Why Pay for Entertainment? Access Thousands of Free Downloads Now!

MAKTABuz | Rasmiy kanal

Description
Ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!

© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!

Reklama: @Botirov_A
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 5 Tage, 11 Stunden her

🔥 Amalda.uz – Eng so'nggi yangiliklarni qisqa formatda o'qishni ma'qul ko'radiganlar uchun!

Tijoriy hamkorlik: 👉 @Murojaat_a

Last updated 3 Wochen her

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 9 Monate, 4 Wochen her

3 months ago

⚡️Ota-ona bola uchun 1,7 mln so‘mgacha jarima to‘lashi mumkin. Qachon?
▪️ Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan voyaga yetmagan bolalarning ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelishi — BHMning 1 baravaridan 5 baravarigacha (1,7 mln so'm) jarima solishga sabab bo‘ladi.

🤔 Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish vazifalarini bajarmaslik deganda:

harakatsizlikning turli shakllarini, ya’ni harakatsizlikning natijasida voyaga yetmaganlarni tarbiyalash yoki ularga
ta’lim berish to‘g‘risida yetarli g‘amxo‘rlik qilinmayotganliklarini tushunmoq kerak. Ota-onalar yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxslarning o‘z vazifalarini bajarishdan bo‘yin tovlashi shu narsada ifodalanadiki, ular bolalarning ma’naviy tarbiyasi, jismoniy kamolga yetishi va sog‘lig‘ini mustahkamlash to‘g‘risida, ularning o‘z vaqtida umumiy o‘rta yoki kasb-hunar ta’limi olishlari, muvaffaqiyatli o‘qishlari to‘g‘risida zarur shart-sharoitlar yaratib berish haqida g‘amxo‘rlik qilmaydilar.

@MAKTABuz | Rasmiy kanal👇****
https://t.me/+KiBmZijRG502NmRi
https://t.me/+KiBmZijRG502NmRi

3 months ago

*📌 *15 yillik staji bor oliy toifali o'qituvchilar attestatsiyaga jalb qilinmaydi

2022-yilda ta’lim tashkilotlarida 15 yillik uzluksiz ish stajiga ega bo‘lganligi uchun navbatdagi-majburiy attestatsiyadan ozod qilingan oliy malaka toifali (bosh o‘qituvchi lavozimidagi) pedagog kadrlar joriy yilgi navbatdagi-majburiy attestatsiyalarga jalb qilinmaydi.

O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunining 41-bandiga asosan normativ-huquqiy hujjatlar orqaga qaytish kuchiga ega emas va ular amalga kiritilganidan keyin yuzaga kelgan ijtimoiy munosabatlarga nisbatan qo‘llanilishi ko‘rsatib o‘tilgan.

⚡️ Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori bilan pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga kiritilgan o‘zgartirishlar 2022-yilning 2-avgustiga qadar 15 yil uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan hamda oliy toifaga ega (bunda oliy toifaga ega bo‘lganlik davri muhim emas) bo‘lgan pedagoglarga nisbatan tatbiq etilmasligini hamda mazkur masala bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2022-yil 12-sentabrdagi 03-03/1-4619-son xati hozirgi kunda ham o‘z kuchida.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta'lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan pedagoglar ro‘yxati keltirib o‘tilgan.

@MAKTABuz | Rasmiy kanal👇****
https://t.me/+KiBmZijRG502NmRi
https://t.me/+KiBmZijRG502NmRi

3 months, 1 week ago

💵 Kontraktdan 12 foiz daromad solig‘ini kimlar qaytarib olishlari mumkin?
Ma’lumki, talabalarning kontrakt pullaridan 12 foizlik daromad solig‘i qaytariladi. Lekin hammaga ham emas.

✔️ Talabaning ota-onasiga;
✔️ Talabaning turmush o‘rtog‘iga;
✔️ Talabaning o‘ziga.

❗️ Qarindoshlarga, masalan, ukasi yo singlisining kontraktini to‘lagan akalarga 12 foizlik pul qaytarilmaydi. Lekin bu haqida taklif ishlab chiqilgandi.

Bunda muhim shartlar bor. Rasmiy ish bilan band bo‘lishingiz va daromad solig‘i to‘lovchisi bo‘lishingiz talab etiladi. Davlat ishida ishlaysizmi yoki xususiy sektordami, ahamiyati yo‘q.

@MAKTABuz | Rasmiy kanal👇****
https://t.me/+KiBmZijRG502NmRi
https://t.me/+KiBmZijRG502NmRi

5 months ago

*⚡️Rasman: 1-kurs va "perevodchilar" uchun kontrakt to'lash muddati 25-dekabrgacha uzaytirildiDavlat komissiyasining tegishli bayoni bilan, ko‘pchilik abituriyentlar va ularning ota-onalari hamda oliy taʼlim muassasalari rahbarlarining murojaatlarini inobatga olib, 2023/2024-o‘quv yilida oliy taʼlim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga to‘lov-kontrakt, jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikkatavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar o‘qishi uchun to‘lov haqini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2023-yilning 25-dekabri* (shu kuni ham) etib belgilandi.

Eslatma: amaldagi tartibga ko‘ra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini to‘lash muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.

@MAKTABuz | Rasmiy kanal*👇***https://t.me/+KiBmZijRG502NmRi
https://t.me/+KiBmZijRG502NmRi

5 months ago

*⚡️ *O'qituvchilar uchun diagnostika sinovlari boshlanyapti

4-dekabr sanasidan diagnostika test jarayonlari boshlanadi.

4-dekabr kuni quyidagi fanlar bo'yicha diagnostika testi o'tkaziladi:

➡️ Ona tili va adabiyoti*➡️ *Qoraqalpoq tili va adabiyoti*➡️ *Rus tili (o'zbek va qardosh tillardagi sinflarda)

Test jarayonlari boshlangunga qadar "Uzluksiz kasbiy ta'lim" elektron platformasidagi (onlinedu.uz) akkauntlarni tekshirib qo'yish lozim!

📌 Ma'lumot uchun: 4-15-dekabr kunlari maktablarda faoliyat ko‘rsatayotgan barcha o‘qituvchilarning bilim va ko‘nikmalari onlayn diagnostikadan o‘tkaziladi.

Bunda o‘qituvchilar o‘zlariga qulay joy va belgilangan vaqtda diagnostikaga doir topshiriqlarni onlinedu.uz platformasi orqali bajarishlari mumkin bo'ladi.

Diagnostika natijalariga ko‘ra, o‘qituvchilarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarga bo‘lgan ehtiyojlari aniqlanadi. O‘qituvchilar tabaqalashgan taʼlim dasturlari asosida kasbiy ehtiyojiga mos malaka oshirish kurslariga jalb etiladi.

@MAKTABuz | Rasmiy kanal*👇***https://t.me/+KiBmZijRG502NmRi
https://t.me/+KiBmZijRG502NmRi

5 months ago

*⚡️Dekabrdan o'qituvchilar qancha maosh oladi?*
1-dekabrdan ish haqi, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar 7% ga oshirildi.

Oshiriladigan maoshlar bo‘yicha hisoblanganda pedagog xodimlar dekabr oyidan boshlab quyidagicha oylik oladilar:

Maktab direktori:

🔵 4 mln 084 ming 179 so‘m (400 o‘quvchigacha)
🔵 4 mln 360 ming 917 so‘m (401-880 o‘quvchigacha)
🔵 4 mln 624 ming 262 so‘m (881-1600 o‘quvchigacha)
🔵 4 mln 891 ming 647 so‘m (1600dan ortiq).

Direktor o‘rinbosarlari: (MMIBDO‘, O‘TIBDO‘):

🔵 3 mln 814 ming 502 so‘m (400 o‘quvchigacha)
🔵 4 mln 084 ming 179 so‘m (401-880 o‘quvchigacha)
🔵 4 mln 360 ming 917 so‘m (881-1600 o‘quvchigacha)
🔵 4 mln 624 ming 262 so‘m (1600dan ortiq)

Direktorning xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari:
🔵 1 mln 618 ming 065 so‘m (400 o‘quvchigacha)
🔵 1 mln 765 ming 457 so‘m (401-880 o‘quvchigacha)
🔵 1 mln 919 ming 114 so‘m (881-1600 o‘quvchigacha)
🔵 2 mln 078 ming 589 so‘m (1600dan ortiq)

CHQBT rahbari: 2 mln 948 ming 543 so‘m
✔️ 2024 yil 15 yanvardan boshlab CHQBT rahbari:
🔵Mutaxassis – 2 mln 948 ming 543 so‘m;
🔵Ikkinchi toifali – 3 mln 301 ming 055 so‘m;
🔵Birinchi toifali – 3 mln 678 ming 381 so‘m;
🔵Oliy toifali – 4 mln 064 ming 865 so‘m

Psixologlar:
Oliy ma’lumotli psixolog – 2 mln 653 ming 689 so‘m
Ikkinchi toifali psixolog – 2 mln 841 ming 780 so‘m
Birinchi toifali psixolog – 3 mln 034 ming 666 so‘m
Oliy toifali psixolog – 3 mln 219 ming 374 so‘m

O‘qituvchilar:

O‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchi – 2 mln 756 ming 194 so‘m
Oliy ma’lumotli o‘qituvchi – 2 mln 948 ming 543 so‘m
Ikkinchi toifali o‘qituvchi – 3 mln 301 ming 055 so‘m
Birinchi toifali o‘qituvchi – 3 mln 678 ming 381 so‘m
Oliy toifali o‘qituvchi – 4 mln 064 ming 865 so‘m

Maktab laboranti (1 st)– 1 mln 458 ming 770 so‘m

Kutubxona mudiri:
🔵O‘rta maxsus ma’lumotli – 1 mln 941 ming 691 so‘m
🔵Oliy ma’lumotli – 2 mln 118 ming 548 so‘m

Kutubxonachi:
🔵O‘rta maxsus ma’lumotli – 1 mln 683 ming 734 so‘m
🔵Oliy ma’lumotli – 1 mln 772 ming 354 so‘m.

@MAKTABuz | Rasmiy kanal*👇***https://t.me/+KiBmZijRG502NmRi
https://t.me/+KiBmZijRG502NmRi

5 months, 1 week ago

⚡️ Talabalar uchun qishki ta’til muddati belgilandi
Barcha oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim (davlat, nodavlat, xorijiy) muassasalarida qishki ta’til 2023-yilning 25-dekabridan boshlanib, 2024-yilning 7-yanvariga qadar davom etadi.

Darslar 8-yanvar, dushanbadan boshlanadi.

*@MAKTABuz *| Rasmiy kanal*👇***https://t.me/+KiBmZijRG502NmRi
https://t.me/+KiBmZijRG502NmRi

5 months, 1 week ago

*⚡️*Bu yil toifa sertifikati amal qilish muddati tugaydigan o‘qituvchilarga keyingi yilgi attestatsiyagacha ustama to‘lanadi

Men boshlang‘ich sinf o‘qituvchisiman. Malaka toifam ikkinchi. Bu yil sertifikatimning amal qilish muddati tugadi. Attestatsiya bo‘lmaganligi sababli toifaga topshira olmadim. Menga sertifikatim bo'yicha oylik ustama to'lashda davom etiladimi? O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-79-son Farmoning 3-bandiga muvofiq, 2024-yil 1-yanvardan boshlab davlat maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta'lim tashkilotlari pedagog kadrlariga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy qilinadi.*➡️ Bunda malaka toifasi berishning yangi tartibi joriy qilinguniga qadar* malaka toifasini olish bo‘yicha sinovlarni o‘tkazishga moratoriy joriy etiladi (attestatsiya o‘tkazilmaydi).

2023-yilda navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb qilinishi kerak boʼlgan pedagoglarning amaldagi malaka toifalari toʼgʼrisidagi sertifikatlarining amal qilish muddati navbatdagi attestatsiya tashkil qilingunga qadar uzaytiriladi.📌Demak, yangi tartib joriy etilgunga qadar mavjud sertifikat bo‘yicha ustama to‘lashda davom etiladi.

*@MAKTABuz *| Rasmiy kanal*👇***https://t.me/+KiBmZijRG502NmRi
https://t.me/+KiBmZijRG502NmRi

5 months, 1 week ago

Maktabda ishlaydigan talabalar ham malaka oshirishga yuborilishi mumkinmi? Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizom talablariga asosan, ta’lim tashkilotlarining oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan pedagog kadrlari va ishlab chiqarish ta’limi ustalarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi manfaatdor vazirliklar va idoralar tomonidan belgilanadi.Ma’lumot uchun, umumta’lim muassasalarida ishlayotgan va tegishli oliy o‘quv yurtlarining 4-kursida tahsil olayotgan talabalarga o‘rta maxsus ma’lumotga ega mutaxassislarga belgilangan mezonlar asosida ish haqi to'lanadi.

Oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan pedagoglar ishtirokida o‘tkaziladigan attestatsiya sinovlari shu xodimlarning mutaxassis malaka toifasiga munosib yoki munosib emasligini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.

Mazkur sinov natijalari ushbu xodimlarga ikkinchi, birinchi yoki oliy malaka toifalarini berish uchun asos bo‘lmaydi.Nizomga ko‘ra, nodavlat maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlarining pedagog kadrlari o‘z xohishiga ko‘ra mazkur navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tishi mumkin.@MAKTABuz | Rasmiy kanal*👇***
https://t.me/+KiBmZijRG502NmRi
https://t.me/+KiBmZijRG502NmRi

5 months, 2 weeks ago

*⚡️O‘quvchilarga dars vaqtida telefondan foydalanish, uni parta ustiga qo‘yish mumkin emasXalq ta’limi vazirining buyrug‘i bilan tasdiqlangan "Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining ichki tartib va odob-axloq qoidalari"*ga ko‘ra o‘quvchilarga dars mashg‘ulotlari vaqtida quyidagilar taqiqlanadi:

dars vaqtida o‘rinsiz gaplashish, ovqatlanish, saqich chaynash; qog‘oz va boshqa keraksiz narsalarni qoldirib ketish; mashg‘ulotlar yakunlangunga qadar ta’lim muassasasi hududidan o‘qituvchilar ruxsatisiz tashqariga chiqish; yozma ishlar va oraliq nazoratlarni bajarish vaqtida chetdan yordam so‘rash;
boshqa o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan topshiriqlar yoki yozma ishlarni o‘z nomidan topshirish;
telefondan (smartfon, planshet va boshqa gadjet qurilmalar) foydalanish, uni parta ustiga qo‘yish mumkin emas.

@MAKTABuz | Rasmiy kanal*👇***
https://t.me/+KiBmZijRG502NmRi
https://t.me/+KiBmZijRG502NmRi

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 5 Tage, 11 Stunden her

🔥 Amalda.uz – Eng so'nggi yangiliklarni qisqa formatda o'qishni ma'qul ko'radiganlar uchun!

Tijoriy hamkorlik: 👉 @Murojaat_a

Last updated 3 Wochen her

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 9 Monate, 4 Wochen her