Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 2 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago
Psixoanalitik nartsisstik noqisliklarni tóldirishi, real muhabbat obyektini berishi kerakmas, balki patsientda o‘zi va boshqalarni yetarlicha anglash qobilyatini rivojlantirishi kerak - analizdan tashqarida uning tana ehtiyojlari va psixik istaklarini qondirishga qodir protagonistlarni izlash, topish va ushlab qololishi uchun. Boulbi aytganidek, psixik salomatlik bizni kasal qilmaydigan odamladan iborat hayotni tanlashdir.
Didye Anzye
Psixoanalizdagi divanning issiq va qulayligi ona muhabbatini aks ettirishini aytgandi Winnicott. Uning ifodalashicha, divanga yotgan kishi ona/psixoterapevt tomonidan quchoqlanganini his qiladi. "Divan psixoanalitikning quchog'i va bachadonidir. Divanning issiqligi esa psixoanalitik vujudining ichidagi issiqlikdir" degan, hatto divandagi yostiqlarni "kókrak" órniga ótganini qóshimcha qilgandi. Yumshoq, qulay quchoqda yotgan bolaga aylangani uchun odam ózi haqida bemalol gapira oladi. Shu sababli divan matosi yumshoq bólishi kerak edi. Yumshoqlik, issiqlik va qulaylik psixologik realligimizda "dóst" sifatida idrok qiladigan narsalarimiz. Qattiqlik, sovuqlik esa inkor etilish bilan aloqador.
Nihan Kaya
Chalkashlikka oydinlik kiritish... vaqti keldi... Maqsad (psixoanalizda) sxematik normallik foydasiga barcha insoniy xususiyatlarni yóqotish emas... Analiz 'Men'ning funksiyalari uchun eng farovon psixologik sharoitlar yaratishi kerak, shunda uning vazifasi bajarilgan bóladi.
Zigmund Freyd
Muhabbatga ehtiyojimiz tuganmas, fundamental, abadiydir. Sevishdan charchashimiz mumkin, lekin sevilishdan hech qachon charchamaymiz.
Jan Kurnyu
Alkogoliklarning ózini yóqotib qóygan va irodasiz odamlar ekani haqidagi fikr keng tarqalgan, lekin boshqacha qarash bor: ular óz "Men"i hissini nazorat qilolish qobilyatini hammadan kóra kóproq kórsatishga intiladigan odamlardir.
Jeyms Xollis
Yuqoridagi parchalarni rus tilidan tarjima qilgandim. Shunga ma’nosi biroz tushunarsiz boʻlishi mumkin. Oʻz tilimda va qoʻshimcha fikrlarim bilan shunday izohlayman:
Odatda chaqaloqlarni bir-bir yarim yoshlarigacha emizishadi va bola uchun ozuqa asosan suyuq holda tanasiga kiradi. Tishlarning rivojlanib borishi esa organizmning qattiqroq ozuqani tishlab, chaynab qabul qilishga tayyorligini anglatadi. Bolaning tishlari chiqayotgan paytda agressiyasini ular bilan koʻrsatish holatlari boʻladi. Bu primitiv ya’ni hayvonlarga xos hujum va himoyalanish usulidir. Axloq nimaligini bilmaydigan bola tishlashdan foydalanishi butunlay tabiiy va normaldir. Ammo ota-onalar bolasining axloqli boʻlishi uchun qaygʻurishadi va agressiyani tishlash orqali koʻrsatish bosqichining oʻz maromida oʻtib ketishiga sabrsizlanishi mumkin. Urushish, urish orqali bola agressiyani bildirish imkonidan mosuvo boʻladi. Bu his hech qayerga yoʻqolib qolmaydi. Tashqariga yoʻnalmagan agressiya ichkariga yoʻnaladi — autoagressiya koʻrinishida. Autoagressiya — vijdon, ichki tanqid, aybdorlik hissining kuchliligida namoyon boʻladi.
Shuningdek, bolaga majburlab ovqat yedirganida ham, u tishlarini ochmaslik orqali qarshilik koʻrsatishi mumkin. Biroq bu qarshilikka yoʻl qoʻyilmasa, u luqmani yutishdan boshqa chora topolmaydi. Tishlash va chaynashlarsiz, shunchaki tezroq yutib qoʻya qoladi. Bunda ham bolaning irodasi sindiriladi, ham “chaynash”ni oʻrganolmay qoladi.
Ovqatni chaynamasdan yoki juda tez chaynab yutadiganlar voqealarga nisbatan ham shunday munosabatda boʻladi: ortiqcha bosh qotirib oʻtirmasdan, qiynalmasdan tezroq yutishni, chaynamasdan ichishni xohlashadi. Ammo hayot ularning istagiday boʻlavermaydi. Shunda ular ichkilikka murojaat qilishadi. Ichkilik yoqimsiz reallikni yutishga yordam beradiganday.
Alkogolik boʻlmagan odam begona kishi bilan asta-sekin yaqinlashib boradi — ya’ni ovqatni yutishdan oldin chaynaganday. Alkogolik esa bu bosqichni bosib oʻtishga sabrli emas — ikki daqiqa oldin tanishgan kishisiga butun ichki dunyosini ochadi, xuddi chaynash shart boʻlmagan suyuqlikning birdan oshqozonga tushishiday.
Alkogolizmdan davolanayotgan bemorlar nafaqat ovqatni, balki qiyinchiliklarni ham chaynashni oʻrganishi lozim. Tishlash va chaynashni — istaklarini ayta olish, shaxsiy chegaralarini himoya qilish, muammolarga tik qarash kabilar sifatida tushunish mumkin.
Tishlar. Agressiya. Alkogolizm
Alkogolizmga odam qanday roʻju qoʻyadi, hamma ham unga moyilmi, alkogolizmni davolash mumkinmi, degan savollar koʻpchilikda boʻlsa kerak. Bu savollarga psixoanaliz orqali ham javob topish mumkin, ammo meni bir kitobdagi javoblar ancha qoniqtirdi. Quyida bugungi kunning eng mashhur psixoterapevtik yondashuvlaridan hisoblanuvchi geshtalt-terapiyaning asoschisi Frederik Perlzning “ВНУТРИ И ВНЕ ПОМОЙНОГО ВЕДРА” kitobidan parchalar keltirib izohlayman.
“Alkogolik (katta “soʻrgʻich”) tishlash va chaynash bosqichiga oʻtmagunicha hech qanday davolash uzoq muddatli samara bermaydi yoki bostirishdan boshqa narsaga yaramaydi. Buning asosida ichuvchining “muhit”ni ichish istagi — (uning uchun ogʻriqli harakat boʻlgan) qoʻzgʻalishsiz, kontaktsiz, vayron qilish va assimilyatsiyasiz yengil va butunlay qoʻshilishdan iborat xulq-atvorga ega boʻlish istagi yotadi. Bu uning likopchasidagi goʻshtga ham, hayotiy vaziyatidagi kengroq muammolarga ham taalluqli. U yechimlarning suyuq holda, tayyor kelishini istaydi — toki ichish va yutishdan boshqa ish qolmasin.
Ijtimoiy jihatdan — u boshqa odam bilan tayyorgarlik aloqasi boʻlmasidan qoʻshilishni istaydi. Bir daqiqalik tanishiga “yuragi ochish”ga tayyor boʻladi. Farqli boʻlishi talab qilinadigan shaxsiy xususiyatlarni chetlab oʻtadi; keyin esa bu chuqur va samimiy, aslida esa ancha yuzaki aloqa asosida oʻzining sabrsiz va ekstravagant talablarini namoyon qilishni boshlaydi.
U shuningdek ijtimoiy tanqidni inkor etmay qabul qiladi, buni oʻzidan chiqayotgay his qiladi, uning autoagressiv tafakkuri kuchli. Bu alkogolikni aybdorlik hissida qovurishi mumkin, ammo u uygʻonganida, qasoskorligi ikki barobar oshadi. Agressiyasi moddiy ozuqani parchalash va psixik muammolarni hal qilishga yoʻnalmagani uchun, “vijdon”ga sigʻmagan bir qismi odatda tashqariga bema’ni, xunuk janjallar koʻribishida chiqadi.”
“Ota-onalar tishlash bosqichi manzarasiga jiddiy ta’sir oʻtkazadi. Bir tomondan, tishlash yomon va shafqatsiz xatti-harakat sifatida jazolanadi, boshqa tomondan, bolani ayni vaqtda yeyishni istamagan ovqatini yeyishga majburlashadi. Bunday sharoitlarda istalmagan ovqat uchun tishlardan iborat toʻsiq yaratish harakati zoʻravonlik bilan bostiriladi.
Istalmagan ovqatni yutish va oʻzida ushlab turish uchun bola koʻngil aynishini bostirishi kerak. Bundan tashqari, uni tishlaridan spontan foydalanishga yoʻl qoʻyishmaydi: “shafqatsiz va axloqsiz tishlagani” uchun, hamda istalmagan ovqat oldida tishlarini birlashtirgani uchun uni jazolashdi. Bunda soʻrgʻich xulq-atvorigina xavfsiz boʻlib qoladi — bu bosqichdan esa u allaqachon oʻsib chiqishi kerak edi. Shu tariqa bolaning bu bosqichdan chiqishi, rivojlanishi toʻxtatiladi; “tishlashi”ga zarar yetadi, u qanchadir miqdorda rivojlanishdan toʻxtaydi, yoki soʻrgʻichning “sabrsizligi va qizgʻonchiqligi”ga qaytib turadi. Uning uchun faqat suyuq ovqat yaxshi, ammo bu ochlikni qondirish uchun hech qachon yetarli emas.”
Otto Will, ruhiy buzilishlarga ega ósmirlar va yoshlar bilan uzoq yillik terapevtik tajribalaridan kelib chiqib, shuni ta'kidlaydi: muhabbat va ózaro hurmat mavjud bólgan oilalarda ósgan individlarning oiladan chiqishi, separatsiyani boshdan kechirishi va erta yetuklik davrining yolg'izligiga bardosh bera olishi oson. Juda og'ir, kóp ziddiyatli oilalarda ósganlar bilan nima bóladi? Ular oilani tark etarkan, quvonchdan raqs tushishi kerakday tuyiladi. Ammo teskarisi yuz beradi: oila qanchalik buzilgan bólsa, ósayotgan avlodga uni tark etish shunchalik qiyin — u separatsiyaga yomon tayyorlangan va izolyatsiya xavotiridan qochishga panoh izlab oilasiga yopishib oladi.
Irvin Yalom
Bugun Zigmund Freydning tug'ilgan kuni (6-may 1856).
Psixoanaliz yónalishing asoschisi nafaqat psixologiya, balki dunyo tarixidagi muhim shaxslardan biri.
Psixoanalizni órganmoqchi bólsangiz, maslahatim: Freyd asarlaridan boshlamang. Qaysi tilda óqimang, Freyd va umuman psixoanalitiklar tilini tushunish juda qiyin.
Bir qancha mualliflarning "Psixonaliz asoslari", "Boshlang'ichlar uchun psixoanaliz" nomli kitoblari bor — turli tillarda, turli murakkablikda. Shulardan boshlang. Keyin Freydning davomchilarini óqing. Shundan keyin esa Freydni maza qilib óqiy olasiz.
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 2 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago