Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago
Xodimlarning faoliyati har yil o'rtasi va oxirida supervisor'lar tomonidan baholanib borilar ekan. Shu asosda xodimlar bilan suhbat o'tkazilib kamchiliklar ko'rsatilib, ularni qanday to'g'rilash bo'yicha tavsiyalar berishadi. Agar ishlaringizdan juda mamnun bo’lishsa hatto rahmat aytishadi.
Bugun men bilan shunday suhbat bo'lib o'tdi. Ishga kirganimdan buyon jamoaga qo'shgan ozgina hissamni yuqori baholashdi va rahmat aytishdi. Qoyil qolgan joyim, har bir holat bo'yicha fakt keltirib o'tishgani bo'ldi. Resume'yimga olvolsam bo'larkan deb o'yladim. Xullas, har bir vaziyat bo'yicha eng kichik xodimning ham faoliyati e'tiborga olinar ekan.
Menimcha, mana shu metod ishchilarning motivatsiyasini va samradorligini uzoq muddatli davrda oshirish nuqtayi nazaridan juda samarali (eng kamida mikromenejmentdan yaxshiroq).
IMFda hozirgacha Kamerun va Sao Tome davlatlari uchun Policy Note va Staff Report yozishda yordamchi tadqiqotchi sifatida ishtirok etdim. Mening vazifam tahlillar uchun ishlatiladigan barcha zarur statistik ma'lumot (data)larni to'plash, kerakli ko'rinishga keltirish, hamma jadvallar va grafiklarni tayyorlash, shuningdek, iqtisodchilarga tahlillar yordamida ko'maklashishdan iborat. Sao Tome uchun yozilgan Staff Report o'tgan hafta tashkilot vebsaytida e'lon qilindi.
Quyida link qoldiraman.
Iqtisodiyot bo'yicha PhD talabalari uchun Xalqaro Valyuta Fondi yozgi amaliyot (internship) dasturini e'lon qilgan. Dunyoning istalgan davlatidagi 32 yoshdan kichik PhD talabalari topshirishlari mumkin. Dastur talablari bilan batafsil quyidagi link orqali tanishib chiqishingiz mumkin:
Телефонлар бошимизга етади(ми?)
Бундан бир неча йил олдин (10 йилга яқинлашиб қолди) талабаларимга танаффус эълон қилганим эсимда. 2 соатлик семинар бўлгани учун, 10 дақиқа тоза ҳаво олиб келсин, деган яхши ниятда, "10 дақиқа танаффус!" дегандим. Шунда 15 талабадан биронтаси ўрнидан туриб, ташқарига чиқмади. Улар нима қилди, айтайми? Топдингиз—барчаси ўтирган жойида телефонини чиқарди ва кўзини узмай титкилай бошлади.
Ўн йилларча олдин нима бўлганди ўзи? Нима учун айнан ўша пайтда илк бор юз берди бу ҳодиса? Ҳа-я, 10 йилча олдин экранлари катта айфон 6 ва 6 плюс чиққанди. Айфондан бошқа деярли барча телефон ишлаб чиқарувчилар катталиги ликопчадай телефонларни оммалаштириб бўлганди. Бу даврга келиб, телефонлар анча оммалашганди ҳам—тарихда биринчи бор айнан шу йилларда ўсмирларнинг кўпчилиги телефонли бўлди.
Яна ёшлардан нолияпти, деб ўйламанг—ёзадиганларим барчамизга тегишли.
Албатта, катта экранли телефонлар оммалашганининг ўзи етмади—бу телефонларни диққат магнитига айлантирган нарса—мобил интернет ҳам анча оммалашди. Шахсан мен телефондаги интернет пакетлари қиммат бўлган пайтларни яхши эслайман. Ҳозирда эса тез ва нисбатан арзон интернет катта янгилик эмас.
Натижадачи? Натижада одамлар ҳожатхонагаям телефонсиз киролмайдиган, телефонда бир нарса томоша қилмай томоғидан нон ўтмайдиган бўлиб қолди.
Телефонда кўпчилик нимани кўради? Ўша телефоннинг ўзи (ундаги апплар—Фейсбук, Инстаграм вҳк) танлаб берадиган, қўл теккизмаса бир-бирига уланиб кетаверадиган қисқа видеолар кўради. Бу видеолар шунчалик кўп ва хилма-хилки, улар тугамайди. Бир кунда миллионлаб янгилари чиқади, таржима қилинади, тарқалади. Буларни чиқарадиганлар бундан мўмайгина пул ҳам топади.
Натижада одамларда, айниқса ёшларда, диққатни бир жойга жамлаш, чуқур фикрлашга бўлган кўникма йўқолиб бормоқда. Чуқур фикрсиз, диққатни бир жойга жамламасдан эса бирон бир янгилик яратиш, бирон маррага етиш имконсиз.
Ишдан қайтишда кўча четида телефонидан кўзини узмай мактабдан қайтаётган—кўзини экрандан олмасдан юриб кетаётган—болаларни кўриб, шуларни ўйлайман.
Бу нарса мени қўрқитади, ростини айтсам. Чунки ўзим ҳам телефонга тикилиб ўтирганимни баъзида сезиб қоламан. Лекин биз—телефонсиз катта бўлганлар—телефонсиз ҳаёт қандай бўлишини биламиз. Кўп ирода талаб қилсада, ундан воз кеча оламиз, чунки бизда муқобил дунё ҳақида тушунчалар, хотиралар бор.
Аммо туғилганидан турли катта ва кичик экранлар ва у экранларда тинимсиз қимирлаб турадиган нарсаларни кўриб ўрганган ёшлар нима қилсин? Улардан неча фоизи телефонни четга қўйиб туриб, ҳеч бўлмаса бир соат давомида китоб ўқий олади? Ўрнидан турмасдан нечтаси 2 соат иншо ёзади? Буларни тасаввур қилиш қийин.
Бунга ечим нима? Ростини айтсам, билмайман. Бу жараён ҳали шунчалик янгики, оқибатларини ҳатто олимлар ҳам яхши тушунмайди. Аммо яхшиликка олиб келишини шахсан мен кутмайман.
Сизчи, сиз нима деб ўйлайсиз?
Iqtisodiyot bo'yicha PhD dasturiga tayyorlanish uchun qo'llanma
PhD dasturiga topshirish uchun tayyorgarlikni boshlaganman. Hujjatlarni tayyorlashda, yoki umuman olganda, bu uzoq yo'lga o'zimni tayyorlashda e'tibor berilishi kerak bo'lgan talaygina masalalarga duch kelyapman. Ularga javob topish uchun hozirgacha bu yo'lni bosib o'tganlar yoki bosib o'tayotganlar bilan ko'p suhbatlashib ularning tajribasini oldim, ba'zi joylardan o'qidim. Bugun IMFdagi boshlig'imga PhDda o'qish bo'yicha rejalarimni aytib undan ham ba'zi masalalarda fikrini oldim. Keyin u bir necha yillar oldin ayoli (ikkalasi ham Stanford universitetida PhD yoqlagan) bilan birga yozgan PhD uchun qo'llanmachani o'qib chiqishimni tavsiya qildi. O'sha qo'llanmada men ko'pchilikdan uzuq-yuluq eshitgan ma'lumotlarim tizimli va aniq tushuntirilgan ekan. Faqat ba'zi kichik ma'lumotlar sal eskirgan bo'lsa-da, ko'plab katta asosiy masalalar bo'yicha tavsiyalari haliyam juda aktual. Mendan ham PhDga topshirish masalasida tez-tez tavsiyalar so'rab turishadi. O'zim hali bu yo'lni hali bosib o'tmaganim uchun ba'zi nozik savollarga aniq javob berishga qiynalardim. Shuning uchun qo'llanmani kanalimda ham ulashishga qaror qildim.
Quyida qo'llanmadan ba'zi eng muhim nuqtalarni aytib o'taman:
- Professor yoki akademik iqtisodchi bo’lishni xohlamasangiz, PhD sizga nima uchun kerakligi borasida yaxshilab o'ylab ko'ring.
- Qabul qilinishning asosiy omillari yuqori GPA, matematika va iqtisodiyot fanlaridagi yuqori natijalar, tadqiqot faoliyati bo'yicha tajriba va kuchli akademik tavsiyanoma xatlarini o'z ichiga oladi.
- Kuchli matematik bilim talab etiladi; calculus, linear algebra va real analysis kurslari bo'yicha mustahkam bilim va yuqori baholar qattiq tavsiya qilinadi.
To'liq holatda quyidagi link orqali o'qishingiz mumkin: https://www.sitaslavov.com/home/advice
IMFda ishlashning hozircha eng yoqqan joyi ixtiyoriy (flexible) ish jadvaliga ruxsat berilgani bo’ldi. Haftada uch kun 8 soatdan ishlashingiz kerak bo’lsa, buni o’zingiz xohlagancha tartiblaysiz. Xohlasangiz ertalab 6 da kelib ish boshlab 2 PMda uyga ketishiz mumkin, yoki 10 AMda kelib 6 PMgacha ishlashiz mumkin. Shu kuni (in-person) qatnashish kerak bo’lgan majlis bo’lmasa albatta. Ba’zan 7 soat ishlaganingizdan keyin biror judayam zarur shaxsiy ishingiz chiqib qolsa, bemalol ishni bitirib uyga qaytganizdan keyin tunda bir soatni ishlab qo’yish ham mumkin ekan. Agar ma’lum shaxsiy sababga ko’ra officega kuni bo’yi kelishning umuman iloji bo’lmasa online tizimga buni kiritib qo’yish orqali yillik berilgan 20 kunlik ixtiyoriy ta’tilning bir kunidan foydalanish mumkin. Ish soatlarini belgilash deyarli to’liq o’zingizga bog’liq.
Ish soatlari qanday monitor qilib boriladi? Bu shunchaki ishonch tizimi orqali ishlaydi. Ya’ni xolis ishlaganingizga ishonishadi.
Xullas, ish jarayoni faqat natijaga yo’nalgan, samaradorlikni tushiradigan qoidalarga emas.
Bugun Xalqaro Valyuta Fondi (IMF)da birinchi ish kunimni boshladim. Kuni bo’yi IMF va buyerda ishlash bilan aloqador barcha tashkiliy masalalar to’liq tushuntirildi.
A dream job:)
Aziz dindoshlarim,
Qurbon hayiti muborak bo’lsin!@islom_urolov
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago