Introvert

Description
mp3 @wlllsxw

shaxsiy @wllsmw
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 4 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago

5 months, 3 weeks ago

​​Turgan - bitgani tomoshaxonaning o'zi! Agar musulmonlar o'z gunohlarini yuvish uchun butun Ramazon oyi Xudoga bag'ishlab ro'za tutsalar ham va har Iydi Ramazon qo'y yoki echki qurbonlik qilsalar ham, agar butun umr Makka ziyorati orzusini qilsalar va kuniga besh mahal joynamoz yoysalar hamki, qalblarida Ishq tuyg'usi bo'lmasa - bularning barchasida ne ma'no bor? Ishqdan ayro e'tiqod - quruq so'zlardangina iborat; so'zlarda asl hissiyot bo'lmagani uchun ular juda zaif va nohayotiy, noaniq va puchdir.

Nahotki Xudoni Makka yo Madinaga borganda topish mumkin deb o'ylasalar? Yoki uni machitda topish mumkin deb o'ylasalar? Xudoni qandaydir bir yopiq makonda ekanini tasavvur qilish mumkinmi?

Xudo bilan savdolashish va uning oldidagi o'z qarzlarini uzish mumkin, deb o'ylaydigan johilga achinaman. Nahotki, bu odamlar Xudoni bizning gunohu savoblarimizni tarozuning ikki pallasida o'lchaydigan attorga o'xshatsalar? Yoki nahotki Uni bizning gunohu savoblarimizni xuddi o'zining kirim va chiqim daftariga yozib borib, savdo qiladigan sudxo'rga o'xshatsalar? O'zlarini Xudo bilan Birliklarini shunday tasavvur qiladilarmi?

Nima uchun men hamisha qo'rquv va vahimalar, taqiq va pandu nasihatlar ichida qotib, qolipda yashashim kerak?

Xudo bilan birlashib, fano bo'lish va o'z nafsiga qarshi kurash olib borish o'rniga din mutaassiblari qo'rquv qo'zg'otib, boshqa odamlar bilan jang qiladilar. Dunyoga qo'rquv to'la ko'z bilan qaragan odamlar voqelikdan yana ham badtar vahimaga tushishlari ajablanarli emas. Biron joyda yer qimirlasa, qurg'oqchilik bo'lsa yoki boshqa koru hol ro'y bersa, ular buni Muqaddas G'azab ifodasi sifatida qabul qiladilar - go'yo Xudo "Mening shafqatim Mening g'azabimdan kuchliroq" demaganday. Diniy mutaassiblar har xil narsalarni bahona qilib hammaga jahl bilan, g'ijinib qarab xuddi Buyuk Robbimiz ularning tarafini olishini va o'zlaridagi arzimas qasos o'tini quvvatlashini kutadilar.

Ular Qur'onning mohiyatini izlashni istamay va uni butunligicha qabul qila olmay, ayrim oyatlarni odamlarning vahimaga tushgan ongiga mos keladigan muqaddas ko'rsatma sifatida ajratib oladilar. Ular hamma vaqt Qiyomat kuni barcha insonlar soch tolasidan ingichka va pichoq tig'idan keskir Sirot ko'prigidan o'tkazilishlarini eslatadilar. Ko'prikdan o'ta olmagan gunohkorlar do'zaxga tushishlari va oxiratga qadar o'sha yerda azob chekishlarini aytadilar. Begunohlarga esa ko'prikdan o'tib ketishlarini, mevazor bog'lari, shirin suvlari va go'zal farishtalari bor jannatga tushishlarini aytadilar. Fanatlarning tasavvurlariga shu manzara muhrlangan. Ularning dunyoviy hayot qarshisidagi qo'rquvlari, qilgan ishlarining jazosi haqidagi qo'rquvlari shu qadar kattaki, o'zlarini oqlashga bo'lgan urinishlari yo'lida Xudoni ham eslaridan chiqaradilar!

Do'zax hozirda va shu yerda. Jannat ham shunday. Do'zaxdan qo'rqish va jannatni orzu qilish kerak emas, zero do'zax ham, jannat ham hamisha inson qalbida. Qachon ishq bizga nuzul etsa, demak, biz jannatdamiz. Qachon nafratlansak, hasad qilsak, yoki jang qilsak, demak, biz do'zax o'tida yonayotirmiz.

Hamon hozirgi ondayoq Xudoning hayotimizda bor yo yo'qligini to'liq bilib olsak, o'limdan keyingi olam, tasavvurdagi kelajak haqida bezovtalikning nima keragi bor? Do'zax haqidagi o'yga tolishlar va jannat ta'mlari so'fiylikka xos emas, shuning uchun ular Xudoni sof holda va bezovtaliklarsiz, dog'i hasratlarsiz haqiqiy, beminnat ishq bilan sevadilar.

Ishq sababdir. Ishq maqsaddir.

"Ishqqa oid 40 qoida"  Elif Shafaq

5 months, 3 weeks ago

“Biz ega bo‘lishimiz mumkin bo‘lgan eng go‘zal tajriba - bu sirlilik.  Bu haqiqiy san’at va haqiqiy ilmning asosida turadigan asosiy tuyg‘udir."

- Albert Eynshteyn

5 months, 4 weeks ago

​​Stiven: O‘ylaymanki, men tabiatan bir oz introvertman va muloqotdagi qiyinchiliklar meni faqat o‘zimgagina tayanishga majbur qildi. Lekin, bolaligimda yaxshi suhbatdosh edim. Menga ham boshqa odamlar bilan suhbat zarur. Boshqalar bilan fikr almashish menga katta yordam berishini tushundim. Suhbatdoshlar hech qanday qiziqiqarli narsalar haqida gapirmasalar ham, mening fikrlarimni boshqalar tushuna oladigan tarzda tartibga solish zarurati ko‘pincha meni oldinga undadi.

Syu: Hissiy qoniqish haqida nima deya olasiz, Stiven? Buning uchun hatto ajoyib fizikka ham boshqa odamlar kerak!

Stiven: Fizika ajoyib, lekin sovuq. Men faqat fizikadan iborat bo‘lgan hayotga chiday olmasdim. Hamma odamlar singari menga ham iliqlik, sevgi va mehr kerak. Va yana menga omad kulib boqdi, huddi shu kasallikdan azob chekayotgan ko‘plab odamlardan ko‘ra ko‘proq, albatta - men juda ko‘p sevgi va iliqlikni his etdim. Musiqa esa mening hayotimda juda katta ahamiyatga ega.

Syu: Aytingchi, sizga nima ko‘proq zavq beradi - fizika yoki musiqa?

Stiven:  fizikada biror narsa qila olganimda olgan zavqim, musiqa menga berganidan kuchliroqdir. Ammo, bu holat mening faoliyatim davomida bir necha martagina sodir bo‘ldi, xolos, musiqa diskini esa istalgan vaqtda qo‘yish mumkin.

© Stiven Xoking - «Qora tuynuklar va yosh koinotlar»

6 months ago

​​Adelya sindromi.

Bu ruhiy kasallik bo‘lib, unda odam boshqa odamga javobsiz maftun bo‘ladi. Bu uzoq muddatli sevgi obsesyoni va giyohvanddikka qaramlikka o‘xshash kasallik. Adelya Gyugo ofiser Albert Pinson bilan shunday uchrashdi va sevib qoldi. Qiz Albertni tinmay ta’qib qiladi, hayotiga aralashadi, hatto Albertning to‘yini ham buzadi. Adelya o‘zini Pinsonning rafiqasi deb hisoblab illyuziyasiga to‘liq ishonadi, bu Adelyani asta-sekin aqldan ozishga olib keldi. U ruhiy kasalxonaga yotqizilgach, u yerda o‘z shaxsini yo‘qotadi va vafot etgunicha uning ismini alahsirab takrorlaydi. Mana sizlarga o‘limgacha bo‘lgan chin sevgi.

6 months ago
Odamlar hech qachon o‘zgarmaydi. Ular shunchaki, …

Odamlar hech qachon o‘zgarmaydi. Ular shunchaki, aslida qanday ekanliklarini ko‘proq oshkor qila boshlashadi.

•  Doktor Gregory House

6 months ago

Avval orzular o‘ladi, so‘ngra insonlar...

© Uilyam Shekspir

6 months ago

Men butun dunyoni sevishga tayyor edim, lekin meni tushunishmadi va men nafratlanishni o‘rgandim.

© Zamonamiz qahramoni

6 months ago

Sevgi Xudoning siridir!
Bu nozik mo‘jizaga boy sirni nima bo‘lgan taqdirda ham o‘zgalar ko‘zidan yashirmoq kerak.

© Dostoyeviskiy

6 months, 1 week ago

Yo‘qlik sevgini zaiflashtirib, ishonch, sadoqat kabi undan-da buyuk tuyg‘ularni paydo bo‘lishiga xizmat qiladi. Xuddi cho‘g‘ni o‘chirgan shamol gulxanni alanga oldirganidek.

© Fransiz de La Rochfokold

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 4 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago