NODIRBEK YUSUPOV

Description
Shaxsiy blog
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated hace 2 meses

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated hace 3 meses, 3 semanas

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated hace 1 año, 8 meses

2 months, 1 week ago

To’lovni shu kartaga klik qilib bersangiz ham bo’ladi, osongina

Biror davlat xizmatlari ko’rsatuvchi tashkilotlarda xizmat uchun to’lov to’lash talab etilayotgan bo’lsa, yuridik ma’lumotlarini so’rang va rekvizit bo’yicha to’lov qilishingizni ayting

Klik qilib bersangiz ham bo’ladi yoki terminalimiz yo’q, naqd olib qolamiz, desa demak sizdan talab qilinayotgan to’lov asossiz yoki o’z o’rniga yetib bormasligi ehtimoli katta

2 months, 2 weeks ago

Yaxshiroq tanidim

Kecha va bugun respublika miqyosida tashkil qilingan o’quv markazlari forumida qatnashdik

Yaxshi natijalarga erishgan, rivojlangan o’quv markazlari rahbarlaridan masterklaslar va o’zaro fikr almashinuvlar juda foydali bo’ldi

Bulardan ham ko’ra e’tiborimni tortgan jihati tadbir tashabbuskori Alisher Sadullaev bilan bog’liq holat bo’ldi

Kecha forumni birinchi kuni forumdan qaytdik va kechga yaqin Alisher Sadullaev onalari og’irroq kasal bo’lib shifoxonaga tushganlari haqida post qo’ydilar

Ertasi kuni ya’ni bugun onalari haliham reanimatsiyada, lekin ahvol biroz yaxshilangani haqida yozib duo qilganlarga rahmat aytdilar

Men o’ylagandim, bugun demak Alisheraka tadbirda qatnasholmaydilar

Lekin, hech nima bo’lmaganday butun tadbir davomida ishtirok etdilar

Kimdir aytishi mumkin, bu tadbirni mas’uliyatini his qilganlikdan deb

Yo’q, menimcha shunday og’ir holatda ham o’z ishida davom etish niyati, maqsadi va himmati kattaroq insonlarni qo’lidan keladi

3 months ago

Gladiator

Qadimgi Rim Gladiatorlari va ularning misli ko'rilmagan kuch qudrati haqida tarix kitoblarida o'qib qolamiz

Gladiatorlikning xatarliligiga, o'lish ehtimoli ancha yuqoriligiga qaramay, ayrimlar boylik ilinjida tavakkal qilgan.

Nega Gladiatorlar shu qadar bo'lganki, xalq hatto ularni qahramon, kuch qudrat timsoli sifatida ko'rgan?

Chunki, ularda ikkinchi variant bo'lmagan, yutish yoki o'lim

Gohida nima ish qilmang, hammasi o'xshayverishi mumkin. Hamma kabi harakat qilasiz, sizda qolganlardan ko'ra yaxshiroq chiqaveradi

Shuning uchun bir vaqtni o'zida bir necha ish bilan band bo'lasiz. Biridan voz kecholmaysiz, chunki u ish sizga pul olib kelib turibdi. Hammasida yaxshisiz, lekin zo'r emas

Qachon siz 'Gladiator' bo'lasiz, qachonki yutqazadigan narsangiz katta bo'lsa. Faqat bitta ishni tanlang va qolganlarini chetga qo'ying.

Shu ish o'xshaydi yoki hammasidan mahrum bo'lasiz. Bu holatda qanday harakat qilarkansiza?!

5 months, 2 weeks ago

Aqlimiz yetmaydi

Ilm hosil qilishdagi birinchi vositalar sezgi a’zolari, ko’z, quloq, qo’l… sanaladi

Ikkinchi vosita - aql. Sezgi a’zolari imkoniyati tugagan joyda aql ishga tushadi

Uchinchi vosita - ilohiy vahiy. Aql chegarasi tugagan joyda vahiy yordamga keladi

Din ahkomlariga amal qilishga undagi foyda yoki hikmatni anglab yetibgina so’ng kirishish asil din haqiqatini bilmaslik belgisidir

Chunki aqlimiz yetmagani uchun Alloh taolo vahiy yuborgan

Nega bu savol emas, balki e’tirozdir

Islomga to’lig’icha kiring. Zero, tortilayotgan pichoq to’xtab qolmasin

Juda ko’p savollarga javob topdim

Taqiy Usmoniy hazratlarining “Din va oxirat fikri” kitobidan

6 months, 3 weeks ago

Super 30 | Movie Time

Kashfiyotlar muhtojlik paytida ko’pincha vujudga keladi

Skin in the game. Endi ortga yo’l yo’q degan holat insonni maksimal harakat qilishga undaydi

Samimiy orzu yoki niyat va unga erishish uchun nima kerak bo’lsa qilish

Ta’lim biznes bo’lmasligi kerak(mi?)

Fidokor bir ustoz hayoti

Yaqinlarni o’qishiga tanigan bilganlarni o’qishiga yordam berish

Tavakkul

Va shu kabi mavzular haqida

7 months, 3 weeks ago
8 months ago

UNITY dagi English Teacherdan ta’sirli she’r

Noshudman fe’limga yo'qdir poyona,
Yomg'irlardan ko'proq qilaman xato.
Sen meni shunchaki yaratmaganding,
Lekin men shunchaki yashadim ammo

Xayollar qo'rqitar illo bejasad,
Bor halovatimni qiladi tamom.
Yaxshiyam Yaxshiyam borsan qalbimda,
Sen borsan men borman beshak begumon.

Bilmam hayot yo'lim qanchalar uzun,
Senga o'z sabrimni qilaman tortiq.
Yurak faqat istar sendan rozilik,
Qul uchun bo'lurmu baxt bundan ortiq?

Balkim porlamasman keng osmonlarda,
Umardek etolmam Quddusni ozod.
Lek yurak urarkan ko'ksimda toki
Sening rahmatingdan tilayman najot

9 months, 1 week ago

Xushxabar

Ancha avval Haqiqiy ustoz o'zi aslida qanday bo'lishi kerakligi haqida UNITY dagi Teacher Traininglar va nufuzli CELTA kursidan olgan xulosalarim asosida post yozgandim

Aynan mana shunday ustozlardan iborat Farg'ona shahridagi UNITY O'quv markazimizning Marg'ilon filiali ochilmoqda

9 months, 2 weeks ago

Ehtimol, sizni qidiryapmiz

Aziz Rahimov boshchiliklaridagi Rahimov School maktabimiz jamoasiga menejment bo’yicha shogird olmoqchimiz.

Ma’qul nomzod Farg’ona shahridagi yangi loyihamizga “operatsion menejer” sifatida tarbiyalanadi. Keyinchalik poytaxtga chaqirishimiz ham mumkin.

Farg’onalik, ta’lim menejmenti va bizning jamoada o’sishga qiziquvchilar ushbu formani to’ldiring. Talablarimizga moslar bilan aloqaga chiqamiz, suhbatlashamiz.

@abdulloh_shamsutdinov

9 months, 2 weeks ago

Yaxshi holatda ko’rish

Birini Alloh uchun yaxshi ko’rganga katta mukofotlar va’da qilinadi

Iymon halovati nasib etadi

Allohning soyasidan boshqa soya yo’q kunda Uning soyasida bo’ladi

Yaxshi ko’rish o’zi nima?

Ota-onani, ustozni, do’stni, birodarni…

Hammasida umumiy holat bor

Yaxshi ko’rish birini yaxshi holatda ko’rish va shuni istash

Yosh bolani o’ynatayotgan, ularni xursand qilishga harakat qilayotgan kishiga nisbatan ‘bolalarni yaxshi ko’radi’, deyishadi

Ustozini doim xizmatida bo’lgan, uni yaxshi holatda bo’lishiga urinadigan bolaga nisbatan ‘ustozini yaxshi ko’radi’, deyishadi

Yaxshi ko’rish - Yaxshi holatda ko’rish bo’lsa kerak

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated hace 2 meses

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated hace 3 meses, 3 semanas

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated hace 1 año, 8 meses