Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago
Uyimizda mitti qoʻlchalar paydo boʻldi. Ona boʻlish hissiga qanday taʼrif berishga hayronman. Bu xuddi yurakning tanadan tashqarida urishiga oʻxshaydi, yaʼnikim joningiz parchasi tanangizdan tashqarida.
Koʻp narsalar oʻzgardi. Qandaydir normal kun tartibi haqida gapirmasa ham boʻladi. Baʼzida ertalab turib tishimni yuvganmidim oʻzi deb ham oʻylab qolyapman. Sochimni oxirgi marta qaysi kuni taraganim esimda yoʻq 😁. Hammasi shirin masʼuliyatlar, Hamd.
Uyquni gapirmasam ham boʻladi. Men endi uxlayman deganimda birini qorni ochadi, ikkinchisini ichi keladi. Uyqu sifatini sal pal boʻlsa ham saqlab qolish maqsadida qoʻshni xonada pastga joy solib qoʻyganmiz. Xoʻjayinim bilan navbatlashinib oz ozdan oʻsha joyda uxlab olamiz. Bu birdaniga ikkita odam uyqusiz qolmasligi uchun.
Oʻzi juda koʻp narsa hayotimda odatdagidan farqli boʻlardi, shunga oʻxshab homiladorlik davri ham, tugʻruq ham, endi buyogʻi farzand parvarishi ham boshqacha boʻlyapti.
Gapirsam gap koʻp. Hozir uxlab olish navbati meniki, ketdim 😁
Nega yaxshi ayol shifokorlar kam?
Muammo
Hozirgi kunda butun dunyo boʻyicha qizlar va yigitlarning tibbiyot oliygohiga topshirish koʻrsatkichi teng, ayrim oʻrinlarda qizlar soni yuqori ham chiqadi. Lekin butun sohada faoliyat olib borayotgan, karyerasini oxirigacha ushlab qola olgan mutaxassislar orasidagi koʻrsatkichda erkaklar soni koʻproq chiqadi.
Mana shu koʻrsatkichdan kelib chiqib juda koʻpchilik fikriga koʻra yaxshi shifokorlar faqat erkaklar orasida topiladi. Va xattoki eng yaxshi akusher-ginekologlar ham bu erkaklar. Uyimizda hamma shifokor boʻlgani uchun bu fikr koʻp marta suhbatlarda koʻtarilgan.
Sabab
Oila, jamiyat va ish joyidagi turli toʻsiqlar, ayol kishi hayotida yuzaga keladigan oʻzgarishlar toʻlqinlari. Biz, ayollar, koʻproq hissiyotga tayanamiz. Hayotimizning qaysidir nuqtasida shunchaki uy bekasi va ona boʻlishni tanlashni xohlab qolishimiz mumkin.
Bu istak ham oʻrinli. Faqat u cheklangan muddatga boʻlishi kerak. Yuqoridagi har ikki rol ham oʻz orzularidan toʻla voz kechishga sabab boʻlmasligi kerak. Koʻp onalarni kuzatganman, bolamni tarbiyalashim kerak deb, boshqa hamma narsadan voz kechadi. Lekin bolaga ona har doim ham 24/7 kerak boʻlmaydi. Sekin asta bola katta boʻla borishi bilan onaga boʻlgan qaramligi kamayib boradi. Oʻz ishlarini oʻzi bajara olishi, uy vazifalarini toʻliq oʻzi tayyorlab boshlashi va eng muhimi oʻsmirlik davriga yaqinlashib oʻzi yolgʻiz qolishni xohlashi bu tabiiy holat. Shunaqa payti oʻz orzularidan voz kechib faqat farzand katta qilaman degan onalar tushkunlikka tushib qoladi. Yolgʻizlikni his qila boshlaydi, voz kechgan maqsadlari haqida oʻyga choʻmadi.
Namuna
Bunga tirik misol mening onam. Tibbiyot oliygohini tamomlagandan keyin, uzoq yillar boshqa sohada ishlashlariga toʻgʻri keladi. Biz Toshkentga koʻchib kelganimizdan keyin-ku, butunlay uy bekasi boʻlib qolganlar. Opalarim turmushga chiqib, men oʻqishga kirganimdan keyin ularda ham yuqoridagi oʻzgarishlar paydo boʻla boshlagan.
Oʻshanda onam yoshim katta-ku demasdan, oʻqishga topshirganlar. UT diagnostika yoʻnalishida bir yildan oshiq oʻqib, keyin ishlay boshladilar. Men bilan birga oʻtirib dars tayyorlardilar, tushunmagan narsalarini birga oʻrganardik. Bu hechdan koʻra kech degan tanlov edi, lekin onam xursandlar.
Yechim
Bu degani inson hayotida mana shunaqa kech davr kelishini kutib turishi kerak degani emas. Kecha turmush oʻrtogʻimga shu mavzuda gap ochganimda, "shunaqa boʻlmasligi uchun ayol kishi tuqqandan keyin oʻzini darrov qoʻlgan olib, ishiga chiqib ketishi kerak" deb qoldilar. Men jarrohlik boʻyicha ketsam, ertaga oila va ishda qiynalaman-ku, boshqa yengilroq yoʻnalish tanlaganim yaxshimikan deganimda ham "e, boʻlganga yarasha operatsiya qila oladigan jarroh boʻl-da" degandilar.
P.S. Work-life balance haqida hali fikrlarim yoʻq. Yurib borayotgan yoʻlimda oʻrganganlarimni keyinroq ulashaman.
Tibbiyot Kundaligi
04.12.2024
Nogironlik (disability)ga qanday ta'rif berasiz? Yoki nogironlik deganda hayolingizga nima keladi?
Barcha javoblarni izohlarda kutib qolaman. Ungacha esa men hayolimdagilarni postga joylab turaman.
Kayfiyatimni koʻtargim kelib qolsa, oʻzimni baʼzi videolarimga nazar solaman. Qanaqa quvnoq odam ekanligim esimga tushadi ?
Suhbatni oʻzbek tilida yozaman:
Teacher: Shu namoyishda sof ikkingiz tomonidan qilingan nima bor?
Men: Mana bu diagrammalar. Ularni men oʻzim Cavna'da qilganman.
Auditoriyada kulgu koʻtarildi.
Teacher: Bu juda haqqoniy javob boʻldi ;)
Ordinatura yoki magistratura?
Bundan bir necha yillar ilgari magistraturada qilinadigan dissertatsiya nomzodlik dissertatsiyasi oʻrniga oʻtgan. Shuning hisobiga magistraturaga kirish uchun raqobat yuqori boʻlgan va unda oʻqiydiganlar ordinaturani bitirganlarga nibatan obroʻliroq boʻlgan. Hozir esa magistraturada yoziladigan ilmiy ishning darajasi olib tashlangan va amaliy jihatdan hech qanday rolga ega emas.
Xoʻp, dissertatsiyani yozish bilan oʻzimga yoki tibbiyotga biron foyda keltiramanmi? Oʻzingizga deyarli yoʻq, tibbiyotga esa hech qanday foydangiz tegmaydi.
Magistraturada oʻqiydiganlar oʻzini bir narsa bilan ovutishi mumkin. Hech boʻlmaganda ilmiy ish qanday qilinishi oʻrganyapman! Aslida esa sizga bu jarayonni hech kim toʻliq tushuntirib bermaydi. Shunchaki oʻzingdan oldin kelganlarnikiga qarab oʻrgan va har bir semestr uchun belgilangan "glava"larni oʻz vaqtida yozib tugat deyiladi!
3 yil davomida nima qilaman oʻzi? Siz uchun hech kim bosh ham qotirmasdan yozib qoʻygan dars jadvallariga asosan belgilangan vaqtda belgilangan joyga borishingiz kerak boʻladi. Mayda-mayda sikllarda yurish sizga vaqtni befoyda sovurishga yordam beradi. Agar faqatgina sizga koʻrsatilgan yoʻlni follow qilsangiz, oxirida hech narsa oʻrganishga ulgurmagan boʻlasiz. Xullas, yana qoʻshimcha 3 yil talaba boʻlasiz xolos.
Magistraturaga kirib, keyin boshqa odamga shogird tushib oʻrganib yursa boʻladimi? Ha va yoʻq. Bu siz topshirgan yoʻnalish va kafedradagi muhitga bogʻliq. Hammasida ham bir xil emas. Qaysidir yoʻnalishlarda imkoni bor, qaysilarida esa umuman imkonsiz. Siz ertalab 8 dan 14:00 gacha oʻzingiz uchun biriktirilgan bazada boʻlishingiz kerak.
Ordinaturada esa hujjat masalalari kamroq. Ilmiy ish yozmaysiz. Siz uchun yozilgan sikllar jadvaliga amal qilsangiz ham boʻladi, istasangiz bypass qilish imkoni ham bor. Boshqa narsalarga bosh ogʻritmasdan, faqat tanlagan yoʻnalishingiz oid ish bilan shugʻullansangiz boʻladi. Endi buyogʻi, oʻzingiz vaqtdan qanday foydalanishingizga bogʻliq.
Endiyam mendan, ordinaturada oʻqiymi yoki magistraturadami deb soʻramang. Yoki magistraturani qanday afzalligi bor demang. Yagona afzalligi magistraturada grant oʻrinlar ajratiladi. Ayol-qizlar kontrakti davlat tomonidan 100% toʻlab beriladi.
Men nega magistraturada oʻqiyotganimga kelsak. Bu alohida mavzu. Vestminsterga kirganim uchungina milliy OTMga topshirishga rozi boʻlganman. Mening hayollarim jamlanishi kuzgi qabulga emas, qishki qabulga toʻgʻri kelgan. Shuning uchun hammadan farqli qishda kirib, qishda tugataman. Ilmiy ish yozishni Vestminsterda oʻrganganman, shuning uchun bu narsa menga qiyinlik qilmaydi. Milliy OTMda men bu masalaga oid hech narsa oʻrganmaganman desam ham boʻladi.
Solishtirish
Inson oʻzini boshqalar bilan solishtirishdan qanday toʻxtasa boʻladi? Bu juda oson va bir vaqtning oʻzida juda qiyin ish. Har kimning irodasi, qatʼiyatidan kelib chiqib. Lekin, odatda, bu narsa bitta kalit soʻz bilan amalga oshmaydi. Unga yetib kelish yillardir davom etadigan vaqtni talab qilishi mumkin.
Yoshligimda onam meni tengdosh qarindoshlarim bilan solishtirishlarini yoqtirmas edim. Va doim oʻsha maqtalgan sifatni ortigʻi bilan oʻzimda jamlashga intilardim, toki onam meni ikkinchi marta shu odam bilan solishtirmasinlar deb.
Xuddi ana shunday, solishtirish yoshlikdan boshlanadi. Bu kimningdir foydasiga, kimningdir esa zarariga ishlaydi. Bizga juda uzoq muddat davomida singib ketgan zararli odatdan qutilish uchun ham biroz vaqt kerak boʻladi. Unga yordam beradigan bir necha omillarni oʻzimga foydasi tekkan:
– Atrofimdagi hech kimning hayotini ideal deb qabul qilmayman. Hamma men qatori bu hayotni birinchi marta yashayapti. Aynan qanday qilsa toʻgʻri yoki notoʻgʻri boʻlishini hech kim bilmaydi. Bizga eng mukammal koʻringan hayot tarzida yashaydigan odamning ham ichida savollari, tushunmovchiliklari va "oʻzi toʻgʻri qilayapmanmi?" degan ishonchsizliklari boʻladi. Demak, kimdir yashab oʻtgan yoki oʻtayotgan hayotni qoʻyib, har kim oʻzining takrorlanmas hayot yoʻlini yashab oʻtishi kerak.
– Berilganiga rozi boʻlish. Buning uchun esa boshqa odamlarning hayotini kamroq kuzatish kerak. Men aynan shunday qilaman. Agarda hadeb koʻzingiz tushavermasa, sizda boshqalarning hayoti haqida maʼlumot kamayadi va oʻz-oʻzidan solishtirish ham kamayib boradi. (Odamlarning hayotidan yaxshi ishlarini oʻrnak sifatida olish kerak, m-n, til oʻrganish, yaxshi odatlarni shakllantirish, rivojlanishga oid. Lekin ularning allaqachon erishib boʻlingan muvaffaqiyatini oʻzining holati bilan solishtirish kerak emas. Oʻsha natijaga olib borgan yoʻlni oʻrganish va amal qilish kifoya.)
– Solishtirishga olib keladigan omillardan yana biri jamiyat belgilab bergan qoliplarga oʻzini solishga urinish. Bu standartlashtirish deyiladi. Men esa nostandartlikni maʼqul koʻraman. Natijasi ham shunday kutilmagan boʻladi. Aynan shu odatimga koʻra, bir vaqtning oʻzida ikkita magistr darajasini oʻzimda sinab koʻrishga qaror qilganman. Oila qurish yoshidagi standartlarga ignore qilgan holatda 26 yoshda turmushga chiqdim. Buning hisobiga juda koʻp kelinlar duch kelishi mumkin boʻlgan muammolarni chetlab oʻtish va ularga duch kelmaslik imkoni boʻldi, chunki hayot tarzimda oʻz odatlarim anchagina shakllanib ulgurgan va ularga tashqi oʻzgarishlar kam taʼsir oʻtkazadi.
– Tibbiyot talabalaridagi asosiy solishtirish muammolari bu chet tili oʻrganish, klinik amaliyotlardagi tajriba yoki fundamental fanlardagi kuchini atrofdagi qaysidir kursdoshlari bilan solishtirishdan boshlanadi. Siz bir vaqtning oʻzida turli insonlar bilan oʻzingizni solishtirasiz. Ular esa bularning hammasini emas, aynan qaysidir birini oʻzini yaxshi jamlagan boʻladi. Siz ham shunday qiling. Solishtirishdan kelgan natijadan keyin depressiyaga tushib oʻtirmang, ishni oʻzingizni kamchiliklaringizni toʻldirishdan boshlang.
Men diqqat markazidaman
Oʻzimizga ishonchsiz boʻlgan holatlarda, m-n, koʻchaga chiqqach kiymimiz gʻijimligini sezib qolganimizda, imtihondan yiqilgan paytimizda, qaysidir boshlagan ishimiz muvaffaqiyatsiz yakunlanganida hamma bizni qoʻli bilan koʻrsatib, biz haqimizda gapirayotganday yoki bizni diqqat bilan kuzatayotganday tuyuladi.
Fanda bu "spotlight effect" deb ataladi. Yaʼni har bir inson oʻzini boshqalar orasida diqqat markazida deb oʻylashi. Buning kelib chiqishiga sabab esa har bir inson uchun uning oʻzi oʻzining diqqat markazida. Mana shu tushuncha chuqurlashib keyinchalik odam butun olam (yoki oʻzi mavjud boʻlgan qaysidir kichik jamiyat) markazida oʻzi turibdi deb oʻylab boshlaydi.
Shunga koʻra biz juda koʻp narsalarni boshqalar biz haqimizda nima deb oʻylashiga koʻra amalga oshiramiz. Vaholangki aslida hech kim bizni biz oʻylaganchalik diqqat bilan kuzatmayapti.
Koʻchada kimdir siz behosdan gʻijim kiyimda chiqqaningizga eʼtibor bermayapti. Kimdir toʻlashi kerak boʻlgan krediti haqida, kimdir kechikayotgan uchrashuvi haqida, kimdir esa bolasiga yangi oyoq kiyim sotib olishi kerak ekanligi haqida oʻylayapti.
Bir necha yil oldin shu haqida oʻqib qolganman. Menga koʻp qarorlarni qabul qilayotganimda asqotgan. Men toʻxtagan qaror yoki men tanlagan narsa haqida boshqalar qanday fikr bildirishini oʻylamay qoʻyganman. Chunki boshqalar umuman fikr bildirmasligi ehtimoli yuqoriroq. Qolgan narsalarni hammasini biz oʻz miyamizda qurib olganmiz xolos.
Wikipedia
Spotlight effect
Psychological phenomena
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago