BBA | Sirdaryo viloyati (rasmiy kanal)

Description
Bilim va malakalarni baholash agentligi Sirdaryo viloyati boʻlimining rasmiy telegram kanaliga hush kelibsiz!

Murojaatlar, takliflar va savollarni shu yerga yuboring @sirdaryodtm_bot
Advertising
We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

? @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 3 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 3 months ago

1 week, 6 days ago

⚡️Chet tillarini bilish darajasini baholashning ko‘p darajali(multilevel) tizimida gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi formati bo‘yicha videoyo‘riqnoma.

❗️Ushbu yangi format talabgorlarning ingliz, fransuz, nemis va arab tillaridan gapirish ko‘nikmasini baholashda joriy etiladi.

? Gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi formati bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin: https://uzbmb.uz/page/cefr_speaking

*✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari*:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

1 week, 6 days ago
BBA | Sirdaryo viloyati (rasmiy kanal)
1 week, 6 days ago
BBA | Sirdaryo viloyati (rasmiy kanal)
2 weeks, 5 days ago

⚡️ Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun qo‘shimcha qabul kvotalari? O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgustdagi PF–213-son Farmonida qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun qo‘shimcha kvota ajratilishi belgilangan.

Mazkur Farmon ijrosi yuzasidan Davlat komissiyasining navbatdagi bayoni bilan qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun tumanlar kesimida tarmoq sohalari bo‘yicha oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni inobatga olgan holda, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida 10 000 ta qo‘shimcha qabul parametri tasdiqlandi. Bunda ajratilgan qabul parametrlarining:

? Toshkent shahridagi OTM va bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti;

? Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi OTM va bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti;

? viloyatlardagi OTM va bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

10 000 ta qo‘shimcha qabul parametri – kirish imtihonlarida 56,7 ball va undan yuqori ball to‘plagan, lekin talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar hisobidan shakllantirildi.

??‍? Qo‘shimcha qabul parametrlari doirasida talabalikka tavsiya etilgan qoraqalpog‘istonlik yoshlar tavsiya etilganlik holatini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

? Shuningdek, oliy ta’lim muassasalariga tanlov qaydnomalari yetkaziladi.

*✔️ *Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

2 weeks, 5 days ago

2024-yil 1-avgust kuni nostrifikatsiya bo‘yicha navbatdan tashqari test sinovlari o‘tkaziladi? 2024-yil 1-avgust kuni kuni xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tadi.

✍️ Test sinovida ishtirok etishi belgilangan talabgorlar ro‘yxati, test topshiriladigan fanlar va test topshirish hududi bilan yuqoridagi pdf faylda tanishish mumkin (my.gov.uz sayti yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ro‘yxatdan o‘tishda topshirgan ariza raqami orqali).

Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun ularning doimiy yashash hududiga yaqin bo‘lgan respublikaning 12 ta hududida tashkil etiladi.

*? Test sinovi o‘tkaziladigan joylar:* https://telegra.ph/Nostrifikatsiya-07-29

❗️ Talabgorlar imtihon o‘tkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari lozim.

2 weeks, 6 days ago

#eslatma #registratsiya my.gov.uz

?Matematika fanidan milliy sertifikat imtihonlari (oktabr) ga roʻyxatdan oʻtish boshlanishiga 7 kun qoldi (23-sentabr)

?Matematika fanidan milliy sertifikat imtihonlari (oktabr) boshlanishiga 26 kun qoldi (12-oktabr)

?Fizika fanidan milliy sertifikat imtihonlari (oktabr) ga roʻyxatdan oʻtish boshlanishiga 7 kun qoldi (23-sentabr)

?Fizika fanidan milliy sertifikat imtihonlari (oktabr) boshlanishiga 26 kun qoldi (12-oktabr)

?Tarix fanidan milliy sertifikat imtihonlari (oktabr) ga roʻyxatdan oʻtish boshlanishiga 7 kun qoldi (23-sentabr)

?Tarix fanidan milliy sertifikat imtihonlari (oktabr) boshlanishiga 26 kun qoldi (12-oktabr)

?Geografiya fanidan milliy sertifikat imtihonlari (oktabr) ga roʻyxatdan oʻtish boshlanishiga 7 kun qoldi (23-sentabr)

?Geografiya fanidan milliy sertifikat imtihonlari (oktabr) boshlanishiga 26 kun qoldi (12-oktabr)

?Ona tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari (oktabr) ga roʻyxatdan oʻtish boshlanishiga 28 kun qoldi (14-oktabr)

? Ona tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari (noyabr) boshlanishiga 50 kun qoldi (2-noyabr)

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat

3 months, 1 week ago

#Qabul2024   #Abituriyent2024   #Statistika

⚡️20242025-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tish yakunlandi

? 20242025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ishtirok etish uchun 894 279 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.
?Shundan:

? Abituriyentlarning test sinovi topshirish hududi bo‘yicha taqsimoti:

? Qoraqalpog‘iston Respublikasi -- 45 655 nafar
? Andijon viloyati  -- 67 688 nafar
? Buxoro viloyati -- 45 583 nafar
? Farg‘ona viloyati -- 83 837 nafar
? So‘x tumani -- 1 962 nafar
? Jizzax viloyati -- 48 276 nafar
? Namangan viloyati -- 58 268 nafar
? Navoiy viloyati -- 48 437 nafar
? Qashqadaryo viloyati -- 89 188 nafar
? Samarqand viloyati -- 93 092 nafar
? Sirdaryo viloyati -- 30 074 nafar
? Surxondaryo viloyati(Termiz shahri) -- 39 498 nafar
? Surxondaryo viloyati(Denov tumani) -- 22 756 nafar
? Toshkent shahri --161 369 nafar
? Xorazm viloyati -- 58 596 nafar

?‍? Abituriyentlarning joriy va avvalgi yillar bitiruvchilar bo‘yicha taqsimoti:

?‍? joriy yil bitiruvchilari --410 334 nafar
?‍♂️avvalgi yillar bitiruvchilari -- 483 945 nafar

?Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:

?‍♂️ erkaklar -- 431 806 nafar
??‍? ayollar -- 462 473 nafar

? Abituriyentlarning ta'lim tili bo‘yicha taqsimoti:

?? o‘zbek tili --784 458 nafar
?? rus tili -- 84 774 nafar
?  qoraqalpoq tili -- 22 534 nafar
?  boshqa tillar -- 2 513 **nafar

Izoh: *Test sinovlarida ishtirok etish uchun to‘lovni 26-iyun soat 23:59* gacha amalga oshirish mumkin. Shu boisdan yuqorida keltirilgan statistik ma'lumotlarda to‘lovga oshirish muddati yakunlangandan so‘ng o‘zgarish bo‘ladi.

*✔️ *Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

3 months, 1 week ago

⚡️ Test sinovi uchun to‘lovni bugun ham amalga oshirish mumkin
#abituriyent #qabul2024

? Davlat oliy ta’lim muassasalariga, shuningdek, kollej va texnikumlarga o‘qishga kirish uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlandi.

? Onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar test sinovida ishtirok etish uchun to‘lovni bugun (26-iyun kuni) soat 23:59 ga qadar amalga oshirishlari mumkin. *‼️ 26-iyun kuni (bugun) soat 23:59 qadar to‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlar test sinoviga qo‘yilmaydi (to‘lovdan ozod qilingan abituriyentlar bundan mustasno)*.

Test sinovi uchun to‘lovdan ozod qilingan abituriyentlar:

joriy yil bitiruvchilari;
nogironligi bo‘lgan shaxslar;
to‘liq davlat ta’minotidagi shaxslar;
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar;
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari.

@jtodilov

3 months, 1 week ago

❗️ 2024-2025-o‘quv yili uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlanishiga 1️⃣ soat qoldi? Ro‘yxatdan o‘tish uchun sayt manzili: my.uzbmb.uz??‍? Ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi muddati: 25-iyun (bugun) soat **23:59

? To‘lovni amalga oshirishning so‘nggi muddati: 26-iyun (ertaga) soat *23:59*✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari**:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

3 months, 2 weeks ago

Chet tili sertifikati bilan bog‘liq savollarga javoblar
#abituriyent #sertifikat #qabul2024

1️⃣ Savol: 2024-yil 12-iyun kuni yakunlangan chet tilidan milliy sertifikat imtihonining natijalari qachon e’lon qilinadi? Qabul yakunlangunga qadar e’lon qilinadimi?

Javob: 2024-yil 11-maydan 12-iyungacha bo‘lib o‘tgan chet tilidan milliy sertifikat imtihonining natijalarini 20-iyunga qadar hisoblab, 20-21-iyun kunlari e’lon qilish rejalashtirilmoqda.

— — —

2️⃣ Savol: Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilinganda sertifikat oladigan bo‘lsam, sertifikatim shaxsiy kabinetimda avtomatik tarzda chiqadimi yoki o‘zim kiritishim kerakmi?

Javob: Chet tilidan B2 va undan yuqori darajadagi milliy sertifikat olgan abituriyentlarning sertifikat ma’lumotlari ularning shaxsiy kabinetida avtomatik tarzda chiqadi. Milliy sertifikat ma’lumotlarini alohida kiritish talab etilmaydi.

— — —

3️⃣ Savol: OTMga ro‘yxatdan o‘tish uchun chet tilidan milliy sertifikat natijalari e’lon qilinishini kutishim kerakmi? Yoki ungacha ham ro‘yxatdan o‘tsam bo‘ladimi?

Javob: Oliy va professional ta’lim muassasalariga ro‘yxatdan o‘tish uchun milliy sertifikat imtihonining natijalarini kutish shart emas.

— — —

4️⃣ Savol: Menda IELTS 6 sertifikat mavjud. Chet tilidan xalqaro sertifikat ma’lumotlarini kiritishda sertifikat seriyasi va raqamiga qaysi raqamni yozishim kerak?

Javob: IELTS sertifikatining quyi qismida “Test Report Form Number” mavjud bo‘lib, sertifikat seriyasi va raqamiga “Test Report Form Number” kiritiladi. TOEFL iBT sertifikatida esa “Appointment number” kiritiladi.

— — —

5️⃣ Savol: Chet tilidan xalqaro sertifikatni xato yuklaganman. Sertifikat ma’lumotlarini qayta kiritsam bo‘ladimi?

Javob: Sertifikat tekshirilib, rad etilgan taqdirda, sertifikat ma’lumotlarini qayta kiritish mumkin. Lekin sertifikat tasdiqlanganda yoki tekshirilayotganda ma’lumotlarni o‘zgartirib bo‘lmaydi.

— — —

6️⃣ Savol: Chet tilidan xalqaro sertifikatlarni 20-iyunga qadar kiritish kerakmi? Undan keyin kiritilsa, inobatga olinmaydimi?

Javob: Chet tilidan xalqaro sertifikatlarni qabul yakunlangunga qadar, ya’ni 25-iyungacha kiritish mumkin. Lekin sertifikatlarni tekshirish murakkab va ko‘p vaqt talab etadigan jarayon ekanligini inobatga olgan holda ertaroq kiritish tavsiya etiladi.

— — —

*7️⃣ Savol: Chet tilidan B1 darajadagi sertifikat uchun ball beriladimi*?

Javob: oliy ta’lim muassasalariga qabulda chet tilidan B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikat uchun ushbu fandan maksimal ball beriladi. B1 darajadagi sertifikat uchun ball berilmaydi.

— — —

Diqqat! Xalqaro sertifikatlarni tekshirishda qalbaki sertifikatlar aniqlangan taqdirda huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etiladi.

@jtodilov

We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

? @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 3 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 3 months ago