Namangan viloyati soliq boshqarmasi

Description
Namangan viloyati soliq boshqarmasi matbuot xizmatining rasmiy kanali.

Murojaat uchun:
?(69) 227 91 96
?(69) 227 95 51


@NAMANGANSOLIQ
Advertising
We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

? @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 3 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 3 months ago

1 week, 5 days ago
[#qiziq\_lekin\_fakt](?q=%23qiziq_lekin_fakt)

#qiziq_lekin_fakt

Baʻzi qurilish materiallariga qatʻiy oʻlchov birliklari biriktiriladi

Soliq organlari soliq toʻlovchilar tomonidan elektron hisobvaraq-fakturalarni (EHF) shakllantirishda qaysi MXIK, o‘lchov birliklari va tovarlar miqdori koʻrsatilganligini muntazam ravishda tahlil qilib bormoqda.

Misol uchun, bugungi kunda Shagʻal (shu jumladan maydalangan tosh-qum aralashmasi) MXIK 02517001004000000 da 6 ta oʻlchov birligi (kilogramm, sentner, tonna, ming tonna, million tonna, kubometr)dan foydalanish mumkin.

Tahlillar shuni koʻrsatdiki, EHF rasmiylashtirishda bir tashkilot oʻlchov birligi sifatida kub metrdan foydalangan va 1 kub metr shag‘alni 5,6 milliard soʻmga realizatsiya qilgan.

Yana bir tashkilot oʻlchov birligida tonnadan foydalanib, 28 ming tonna shagʻalni qariyb 1 milliard soʻmga (1 tonnasini = 36 ming soʻmdan) realizatsiya qilgan.

Avval xabar qilingan, o‘lchov birliklari yoki tovarlar miqdori noto‘g‘ri ko‘rsatilganligi sababli:
▫️sotilgan tovarlar tannarxining haqiqiy holati buzilishi;
▫️tovarlar harakatini nazorat qilish qiyinlashishi;
▫️soliq hisobotlarini topshirishda savollar koʻpayishi mumkin.

Shundan kelib chiqib, tahlillar natijasida EHFda eng koʻp qoʻllaniladigan va davlat buyurtmasi asosida qurilayotgan obyektlar qiymatining eng yuqori ulishini tashkil etuvchi qurilish materiallarining MXIK ro‘yxati shakllantirildi.

Joriy yilning 1-oktabridan boshlab EHFni roʻyxatdan oʻtkazishda MXIK maʻlumotlari faqat ularga biriktirilgan o‘lchov birliklari asosida shakllantiriladi.

?Roʻyxat bilan bu yerda tanishishingiz mumkin

Bu boradagi ishlar davom ettiriladi.
________
#интересно_но_факт

За некоторыми строительными материалами закрепляются фиксированные единицы измерения

Налоговые органы на регулярной основе проводят анализ того, какие ИКПУ, единицы измерения и количество товара указывают налогоплательщики в электронных счетах-фактурах (ЭСФ).

К примеру, на сегодняшний день у ИКПУ - 02517001004000000 Щебень (включая щебеночно-песчаная смесь) доступны к использованию 6 единиц измерения (килограмм, центнер, тонна, тысяча тонн, миллион тонн, кубический метр).

Анализ показал, что в ЭСФ одна организация использует в качестве единицы измерения кубический метр и реализует 1 кубометр щебня за 5,6 млрд сумов.Другая организация указывает единицей измерения - тонну и продает 28 тысяч тонн щебня почти за 1 млрд сумов (1 тонна = 36 тысяч сумов).

Ранее сообщалось, из-за неправильного указания единиц измерения или количества товара:
▫️искажается реальная картина стоимости продаваемых товаров;
▫️затрудняется контроль за движением товаров;
▫️могут возникнуть вопросы при сдаче налоговой отчетности.

Исходя из этого, в результате проведенного анализа сформирован перечень ИКПУ строительных материалов, которые наиболее часто используются в ЭСФ и составляют наибольшую долю стоимости объектов, возводимых на основе государственных заказов.

С 1 октября текущего года при оформлении ЭСФ данные ИКПУ будут формироваться только с закрепленными за ними фиксированными единицами измерения.

?С перечнем можно ознакомиться тут

Работа в этом направлении будет продолжена.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

1 week, 5 days ago
Prezident **Shavkat Mirziyoyev** raisligida **qurilish industriyasi …

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida qurilish industriyasi va qurilish materiallari ishlab chiqarishni rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtmoqda.

Yigʻilishda davlatimiz rahbari joylarda noruda konlardan noqonuniy yoki samarasiz foydalanish holatlari koʻpayib borayotganini qayd etdi.

Oʻtgan yili 6 million kub metr noqonuniy qazilma aniqlanib, ulardan 17 milliard soʻm qoʻshimcha soliq undirilgan.

Marksheyder mutaxassislar yetarli boʻlmagani uchun yer qaʼridan foydalanuvchilarni atigi 36 foizi monitoring qilinmoqda.

Nazoratni kuchaytirish maqsadida noruda qazilmasidan tushumning 3 foizi Soliq qoʻmitasi jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.

Qoʻmitaga buning hisobiga har bir hududda kamida 2 ta marksheyderni jalb qilish, zamonaviy videokuzatuv va oʻlchash uskunalarini oʻrnatib, taʼsirchan nazoratni taʼminlash topshirildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

1 week, 5 days ago

#soliq_kodeksi
#393_modda
Jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida soliq solinadigan daromadlar

Deklaratsiya asosida soliq solinadigan daromadlarga O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslarning quyidagi daromadlari kiradi:

?mulkiy daromadlar, agar ushbu bo‘limga muvofiq bu daromadlarga soliq agentida soliq solinmasa;
?ilm-fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun mualliflik haqi tariqasida olingan daromadlar;
?moddiy naf tarzidagi daromadlar, agar bu daromadlarga soliq agentida soliq solinmagan bo‘lsa;
?O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlar;
?soliq agentlari bo‘lmagan manbalardan olingan daromadlar;
?Soliq kodeksining 385-moddasi uchinchi qismida ko‘rsatilgan jismoniy shaxslar tomonidan olingan daromadlar, ular tomonidan jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida soliq to‘lash tartibi tanlanganda;
?soliq agenti tomonidan soliq ushlab qolinmagan soliq solinadigan boshqa daromadlar.

➡️Jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya, agar soliq to‘lovchining asosiy bo‘lmagan ish joyidan olingan daromadlaridan soliq uning arizasi bo‘yicha ushlab qolingan bo‘lsa taqdim qilinmaydi, bundan Soliq kodeksi 393- modda birinchi qismining beshinchi xatboshisida ko‘rsatilgan daromadlar mustasno.

❗️O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bo‘lgan yoki joriy yilning 1-apreligacha rezidentga aylangan chet el jismoniy shaxsi, ushbu modda birinchi va ikkinchi qismlarining qoidalaridan qat’i nazar, Soliq Kodeksining 397-moddasida nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda jami yillik daromadi to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etadi.

https://t.me/namangansoliq

2 weeks, 4 days ago
Namangan viloyati soliq boshqarmasi
2 weeks, 4 days ago
[#markirovka](?q=%23markirovka)

#markirovka
Raqamli markirovkalash dori vositalarini qalbakilashtirishning oldini oladi

13-19-sentabr kunlari Toshkent shahrida Yevroosiyo farmatsevtika sammiti – 2024 boʻlib oʻtmoqda. Unda farmatsevtika bozorini rivojlantirish va sogʻliqni saqlash tizimidagi islohotlarning global tendensiyalari muhokama qilinmoqda.

Oʻzbekistonda 2022-yil 1-sentabrdan boshlangan, dori vositalarini markirovkalash tizimi joriy etilishiga bagʻishlangan muhokamalardan birida Soliq qoʻmitasi boʻlim boshligʻi Axmadbek Fayziyev maʻruza bilan ishtirok etmoqda.

Taʼkidlanganidek, davlat tibbiy taʼminoti tizimini faol raqamlashtirish va davlat tibbiy sugʻurtasini joriy etish sharoitida asosiy eʻtibor dori vositalarining haqiqiyligi, samaradorligi va aholi uchun qulay narxlarda bo‘lishini taʻminlashga qaratilgan.

2023-yilning martidan 2024-yilning apreligacha boʻlgan davrda dori vositalarini noqonuniy ishlab chiqarish va muomalaga kiritish bilan bogʻliq 600 dan ortiq fakt aniqlangan. Umumiy qiymati 28,1 milliard soʻmdan koʻp boʻlgan raqamli markirovkasiz va ruxsat beruvchi hujjatlari mavjud boʻlmagan 30 mingdan ortiq qadoqlar muomaladan chiqarildi.

Ishlab chiqaruvchilar va distribyutorlarning tovarlarni kuzatib borishning raqamli tizimiga tayyorgarligini yakunlash muhim bosqich bo'ldi.

Markirovkalangan mahsulotlarni kirim qilish va muomaladan chiqarish boʻyicha chakana savdo subyektlari oʻrtasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi. Tadbirkorlar foydalanishi zarur bo‘lgan maxsus qurilmalar – 2D-skanerlarini sotib olishda soliq imtiyozlari berilmoqda.

Xaridorlarga sotib olayotgan dori vositalarining sifatiga ishonch hosil qilish uchun “Soliq” mobil ilovasida markirovkaning haqiqiyligini tekshirib koʻrish imkoniyati yaratildi.

Oʻzbekiston va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida dori vositalarining markirovkasini oʻzaro tan olish toʻgʻrisidagi bitim imzolandi.

Shunday qilib, dori vositalarini raqamli markirovkalash qonuniy farmatsevtika bozorining rivojlanishiga hissa qoʻshadi, bu borada xalqaro hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar ochadi.
____________
#маркировка

Цифровая маркировка лекарств защитит от контрафакта и подделки

С 13 по 19 сентября в Ташкенте проходит Евразийский фармацевтический саммит - 2024, где обсуждаются глобальные тенденции развития фармацевтических рынков и реформы в системе здравоохранения.

Одна из дискуссий посвящена внедрению маркировки лекарственных препаратов, которая стартовала в Узбекистане с 1 сентября 2022 года. С докладом выступил начальник отдела Налогового комитета Ахмадбек Файзиев.

Было отмечено, что в условиях активной цифровизации системы государственного медицинского обеспечения ивнедрения государственного медицинского страхования основной акцент делается на обеспечении подлинности, эффективности и доступности лекарственных средств для населения.

За период с марта 2023 года по апрель 2024 года было выявлено более 600 фактов, связанных с незаконным производством и оборотом лекарственных средств. Изъято из обращения свыше 30 тысяч упаковок без цифровой маркировки и разрешительных документов на сумму более 28,1 млрд сумов.

Важным этапом стало завершение подготовки производителей и дистрибьюторов к прослеживаемости товаров.

Проведена масштабная работа среди субъектов розничной торговли по оприходованию и выбытию из оборота при реализации маркированной продукции потребителю. При ее реализации предпринимателям необходимо использовать специальные устройства - 2D-сканеры, за приобретение которых предоставляются налоговые льготы.

Для удобства граждан в мобильном приложении Soliq реализована возможность проверить подлинность маркировки, что позволяет покупателям убедиться в качестве приобретаемого лекарства.

Подписано соглашение о взаимном признании маркировки лекарственных средств между Узбекистаном и Российской Федерацией.

Таким образом, цифровая маркировка лекарств способствует развитию легального фармацевтического рынка, открывая новые возможности для международного сотрудничества в этой сфере.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

2 weeks, 4 days ago

#soliq_kodeksi
#214_modda

SOLIQQA OID HUQUQBUZARLIK SODIR ETILGANDA AYB SHAKLLARI

Gayrihuquqiy xatti\-harakatni (harakat va harakatsizlik) qasddan yoki ehtiyotsizlik oqibatida sodir etgan shaxs soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor dеb etirof etiladi.

➡️Agar soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etgan shaxs oz harakati (harakatsizligi) gayriqonuniy ekanligini bilgan bolsa, bunday harakatning (harakatsizlikning) zararli oqibatlari yuzaga kеlishini istagan yoxud ularning yuzaga kеlishiga ongli ravishda yol qoygan bolsa, bunday huquqbuzarlik qasddan sodir etilgan dеb topiladi.

➡️Agar soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etgan shaxs oz harakatlari (harakatsizligi) gayriqonuniy ekanligini yoxud bunday harakatlar (harakatsizlik) natijasida yuzaga kеladigan oqibatlarning zararli ekanligini garchand ularni oldindan korishi lozim va mumkin bolgani holda bilmagan bolsa, **bunday huquqbuzarlik ehtiyotsizlik tufayli sodir etilgan dеb etirof etiladi.**

*?Yuridik shaxsning soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdorligi uning mansabdor shaxslarining yoki vakillarining harakatlari (harakatsizligi) ushbu soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilishini kеltirib chiqargan* aybiga qarab aniqlanadi.

https://t.me/namangansoliq

3 weeks, 4 days ago
3 weeks, 4 days ago
Namangan viloyati soliq boshqarmasi
3 weeks, 4 days ago
[#Savol\_javob](?q=%23Savol_javob)

#Savol_javob

?Savol: - Mehnatga layoqatsizlik kunlari uchun to‘lanadigan to‘lovdan daromad solig‘i undiriladimi?

?Javob: - Soliq kodeksining 377-moddasiga asosan, xodimga kasallik ta’tillari asosida vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalari uchun to‘lovlar jismoniy shaxslarning boshqa daromadlari turiga kiradi. Bu daromadlar, o‘z navbatida, umumiy daromadga kiritiladi va belgilangan tartibda 12 foizlik jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i undiriladi.

https://t.me/namangansoliq

1 month ago
Namangan viloyati soliq boshqarmasi
We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

? @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 3 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 3 months ago