Yangi Marketing

Description
Biznes, marketing, start-up va O'zbekiston kelajagi haqidagi sahifa.
Advertising
We recommend to visit

Унча-Мунча - Кун ботгунча...

Видеоларни жўнатиш ва бошқа мавзулар бўйича:
@UM24BOT

Реклама бўйича:
@newline24

.

Last updated 2 days, 15 hours ago

Ва ниҳоят ўша машхур МАНОЛИ СЎЗЛАР Расмий саҳифасидасиз!

Admin: @omadli_adminjon

Reklama: https://t.me/rek_info/1338

Сиз тўғри манзилдасиз бизни танлаб адашмадингиз 💯

"Каналга қўшилиш" тугмасини устига босинг 👇

Last updated 4 months, 1 week ago

📚Расулуллоҳ ﷺ дедилар:
«Албатта, Аллоҳ суратларингизга ва молу дунёларингизга қарамайди. Лекин қалбларингизга  ва  амалларингизга қарайди»
✍(Имом Муслим ривояти)

Last updated 1 month, 1 week ago

1 month, 3 weeks ago
**Spot yozmoqda, Zeekr endi rasman O'zbekistonda.**

Spot yozmoqda, Zeekr endi rasman O'zbekistonda.

Elektrobil brendlari bizning bozorga rasman kirayotgani ajoyib.

Zeekr - mening shaxsiy fikrim bo'yicha elektromobillar orasida top o'rinda. Har bir narsa eng mayda detallargacha yaxshi o'ylangan, mashina ichki saloni ajoyib hissiyotlar mavjud, va detallarga e'tibor yuqori darajada. Dizayn ham juda yoqimli hissiyotlarni taqdim qiladi.

Zeekr saytiga https://www.zeekr.eu/about kirsangiz, dizayn markazi Shvetisyada joylashganini ko'rishingiz mumkin.

Shuningdek, Zeekr "xitoy elektromobillari" haqida strereotiplarni o'ldirayotgan brendlar biri. Chunki xitoy elektromobillari allaqachon xitoyniki emas, va bu kompaniyalarda oldin amerika va yevropa avtomobil kompaniyalarida ishlagan odamlar faoliyat yuritmoqda.

🥷 @yangimark

2 months, 1 week ago
Yangi Marketing
2 months, 1 week ago
Texnologik kompaniyalarning yana bir afzalligi — …

Texnologik kompaniyalarning yana bir afzalligi — har xil bayram va tadbirlarga moslangan xususiyatlarni qo'shish yoki ishga tushirish.

Masalan, Ramazon oyi munosabati bilan ilovasiga turli xil maxsus taklif va funksiyalarni qo‘shgan Uzum Tezkor (masalan, har kuni yangilanib turuvchi bosh sahifada iftorlik va saharlik vaqti joylashtirilgan).

Lekin shaxsan men uchun ajoyib narsa shundaki, siz nafaqat ajoyib dizaynlarni qo'shasiz, balki xizmat va biznes jarayonlarida nimanidir o'zgartirasiz.

Masalan, Ramazon oyida Uzum Tezkor:
— kechasi ham yetkazib beradi
— hamkorlar bilan iftorlik setini tuzadi, ko‘plab restoranlar bunday to‘plamlarga suv va xurmo qo‘shishadi.

🥷 @yangimark

2 months, 2 weeks ago
***📣*** **ALPHA выделяет 20 грантовых мест …

📣 ALPHA выделяет 20 грантовых мест на обучение в школе маркетинга
Фундаментальный курс по маркетингу, с поддержкой менторов и лекциями ведущих маркетологов страны.

Дедлайн подачи заявок: 7 марта.

Подать заявку: https://alpha.uz/marketing-grant

🥷 @fridaymark

2 months, 2 weeks ago

Endi Uzum marketpleysida avtomobil sotib olish mumkin 😱

Uzum Market'da yangi servis test rejimida ishga tushdi — Uzum Avto vitrinasida foydalanuvchilar tasdiqlangan dillerlarning avtomobillarini tanlashlari mumkin.

Tezkor ravishda ishga tushirilgan vitrinada Toshkent shahridagi dillerlarning avtomobillari onlayn-do‘konda sotuvga qo‘yilgan, kelgusida Uzum Avto butun mamlakat bo‘ylab sotuvchilar tarmog'ini kengaytirish, shuningdek, ushbu xizmat orqali jismoniy shaxslarga shaxsiy avtomobillarini sotish imkoniyatini ham taqdim etishni rejalashtirmoqda (ehtiyot bo'ling, OLX va Avtoelon).

O'zi anchadan beri Uzum Market'dan yangiliklar eshitmayotgan edik va mana servis shunday kutilmagan yangiliklar bilan chiqmoqda. Quvonarlisi, loyiha bir joyda turmayapti va yangi servislarni ishga tushirishda davom etmoqda. Endi nima bo'lishini kuzatish qiziq — uy sotuvlari, samolyot sotuvlari?)

Agar jiddiyroq qarasak, O'zbekistonda avtomobilni onlayn xarid qilish bozori (umuman olganda avto xarid qilish) aktiv rivojlanish bosqichida. Juda zo'r bo'lar edi, agar barcha dillerlarning va avtosalonlarning kataloglari bir joyga jamlansa (shu qatorda Xitoyning o'nlab elektrokar brendlari)

“Uzum Avto” kompaniyasi dilerlarning hujjatlarini tekshiradi va displeyimizda taqdim etilgan barcha avtomobillar sotuvda bo‘lishi, ularning tavsifi va fotosuratlari haqiqatga mos kelishiga mas’uldir. Keyingi bosqich — xaridor va sotuvchilarga to‘lovni amalga oshirish uchun qulay moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish, hatto bunday yirik xaridlar uchun ham" — deydi Uzum Avto boshqaruvchi direktori Yegor Abramets.

Kelgusida Uzum Avto foydalanuvchilari ham bankka kredit olish uchun ariza yuborish va servisning hamkor banklaridan 3-5 daqiqa ichida oldindan tasdiqlangan limitni olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

🥷 @yangimark

2 months, 2 weeks ago
Aftidan Korzinka Go'ning yangi mediakitiga qaraganda, …

Aftidan Korzinka Go'ning yangi mediakitiga qaraganda, Wolt O'zbekiston bozorida ishlashni boshlamoqda (bu haqda yil sarhisobida ham yozgan edim)

Wolt - dunyodagi eng yirik oziq-ovqat va turli buyumlarni yetkazib berish servislardan biri (25 ta mamlakat, 300 ta shahar, 70 000 ta merchant-hamkorlar, 150 000 ta kuryer, 20 mln foydalanuvchi). Kompaniya aslida Finlandiyadan, ammo 2022-yilda amerika giganti bo'lgan DoorDash (AQSHdagi eng yirik oziq-ovqat yetkazish servisi, barcha shu kabi loyihalarning otasi - bozorning ulushining 56% ga egalik qiladi va 1 mlndan ortiq kuryerlari mavjud) tomonidan xarid qilingan.

Xullas, qandaydir darajada, DoorDash O'zbekiston bozoriga kirmoqda deb aytsak ham bo'ladi (nima uchun bu zo'rligi haqida Temurmalik "Пик Скартариса" Elmurodov gapirib beradi).

Wolt servisi Qozog'iston bozorida aktiv kompaniya hisoblanadi (bozor yetakchisi bo'lishi ham mumkin). Wolt'dan keyin Glovo ham kirishi mumkin. Vaxshiy o'yinlar boshlanmoqda: 2-qism!

🥷 @yangimark

2 months, 3 weeks ago
Saytdagi ma'lumotlarga qaraganda ZARA o'zining Toshkentdagi …

Saytdagi ma'lumotlarga qaraganda ZARA o'zining Toshkentdagi birinchi do'konini shu haftada ochadi. Shuningdek, aftidan, onlayn buyurtma ham mavjud bo'ladi.

Taxmin qilaman, ochilishning birinchi kunlaridayoq ZARA sotuvlar bo'yicha rekordlarni o'rnatadi. Riteyldagi tajribamdan kelib chiqqan holda aytishim mumkin, 29 - boshlash uchun ajoyib sana. Odamlar avans va oyliklarni olgan vaqtda, ya'ni oy boshida xarid uchun ko'proq pullarni sarglashga tayyor bo'ladilar.

Va yana onlayn sotuvlar bo'yicha raqamlarni ko'rish ham qiziq bo'lar edi. Menimcha bu ham bozor uchun muhim indikator bo'ladi, xuddi Uzum Market sotuvlari kabi.

🥷 @yangimark

3 months ago

OpenAI sun'iy intellekt texnologiyasini yangi darajaga olib chiqmoqda, Google uning ortidan ergashmoqda
Kecha OpenAI matnlarni videoni aylantiradigan sun'iy intellekt - Sora'ni taqdim qildi. Hozirda u test rejimida ishlamoqda va bir qancha kamchiliklar bo'lganligi sababli hali omma uchun ochiq emas. Lekin u yaratgan videolardagi kadrlarni ko'rsangiz avvalgi shunga o'xshash servislar yaratgan videolardan ancha yuqori darajada, sifatliroq va mayda detallar to'g'ri ishlamoqda. Eng qayd qilinadigan tomonlaridan biri Sora 1 daqiqagcha bo'lgan videolarni yasay oladi, ungacha 'text to video' yo'nalishida mavjud bo'lgan vaqt atigi 4 sekund edi.

Yaqin 2-3 yil ichida to'laqonli sun'iy intellekt yordamida yaratilgan filmlar ham chiqib qolsa kerak. Qisqa reklamalarni sun'iy intellekt yordamida tayyorlash allaqachon ishlamoqda va bir nechta taniqli brendlar bu usuldan foydalanib ko'rishdi.

Ma'lumot o'rnida kecha Google ham o'zining sun'iy intellekti bo'lgan Gemini uchun ham yangilanishni taqdim qildi. ChatGPT-4 dan 8 baravar ko'proq kontekst bilan Gemini har bir so'rov uchun 700,000 so'z, 11 soat audio va 1 soatgacha videoni qayta ishlay oladi.

Bizni yaqin kelajakda sun'iy intellektlar jangi va qiziqarli kelajak kutmoqda.

🥷 @yangimark

3 months, 3 weeks ago

Marketing sohasiga kirib kelayotganlar yoki sohada o'z faoliyatini endi boshlaganlar uchun uchta kitob tavsiya qilmoqchiman.

Birinchisi Endi Sernovits'ning "Sarafan Marketing. Qanday qilib aqlli kompaniyalar o'zlari haqida gapirishga majbur qiladilar" nomli kitobi. Odamlar reklamada ko'rgan maxsulotlaridan ko'ra tavsiya qilingan maxsulotlarni ko'proq sotib oladilar. Odamlarni siz haqingizda gapirishga undash va maxsulotingizni boshqalarga tavsiya qilishlari tashkil qiluvchi yo'llar haqida ushbu kitobda yozilgan.

Ikkinchi kitob Set Godin'ning "Binafsha rang sigir" nomli kitobi. Kitobning asosiy mazmuni reklama qanday qilib o'z ta'sirini yo'qotgani haqida, nega kompaniyalar risk qilishi ehtiyotkorlikdan ko'ra xavfsizligi va nega kompaniyalar tanqiddan qo'rqishlari haqida.

Uchinchisi, Devid Ogilvi'ning "Reklama haqida" nomli kitobi. O'z kitobida Ogilvi reklama biznesida ishlash qoidalarini tushintirib va samarali reklama yaratish qonunlarini tavsiflab bergan.

🥷 @yangimark

4 months, 3 weeks ago

Yaqin Sharq bo'ylab roadtrip (Saudiya Arabistoni, 1-qism)

Arabiston yarimoroliga qilgan sayohatimdagi eng esda qolarli voqealar seriyami Saudiya Arabistonidan boshlamoqchiman. Bu biz tashrif buyurgan eng oxirgi davlat bo'lishiga qaramay (ungacha Qatar va BAAda bo'ldik) u meni hammasidan ko'proq hayratlantirdi.

Saudiya Arabistoniga Qatardan keyin avtomobilda tashrif buyurdik. Sahro bo'ylab 5 soatlik yo'ldan so'ng, Xobar shahriga yetib keldik (Saudiya Arabistonining sharqiy provinsiyasi). Birinchi taasurot shunday bo'ldiki biz huddi Toshkentga kelgandekmiz. Shahar biz avvalroq ko'rganlarimizdan juda farqli - bu Dubay va Abu Dabi emas, Doha ham emas. Shahar yashash uchun juda qulay, odam uchun moslashtirilgan.

Hammasidan ham ko'proq meni kofeynyalar hayratlantirdi - ularni shaharda yuzlab ko'rishingiz mumkin, qandaydir fenomen. Kechqurun soat 23:00 larda, biz eski shahardagi bir kofeynyaga kirdik, u yer odamlar bilan to'la edi, huddi 2019-yildagi Said Baraka'da joylashgan Чайкоф'ga kirgandek bo'ldim. Hamma mahalliy aholi, kap-katta ayollar va erkaklar, yoshlar. Hamma suhbatlashmoqda, noformal va hotirjam. Koeynya zamonaviy, o'ziga xos stilda, faqat kofe va desertlar sotar ekan, boshqa hech qanday taom yo'q.

Bir necha kundan keyin esa men shuni tushundim - kofeynyalar barlarning o'rniga alternativ ekan. Mamlakatda alkogol taqiqlangan. Ammo odamlar kommunikatsiya qilishni xohlashadi. Va shu payt kofeynyalar arenaga chiqmoqda, qayerki, odamlar do'stlari bilan ko'rishadi, oilasi bilan vaqt o'tkazadi va tanishadi. Va ularning hammasi har xil, yorqin, ijodkor, ajoyib. Biz hattoki o'yinlar mavjud bo'lgan kofeynyalarni ham uchratdik.

Kofeynyalarning katta qismini yoshlar ochishmoqda. Va aftidan, kofeynyalardan ko'rinib turiptiki yoshlar juda ijodkor va erkin (turli joylarga tashrif buyurish va turli odamlar bilan muloqot qilgandan so'ng menda xuddi shunday his-tuyg'ular paydo bo'ldi).

Umuman olganda, eng ajoyib va kreativ syurpriz men uchun bu Saudiya Arabistonidagi kofeynyalar bo'ldi - men uchun ular jamiyat va jamiyat qanday ekanligini aks ettiruvchi va Saudiya Arabistonining zamonaviy aholisi qanday yashashining ko'rsatkichi bo'ldi.

Saudiya Arabistonidagi hayot haqida yana nima deyishim mumkin? Men yana bir nechta eslatmalarni va meni eng ko'p hayratda qoldirgan narsalarni baham ko'rishni rejalashtirmoqdaman (kutishlar/haqiqat toifasidan).

🥷 @yangimark

We recommend to visit

Унча-Мунча - Кун ботгунча...

Видеоларни жўнатиш ва бошқа мавзулар бўйича:
@UM24BOT

Реклама бўйича:
@newline24

.

Last updated 2 days, 15 hours ago

Ва ниҳоят ўша машхур МАНОЛИ СЎЗЛАР Расмий саҳифасидасиз!

Admin: @omadli_adminjon

Reklama: https://t.me/rek_info/1338

Сиз тўғри манзилдасиз бизни танлаб адашмадингиз 💯

"Каналга қўшилиш" тугмасини устига босинг 👇

Last updated 4 months, 1 week ago

📚Расулуллоҳ ﷺ дедилар:
«Албатта, Аллоҳ суратларингизга ва молу дунёларингизга қарамайди. Лекин қалбларингизга  ва  амалларингизга қарайди»
✍(Имом Муслим ривояти)

Last updated 1 month, 1 week ago