?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 2 months ago
🔔 Reklama: @Edurekadmin
Ta'limda nima yangiliklar?
O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!
© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!
📩 @Edu_murojaatBot
Last updated 2 months, 1 week ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 1 month, 2 weeks ago
Chiranmang
Oktabr oyi. Bir o'quvchimiz vazifalar ko'pligi sabab, hech narsaga ulgurmayotganidan shikoyat qilgandi. Vazifalari uchun vaqtini qanday sarflayotganini so'radim; o'ziga yoqqan fanga soatlab vaqt sarflayotgani ayon bo'ldi. Ammo, bir oydan so'ng Universitetga topshirishimiz kerak, ko'p narsalar hali tayyor emas.
Shunda hayolimga vazifalarni kategoriyalash keldi:
A - muhim va muddati yaqin
B - muhim lekin tig'iz emas.
C - 1 yildan so'ng qilsa ham bo'ladi.
D - 5 yil ichida qilsa bo'ladi.
A kategoriyadagi ishlarni hech narsaga parvo qilmay, chuqur fokus bilan bajariladi; boshqa vazifalar bo'lsa ham. Chunki A kategoriyadagi ish bajarilmasa muddati o'tib ketadi, keyin bajarib bo'lmaydi. B,C,D kategoriyadagi ishlarni esa qachon qilinishi rejalashtirib qo'yiladi. A kategoriya bajarib bo'liganidan so'ng, tabiiy, boshqa kategoriyadagi ishlar birin-ketin A kategoriyaga chiqadi.
Shu payt yillar oldin o'qiganim 80/20 qoidasi esimga tushdi. 20% ish - 80% natija, 80% ishlar - 20% natija.
O'quvchini holatida A kategoriyadagi vazifa 20%ni tashkil qilardi. Ammo, o'quvchi uchun bu 80% natija olib keldi. Hozir 11-sinfda qilishi mumkin natijaga erishdi. Endi esa vaqtini boshqa kategoriyadagi ishlarga sarflayapti.
Ishingiz yoki o'qishingizni tartiblash bilan qandaydir muammo bo'lsa, chiranmang. Sizda ham 80% natija beradigan ishlar bor, shularni toping va "kategoriyalash"dan foydalaning.
Qisqaroq = qiyinroq
Ko'pchilik uzun yozish qiyin deb o'ylaydi; aslida, qisqa yozish qiyin. Qisqa yozish bu - qisqa, lekin ma'noli yozish. Ya'ni, bitta kitob qilib yozish mumkin bo'lgan ma'noni ikki qator bilan bera olish.
College application'da ham long essay'lar va short essay'lar bo'ladi. Man long essay'lardan qo'rqmayman, balki short essay'lardan qo'rqaman. Short essay'larda juda katta falsafaga ega savollar beriladi, ammo javobni 50ta so'z bilan berishingizni so'rashadi. Abituriyentni fikrlashi, so'z boyligi, va fikriy erkinligini ham short essay'larni qanday yoza olishi ko'rsatib beradi. Shu sabab, Top 50 Universitetlar short essay'larni majburiy qilishgan.
Qisqa yozish qiyin bo'lgani uchun ham maqollar va iqtiboslar asrlar davomida yashab kelmoqda. Endi savol: "Faqat qisqa yoziqlarni o'qishimiz, yozishimiz kerakmi?" Albatta yo'q. Qisqa yozish uchun uzun yoza olish kerak. Biz biladigan so'zlar bizni chegaramiz. Qisqa yoza olish uchun fikrimizni ifoda eta oladigan bir nechta munosib so'zlar kerak. Buning uchun so'z boyligimiz ko'p bo'lishi kerak. So'z boyligiga erishish uchun esa uzun maqolalar va katta kitoblar o'qishimiz kerak.
Avval uzun bo'lsa ham ma'noli yozishni o'rganishimiz kerak, keyin qisqa va ma'noli yozishni uddalay boshlaymiz.
"Taqdir o'zi mavjudmi?"
Bir sinfdoshim mendan "Taqdir o'zi mavjudmi? Bor bo'lsa, men unga ishonmayman. Hozir nima sodir bo'lishini taqdir emas, o'zim hal qilaman." deb aytgandi. Tushuntirib berishga qiynalganman. Shu sabab, qishloqlardagi mahallalarni misol keltirgandim:
"Tasavvur qil, qishloqdagi mahallalarni boshlanishidasan. Oldingda beshta mahalla bor. Qaysi mahallaga kirishing sening tanloving, uni ichida sodir bo'ladigan barchasi taqdir. Istalgan mahallani tanla, taqdir baribir (ichkarida) sodir bo'ladi. Taqdir xuddi qon tomirlariga o'xshab chizib qo'yilgan, qaysi yo'nalishni tanlama sen bilan baribir sodir bo'ladi." deb tushuntirgandim.
Birinchi yil hamma Universitetdan rad javobini olish - taqdir, qayta topshirish yoki voz kechish bu - qaror.
Kambag'al oilada tug'ilish - taqdir, oiladagi holatni o'zgartirishga harakat qilish yoki qilmaslik bu - qaror.
Ilmli ustozlarni uchratish - taqdir, ulardan ilm o'rganish yoki o'rganmaslik bu - qaror.
Biz doim taqdirdan so'ng qarorlarga duch kelamiz. Qabul qiladigan qarorlarimiz taqdirni o'zgartirishi mumkin. Taqdir emas, qarorlarimiz biz uchun imtihon.
P/s: Bu maqola konsultatsiyamga ro'yxatdan o'tgan bir o'quvchimiz 2022-yilda yozgan postimga sharh so'raganlari sabab mavjud holga keldi(kelib qoldi).
To'g'ri yashash yo'li.
Bir yilcha avval ikkita o'quvchim SAT imtihoni uchun zo'rg'a Qirg'izistonga ro'yxatdan o'tishga ulgurishgandi. Ikkisiga ham bir vaqtda bitta test center'ga ro'yxatdan o'tgandik. Ulardan birini matematikasi yaxshi emas edi, lekin ingliz tilisi ancha yaxshi edi. Tasodif bilan imtihonda ikkalasi ham bir joyga yonma-yon o'tirib qolishibdi.
Bu holatdan matematikasi yaxshi bo'lmagan o'quvchim foydalanib qolishga harakat qilib, birinchi o'quvchini javob varaqasidan matematika javoblarini ko'chirib chiqibdi. Testdan chiqganidan so'ng, menga "maniki 1400+ chiqadi!" deb aytdi. Men ham o'ziga ishonchidan xursand bo'ldim.
Bir oy deganda natijalar chiqdi. Birinchi o'quvchim : 1370, ikkinchisi: 960 ballarini qo'lga kiritdi. Keyin bilsam, ikkinchi o'quvchim birinchisidan matematika javoblarini ko'chirgan ekan, ammo hammaga har xil savollar berilgan ekan.
Hayot ham eng murakkab imtohonlardan biri. Hammaga har xil savol varaqalari tarqatilgan, lekin hammamiz bir-birimizdan ko'chirish bilan ovoramiz. Har birimiz alohida shaxsiyatmiz. Biz, biz ekanligimiz sabab noyobmiz. Ko'chirishni to'xtatib, o'z imtihonimizga e'tibor qaratishimiz kerak. Bo'lmasa natijadan uyalib qolamiz.
Grass is greener.
Bolaligimda oilamiz "cho'pon"i bo'lganman. Mol-qo'ylarni dalaga olib chiqib, boqib kelardim.
Doim mol-qo'ylarni dalaga olib chiqishim bilan bir joyda o'tlamasdan ko'ziga chiroyli(yashil) ko'ringan joyga yugurib ketib qolardi.
Menga ham ular yugurib borgan joydagi maysa yashilroq ko'rinardi, ammo faqatgina uzoqdan shunday ko'rinar ekan.
Yoniga borib, yuqoridan qaraganda esa, aslida unday emasligi ayon bo'lib qolardi. Hamma joyni shu tarzda aylanib chiqqandan keyin mol-qo'ylar ham tushunib bir joyda o'tlashni boshlashardi.
Biz insonlar ham shundaymiz, boshqalarni qo'lidagi ko'proq ko'rinadi, boshqalarni holati yaxshiroq tuyuladi. Ammo, yoniga borib yuqoridan qaraganimizda esa aslini ko'ramiz.
Chet elda hammasi zo'rdek ko'rinadi, chet elda o'qisam, ishlasam hammasi oson bo'ladi, imkoniyatlar ko'p bo'ladi deymiz. Ammo, hamma joyni aylanib bo'lgandan keyin tushunamizki bir joyda "o'tlash"ni boshlash kerak ekan, sandiroqlab vaqt yo'qotgandan ko'ra.
Aziz Rahimovga savol berish imkoniyati.
Ustozim va akamdek bo'lib qolgan Aziz aka Rahimov bilan podkast olishni rejalashtiryapmiz. Suhbat mavzusi : "Nega TOP Universitetlarda o'qish kerak?" edi.
Ammo, menimcha, deyarli hamma nega Top Universitetda o'qish kerakligi haqida bir nechta sabablarni biladi. Lekin unga erishish yo'lida keladigan hayotiy va hissiy muammolarni qanday yechish haqida bilmaydi.
Shu sabab, "Yoshlarda nima muammo?" degan savolni o'zimga berish orqali bir nechta savollar ro'yxatini tuzdim. Siz ham o'z savolingizni bering. Podkast chiqishi bilan, linkini kanalga tashlayman.
Har qanday savol erkin berilishi uchun anonim bo'lishi yaxshi deb bildim: savol berish.
Muhit muhimroq
Hozirda ko'plab o'quvchilar TOP universitetlarda o'qishga intilmoqda. Ammo, shu yerda har bir inson o'ziga savol berishi kerak : "O'zi nega nufuzli Universitetlardan birida o'qishim kerak? yoki farzandim o'qishi kerak?"
Agar siz: "Nufuzli Universitetda o'qisa, yaxshi bilim oladi." - deb o'ylasangiz adashasiz. To'g'ri yaxshi o'qitiladi, ammo bu nufuzli Universitetda o'qish uchun yetarli sabab bo'la olmaydi. Chunki, internetga kirsangiz internet to'la bilim.
Hatto, Harvard va MIT kabi nufuzli universitetlar vidyo-darsliklarini bepulga platformalarga joylab qo'yishgan. Aslida, nufuzli universitetlar beradigan eng katta va eng muhim imkoniyat bu - yaxshi muhit.
Nufuzli universitetlarni qabul kvotasiga e'tibor beradigan bo'lsangiz juda kam bo'ladi. Ko'pincha hujjat topshirgan o'quvchilarni 3%dan 10%gacha bo'lgan qismini qabul qiladi. Ya'ni, Harvard universitetiga 100% miqdorda 10 000 o'quvchi hujjat topshirsa, ulardan TOP 3% saralab oladi.
Bunday universitetlarga butun dunyodan abituriyentlar hujjat topshiradi. Bu degani bu universitetlar butun dunyodan eng kuchlilarni tanlab oladi, va bu hayratlanarli darajada ajoyib bir muhitni yaratib beradi.
Mana shuning uchun, nufuzli universitetlarda o'qishga intilish kerak. O'ylaymanki, har bir inson o'zi va farzandlari uchun xuddi shunday yaxshi muhit yaratishga yoki yaxshi muhitga intilishga harakat qilishi kerak.
Rahimov school maktabimizni ham ustunlik tomoni shunda - yaxshi muhit yaratib beramiz. Yaxshi muhitga o'zi nimalar kiradi? Yaxshi muhitga : bilimli va o'z qadriyatiga ega ustozlar va xodimlar, har bir o'quvchi atrofida bo'ladigan axloqli va maqsadli do'stlar. Biz o'quvchilarni qabul qilish jarayoniga juda katta e'tibor beramiz. Qabul qilinayotgan o'quvchi, ikki bosqichli imtohdan o'tishi kerak. Biri umumiy bilimini tekshirish uchun test imtihoni bo'lsa, ikkinchisi fikrlashi va qadriyatlarini tekshirish uchun suhbat bosqichi.
Insonga eng katta ta'sir o'tkazadigan jihat bu - muhit. Muhitni yaxshilashga harakat qiling, qolgani uni ustiga qurilaveradi.
Organizm yalqovlikni yoqtiradi.
Sizda ham bo'lgan bo'lsa kerak, bir kun keragidan ko'p uxlaysiz va aynan o'sha kuni o'zingizni lanj va holsiz his qilasiz. Bir gap aytaymi, siz hech qachon uyquga to'ymaysiz. Qancha xohlasangiz shuncha uxlab ko'ring uyquga to'ymaysiz, o'rniga bu salbiy ta'sir ko'rsatadi. Ya'ni dam olish o'rniga, battar charchaysiz.
Endigina bo'yi o'sayotgan bolaga sun'iy garmonal preparat berib ko'ring. Boshlanishiga yaxshi natija bo'lishi mumkin. Ammo dorilar to'xtashi bilan bo'y ham o'smay qoladi, tana ham tabiiy garmon ishlab chiqarmay qo'yadi. Tabiiy o'sish(jarayon) to'xtaydi.
Miya bilan ham shunday siz qancha ko'p tayyor arzon dafaminni qabul qilarkansiz, miya shuncha qiyin mashg'ulotlarni qilishga erinaveradi.
Shorts, reels ko'p ko'rasiz shu sabab o'tirib kitob o'qishga, bir ishni oxiriga yetkazishga sabringiz yetmaydi.
Qulayliklar organizmni "o'ldiradi". Sizni ham o'ldiradi!
Yashab qolmoqchimisiz? O'zingizni qiynang.
O'zingizni qiynay olmasangiz, yalqov do'stlar emas, challenge'ga tayyor do'stlar orttiring yoki talabchan Ustozga shogird tushing.
Bu yilgi natijalar haqida qisqacha:
Hozirda maktabimiz o’quvchilari umumiy miqdorda 4.5mln dollardan ko’proq miqdorda grant yutib olishdi.
- 11-sinf o'quvchilarimizdan ikkitasi New Uzbekistan Universitetiga 4yillik(168mln so’m miqdorda) grant yutdi.
- Ikkita o’quvchimiz “Turkiye Burslari” grantini yutib oldi(Bu grant sohiblarini barcha harajatlari qoplab beriladi, va hatto ketish uchun chipta harajati ham).
- Yana bir o’quvchimiz “Hungaricum Stipendium” granti sohibiga aylandi(Barcha o’qish harajatlari qoplanadi va undan tashqari 150-500€ atrofida oylik stipendiya ham beriladi.)
- 10-sinf o'quvchilarimizdan biri "FLEX" dasturi g'olibiga aylandi.
- Yana bir 11-sinf o'quvchimiz QS dunyo reytingining 22-o'rinidan joy olgan "University of Edinburgh"ga qabul qilindi.
- Amerikaning Clarkson Universitetiga yana bir o’quvchimiz 100%lik ($224k miqdorda) grant yutdi va yana bir qizimiz NYU Shanghai Universitetiga 100%lik($320k miqdorda) grant sohibasiga aylandi.
- 18 nafar o’quvchimiz dunyo reytingining Top 300taligidan o'rin olgan Universitetlarga qabul qilindi va partial scholarship(qisman grant) sohibi bo’ldi.
- Undan tashqari hozirda 10ga yaqin o’quvchimiz Yevropa Universitetlariga hujjat topshirishmoqda, va yana 10ga yaqini esa O’zbekiston Universitetlariga tayyrolanishmoqda.
Bu o'quvchilarimiz ham yilni boshida bunday natija bo'lishini tasavvur qila olishmagandur balki. Ammo harakatni boshladik, harakat o'z mevasini berdi. Bularni men butun Rahimov school jamoamiz va o'quvchilarimiz intizomi natijasi deb bilaman.
Hesitation kills.
Bir necha hafta oldin Toshkentdan amakim va akam bilan qaytayotgandim. Rulda akam edilar. Akam Toshkentga haydovchi sifatida ko'p qatnamagandilar,notanish yo'llar, shu sabab ozgina dadillik yetishmadi. Bu esa yuk mashinalarni quvib o'tishda va boshqa mashinalarga yo'l berishda pand berdi.
Shunday qilib, birinchi so'kish ham eshitib olindi : "Yursang, gazni bosib tezroq yur, bo'lmasa yo'lni boshqalarga bo'shatib ber! Nima qilaverasan? Bilasanmi?! Ko'plab avtohalokatlar sababchisi ikkilanishdan kelib chiqadi!"
Amakim to'g'ri aytgandilar, ko'plab halokatlar sababchisi - ikkilanish. Hammamiz hayotimizda bunga duch kelganmiz. Buni ikkilanish davri(hesitation period) desa ham bo'ladi. Sizni oldingizda ikki yoki undan ko'p tanlov bo'ladi, siz qaysi birini tanlashni bilmay qolasiz.
Bunday holatda eng to'g'ri qaror bu - ikkilanish davrini iloji boricha kamaytirish. Ikki tanlovdan birini tezroq tanlash. Unday qilmasangiz bu ikki qaror ustida oylab yokida yillab qolib ketasiz, xuddi ingliz tilini o'rganishni necha oylar va yillardan beri kechiktirayotganingiz kabi.
Xullas, ikki tanlovni o'rtasida qolganda, ikkisini ham "+" va "-" jihatlarini yozib chiqing. Qay birini "+" jihatlari ko'p bo'lsa shuni tanlang. Keyin nima bo'lishi - tavakkul.
Shuni unutmang, ikki tanlov o'rtasida qolsangiz qay birini tanlasangiz ham to'g'ri, chunki ikkisida ham kutilmagan nimadir sodir bo'ladi. Hatto siz nimadir yo'qotsangiz ham, bu yo'qotishdan dars olasiz. Eng katta yo'qotish esa hesitation period'da ko'p muddat qolib ketish, bu hech bir narsasiz qoldiradi.
J.Y - Fikrlar mendan, xulosa sizdan?
?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 2 months ago
🔔 Reklama: @Edurekadmin
Ta'limda nima yangiliklar?
O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!
© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!
📩 @Edu_murojaatBot
Last updated 2 months, 1 week ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 1 month, 2 weeks ago