@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 5 months, 1 week ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 9 months ago
Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!
Murojaat uchun - @Ayollar_ads
Last updated 1 year, 9 months ago
Yil sarhisobi
Yil yakuni va 2025 - yil boshi a’lo darajada o’tdi Alhamdulillah, sababini quyida keltiraman va bira to’la yil sarhisobini ham qoldiraman. Shovqin tingandan keyin joylaylik dedim)
⁃ Yil boshidayoq markabimni yangisiga almashtirish nasib qildi
⁃ Eng asosiy fokus qaratayotganim “Naimix” xususiy bantlik agentligining Qo’qon fililalini ochib, ishlarni boshladik
⁃ Itline brendimizni rivojlantirishga e’tibor qaratdik
⁃ Distribyutsiya sohasiga ham kichik miqdorda sarmoya kiritib ish boshlab qo’ydik
⁃ Yangi biznes tajribasi o’laroq O’z-o’ziga xizmat ko’rsatuvchi avtomobil yuvish shahobchasini ochdik (Toza ulov)
⁃ Ta’lim doirasida bir nechta tashriflar amalga oshirdik
⁃ Doimiy sportni va aktiv hayotni ushlashga harakat qildik
⁃ Tadbirkorlar bilan ikki marotaba biznes sayohatlar tashkil qildik
⁃ Turkiya sayohatiga chiqdik
⁃ Bir qancha samarali uchrashuvlar
⁃ Tajribali ustozlardan darslar
⁃ “Hokand united” tadbirkorlar klubi tashkil etildi
⁃ Bepul kutubxona va “Yosh kitobxon” ijtimoiy loyihasiga asos soldik
⁃ “Safinatul kutub” kitobxonlar jamoasi tashkil etildi (Nasib qilsa book kafe ham ochish niyyatidamiz)
⁃ Va nihoyat yil yakunini Saudia Arabistoni, Makka shahrida ibodat bilan yakunladik Alhamdulillah
⁃ Yil boshini boshlash va bu yil rejalarini ham aynan shu muborak diyorlarda qilish nasib qildi
⁃ Albatta faqat yutuq emas bir qancha qiyinchilik va yo’qotishlar, stressli vaziyatlar ham bo’ldi. Kichik jarrohlik amaliyotini ham boshdan o’tkazdik
⁃ Ammo Robbimni karami keng, yo’qotganlarimizdandan topganlarimiz ziyoda va afzal bo’ldi. Haza min fazli Robbik.
Xar bir ne’mat uchun Alloh taologa cheksiz hamd aytamiz. Ne’matlarini to’kis qilib hayotimizga ofiyat ato etsin!
Onamni aytganlari, Umar r.a voqealarini eslatdi…
Ona...
Onalarni bizga Jannat qilib bergan olamlarning Robbi Alloh taologa hamd bo'lsin. "Jannat onalar oyog'i ostidadir" degan Habibimiz, Allohning Rosuli Muhammad Mustafo ﷺ ga salovotu-salomlar bo'lsin.
To'qqiz oy farzandini qornida ne-ne azoblar ila ko'tarib yurgan, dunyoga keltirgan, tunlarini uning yig'isini to'xtatish, uni uxlatish bilan o'tkazgan, butun dunyo bera olmaydigan mehr-muhabbatni bergan, bir yulduz so'rasa, oyni olib bergan, ulg'aygunga qadar unga ko'z-quloq bo'lgan, hatto ulg'ayganida ham unga o'zining o'sha yosh bolasiga bergan mehrni bergan, farzandi oilali bo'lganida ham unga g'amxo'rlik qiladigan, yordam berishdan ojiz qolganida ham, duolari ila qo'llab turadigan, va ba'zida duolarida o'zini ham unutib qo'yadigan, farzandini deb butun bir dunyoga qarshi tura oladigan, umid, dalda, kuch bag'ishlaydigan, o'zining dunyochalik g'am-tashvishi bor bo'lganida ham, hammasini bir chekkaga surib, yana farzandi haqida qayg'uradigan, ular tufayli sochlariga oq oralagan, yuzlariga ajin tushgan, farzandiga nimadir bo'lsa joni unikidan ko'proq og'rigan, farzandiga ikki dunyo saodatini tilagan, Jannat oyog'i ostida bo'lgan Zot-Ona!
Men sabr neligini onamdan o'rgandim. Onamning siyratida sabr qilmoq neligini ko'rdim. Har qanday holatda ham, kuchli, iymonli bo'la olgan, sabr qilgan, hech qachon Allohga o'zining holatidan shikoyat qilmagan, doim sabr va shukr ila Allohdan madad kutgan onam. Dunyo tashvishlari uning yelkasiga tushganida, har azobga g'iring demay, shikoyat qilmay, shunday holatda ham mening dardim ila yashagan onam...
Yiqilaman deganimda, qo'limdan tutgan, tugadim deganimda, menga umid bag'ishlagan Jannatim. Hech bir duosida meni untumagan mehribonim. Qo'limga bir tikan sanchilsa ham joni og'rigan suyukligim. Ranjiganimda meni mehr to'la bag'riga bosgan, Alloh bergan yagonam. Yo'qolib qolsam, eng avval yo'qligimni sezgan, meni Allohga omonat qilib topshirgan Onajonim! Kasal bo'lganimda Allohdan menga shifo so'rab tinmay duo qilgan parvonam...
Onajon! ko'zingizdan oqqan har tomchi yosh, qalbingizning og'riq ila urgan har zarbasi, har qanday holatga ham jimgina ko'nikkan sabringiz, meni yig'lamasin deya bedor o'tkazgan har tuningiz, Allohning zikri ila olgan har nafasingiz, meni deya chekkan har azobingiz Jannatga kirishingizga kafolat bo'lsin! Allohim sizni Jannat bog'larida sayr qildirsin, u yerdagi baxtiyorlardan biri bo'ling! Bebahoginam! Allohim sizga Jannati Firdavs va O'zining go'zal jamolini ko'rishingizni nasib aylasin! Amiyn!
Kecha Central Asian Franchising & Business Expo - 5 Xqaro Franshiza va biznes sotish ko’rgazmasi bo’lib o’tdi.
Tadbir ajoyib kayfiyatda o’tdi va ko’pgina yangiliklar oldik. Rejalarimizga qo’shimchalar kiritdik.
Frinchising bo’yicha bilimlarni yanada oshirdik desak ham bo’ladi.
Yuqoridagi lavhalar orqali ko’rishingiz mumkin.
Tadbirkorlar jamoasi bilan Qo’qon Universitetiga tashrif.
“Alpha school” lokatsiyasi
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 5 months, 1 week ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 9 months ago
Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!
Murojaat uchun - @Ayollar_ads
Last updated 1 year, 9 months ago