JO'RABEK RAMAZON

Description
Iste'dodli va zabardast shoir Jo'rabek Ramazon she'rlari kanali ochildi. Xalqona, nafosatli, go'zal ijodi bilan ko'plab muxlislar orttirgan shoirning oxirati obod bo'lsin!

Creator: @Niyatullo_n7
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 Monat, 3 Wochen her

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 Monate, 3 Wochen her

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 Jahr, 7 Monate her

1 month ago

***Yo Rab, Yusufning chehrasin emas,
Dardimni yashirar biron bir iz ber.
Shohona hayotni qilmadim havas,
Shunchaki bugunga rizq ila roʻz ber.

Gʻovlar qarshisida nochor qolgan dam
Aldamadim ichib behuda qasam.
Haqiqat koʻziga tik qaray desam,
Qoʻrqaman, sen bir juft chaqmoqli koʻz ber.

Umr — yoʻl, qonimga qonib ketyapman,
Goh sen, goh oʻzimdan tonib ketyapman.
Ezilib ketyapman, yonib ketyapman,
Koʻksimga bosayin, bir parcha muz ber.

Bilaman, maʼni yoʻq dunyo korida,
Soʻradim, soʻrayman tilim borida:
Yunus parilaring qolsin gʻorida,
Menga ajalingdan asrovchi qiz ber!*

JOʻRABEK RAMAZON**
@JorabekRamazon

1 month, 1 week ago

**DUNYO

Bu dunyoning yozi qor,
Bahorlari kirlangan.
Shaytonlari mansabdor,
Farishtasi zoʻrlangan.
Dilni ozod etganda,
Gʻanim boʻyning egmasin.
Ogʻzing oshga yetganda,
Boshing toshga tegmasin.
Dunyoni yoʻqotishdan
Choʻchib yotmayman zinhor:
Qovurgʻamning ostida
Yana bitta dunyo bor.

JOʻRABEK RAMAZON**

@JorabekRamazon

1 month, 1 week ago

Joʻrabek Ramazon xotirasiga ***Kim aytdi: shoirlar odamday oʻlar,
Yoki tigʻ sanchilgan alamdan oʻlar.
Shoir oʻlgan kuni tirilib kelsa,
Oʻziga tutilgan motamdan oʻlar.

Shoirni koʻrganda uygʻonib ketar,
Gʻaflat uyqusidan qochadi dunyo.
Shoir bu dunyoni uygʻotib ketar,
Shoir oʻlgach koʻzin ochadi dunyo.

Shoirning boshiga yetmas ajali,
Duel chogʻi oʻlar, jang chogʻi oʻlar.
Shoirlar oʻlmaydi oqshom mahali,
Shoirlar musaffo tong chogʻi oʻlar.

Hayot — shirin meva, yeb toʻymas shoir,
Shoir maqtov yoki tilakdan oʻlar.
Shunchaki oʻlimni ep koʻrmas shoir,
Shoirlar oʻlganda yurakdan oʻlar.
NASRULLO ERGASH
*

@JorabekRamazon

1 month, 2 weeks ago

**TUSH

*Men uni tushda koʻrdim —
Sochin ortga tashlagan.
Yoshi oʻn yetti yoki
Oʻn sakkizdan oshmagan.

Koʻzlarimga termulib,
Termultirdi koʻzimni.
Men uni tushda topdim,
Soʻng yoʻqotdim oʻzimni.

Devona koʻnglim bir on
Choʻlgʻadi ajib farah.
Tishlari dur yo marjon,
Kulgusi guliqahqah.

Tark etgim kelar yerni,
Aylanib olqishlarga.
Men endi bu dunyoni,
Almashaman tushlarga.*

JOʻRABEK RAMAZON**

@JorabekRamazon

1 month, 3 weeks ago

**Ниманидир бошлаш-ку мушкул,
Ниманидир тугатиш керак.
Ёки мени бўғизлаб буткул,
Сўнгги йўлга кузатиш керак.
Мен ўзимдан бўляпман жудо,
Бир нима де, жим турма, Худо!
Дунёнинг-ку этаклари кир,
Кўкрагидан босган қадамлар.
Муҳаббатсиз яшаб кўрсин бир
Мендан кейин қолган одамлар.
Менсиз қолар бўлса бу дунё,
Бу туйғудан айла мосуво!

Жӯрабек Рамазон**

@JorabekRamazon

2 months ago

**“Сизни севиш керак, севиш ва севиш!..”

*Эсимда лаҳзалик бахтиёр ҳаёт
Ва бизни бахтиёр қилолмаган қиш.
Барибир ўзимга пичирлайман бот:
“Сизни кутиш керак, кутиш ва кутиш!..”

Тутиб туролмадик бахт келган маҳал,
Мумкинмиди уни бировга сўйлаш?
Энди ўша бахтни топишдан аввал
Сизни ўйлаш керак, ўйлаш ва ўйлаш…

Инсон ўз тақдирин ўзи бошқарар…
Бу ёлғон, ҳамманинг тақдири чалкаш.
Мени-ку тугатиб бўлди бошқалар,
Сизни асраш керак, асраш ва асраш…

Балки бисотимда қолмаган нажот,
Балки эришганим барчаси эриш.
Барибир ўзимга пичирлайман бот:
“Сизни севиш керак, севиш ва севиш!..”*

Жўрабек Рамазон**

@JorabekRamazon

2 months, 1 week ago

**KECHIR MENI

*Bolaligim Boysuntogʻ
Bagʻrida yelib ketdi.
Shundan buyon na qoʻmsab,
Na-da bir kelib ketdi.
Aytolmadi qizgʻaldoq
Boʻgʻzidagi ,,xayrʼʼini,
Chelak tutgan qizaloq,
Kechir meni, maylimi?

Men yoshlikday olisman,
Bolalikday hamnafas.
Sen bolalikday qochoq,
Yoshlikday unutilmas.
Xiralashgan bir yulduz
Izlar oʻsha daydini.
Xayolimday shirin qiz,
Kechir meni, maylimi?

Oqshom yigʻlar qizarib
Sayhonlarning sahnida,
Bir-birini aldagan
Ikki dilning ahdiga.
Yurak boʻzlar qontalosh,
Qoʻmsab lola saytini.
Qaldirgʻochim, qalamqosh,
Kechir meni, maylimi?

Koʻz yosh emas, qon ila
Ivib ketdi bolishim.
Senga bermagan qalbim
Xazonlarga alishdim.
Nahot ... Nahot yoʻqotdi
Joʻrabek sen Laylini?!
Boʻgʻzimda bir soʻz qotdi:
,,Kechir meni, maylimi?ʼʼ*

JOʻRABEK RAMAZON**

@JorabekRamazon

2 months, 1 week ago

***Sevgi – hali nomi topilmagan rang,
Oshiqlar oshiqib moʻyqalam izlar.
“Ishqingda devona boʻlaman”, demang,
Hozir telbalarni sevmaydi qizlar.

Koʻzlaring – yomgʻirda ivigan poʻstin,
Sevdingmi, chora yoʻq, olgʻa kurashga!
Mening bu qishloqi, toʻpori doʻstim
Yaramaydi hatto soat soʻrashga.

Sevgi – setorlarga sigʻmagan bir kuy,
Ohangi osmondan baland, ziyoda.
Dunyoning eng sodda oshiqlari-ey,
Uchrashuvga chiqib yurmang piyoda.

Mana men, tovusdan chiroyli qizning
Oʻgʻirlab yashadim xayollarini.
Zulmat qulflangan mudroq xonada
Quchoqlab yigʻladim roʻmollarini.

Alvido, muhabbat!
Alvido, yoshlik!
Koʻksimda bir nima kun sayin muzlar.
Bir qiz deb bir umr devona boʻldik,
Afsus, telbalarni sevmaydi qizlar.*

Joʻrabek RAMAZON**

@JorabekRamazon

2 months, 2 weeks ago

**KOʻCHA

Mening toshloq koʻchamdan
Dunyo boshlanar edi.
Koʻrinmasam, koʻchaning
Koʻzi yoshlanar edi.
Bir kun dunyoning oʻzga
Koʻchasiga yoʻl oldim.
Ortimdan ona koʻcha
Qoʻlin silkitib qoldi.
Yugurma har tomonga,
Yoʻlingni sayla, dedi.
Shoiri koʻp zamonda
Yoqang avayla, dedi.
Sen toʻpori, sen yuvosh,
Aldanish-chi, qiyinmas.
Nobakorlar otgan tosh
Menikiday mayinmas.

JOʻRABEK RAMAZON**

@JorabekRamazon

4 months ago
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 Monat, 3 Wochen her

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 Monate, 3 Wochen her

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 Jahr, 7 Monate her