Imomov Shavkat Jakhonovich

Description
Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti rektorining Matbuot xizmati.
Veb-sayt: http://tiiamebb.uz/
Facebook: https://www.facebook.com/shavkat.imomov.752?mibextid=Zb
Instagram: https://www.instagram.com/shav
Youtube: https://youtube.com/@BuxTRBI?s
Advertising
We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

? @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 4 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 3 months ago

3 weeks, 6 days ago
Imomov Shavkat Jakhonovich
3 weeks, 6 days ago
Imomov Shavkat Jakhonovich
3 weeks, 6 days ago
Imomov Shavkat Jakhonovich
3 months, 3 weeks ago

#tabrik
Qurbon hayiti qutlug’ bo’lsin!

Tinch, osuda yurtga bayramlar yarashadi. Mana, yana bir ayyom arafasidamiz.
Elimiz bir necha asrlardan beri nishonlayotgan muborak Qurbon hayitini har yilgidek o’zgacha shukuh, ko’tarinkilik, ehtirom bilan kutib olyapmiz.

Butun islom olamida yuksak qadrlanuvchi bunday an’ana va ayyomlar kishilarni ezgu amallarga, xayrli maqsadlarga, o’zaro totuvlikka, mehr-oqibatga chorlashi jihatidan ham g’oyat qadrli hamda ahamiyatli. Bu muhim jihatni bejiz ta’kidlamayapmiz.

Zero, islom dinining mo’tabar manbalari – Allohning kalomi sanalgan Qur’oni Karim va sahih hadislardagi hikmatlar zamirida aynan tinchlik, xayr, muruvvat, odamiylik, har tomonlama poklik, ma’naviy kamolotga da’vat yotibdi. Muqaddas oyatlarda ifodalangan “Xayr-ehsonning mukofoti faqat ehson”, “Yaxshilikning ajr-u mukofoti ham yaxshilikdir” qabilidagi fikrlar har bir diyonatli, iymon-e’tiqodli yurtdoshimizga hayot so’qmoqlarida yo’lchi chiroq bo’lmog’i tayin.

Davlatimiz, katta-yu kichik mutasaddilarimiz tashkilotchiligida alohida e’tibor asosida keng nishonlanadigan Qurbon hayiti xuddi shu ma’noda – ezgu o’y, ezgu so’z va ezgu amal borasida barchamiz uchun o’ziga xos imkoniyat, qolaversa, sinov hamdir.

Ko’pni ko’rgan yoshi ulug’lardan, ahli ilm vakillaridan bot-bot eshitamizki, ayni shunday damlarda qo’l urilgan xayrli ishlarimiz yanada nafli, barakali bo’lib, bundan erishilajak savob darajasi ham chandon oshar ekan.

Albatta, o’ziga ravo ko’rgan har qanday yaxshilikni o’z dindosh-u e’tiqoddoshlariga ham ravo ko’rish, biz – Rasululloh ummatlariga xos fazilat.
Shunday ekan, avvalo Qurbon hayitining qutlug’ nafasi ufurib turgan shu shukuhli kunlarda musulmon birodarlarimizga va muslima opa-singillarimizga jamiki nekbin tilaklarimizni bildiraman.

Mana, bugun Prezidentimizning “Muborak Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi. Ushbu huquqiy hujjatga ko’ra, shu yilning 16-iyun sanasida ayyom milliy-an’ana va urf-odatlarimizga uyg’un holda nishonlanadi.

Respublikada o’z o’rni va nufuziga ega oliy ta’lim dargohining, ilm-fan, ta’lim, tadqiqot maskanining yetakchisi sifatida ko’p kishilik ahil jamoamizni – barcha pedagog-professorlarimizni, bo’lim xodimlari va talabalarimizni, hamkor do’stlarimizni galdagi Qurbon hayiti bilan qutlayman.

Parvardigordan hammamizga uzoq umr, tansihatlik, kasb-kor-u o’qishda rivoj hamda ezgu niyatlar ijobatini tilayman.

Diyorimizda tinchlik, omonlik, xotirjamlik hukm surayotgan shunday farahbaxsh kunlarda xonadonlarimizni fayz-baraka, totuvlik, xursandchilik tark etmasin!

Shavkat IMOMOV,
"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti rektori,
texnika fanlari doktori, professor

Янги Ўзбекистон

Muborak Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

[#tabrik](?q=%23tabrik)
3 months, 3 weeks ago
Imomov Shavkat Jakhonovich
3 months, 3 weeks ago
Imomov Shavkat Jakhonovich
6 months ago

??MUBORAK **RAMAZON HAYITI MUNOSABATI BILAN BUXORO TABIIY RESURSLARNI BOSHQARISH INSTITUT REKTORINING BAYRAM TABRIGI

Assalom-u alaykum, qadrli yurtdoshlar!

Muhtaram hamkasblar, aziz talaba-yoshlar!***Sizlarni mehr-oqibat, ezgulik va saxovat ayyomi – muborak Ramazon hayiti bilan chin qalbimdan tabriklayman. Ma’naviy hayotimizning ajralmas qismi sanalgan bu qutlug‘ bayram munosabati bilan Siz, azizlarga samimiy tilaklarimni yetkazishdan bag'oyatda mamnunman.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida"gi Qarori asosida yurtimizda Ramazon oyi davomida maʼnaviy poklik, sabr-qanoat kabi fazilatlarni eʼzozlash, bugungi tinch va farovon hayotimizni qadrlash, odamlarni bir-biriga yaxshilik qilish, yosh avlodni Vatanimizga muhabbat, azaliy anʼana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash borasida koʻplab amaliy ishlar bajarildi.

Qadrli jamoam, shu fursatdan foydalanib, ta’lim-tarbiyaning kuch-qudratiga va ruhiy-madaniy kamolotiga yangicha yondashish jarayoni sezilayotgan ayni kunlarda xalqimizning ma’naviy kamoloti va ilmiy salohiyati yo‘lidagi faoliyatingizga bardavomlik tilayman!

Mamlakatimiz osoyishtaligi va taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi yoʻlidagi barcha xayrli ishlarimizga Yaratganning oʻzi madadkor boʻlsin!

Xonadonlarimizda tinchlik, ahillik, fayz-u baraka bardavom bo‘lsin. Olayotgan bilimlarimiz va izlanishlarimiz ilmiy va insoniy jasorat, so‘nmas e’tiqodlarimizni yuksalishiga xizmat qilsin!*

**?*✨Muborak Ramazon hayiti barchamizga qutlugʻ boʻlsin!

Shavkat Imomov
Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish insitut rektori
*

6 months ago
Imomov Shavkat Jakhonovich
6 months ago
Imomov Shavkat Jakhonovich
6 months ago
We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

? @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 4 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 3 months ago