Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 3 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago
Farosat eng oliy ne’mat ekanligi va u ilm bilan yuqmasligi, aksincha muhit orqali shakllanishi haqida ko’p aytiladi.
Aql zakovati bor inson xato ish qilayotgani aytilsa qabul qiladi va tuzatishga kirishadi. Aksincha bo’lsa, unga xato ish qilayotganini tushuntirib bo’lmaydi. Chunki, uni tushunish uchun ham zakovat kerak bo’ladi.
Ana buni yangilik desa bo'ladi )
🗓 25-avgust — yakshanba, soat 11:00 da 2 nafardan SMM-menejer va grafik dizaynerlar birgalikda qatnasha oladigan «Marketing Team» musobaqasi bo'lib o'tadi.
Ushbu musobaqa hakamlari ustozlarimiz Temurbek Adhamov va Jahongir Mamatqodirovlar bo'ladi. Musobaqa avvalida soha bo'yicha master-klass ham bo'lib o'tadi.
*🔥 Asosiy yangilik*
Musobaqaning eng yaxshi ishtirokchilari quyidagi 5 ta kompaniyaga ishga taklif etiladi:«Better Best», «Ajva Tour», «Ajva Xurmo Market», «Ildiz kitoblari» va «Najot Ta'lim».
📌 Jamoa yig'ishda qiynalayotgan bo'lsangiz, ushbu Telegram guruhdan topishingiz mumkin.
Musobaqa barcha uchun ochiq. Imkoniyatni qo'ldan boy bermang, hoziroq ro'yxatdan o'ting.
G'oliblarni «Ixtiro» do'konidan maxsus sovg'alar ham kutmoqda.
Jamoamizga qo’shilish imkoniyati endi mavjud!
Koʻpchilik shogirdlarimiz biz bilan bir jamoada ishlash va rivojlanish istagida qayta-qayta murojaat qilishadi.
Bunga odatda ehtiyoj bo’lmagani uchun rad javobini berishga majbur edik.
Hozirda yangi loyihalar, rejadagi kengayish bizda SMM menejerlar va marketing mutaxassislari uchun bo’sh vakansiyalar paydo qilmoqda.
Agar siz videoda aytilgan talablarga mos bo’lsangiz sizni jamoamizda kutib qolamiz.
Ha aytgancha, nomzodlar orasidan suhbat asosida 10 kishi saralab olinadi va ular bilan bir oylik bepul amaliyot davomida birga ishlanadi.
Roʻyxatdan oʻtish uchun havola: bit.ly/soʻrovnoma
Rivojlanaman desangiz pulni emas, tajribani tanlang!
Marketingdagi muhim jarayonlar, soft skill’lar va jamoani shakllantirish bo‘yicha ustozlarimiz bilan mahorat darsi bo‘lib o‘tgan edi.
Agar siz master-klassni o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz, qimmatli ma’lumotlarni YouTube sahifamizda tomosha qiling.
To‘liq video 👉 https://youtu.be/quFUAA-h4sM
Hayotingiz yaxshilanadi.
O’qishni boshlang, yozgingiz keladi.
Yozishni boshlang, o’ylashingiz tartiblashadi.
O’ylashingiz tartiblashsa, g’oyalar keladi.
G’oyalar kelsa, qilgingiz keladi.
Qila boshlasangiz, vaqt o’tib natijalar keladi.
Natijalarni ko’rib, boshqalar talpinadi.
Ko’pchilik bo’lib, kattaroq ishlar qilinadi.
O’qing do’stlar. Hayotingiz yaxshilanadi.
🥳**URRAAA, o'sha daqiqalar keldi
«Najot Ta’lim»dan katta yangilikni qarshi oling 🔥**
Havola orqali tomosha qiling:
https://youtu.be/z4GcDVwzCrE
Tadbirkorlikka yaqinlashgan bo'lasiz
Yaxshi xodim bo’lish haqida postlar yozdim. [1],[2],[3]
Yoshlar xodim bo’lib qolaversinmi? Tadbirkor bo’lishga ham undamaysizmi? mazmundagi izohlar tushdi.
Do’stlar, kuchli tadbirkorlik - kuchli xodim bo’lishdan boshlanadi.
Nvidia asoschisi Jensen Huan birinchi ishidagi eng yaxshi tozalovchi va eng yaxshi ofitsiant bo’lganini aytyapti.
Alibaba asoschisi, milliarder, Jack Ma yaxshi o'qituvchi bo'lgani, o'quvchilari uni sevgani haqida ko'p gapiradi.
Do’stimiz Jahongir Pulatov moykada ishlaganini hamma bilsa kerak. Ishlaganini ko’rgan aka aytgandi — u ham eng zo’r ishchi bo’lgan.
Jamoada ishlash tajribasi yo’q odamga tadbirkor bo’ling deb, faqat tadbirkorlik kursini sotuvchilar to’g’ridan-to’g’ri aytadi.
Tadbirkorlik noma’lumlikdan iborat. Ma’lum ishlarni qoyillatmaganlar, noma’lumlarini o’xshatishiga shubham bor.
Ishlayotgan joyingizda 100% eng zo’ri bo’ling. Tadbirkorlikka 85% yaqinlashgan bo’lasiz.
O'zi uchun ilm olish bilan, ilm berish uchun ilm olishning orasida katta farqi bor. Bo'lishi kerak ham.
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 3 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago