Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 Monat, 3 Wochen her
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 Monate, 3 Wochen her
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 Jahr, 7 Monate her
Men mozaxistmanmi?
Mozaxist—o’ziga og’riq berishdan rohatlanadigan inson.
Subyektiv ko’rsatuvidan parcha: bir qiz—otasi olamdan o’tgan, onasi og’ir kasal—Britaniyaga katta qarz olib o’qishga kelgan.
Tabiyki, o’qishga e’tibor kam chunki ikkita ishda ishlaydi; pul yo'qligidan bazida universitetda uxlagan; kuchli toliqishdan ko’chani o’rtasida xushidan ketgan.
Bu narsalarni eshitib qiz uchun achindim, ha; lekin qizdan ko’ra ko’proq o’zimga achindim: Nega meni hayotimda shu qizning hayotichalik qiyinchiliklar va og’riqlar yo'q?
Yo’q, yo’q; men noshukurlik qilmayapman! Shunchaki yoshligimdan bir narsani anglaganman: o’sish—faqatgina qiyinchilik va og’riq bo’lgandagina bo’ladi.
Shuning uchun, qizga bir tarafdan achindim, bir tarafdan esa xavas qildim. Chunki Friedich Nierzsch aytganidek “seni o’ldirmagan har bir narsa—seni kuchli qiladi.”
U qiz kuchli bo’layapti—og’riq bilan. Men esa yo’q.
Men mozaxistmanmi? Agar gap “hayotiy og’riq” haqida ketsa—ha.
Hayotimda og’riq va qiyinchiliklar bo’lsin deyman—chunki o'sishni va rivojlanishni xohlayman.
Bir tarafdan ko'nglim g'ash bo'lsa, bir tarafdan hursandman.
To'g'ri, shu yoshga kirib millioner bo'lmadim, o'zimga moshina sotib olmadim, ota-onamni Xajga yuborishga ulgurmadim, yaxshi bir universitetga kirmadim.
Lekin eng asosiysi, shu 20 yoshga kirguncha ko'p narsalarni angladim.
Hayotda faqat oq va qora ranglar emas, balkim juda ham ko'p boshqa ranglar borligini tushundim.
Ota-onam, oilam, va do'stalrimni qadrlashni o'rgandim.
Kammi-ko'pmi o'zimni ustimdan ishlab, bilimimni oshirdim. Eng muhimi, "farosat" degan xislatimni rivojlantirdim.
Shu yoshga kirib ko'p yiqilishlar va ko'tarishlarni ko'rdim. Kim yaqin kim yo'qligini angaldim.
Qisqasi, shu yoshga yetqazgan Yaratganga shukur.
O'zbekistonda yashashning eng qiyin tarafi har bir harakatingni hammaga tushuntirish bo'lsa kerak. Oila a'zolaring yo sevgan kishilaring bo'lsa mayli, lekin begonalar yo bir yilda bir ko'rishmaydigan qarindoshlaring ham hayotinga aralashish jur'atini topishadi o'zlarida.
Buni bir do'stim bilan suhbatdan keyin sezdim. Odamning tinkasini tushuntirishlar quritadi, degandi.
Nega oila qurmayapsan? Nega univerni yarmida tashlab ishga kirib ketding? Nega kap-katta yigit holingda shortik kiyding? Soch o'sib ketibdi... Nega bu qizga uylanding?
Javob: Senga nima, bitch?
Va, aynan shu, senga tezroq oila qurishni tinmay uqtiradiganlarning o'zi baxtsiz. Bittasi qizini eplolmagan va qiz borib xolasining o'g'liga tekkan, bugun nogiron bolasiga qarab o'tiribdi. Bittasi o'g'lini jodugarga uylantirgan va endi bir yilda bir o'g'lini ko'rolsa ham katta gap. Ya'ni, shunday rasvo hayot ichida sen menga oila haqida nasihat qilish jur'atini qayerdan topasan?
O'zbekiston keragidan ortiq jur'atlar va farosatdan mosuvo aralashuvlar mamlakati. Mahalladagi alkash svarshik ham kelib, siz qilayotgan ilmiy ish mavzusi haqida gapirishi, hatto ustingizdan kulishi mumkin.
E'tibor qilmaslik varianti ham bor, ammo, masalan havoga e'tibor qilmay yasholasizmi? Ular xuddi havodek. Hamma yoqda.
Shuning uchun, jamiyatimizda "sen o'zi kimsan" va "men o'zi kimman" degan savollarni normallashtirishimiz kerak.
Arab tilini o'qishni istaydiganlar uchun maxsus kanal ?
? Arab tilida yangi lug'atlar
? Arab tili grammatikasi
?️ Qizqarli va foydali contentlar
? Arab tilidagi foydali kitoblar
? Arab tilida qiziqarli multfilmlar
Eng asosiysi, arab tilining ajoyibotlari haqida tanishasiz ?
Universitet uchun o'qimang, o'zingiz uchun o'qing.
Ko'p tanishlarim universitetga kirish uchun o'qiydi—bu normal.
Ammo kirgandan so'ng ko'pchiligi o'qishni tashlab yuboradi—bu normal emas.
Ukalarim, singillarim, o'qishga kira olmagan bo'lsangiz — siqilmang. Bu dunyoni oxiri emas.
Ishlang, o'qing, keyingi yili albatta kirasiz.
"Turmushga beramiz" deyishsa, o'qishga ruxsat beradigan inson tanlang.
Universitetga kirgan bo'lsangiz, xursand bo'lishga shoshilmang.
Qanchadan-qancha tanishlarim universitetni tashlab ketishdi, bitirib ish topa olishmadi, yoki bitirib umuman boshqa sohani o'rganishni boshlashdi.
Agar "universitet" maqsad bo'lsa – aniq bir kun yiqilasiz.
Universitet – bu shunchaki maqsad yo'lidagi vosita bo'lishi kerak xolos.
Universitet uchun o'qimang, o'zingiz uchun o'qing.
Bizdan yaxshilik qoladi...
Har bir inson tug’ilganida o’z fitrati bilan tug’iladi. Fitrat—”soflik” ma’nosini anglatib, yaxshi va yomonni bilish qobiliyatidir.
Bu degani, inson yoshligidan nima yaxshi va nima yomon ekanligini biladi.
Lekin yashagani sari, odam o’z fitratini maqsadlari yo’lida qurbon qilib yuboradi.
Bir esla, musqaymoq yeyman deb ukang(singlingni) hafa qilganing; bahonalar to’qib ustozingni aldaganing; yordam so’rashganida o’z ishingni muhimroq deb bilib yordam bermaganing; vahokazo…
Muvaffaqiyat va o'z maqsadlaring yo’lida yomonlik qilishga yoki yaxshilik qilishdan qochishga urinasan.
Shu payt Kevin Kellining gaplarini esla:
“Yosh bo’lgan paytingda ko’proq janozalarga qatnash. Janoza bo’ldimi, bor. Tingla. Mana shu janozalarda hech kim o’lgan odamning yutuqlari, muvaffaqiyatlari haqida gapirmaydi. Faqatgina yaxshi yoki yomon inson bo’lgani haqida gapirishadi. Mana shundan dars chiqar.”
Keyingi safar ubu-kim yordam so’raganida, yoki maqsading sari yomonlik qilishing kerak bo’lganida shu amakini gaplarini esla va bilgin:
Bizdan muvaffaqiyat, to’plab qo’ygan narsalarimiz, yoki "подписчикларимиз” emas, balkim faqatgina yaxshilik qoladi.
Kamyob odamlar...
Inson tabiyatan jamiyatda o'zining "statusini" baland bo'lishini xohlaydi.
Aniqrog'i, boshqa insonlar shu narsani aytishini istaydi.
"kiyimingiz chiroyli ekan; aqlli ekansiz; bu ishni zo'r qildingiz" ga o'xshagan gaplar.
Qisqa qilib aytganda — "maqtov" eshitish odamga yoqadi.
Yoki, ko'pchilik xohlamaydi: kamchiligini aytishlarini va xatolarini ko'rsatishlarini.
Bu hammada bor xislatlar.
Ammo, kamyob insonlar bor — xohlamaydigan narsalarni eshitishni xohlaydi.
Ular — xatolarini eshitishni xohlaydigan odamlar, kamchiliklarini so'rab yuradigan odamlar.
Bunday insonlar juda ham kam. Buni hammadan kutib bo'lmaydi.
Aynan shunday insonlar kelajakda ko'p narsaga erishadi.
Qolganlar esa, xatolarini aytgan odamga jaxl qilib, xafa bo'lib yuraveradi, "aql o'rgatayabdi" menga deb.
Universitet uchun o'qimang, o'zingiz uchun o'qing.
Ko'p tanishlarim universitetga kirish uchun o'qiydi—bu normal.
Ammo kirgandan so'ng ko'pchiligi o'qishni tashlab yuboradi—bu normal emas.
Ukalarim, singillarim, o'qishga kira olmagan bo'lsangiz — siqilmang. Bu dunyoni oxiri emas.
Ishlang, o'qing, keyingi yili albatta kirasiz.
"Turmushga beramiz" deyishsa, o'qishga ruxsat beradigan inson tanlang.
Universitetga kirgan bo'lsangiz, xursand bo'lishga shoshilmang.
Qanchadan-qancha tanishlarim universitetni tashlab ketishdi, bitirib ish topa olishmadi, yoki bitirib umuman boshqa sohani o'rganishni boshlashdi.
Agar "universitet" maqsad bo'lsa – aniq bir kun yiqilasiz.
Universitet – bu shunchaki maqsad yo'lidagi vosita bo'lishi kerak xolos.
Universitet uchun o'qimang, o'zingiz uchun o'qing.
Hissiyotlarga berilish…
Yoshligingizda do’stlaringiz bilan o’yin o'ynab yutqizganingizda jahl qilganingzini va hissiyotlarga berilganingizni eslang.
Muvaffaqiyatga erishib o’ylamasdan hammaga va'dalar berib tashlaganingizni eslang.
Bir narsa yoqib qolsa sharta “kreditga” olib yuborganingizni eslang.
Hissiyotlar insonni noto’g’ri qaror qabul qilishiga olib boradi.
Hissiyotga berilish insonni asl holidan chiqarib yuboradi.
Hissiyotga berilganda aql ishlamaydi.
Odamda ham hayvonda ham hissiyot bor; odamni hayvondan ajratib turadigan narsasi bu – aqli. Aql bilan hissiyotlar jilovlanadi.
Insondagi eng “super” ko’nikma bu – hissiyotlarni jilovlay olish qobiliyatidir.
Hayot bu bir o’yin; o’yin ancha osonlashadi agar hissiyotlaringizni boshqara olsangiz.
P/S: bu maqola o’zimga ham tegishli.
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 Monat, 3 Wochen her
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 Monate, 3 Wochen her
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 Jahr, 7 Monate her