📢LIDERLAR MAKTABI 🧑‍🏫🧑‍🎓

Description
Assalomu alaykum. Bu kanal Jizzax shahrida istiqomat qilayotgan 5dan 17yoshgacha bo'lgan bolalarni matematika, xorijiy tillar hamda prezident, ixtisoslashtirilgan maktablarga tayyorlab beruvchi markazga tegishlidir.
T:+998993455444 +998883415444
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 6 days, 1 hour ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 months ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 6 months ago

1 month, 2 weeks ago

🤩 SAFAR TRAVEL ЖАМОАСИ ЭНДИ МАХСУС УМРА ЛИЦЕНЗИЯСИГА ЭГА!!!

😊 Умра зиёратига бориш учун ЛИЦЕНЗИЯГА ЭГА, ИШОНЧЛИ ТУР ФИРМА излаяпсизми?

SAFAR TRAVEL сизга хавфсиз ва ишончли Умра зиёратини ташкиллаштириб беришга тайёр.

❗️ Фирибгарларга алданиб қолманг. Бизда эса, барчаси қонуний ва хизматларимиз кафолатланган.

🙃 Постни Умра зиёратини режалаштирган яқинларингизга ҳам юборишни унутманг.

📌 Батафсил маълумот олиш учун қуйидаги рақамга қўнғироқ қилинг.

☎️ Мурожаат учун :
📞 +998 90-984-22-66

3 months, 1 week ago

Erta tongdan *1️⃣*0️⃣* *ta hayot hikmati!

1️⃣ Baxtli insonlar boshqalarni ham baxtli ko'rishni istashadi!

2️⃣ Hech qachon omadsizlikdan bosh egmang, chunki baxt qushi ham egik boshlarga qoʻnmaydi!

3️⃣ Haqiqiy baxt - bu eng avvalo salomatlik va ota-onaning mehridir...!

4️⃣ Sizni ranjitgan insonlarni kechiring, ammo o'zingizga qayta yaqinlashtirmang!

5️⃣ Alloh insonlar yelkasiga, ular ko'tara olmaydigan yukni tashlamaydi!

😀 Barchamizga haqiqat yoqadi, ammo haqiqatni aytgan odam yoqmaydi!

😀 Nochor ahvolda yashash har doim ham kambag'allik belgisi emas, dangasalik belgisi hamdir!

😀 Boylik - pulning ko'pligi emas, nafsning to'qligidir!

😀 Rostgo'y inson - hammaga dushman!

1️⃣0️⃣ Natija niyatingizga bog'liq ekanligini unutmang!

📱 Kanalga ulanish: https://t.me/fikraat

3 months, 1 week ago

#Farzand_tarbiyasi

Nega bolalarimiz kitobga emas, telefonga bog‘lanib qolgan? 

Bir yig‘inda do‘stim Germaniyada yashayotgan endigina o‘qishni o‘rgangan jiyani haqida so‘zlab berdi. Jiyani bir oyda 27 ta kitob o‘qibdi. Kitoblarga bu qadar qiziqib ketganidan ota-onasi hatto xavotirga ham tusha boshlabdi...

Bilasizmi, Germaniyadan farqimiz nimada? Ularda kitobxonlik ko‘nikmasini shakllantiruvchi tizimli dasturlar mavjud. 0+,  3+, 6+ kabi yosh kategoriyalari bo‘yicha minglab kitoblar mavjud. Ota-onalar bolalarni kitobga qiziqtirish uchun, shunchaki, ularning yoshiga, qiziqishiga mos kitobni beradi, xolos. Bola illyustratsiyalarga boy, qiziqarli asarni o‘qirkan, o‘z-o‘zidan kitobga muhabbat qo‘ya boshlaydi?

Xo‘sh, ayting-chi, kichik yoshdagi bolalar (3 – 6 yosh) uchun o‘zbek tilida ana shunday kitoblar bormi? Barmoq bilan sanarli. Shaxsan men bolalarimga nima o‘qib berishni bilmay qolyapman. Muammoning yechimi qayerda? Ularni qanday qilib kitobxon qilib o‘stirish mumkin? To‘g‘risi, bilmayman, boshim qotgan...

🔴Sa’dullo Quronov

3 months, 2 weeks ago

#Ўғилларга_эслатма

Ўғлим, ҳаётингдаги энг муҳим нарсалардан бири бу - тарбиядир. Сен олий маълумотли, 4 та тилда гаплашишинг ёки катта лавозимда ишлашинг мумкиндир. Бироқ агар сени тарбиянг ва хулқинг билан эгалланган лавозимингга мос бўлмас экансан, демак кўп нарсани йўқотгансан. Илминг сени лавозимга олиб келиши мумкин, бироқ тарбиясизлигинг сени бир кунда лавозимдан тушириб қўяди. Ҳар доим ўз тарбиянг устида ишлашни унутма.

Ўғлим, билгинки омад ўзидан - ўзи келмайди. Унга сабр-тоқат билан бирга, меҳнат ва ижод, изланиш ҳамиша ёнма-ён бўлмоғи лозим. Шундагина сен нимагадир эришишинг мумкин. Сен аввал меҳнат қилишни ўрган, сўнг кутишни, кўпчилик кутиш билан умрини ўтказади.

© Абдурашид Ҳасанов

3 months, 2 weeks ago

"Ўғлимнинг муҳтарам ўқитувчиси!

…Мен ўғлимга ҳаётни бўяб-бежаб кўрсатишингизни истамайман. У ҳаётда ҳамма ҳам адолатли ва самимий бўлавермаслигини билиши шарт.
Сиз унга ҳаётда аблаҳлар ҳам қаҳрамонларга айлантирилиши мумкинлигини, уқувсиз ва такаббур раҳбарларга ҳам содиқ ходимлар учраши мумкинлигини тушунтиришдан қўрқманг.
Унга уқтирингки, модомики душманлари бор экан, демак дўстлари ҳам бўлади.
Биламан, бунга анча вақт сарфланади, лекин имконингиз бўлса, унга ноҳалол йўл билан топилган ўн доллардан кўра, ҳалол йўл билан топилган бир доллар кўпроқ фойда келтиришини ўргатинг.
Шундай таълим берингки, у ғалаба нашидасини суриш учун олдин ютқазиш аламини тотиб кўриш кераклигини англасин.
Қўлингиздан келса, унинг табиатига ҳасад чанг солмаслигининг чорасини кўринг.
Унга мақтанчоқ одамлар устидан ғалаба қозониш жуда ҳам осон бўлишини ҳис этишга шароит яратинг. Яна имконингиз бўлса, уни китобларга ошно қилинг…
Шундай таълим берингки, у жасур, кучли, темир иродали йигит бўлиб улғайиш билан бирга, кўкдаги қушлардан, қирлар узра очилган гуллардан ва бу гуллардан бол йиғиб юрган асаларилардан, қўйингчи табиатнинг бетакрор гўзалликларидан таъсирлана оладиган нозик қалбга ҳам эга бўлсин.
Шундай ўқитингки, у ҳаётдаги энг майда ҳолатлар юзасидан ҳам мулоҳаза қилиб кўришни ўргансин.
Мен унинг шу кичик ёшиданоқ ҳаётда қаллоблик қилиб ғалабага эришгандан кўра, ҳалоллик туфайли омадсизликка учраш афзал эканини англаб етишини истайман.
Уни атрофдагилар ҳар қанча ўз йўриқларига юргизишга уринишмасин, ўз шахсий фикрларида собит тура олишга ҳам ўргатасиз, деган умиддаман.
Уни юмшоқ феъллилар билан – юмшоқ, қаҳрлилар билан қаҳрли бўлишга ўргатинг.
Ўғлимга моҳиятни англамасдан туриб, ғалаба қозонганлар тарафига ўтиб кетадиган оломонга эргашмасликни уқтиришга ҳаракат қилинг.
Уни ҳаммани эшитишга ва ҳар бир эшитганларини мулоҳаза қилиб, ҳақиқатни ажратиб олишга ўргатинг.
Ўргата олсангиз, маҳзун вақтда кулиш кераклигига ўргатинг.
Вақти келганда кўз ёши тўка билишни ва бунинг ҳеч уятли эмаслигини ўргатинг.
Унга ўзига ортиқча зеб бермаслик кераклигини ўргатинг.
Зарурат бўлганида ўз ақли ва танасидаги мушаклар кучини энг қиммат нархда сотиши мумкин-у, лекин ўлса ҳам юраги, руҳи, виждонини сотишга ҳаққи йўқлигини англатинг.
Унга жасур бўлиш учун энг аввало сабрли бўлиш лозимлигини уқтиринг. Ўтда қаттиқ тобланган пўлатгина юқори сифатга эга бўлишини тушунтиринг.
Унда ўзига ишонч ҳиссини шакллантиринг, шундагина у бошқаларга ҳам ишонч билан муносабатда бўлади.
У билан юмшоқ, лекин ортиқча мулойимликсиз муомала қилинг.
…Биламан, Сиздан истаётганларимни бажариш осон иш эмас, лекин, ҳар ҳолда сўраганларим орасидан қўлингиздан нима келишини ажратиб олсангиз ҳам бўлади.
У ажойиб бола, яхши бола — менинг ўғлим!.. Балки у ҳам келажакда дунёнинг етакчи лидерларидан бўлар…
Сизга чексиз ҳурмат ва ишонч билан Абраҳам Линкольн, 1855 йил".

АҚШнинг ўн олтинчи президенти Абраҳам Линкольннинг беш ёшли ўғли Уильямнинг ўқитувчисига ёзган мактубидан парча

3 months, 3 weeks ago

#Farzand_tarbiyasi

Farzand tarbiyasi

Tug'iladigan farzand ota-onaning yo saodati, yo nadomati sababchisidir. Ayol o'z vujudida homila paydo bo'lganini eshitgan kundan boshlab, uning ilk reja qilishni boshlaydiganlari ko'proq o'zini avaylash, uxlash emas! Bular ham zaruriy, ammo bu ummatga Abu Bakr, Hamza, Umar, Alilar kabi haqiqiy rijollarni; Hadicha, Oisha, Fotima, Osiyo onalarimiz kabi chin muslimalarni kuchli matonati va go'zal sabri ila yetishtiruvchi muslimalar kerak. Ular qachon va kimlardan bu dunyoga kelishib, dinimizni yuksaltirishadi, kofirlardan himoya qilishadi, uni haq din ekanligini isbotlashadi? Javobsiz, jim qoldingizmi?! Turmush qurishga tayyorgarlik faqatgina uy-ro'zg'or ishlarini bilish, har bir xona rangiga qarab qimmatbaho mebellar olish, odamlarning bir kunlik gap so'zini deb dang'illama to'y uchun restoran qidirish, isrofgarchiliklardan iborat sep tayyorlash bilan bo'lmaydi. Nega hech kim ular bir chinni idish ulg'aytirmasliklarini eslatmayapti, bunga tayyorlamayabti? "Hozirgi yoshlar har baloni biladi, ularning tarbiyasi buzuq" deyishning aytingchi endi qanday hazm qilish mumkin?
Erkaklar faqatgina pul topsa, ayollar uy-ro'zg'or ishlaridan bo'shamasa, onalar bo'sh vaqti qoldi deguncha Instagram, Facebook, Telegram va boshqa messenjerlarda hech qanday manfaat olmay o'tirsa, erkaklar ishdan kelishi bilan "Men charchadim" uxlayman deb yotib olsa, bolaga so'kishni o'rgatib "Qani, bir so'kib qo'y" desa, xo'sh biz istayotgan solih-soliha farzandlar o'z-o'zidan paydo bo'lib qoladimi? Go'yoki bir tuxumga o'zing chaqilib, pishib qol desangiz, pishmagani kabi bu ish ham o'z-o'zidan bo'lmaydi.
Onalar homiladorlikdan boshlab (undan keyin ham) farz namozlarini vaqtida o'qishga yanada e'tiborli bo'lishi, nafl ibodatlarni imkon qadar ado etishga intilishi, Allohni va Rasulini ko'p zikr qilishi, Qur'on tilovati va yodlashdagi vazifalarini ziyoda qilishi, kitob mutolaasi kabi foydali va solih amallarga sarf etishligi farzandning kamolotiga ta'sir etuvchi omillardan. Otalarda ham xuddi shunday, bir farqli jihati yo'q.
Farzandingiz ko'chada o'sib, ko'chaning tarbiyasini olib o'z dinidan bexabar, e'tiqodi mustahkam bo'lmagan holda bu dunyodan ko'z yumsa, oxiratda yoqangizdan ushlab sizdan da'vo talab qilishi aniq. Yana turmush o'rtog'ingiz va oila a'zolaringiz bilan bo'ladigan suhbatlar mavzulariga ham e'tibor qarating.
Psixologik ma'lumotlarga qaraganda, bolalar bir ish bilan band bo'lib yana qandaydir suhbatni eshitib tursa, o'sha suhbatdagi so'zlar uning miyasiga tez muhrlanadi. Isbotini menimcha hammamiz ko'rgan bo'lsak kerak. Har amalingiz, so'zingiz va nafaqat sukutingiz bilan ham ularga o'rnak bo'ling. Ibn Haldunga shunday savol berilibdi:
- Farzandlarimizni qanday tarbiya qilaylik?
Javob esa quyidagicha:
- Farzandlaringizni tarbiya qilishga urinmang. Zero, shundoq ham sizga o'xshaydilar. O'zingizni tarbiya qilsangiz kifoya.

© ijtimoiy tarmoqdan olindi

📚 @Liderla_maktabi_jizzax

6 months ago

#Farzand_tarbiyasi

• Farzandingiz yolgʻon gapiryaptimi? Demak, siz uni qattiq nazorat ostiga olgansiz!
• Farzandingiz oʻziga ishonmayaptimi? Demak, siz uni ruhlantirmas ekansiz!
• Farzandingiz yaxshi gapira olmayaptimi? Demak, siz u bilan suhbatlashmas ekansiz!
• Farzandingiz yaxshi gapira olmayaptimi? Demak, unga sovgʻa-salom bermayotgan ekansiz!
• Farzandingiz boshqalarni hurmat qilmayaptimi? Demak, siz uning yonida ovozingizni pasaytirmas ekansiz!
• Farzandingiz qizgʻanchiqmi? Demak, siz u bilan oʻzaro hamkorlik qilmas ekansiz!
• Farzandingiz boshqalarga nisbatan tajovuz qilyaptimi? Demak, siz unga nisbatan qoʻpol munosabatda boʻlarkansiz!
• Farzandingiz zaifmi? Demak, siz unga koʻp doʻq-poʻpisa qilar ekansiz!
• Farzandingiz sizni qizgʻanyaptimi? Demak, siz unga nisbatan beeʼtibor ekansiz!
• Farzandingiz odamovi boʻlib qolganmi? Demak, siz oʻzingiz bilan oʻzingiz ovora ekansiz!
| Ziyovuddin Rahim, "Baxtli hayot sari" kitobidan

Assalomu alaykum.
Hayrli kun!

? @Liderla_maktabi_jizzax

6 months ago
6 months ago

Hijriy (1446-yil) yangi yilingiz muborak bo'lsin!

Hijriy-qamariy yil hisobining birinchi oyi Muharram oyi hurmatli oydir. Alloh taolo urush-buzg'unchiliklarni harom qilgan to'rt oyning biridir. Hadislarda ushbu oyni “Allohning oyi” ekanligi haqida xabarlar bor. Oylar orasida Ramazon oyidan keyingi eng barokatli va fazilatli oy muborak muharram oyidir.

Bu oyda yaxshi amallaringizni ko'paytiring, Alloh har bir ezgu ishlaringizga baraka bersin!

? @liderla_maktabi_jizzax

6 months, 1 week ago
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 6 days, 1 hour ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 months ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 6 months ago