Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 days, 23 hours ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 1 month, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 5 months ago
Bu brend mahsulot narxlarini ularning qadoqlariga chiqaradi. Nega deysizmi? Hozir tushuntirib beramiz
"Penny" — bu Germaniyadagi supermarket bo'lib, boshqa supermarketlardan o'zining ko'plab chegirmalar taklif qilishi bilan ajralib turadi. Uning mijozlarining asosiy qismini Germaniyadagi inflyatsiya va narxlarning tez-tez o'zgarib turishidan shikoyat qiluvchi odamlar tashkil qiladi.
"Penny" o'zining raqobatchilaridan narxlari bilan emas, balki mijozlarning ishonchi bilan ajralib turishni xohlagan va "ServicePlan" reklama agentligi bilan "Price Packs" g'oyasini ishlab chiqqan.
Bunda supermarket kundalik mahsulotlar (yormalar, non, tuz va hokazo) qadoqlariga ularning narxlarini bosib chiqargan. Bu orqali mijozlarga "Bizda narxlar o'zgarmas" degan xabarni berishga harakat qilgan.
Kompaniya boshqalardan farqli ravishda, asosiy fokusini faqatgina mahsulot sotuviga emas, balki mijoz ishonchini qozonishga qaratgan.
Natija qanday?
Sotuv oshishi, ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuv va mijozlardan iliq fikrlar.
Marketing oʻzbek tilida — @marketingbolimi
Shunday brendlar borki, ularning mahsuloti qimmat va sifatsiz bo’lsa ham, odamlar ulardan baribir narsa xarid qilishadi.
Kompaniya brend qurib, odamning ongiga o’rnashib olgan bo’lsa, u yerdan nimadir sotib olish ehtimoli ancha ko’payadi.
Bu haqida batafsilroq — Farruh Sharif va Temur Sadi chiqqan podkastdan bilib olishingiz mumkin. Brend qurish bosqichlari haqida qiziq suhbat bo‘lgan.
Marketing oʻzbek tilida — @marketingbolimi
Kann Sherlarida qatnashish uchun imkoniyat
Talabalar uchun mo‘ljanlangan «Roger Hatchue» akademiyasi bor — har yili Cannes Lions tomonidan o‘tkaziladigan o‘quv dastur.
Aynan shu akademiyada hozir saralash ketayotgan ekan: ular O‘zbekistonlik bir dona talaba uchun festivalda bepul qatnashishga imkoniyat berishadi. 18-25 yosh oralig‘ida bo‘lsangiz, urinib ko‘ring.
- Anketa orqali bir kishi tanlab olinadi
- 6 kun davomida reklama va kreativ bo‘yicha yangi bilim va ko‘nikmalar o‘rganasiz
- Iyul oyidagi Kann Sherlari festivalida tomoshabin sifatida qatnashasiz
Amaliyot ingliz tilida bo‘ladi. Mana bu yerdan shartlar bilan to’liq tanishib, formani to’ldirishingiz mumkin
Marketing oʻzbek tilida — @marketingbolimi
WinRAR va cheksiz sinov versiya
Qachonlardir Windows'dagi WinRAR'dan foydalangan bo‘lsangiz kerak. Har qanday turdagi fayllarni saqlash uchun eng yaxshi dasturlardan. Aslida, ushbu dasturiy ta’minot pullik. Odamlar esa unga pul to‘lamasdan foydalanadi. Lekin qanday qilib?
Qisqa qilib aytganda, bularning barchasi WinRAR'ning biznes strategiyasi bilan bog‘liq. Kompaniya bunga ruxsat beradi.
Hamma pullik dasturlar kabi WinRAR'dan ham ma’lum bir vaqt davomida bepul foydalanishingiz mumkin. Sinov muddati tugagandan keyin esa litsenziya sotib olishingiz kerak bo‘ladi. Boshqalardan farqi — 40 kunlik bepul versiyadan keyin siz uni sotib olmasangiz ham, dasturni xohlagancha tekinga ishlatsangiz bo‘ladi. Faqat doimiy push xabar kelib turadi.
Shuning uchun, foydalanuvchilar kamdan-kam hollarda litsenziya sotib olishadi. Qizig‘i — kompaniya buni bilib, vaziyatni o‘zgartirmagan.
Ko‘plab foydalanuvchilar dasturning asl versiyasini bepul hisoblab, «piratskiy» nusxalarni ishlatishni to‘xtatishgan. Natijada — WinRAR'ni dunyodagi eng mashhur dasturlardan biriga aylantirishgan.
Bu narsa zo‘r, lekin qanday qilib kompaniya foyda qiladi? Javob oddiy: bizneslar orqali. Kompaniyalar ham WinRAR'dan cheksiz foydalanishi mumkin. Lekin yaxshi obro‘ga ega bo‘lishni xohlaydigan bizneslar o‘z xodimlari foydalanadigan barcha dasturiy ta’minotga litsenziya sotib oladi.
Oddiy foydalanuvchilarga kelsak, ular kichik ammo muhim ishda yordam beradi: yuklab olishlar sonini, reytinglar va sharhlarni ko‘paytiradi, dasturning nomini tanitadi.
Xullas, kompaniya foydalanuvchilarning pulini shilmasdan foyda qilish yo‘lini topgan. Tepadagi rasmda, foydalanuvchilardan biri biznes taktikani almashtirish haqida so‘raganda, WinRAR unga: "Nega ishlaydigan strategiyani almashtirishimiz kerak?" deb javob bergan.
Marketing oʻzbek tilida — @marketingbolimi
O‘zbekcha kreativ haqida yangi insaytlar olmoqchi bo‘lsangiz, Cubic podkastning yangi sonida aynan shu haqida gap bordi. Bu galgi mehmonlar — 605 agentligining strategiya bo‘yicha direktori Sevara Asomova va 605 agentligining kreativ direktori Otabek Sharapov ham mehmon va ham mezbon bo‘ldilar.
O‘zbek kreativi, milliy marketing va keyslar haqida foydali suhbat bo‘ldi.
Hamma joyda duv-duv gap bo‘lgan «Onasini emsin» reklamasi qanday paydo bo‘lganligi haqida ham qiziq ma'lumotlar berildi.
Podkastni tomosha qilish uchun:
https://www.youtube.com/watch?v=RZDd_iOJAt8&t=496s
Marketing oʻzbek tilida — @marketingbolimi
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 days, 23 hours ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 1 month, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 5 months ago