Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 3 days, 23 hours ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 1 month, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 5 months ago
DO‘PPI
__________
Do‘ppi kiymay qo‘ydi odamlar,
Bir shoir, bir nosirdan boshqa.
Sochlar silliq,
Silliq qadamlar,
U og‘irlik qilyapti boshga...
__________
Rost do‘ppilar,
Yolg‘on do‘ppilar,
Kinolarda qolg‘on do‘ppilar.
Chust do‘ppilar,
Anjon do‘ppilar,
Munchoqdek Marg‘ilon do‘ppilar...
__________
Do‘ppi kiymay qo‘ydi odamlar,
Bir shoir, bir nosirdan o‘zga,
Men ham sizga berdim savollar,
Shlyapamni bostirib ko‘zga.
__________
Do‘ppi kiymay qo‘ydi odamlar,
Ko‘ngil esa ko‘rmoq tusaydi.
Madaniyat gullagan damlar,
Kallaga e’tibor susaydi.
__________
Do‘ppi kiymay qo‘ydi odamlar,
Na uyda va na ko‘chada.
Mirtemirlar, G‘afur G‘ulomlar
Yechgan do‘ppi qoldi tokchada...
__________
Bu qandayin ko‘rgulik savdo,
Do‘ppi kiymay qo‘ydi xaloyiq.
Boshga loyiq do‘ppi yo‘qdir yo —
Bosh qolmadi do‘ppiga loyiq.
__________
✍ Muhammad Yusuf
Мавлудингиз муборак бўлсин опажон.
Аллоҳ ўзи хазинасидан ЭНГ яхшилари ,ЭНГ зиёдаси билан сийласин.
Каналимизни барча обуначилари,аҳли ижод номидан табаррук кунингиз билан табриклаймиз.
Севим шоиримиз кўрмаган яхши кунларни кўришлик насиб этсин.
LOLAQIZG'ALDOQ
Shavkat Raxmon xotirasiga bag'ishlanadi.
Mendan nima qolar:
Ikki misra she'r,
Ikki sandiq kitob,
Bir uyum tuproq.
Odamlar ortimdan
Nima desa der,
Men seni o'ylayman
O'zimdan ko'proq-
Lola, lolajonim,
Lolaqizg'aloq!
Men ketsam, yomondan
Yiroq bo'l, oxu,
Chunki sen chiroyli,
Ko'rkli bir juvon.
Yomon kunlar bir kun
Yaxshi bo'lar-u,
Yomon odam yaxshi
Bo'lmas hech qachon...
Yasha chegarada
Turgandek ogoh,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg'aldoq.
Uyda yotibman-u,
Sezib turibman,
Ko'kda ketayotir
Qushlar qaytishib.
Xayrlar yog'dirib
Qanotlaridan,
Xasta shoirga
Vido aytishib.
Bor, mening uchun ham
Ularga qo'l qoq-
Lola, lolajonim,
Lolaqizg'aldoq.
Ularni men yana
Ko'rarmanmi-a,
Ayvondan odamdek
Kuzatolmadim.
Kuz. To'ylar boshlandi.
Yuragim pora-
Bitta qizimni ham
Uzatolmadim...
Demak, taqdir ekan
To'y ko'rmay o'lmoq,
Lola, lolaginam,
Lolaqizg'aldoq.
Biroq ko'nglim sezar,
Mendan keyin ham,
Bir kun bu hovliga
Odam to'ladi.
Hali to'ylar qilib
Charchaysan, erkam,
Mening qizlarim
Eng baxtli bo'ladi!
Kelinlar ko'ylagi
Ruhimday oppoq-
Lola, lolajonim,
Lolaqizg'aldoq.
Gulim, yaqinroq kel,
Qara, ne savdo,
Bu ajib ishlarni
Dil lavhiga yoz:
Kimga qasr etmas
Kimga mol-dunyo,
Meng esa HAVO
Yetmaydi, xolos.
Tiriklar mudroqda,
O'liklar uyg'oq-
Lola, lolajonim,
Lolaqizg'aldoq.
Ko'ksim kuyib borar,
Ko'krak yonmoqda,
Ayting do'xtirlarga,
Yorishsa yorsin!
Jism o'z ulfati-
Jondan tonmoqda.
Bechora jon endi
Qayerga borsin.
Endi osmon yiroq,
Endi yer yumshoq-
Lola, lolajonim,
Lolaqizg'aldoq.
Buni hayot derlar,
Unutma aslo,
Bir kun ochilasan,
Bir kun so'lasan.
Qalbimda-ku faqat
Sen eding tanho,
Qabrim ustida ham
O'zing bo'lasan.
Sen bizning sevgidan
Xotira-bayroq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg'aldoq.
Ayol qalbing bilan
Suv kech, olov kech,
G'am kelsa boshingdan
Hushing uchmasin.
Xudodan so'radim:
Mendan keyin hech,
Nomard kimsalarga
Ishing tushmasin.
Ularning qo'lida
Hamisha tuzoq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg'aldoq.
Ishing tushsa, inim
Muhammadga bor,
Shoirlar ichida
Ishonganim shu.
Biroz ichishini
Aytmasa agar,
Ko'ksi tiniq bola,
Halol bola u.
Faqat sal soddaroq,
Faqat sal yoshroq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg'aldoq.
Jon so'nggi boshpana
Toparkan ongda,
U yurak ostida
Derdim men bo'lsam.
Ajablanma agar
Ertaga tongda
Seni o'pib, O'shni
Quchoqlab o'lsam!...
O'tinchim-tepamda
Yig'lama uzoq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg'aldoq
✍Muhammad Yusuf
O‘zbekiston xalq shoiri
https://t.me/MUHAMMAD_YUSUF_IJODI
Telegram
MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI
Bilaman, taxminan shunday o'ylaysiz, Shoirlar devona, tuzalmaydilar. Shoirning sevgisi o'tkinchi deysiz, Shoirlar odamday sevolmaydilar... 𝘔𝘶𝘩𝘢𝘮𝘮𝘢𝘥 𝘠𝘶𝘴𝘶𝘧 Guruximiz: @Muhammad\_Yusuf\_ijodii
Mahalliychilik
Toshni suv kemirar. Suvni qaro yer,
Yerni kalamushlar kemirganin ko‘r.
Dashtda jayronlarni qiyratadi sher,
O‘zbekni qiyratar mahalliychilik!
Maysalarni quyosh qovjiratadi,
Quyoshki, bulutlar tentiratadi.
Bulutlarni shamol dovdiratadi,
O‘zbekni quritar mahalliychilik.
Tog‘larni to‘g‘onlar yiqib quritar,
Bog‘larni xazonlar siqib quritar.
Xazonlarni kuzlar yig‘ib quritar,
O‘zbekni quritar mahalliychilik.
Chehrang bir xil, axir, bir xil zaboning,
Vataning bir, axir, birdir makoning.
Qo‘ygil Qo‘qoningni, qo‘ygil Surxoning,
O‘zbekni quritar mahalliychilik.
Jayxun - katta daryo, Sir - katta daryo.
Erkin daryo edi, hur, katta daryo,
Ming irmoqqa ko‘chgan bir katta daryo —
O‘zbekni quritar mahalliychilik.
Teng bo‘laylik, tengga tegolmas hech kim,
Ahil bo‘lsak, bizni yengolmas hech kim.
Aziz boshimizni egolmas hech kim,
O‘zbekni quritar mahalliychilik...
She‘r muallifi: Muhammad Yusuf
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 3 days, 23 hours ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 1 month, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 5 months ago