Haq Da'wah

Description
Allohga oson..
We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 5 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 9 months ago

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 year, 9 months ago

2 months, 1 week ago

Jobir ibn Abdulloh rodiyallohu anhu rivoyat qiladi:

“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: ‘Sizlardan biringiz bir ayolga uylanmoqchi bo‘lsa, agar imkon topsa, unga qarasin. Zero, bu nikohni bardavom qilishga ko‘mak beradi’.”
(Imom Ahmad va Abu Dovud rivoyati)

2 months, 1 week ago

Jahannam ahli shunchalik ko‘p ko‘z yoshi to‘kadilarki, ularning ko‘z yoshlarida kema suzsa bo‘ladi. Do‘zaxiylarning ko‘zlaridan keyin qon oqa boshlaydi. Ularning ahvolini tasavvur qilib yig‘langlar, ey ko‘z yosh to‘kuvchilar.

Abu Muso Ash’ariy rohimahulloh

2 months, 1 week ago

☕️ Insonlardagi barcha muammolar qalbni Alloh egallab olmaganidan kelib chiqadi.

🌷 Agar inson qalbini Alloh egallasa, U zot uni ko'radigan koʻzi, tafakkur qiladigan aqli, soʻzlaydigan so'zi boʻladi. Qoʻrqsa faqat Alllohdan qoʻrqadi, lazzatlansa faqat Alloh bilan lazzatlanadi.

📖 Agar qalbi Allohdan xoli qolsa, U zotning oʻrniga boshqa narsa qidiradi. Chunki qalbni tabiati shunaqa-ki, nima bilandir toʻlib turishi kerak.

📖 Insonlarning aksarlarini qalbi Alloh bilan toʻlmagindan keyin, qalblariga boshqa iloh qidirdilar. Natijada oʻzlari bilib bilmay mushrik boʻlgan hollarida iymon keltirdilar.

💡 Ularning koʻplari Allohga faqat mushrik boʻlgan hollaridagina iymon keltiradilar (Yusuf: 106).

📚 @haq_dawah

4 months, 3 weeks ago

?Bilginki, hayot bir maromda davom etavermaydi. Bir kambagʻal boʻlsang, bir boy boʻlasan. Bir aziz boʻlsang, bir xor boʻlasan. Shunday ekan, har qanday holatda yagona asosni mahkam tutgan odam baxtlidir. Yagona asos Allohdan taqvo qilishdir.

? Ibn Javziy rahimahulloh

?@Haq_dawah

4 months, 3 weeks ago

Ибн Қаййим раҳимаҳуллоҳ деди:

«Кимки бир биродарининг хизмати билан юришдан ўзини олиб қочса, Аллоҳ таоло у инсонни биродари учун қизғонган вақтидан кўпроғини беҳуда нарсаларга буриб қўяди».

(«Иғосатул лаҳафон», 1/943).

?@haq_dawah

4 months, 3 weeks ago

Аҳли аёлини тўғри танлаш.

??

وَأَنكِحُواْ ٱلْأَيَـٰمَىٰ مِنكُمْ وَٱلصَّـٰلِحِينَ مِنْ عِبَادِكُمْ وَإِمَآئِكُمْ‌ۚ إِن يَكُونُواْ فُقَرَآءَ يُغْنِهِمُ ٱللَّهُ مِن فَضْلِهِۦ‌ۗ وَٱللَّهُ وَٰسِعٌ عَلِيمٌۭ

Ораларингиздаги никоҳсизларни ва қулу чўриларингиздан солиҳларини никоҳлаб қўйинг. Агар фақир бўлсалар, Аллоҳ уларни Ўз фазлидан бой қилур. Аллоҳ (фазли) кенг, ўта билгувчи зотдир.

{Нур сураси 32-оят}

Оила бошлиғи қуйида берилган ҳадислардаги шартлардан келиб чиққан ҳолда ўзига иймонли ва яхши хулқли аёлни танлаши лозим бўлади.

Булар Расулуллоҳ алайҳиссаломнинг умматларига таъкидлаган насиҳатлари ҳамда кўрсатмаларидандир.

Расулуллоҳ ? дедилар:

«Аёлга уйланиш ундаги тўрт сабабдан бўлади:
бойлиги, насаби, ҳусни ва дини. Сиз диндорини танланг, барака
топгур»

?{Муттафақун алайҳ}

Расулуллоҳ ? дедилар:

«Бу дунё ўткинчи бир матодир ва ундаги энг катта хурсандчилик бу солиҳа аёлдир»

?Муслим ривояти (1468)

Расулуллоҳ ? дедилар:

«Сизлардан ҳар бирингизнинг шукр қилгувчи қалби, (Аллоҳни) зикр қилгувчи тили ва кейинги ҳаётида манфаат келтирувчи иймонли аёли бўлсин»

?Имом Аҳмад ривояти.

Бошқа бир ривоятга кўра:

«Сизнинг дунёвий ва диний амалларингизда ёрдамлашувчи солиҳа аёлингиз қўлга киритиш мумкин бўлган энг катта неъматдир»

?Байҳақий ривояти (4116).

Расулуллоҳ ? дедилар:

«Эрига муҳаббатли ва кўп туғадиган аёлга уйланинглар, чунки қиёмат кунида бошқа пайғамбарларнинг олдида мен сизларнинг кўплигингиз билан фахрланаман»

?Имом Аҳмад ривояти.

?@haq_dawah

4 months, 4 weeks ago

??U qo'shin orasida yurib shunday der edi:

?Ey insonlar! Ba'za toza kiyimlilar bo'ladi va lekin dini iflos bo'ladi. Ba'zi oʻz nafsini hurmat qiluvchilar bo'ladi va lekin aslida uni xorlayotgan boʻladi.

?Eski yomon ishlarni yangi yaxshi amallar bilan yuvinglar. Sizlardan biringiz osmonga yetadigan darajada yomon amal qilsa-yu, soʻngra yaxshi amal qilsa, mana shu yaxshi amali yomon amalidan ustun kelib hatto uni zabt etadi.

?Ummatning eng ishonchli kishisi Abu Ubayda ibnul Jarroh roziyallohu anhu

☝️ Abu Dovudning "Zuhd" kitobidan

?@Haq_Dawah

5 months ago

O‘ziga o‘zi ziyon kеltiruvchilargina, o‘shalargina iymon kеltirmaslar.

An'om 12 oyat

@Haq_Dawah

5 months ago

??Masjiddan chiqish Duosi:

اللَّهُمَّ إِنِّي أَسْأَلُكَ مِنْ فَضْلِكَ
"Аллоҳумма инний асъалука мин фазлика"

"Allohim sening fazlingdan so'rayman".

??Masjiddan chiqar ekan inson Tirikchiligi uchun Allohning Fazli: barokatli, karamli, halol, ofiyatda beriladigan rizqni Allohdan so'rashi lozim.

??Agarda hozirgi ishingiz bunday bo'lmasa, masjiddan chiqar ekansiz, ushbu duoni ihlos bilan o'qib chiqib keting.

??Natijasida Alloh, yo rizqingizni O'z fazlidan barokatli qiladi yoki Barokatli rizq topishga tavfiq beradi.

??@Haq_Dawah

5 months ago
***?***Nabiy sollallohu alayhi vasallam:"Agar bilsalar, Madina …

?Nabiy sollallohu alayhi vasallam:"Agar bilsalar, Madina ular uchun yaxshidir", dedilar.

?(Sahihi Buxoriy)

⏺️@haq_dawah

We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 5 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 9 months ago

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 year, 9 months ago