'p ishlatgan 4 xonali PIN kodlar quyidagilar: 1234, 1111, 0000, 1212, 7777, 1004, 2000, 4444, 2222, 6969.

Eng kam tarqalgan kodlar esa: 8557, 8438, 9539, 7063, 6827, 0859, 6793, 0738, 6835, 8093.
Kam tarqalgan kodlarni ham ishlatish tavsiya etilmaydi, chunki bu hisobotni mendan boshqa ham millionlab odam o'qib bo'lgan.

Agar hakerlar hujumidan himoyalanmoqchi bo'lsangiz telefoningiz va mobil ilovalarda shu postdagi kodlardan boshqa kodlarni ishlatishingiz tavsiya qilinadi.

Raqamli dunyo tobora hayotimizga kengroq va chuqurroq kirib borayotgan zamonda xavfsizlik choralarini hech bo'lmaganda minimal darajada bajarish, kelajakdagi ehtimoliy katta yo'qotishlarning oldini oladi.

@ernazarovz

6 Monate, 2 Wochen her

Mehnat insonni ulug'laydi.

Rivojlangan Osiyoliklardan, xususan koreys, xitoy va yaponlardan mehnatsevarlik xislatini o'zlashtirsak arziydi. Hech e'tibor berganmisiz, biror og'ir masalani qoyilmaqom qilib tugatsangiz, shunchaki dam olishga nisbatan umuman boshqacha maza qilasiz.

Yigit kishiga yengil, monoton ishlardan ko'ra ko'p aqliy va jismoniy mehnat talab qiladigan yumushlar ko'proq yarashadi. Mehnat insonni yomon ishlardan asraydi, ruhan sog'lomligini ta'minlaydi, muvaffaqiyatga erishishining garovi bo'lib xizmat qiladi.

Murakkab vaziyatlarning yana bir yaxshi tomoni ular sizning aslida kim ekanligingiz va nimalarga qodirligingiz, limitingiz qayerda ekanligini aniq ko'rsatib beradi.

@ernazarovz

6 Monate, 2 Wochen her

Svetoforda probkada qolib ketish, yaxshi ko'rgan insoningizni kutish, supermarketda navbatda turish vaqtni bekorga sarflashmas.

Haqiqiy bekor ketgan vaqt bu kimdandir nafratlanishga, kimnidir yomon ko'rishga, g'iybatga va atrofdagi vaziyatlardan nolishga ketgan vaqtdir.

@ernazarovz

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 3 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago