Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 3 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago
Bizga kerakli odam...
Tanishib qo‘ying-- Turkiyalik pudratchi Eyden Darson afandi. Mutaxassisligi oddiy quruvchi injener. Shu paytgacha uni Turkiyada hech kim tanimagan, o‘zi ham mashhurlikka intilmagan, bir chekkada tinchgina halol yashab yuravergan.
Endi hamma uni taniydi, qattiq hurmat qilishadi. Alloh uni martabasini baland qildi, el yurt ichida aziz qilib qo‘ydi.
Sababi esa oddiy, Tursun afandi 1987-2002 yillari Xatay shaxrida qurib halqqa topshirgan 50 kompleks uy joy inshoatlarini birortasi zilziladan zarar ko‘rmadi!
TOPGANING TOʻYLARINGA EMAS, OʻZINGA NASIB QILSIN!!!
• Bugun bir Yapon oʻrtogʻim uylandi. Toʻyiga taklif qildi. Kamina ham borib, qatnashib keldim. Shu paytgacha koʻpgina Yapon toʻylarida qatnashganim uchun, koʻrganlarim va kuzatganlarimni sizlarga ham ulashgim keldi.
Yaponiyalik Suzukining ixchamgina toʻyini koʻrib, oʻzimizning Teshavoyning musofirchilikda yillab ishlab kelib «Gumbura-qasir» qilib bergan toʻyi koʻz oldimda aylanaverdi-aylanaverdi.
• Hullas, sizlarga Yapon toʻylari haqida qisqacha yoritib beraman. Yapon toʻylarining ssenariysi deyarli bir xil. Kichkinagina , shinamgina restoranda boʻlib oʻtadi. Toʻyga 10 kishidan 50 kishigacha mehmon taklif qilishadi. Toʻyga taklif qilnganlar oʻsha restoranni oldidagi "Recepshn"ga ( Qabulxona) borishadi. Ism familyasini aytib, «Toʻyana» sini berishadi. Yaponlarda toʻyana narxi odatiy 300$ atrofida. Jamiyatni qogʻozda yozilmagan qoidasi 300$. Undan kam berish uyat hisoblanadi. Odatda kelin-kuyovni ota-onalari, aka-ukalari 300$ dan koʻproq 600-1000$ atrofida berishadi.
•Manga yoqqan tomonlarining bittasi kelin-kuyovning qarindoshi yoki doʻsti boshlovchilik qilib beradi. Falon pulga boshlovchi, qoʻshiqchi, oʻyinchi otarchi gaplashishmaydi. Bitta boshlovchi 30-40 ta eng yaqinlar, kelin-kuyov bilan toʻy oʻtadi ketadi.
• Ana endi bugungi postimiz qahramoni Suzukining toʻy xarajatlari haqida gaplashamiz. Avvalambor, Suzuki hashakalla shoshilib, qoʻlidan bir ish kelmasdan uylanib olmadi. Oʻqidi, ishga kirdi, oʻzini eplay olishga koʻzi yetgandan keyin uylandi. Oʻziga maʼqul kelgan juftni topdi. Mahsus belgilangan joyga borib nikohdan oʻtishdi. Toʻy kuni belgilandi. Toʻyga 50 kishini chaqirishdi. Restoranning bir kishiga 100$ atrofida toʻlanadigan ovqatlar menyusini tanlashdi. 50 kishi uchun jami 5000$ boʻldi. Har bir kishiga esdalik uchun 10 $ dan sovgʻa olishdi. Jami 5500$ boʻldi. Qolgan harajatlar kiyimlar, zal uchun toʻlov va boshqa mayda chuydalariga yana 4500$ ketsin deylik. Shunda butun boshli toʻyga 10000$ ketdi. ENDI ENG QIZIQ JOYIGA KELAMIZ YoShLAR 10 000 $ SARFLAB TOʻY QILIShDI VA HAR BIR KELGAN MEHMON 300$ DAN TOʻYaNA BERGANLIGI UChUN 5000$ DOLLAR FOYDA BILAN ChIQIShDI.
• Ana endi, oshib qolgan pulga yosh kelin kuyov ( Kekkon ryouko) toʻy sayohatiga ketishadi. Chet el sayohatiga yoki eng kamida Yaponiyaning ichida boshqa shaxarlarga sayohat qilib kelishadi. Ana sizga Yaponlarning oddiygina toʻyi.
• Oʻzimizni Teshavoychi 5-6 yillab chetda ishlab pul yigʻib, qarz olib, dangʻillama toʻy qilaman deb umri hazon boʻlib ketdi. Toʻydan keyin ham yillab qarz toʻladi. Qarzdan qutulishiga, yana toʻy chiqib qoldi. Oʻgʻillariga sunnat toʻy qilish kerak...
• Hulosa oʻrnida, qay goʻrlardan chiqib kelgan «Parazit» urf odatlarni yigʻishtirsak, yosh oilalarga ixcham toʻy qilib oshgan pulni oʻzlariga investitsiya qilsak, qizni ham yigitni ham oʻzini eplab, oilaga tayyor boʻlganda turmush qildirsak, kim oʻzarga toʻy qilishni bas qilsak, oliy maqsadni «Toʻy, Uy, Mashina» dan boshqa tomonga bursak, yoshlarimiz energiyalarini ilmga, hobbiga, izlanishga, haq-huquqini tanishga, siyosatga qiziqishga, jamiyatni toʻlaqonli aʼzosi boʻlishga sarflashar, balkim. BIZ OʻZGARSAK JAMIYaT OʻZGARADI. DAVLAT OʻZGARADI, HUKUMAT OʻZGARADI!!!
*© Bahodir Iskandarov
Telegramdan olindi.*
@psixologiya_olamiii
KUNGABOQAR KIMGA BOQAR?
Hech kungaboqarning harakatlanishini kuzatganmisiz?
Kungaboqar boshqa o‘simlik (gul)larga o‘xshamaydi. U quyoshga qarab harakatlanadi. Quyosh qaysi tomonda bo‘lsa, o‘sha tarafga qaraydi. Tongda sharqqa termulsa; kunduz quyosh tikka kelganida tepaga; shomda quyosh botar chog‘ g‘arbga tomon yo‘naladi.
Quyosh chiqqanida ochilib-sochilib yashnaydi – botganida ma’yus tortib yerga qarab qoladi. O‘zining shakli ham quyoshni eslatib yuboradi…
Boshqa biror o‘simlikda bu xususiyat kuzatilmaydi.
Men kungaboqarda mo‘minlarning xususiyatlarini ko‘raman. Mo‘min inson ham doim Allohni eslaydi, Uning roziligini topishga intiladi, U ko‘rsatgan to‘g‘ri yo‘ldan yurishga sa’y xarakat qiladi, o‘zi qayerda, qay ahvolda bo‘lmasin, ko‘ngli Robbisida bo‘ladi!
Kungaboqarning quyoshi botishi mumkin, mo‘minlarni yaratgan Zot esa Al-Hayy – abadiy tirikdir, Uni o‘lim mahv etolmaydi…
Quyosh o‘z nurlari bilan kungaboqarni erkalatganiday, Alloh ham insonlarni behisob ne’matlari bilan siylaydi.
Qiziqib ko‘rsam, kungaboqarning mevasi (pistasi) dan tortib, tanasigacha iste’mol qilinar ekan. Mevasidan yog‘ olinadi, tanasi esa chorva mollari uchun ozuqa bo‘larkan.
Yaxshi insonlar ham shunday – so‘zi ham, amali ham, hatto, sukuti ham boshqalarga naf keltiradi…
Birgina o‘simlikka qarab shuncha ibratga arzirli xislatlarni topsa bo‘lar ekan, agar inson o‘zini yaxshiroq tadqiq qilsa, balki ibratlar maxzaniga yetishar…
O‘zingizni o‘rganing, yaxshilar, barcha hikmat ichingizda!
Gulandom Sharipova
📌 Sukut qilib biror marta nadomat qilmadim, lekin gapirib qoʻyib koʻp marta afsuslanganman.
*©️ Umar ibn Xattob.*
📌 Afsuslanishlar foydasizdir. To'kilgan suv uchun yig'lash hech narsani o'zgartirmaydi, qo'lingdan faqatgina suvni qayta to'ldirish keladi...
"**Xazonlarning ostida..."
Yulduz Usmonovadan ajoyib tarona**
@psixologiya_olamiii
Ko‘p xafa bo‘lma..!
Shuni yaxshi bilki, qancha yig‘lasang shuncha kulasan...
Hamma narsani tugadi deb ham o‘ylama..!
Qancha sevsang shuncha sevilasan...
✍️Mavlono Rumiy
TASODIF
– Menga hech kim bilan yurmagan, hayoli-iboli qiz kerak! – dedi yigit ammalariga.
Qiz ham darrov topila qoldi. U ham birov bilan yurmagan mo‘mingina yigitni kutib yurgan ekan.
Uchrashuvga chiqishdi.
– Siz?! – dedi ikkisi ham baravar.
“SMS”
Yigit: “Hammasi tugadi! Senga bo‘lgan tuyg‘ularim chin emas ekan. Ochig‘i, sen bilan xayrlashayotganimdan baxtliman! “SMS”imga javob yozib o‘tirma, iltimos!”
Qiz: “Javob yozadigan ahmoq yo‘q! Men ham sizni unutdim. Iloji bo‘lsa, xatimni o‘qib ham o‘tirmang!”
Yigit: “O‘qib o‘libmanmi? Hatto ochib ham ko‘rganim yo‘q, shu zahoti o‘chirib yubordim!”
*© Nodirabegim Ibrohimova*
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 3 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago