Doctor Feruz | Ongli ozish

Description
🎓 Taomlanish ilmi doktori
📞 +998781136636
🌶 @taomlanish_ilmi va "Ongli ozish" loyihalari asoschisi
🍐 TMI: @tanamassaindeksi_bot
🍇 Ijtimoiy tarmoqlar: bit.ly/m/doktorferuz
🫑 OZISH Bepul darslari: https://bit.ly/Bepul_dars
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 6 months ago

3 weeks, 1 day ago

Bir kechada, yil almashganda hammasi oʻzgarishi kerak edi. Uyqudan tursam hech narsa oʻzgarmabdi. Hammasi oʻsha-oʻsha. Qorbobo qayerga qaragan, hayronman?!

Oʻtgan yil boshida 2025-yilda erishmoqchi boʻlgan rejalarim, maqsadlarim bor edi soqollari bor bobo axir?!

Mayli, boʻlgan ish boʻldi, qorboboni ham toʻgʻri tushunaman. Balki sovuqda erinib qolgandir yoki uzoq oʻlkalardan kelishga yoqilgʻisi yoʻqdir.

Oʻylab qarasam hamma ayb oʻzimda ekan. Kutmasligim kerak edi. Bilib-bilib ishlarimni qilaverganimda oz boʻlsada nimagadir erisharmidim.

Endi bu yil shunaqa qilmoqchiman, shuncha yil kutganim yetadi, sabr kosam toʻldi.

Agar sizni ham aldab, kelmagan boʻlsa, oʻsha hayot, oʻsha qomat boʻlsa maslahatim, bu yil uchun oʻzingizga rejalar tuzing.

Reja tuzishga qiynalsangiz bildiring, bu boʻyicha oliygohda mustaqil ishi qilganman)

@doctorferuz

3 weeks, 2 days ago

Hush kelibsan yangi qomat,
Eski qomat alvido.

Marhabo sogʻlik-salomat,
Qaytma dardim, alvido.

@doctorferuz

3 weeks, 4 days ago

Hazm qilish preparatlari maksimal sotilishiga 1 kun qoldi.

@doctorferuz

3 months, 1 week ago

Ertaga, dushanbadan boshlamoqchi boʻlsangiz, bugun, ertagalik kunni rejasini qilib qoʻying.

@doctorferuz

3 months, 2 weeks ago
3 months, 2 weeks ago
6 months, 1 week ago

​​​​TARVUZ haqida
Tarvuz deyarli 90% suvdan iborat boʻlib, chanqogʻingizni juda yaxshi qondiradi.

Tarkibida oqsillar va yogʻlar yoʻq, ammo tez hazm boʻlib energiya beradigan uglevodlarga boy. Ushbu meva, ayniqsa, jismoniy faol odamlar uchun foydalidir.

Tarvuz tarkibida juda koʻp qizil pigment — likopin mavjud. Bu modda kuchli antioksidant.

Tarvuz C va B guruh vitaminlariga, ayniqsa minerallarga boy.

Tarvuz deyarli suv va kam kaloriyaga ega boʻlgani uchun uni cheksiz miqdorda isteʼmol qilish mumkin degan notoʻgʻri tushuncha bor.

Tarvuz oddiy uglevodlarga boy boʻlib, glikemik indeksi baland mahsulotlar roʻyxatiga kiradi. Shuning uchun qandli diabetda ehtiyot boʻlib iste’mol qiling.

Tarvuz 3 yoshgacha boʻlgan bolalarga berish tavsiya qilinmaydi, allergenligi sababli emas, balki tarvuzni sanoat usulida yetishtirishda ishlatiladigan oʻgʻitlar, nitratlar va boshqalarni zararli taʼsiridan.

Shu sababdan kattalarga tarvuzni qobigʻigacha isteʼmol qilish tavsiya qilinmaydi aynan shu qatlamida zararli moddalar koʻproq boʻladi.

Diuretik taʼsiri va siydik kislotasining chiqarilishini koʻpaytirishi tufayli buyraklar qumdan tozalanadi.

Ma’lum boʻlishicha tarvuz shishlarni, yurak va buyrak kasalliklarini, gipertoniya va ich qotishini yengillashtiradi.

Tarvuzni urugʻlari alohida mavzu, unga ham alohida post joylayman.

@taomlanish_ilmi

6 months, 2 weeks ago

YANA QOVUN HAQIDAQovun — taom o'rnini bosadigan, to'yimli, kam kaloriyali va oʻrta glikemik indeksga ega yegulik hisoblanadi.

Qovun tarkibida qimmatli modda (kuchli antioksidant) — beta-karotin miqdori juda koʻp. Beta-karotin — sariq meva va sabzavotlarda uchraydigan, ularga shu rangni beradigan oʻsimlik pigmentidir. Apelsin va sabzi toʻq sariq rangda bo'lishiga qaramay qovun tarkibidagi beta-karotin ularnikidan koʻproq ekan.

100 g qovun: 36 kkalOqsil — 0,5 g 
Yogʻ — 0,1 g 
Uglevodlar — 9 g 
- Natriy — 26 mg 
- Vitamin A — kunlik ehtiyojning 108% 
- Tolalar — 1 g — kunlik ehtiyojning 2-3%
- Kalsiy — kunlik ehtiyojning 1% 
- Temir — kunlik ehtiyojning 2% bulardan tashqari tarkibida kaliy, magniy, foliy kislotasi, fosfor, kremniy, erkin organik kislotalar saqlaydi. 

Qovun tarkibida koʻp miqdorda folat (B9 vitamini) mavjud. Bu homiladorlik paytida ayol organizmi uchun zarur. Bundan tashqari u xotirani yaxshilaydi va depressiyadan himoya qiladi. Tarkibida kremniy borligi tufayli soch va teri holatini yaxshilaydi. Beta-karotin tufayli chiroyli va silliq teriga ega boʻlasiz.

Qovun tarkibida qimmatbaho element — oltin mavjud! Bu boshqa elementlar bilan bir qatorda organizmga juda zarur.

@taomlanish_ilmi

6 months, 2 weeks ago

Keto-diyeta qilayotganlarga tavsiya! Mevalar rosa pishgan yoz va kuz fasllarida qargʻalar bilan sovuq oʻlkalarga uchib ketinglar…?

(Bu shunchaki hazil. Koʻngilga yaqin olmaslik uchun qovun yeb turish kerak. Iye, uzr, aytgancha, bu diyetada qovun mumkin emas ediku, uzr)

@doctorferuz

6 months, 2 weeks ago

"ONGLI OZISH" kursimizni
1-potokdan 19-potokkacha
oʻqiganlarga SMS-xabarnoma yuborgan edik!

Agar sizga bormagan boʻlsa, xushxabarni koʻrmagan boʻlsangiz:
?@taomlanishilmi ga qaysi potokda oʻqiganingizni va ism-familiyangizni yozib qoldiring, sizga xushxabarni telegramdan yuboramiz.

2 kun vaqt qoldi, ulgurib qoling!

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 6 months ago