Uniquely

Description
Õzimdan õzimga)




Bog'lanish @bemalolyozbot
Qisqalari: @uniquenotess
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 2 days ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 months ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 6 months ago

3 weeks, 5 days ago

Qiymat bermaguningcha qadr, e'tibor bermaguningcha mehr topmaysan.

@uniquelyblog

3 weeks, 5 days ago

Ehtiyojingdagi narsaga ixtiyoringdagini tark qilmaguncha yetolmaysan.

@uniquelyblog

1 month ago

Bolam,

Eng baxtli onlar, baxt taqchil kunlarda ko'p eslanadi.

Eng og'ir zarbalar kutilmaganda, yakka qabul qilinadi.

Qalbga eng yaqin insonlar, aslida jisman uzoqda yashaydigan insonlar bo'lib chiqadi.

Yorug' kunlarning qadrini qorong'u xonada ko'zingdan yosh tomchilaganda anglaganing kabi,

Qiyin kunlaring asli ne'mat ekanligini yorug' kunlarga chiqqaningda anglaysan.

Atrof to'la tanalar bo'lsada, bir o'zing yengishing shart bo'lgan janglaring borligini tushunasan, kun kelib.

Oilang, yaqinlaring g'animat bo'lgani kabi, olayotgan nafasing ham g'animat ekanligini bilarding-a?

Unda nega g'animat dunyoda, ayrimlar bir umr yoningda bo'lishiga umid qilding?

Yaratganning taqdiri shu:
O'zi berganni O'zi oladi. Na sen, na boshqasi buni o'zgartira oladi. Ko'nik.

Lekin yana shuni unutma:
Yomon kunlarda baxtni xotirlashing, endi faqat yomon kunlaring bo'ladi;

Og'ir zarbalarni qabul qilishing, qaytib zarba berolmaysan;

Qalbga yaqinlarning uzoqdaligi, endi hech qachon jismlar ko'rishmaydi;

Degani emas.

Hozir ozgina damingni ol. Kuch to'plab o'zinga kelgach, barcha qilgan niyatlaringa bitta-bitta erishishni boshlaysan.

Hayot tramplin, bolam. Ozgina pastga tushirib birdan osmonga otadi. Pastga ketayotgan yiqilib qolma, qaddingni tik tut, shunda balandroqqa uchasan.

Javohir. Toshkent
12.12.2024
@uniquelyblog

3 months, 4 weeks ago

Shu videoni subtitrlar bilan Instagramga joyladim.

Yaqinlaringiz va eshitishi shart deb hisoblaydigan do'stlaringiz bilan ulashib qo'ysangiz ko'proq insonga manfaatli bo'ladi.

https://www.instagram.com/reel/C_54fVwASqU/?igsh=MWZvam1pZnl1ZGFwbA==

4 months ago

Xato qilish dunyoning oxiri emas

Na siz, na men mukammal insonlarmiz. Hammada õziga yarasha kamchiliklar bor. Yashashni eng jozibador tomoni ham shunda. Xatolar qilamiz va ulardan õrganamiz.

Maslahatim: Rivojlanishni istasangiz kõproq xato qiling. Õzi umuman xato qilishdan qõrqmang va tushunkunlikka tushmang. Bilaman ba'zida õzingizni ahmoqdek his qilasiz lekin bu õsayotganingiz belgisi. Agar õsha xatoni qilmaganingizda ahmoq ekanligingizni bilmasdan õtib ketgan bõlardingiz.

Aynan shu mavzuni 9-12 yoshli bolalarga ingliz tilida tushuntirib berganman. Qanday deysizmi? Videoni ko'rsangiz bilib olasiz)

https://www.instagram.com/reel/C_xWYchAuwC/?igsh=ZnVicWxwMmFqYW1w

4 months ago

"Hali hammela qayergadur kotta joyga ishga kirasiz, õqishga ketasiz. Õshanda faqat õzilaga foyda bõladigan narsadan uzoq yurila, iloji boricha boshqalargayam foydasi tegadigan ish qilila. Bir kun kimgadur foydez tegadi va u inson sizga yomonlik qiladi. Shu voxti ''iye man sanga yaxshilik qiludim-u'' deb aytmela. Prosta let it go"

©Khafizullokh aka

6 months, 2 weeks ago

O'rgatish va o'rganishiga qo'yib berish haqida

Futbolda bitta aksioma bor: Hakam o'yinga qancha ko'p aralashib kerak-kerakmas joyda xushtak chalaversa o'yin jozibasini buzadi. Yaxshi hakamni o'yinda borligi unchalik ham sezilmaydi, faqat muhum pallalardagina o'yinga aralashadi va qaror chiqaradi.

Yaxshi ustoz ham huddi shunday.
Darsda hamma narsani o'quvchiga aytib tashlamaydi. O'zi o'ylashiga, tushunishiga qo'yib beradi. Faqat kerakli joyda savollar berib to'g'ri yo'nalishga solib turadi (CLT).

Postni o'qiyotgan o'quvchilarim tasdiqlashadi: Darsda mavzu tushuntirayotganda taqillatib formula va qoidalar yozib tashlamayman. Boshida ozroq bitta holat haqida gaplashamiz (o'tilayotgan mavzudagi qoidalarga mos). Keyin umumiy guruhga savol beraman, javob berishadi. Ana undan keyin doskaga mavzuni yozib yana savollar beraman, javob berishadi. O'zlari bilmagan holda yangi mavzuni o'tib qo'yishadi. Yana 3-4ta misollar yozaman va mashq qilamiz. Bo'ldi. Men deyarli hech narsa qilmayman. O'zlari o'rganishadi, o'zlari tushunishadi, o'zlari mashqlarni yechishadi. Dars davomida hamma bitta kemadaligiga ishonch hosil qilib turaman. Eng muhumi, halaqit bermaslik.

Hayotda ham shunday, aslida.
Informatsiya va ilm abstrakt narsalar bo'lgani sabab qarshimizdagi inson biz berayotgan ilmni qanday qabul qilishini bilolmaymiz. Ustiga-ustak bitta insonga qancha o'rgatishni istamaylik, agar o'zi xohlamasa befoyda. Shuning uchun ham, insonga savollar berib uning ma'lum bir qadriyat va qarashlarini o'zi savol ostiga olishiga sharoit yaratib berish lozim.

O'zi anglab yetsagina eslab qoladi.
O'zi qiynalsagina tushunib yetadi.
O'zi la'nati shaxsiyati sabab, boshi toshga urulsa o'zgaradi.
O'zi buvijonisini uyida kechalari yig'lab chiqsa, shoptoligini anglaydi.
Ungacha ming gapirganni foydasi yo'q. Faqat, to'g'ri sharoit yaratish va o'z fahm-farosatiga havola etish kerak.

Javokhir. Toshkent
01.07.2024
@uniquelyblog

6 months, 2 weeks ago

Moshkichiri haqida

Mitti.me jamoasi mashinada Germaniyaga sayohatga chiqishgani haqida ko'rgan bo'lsangiz kerak. Hozir o'sha yigitlar O'zbekistonga qaytishyabdi. Bugun tushlik payti buyurtma qilgan ovqatim kelguncha Instagramga kirgandim. Jamoasidagi bitta yigit 'Uyga borsang qanday ovqat yeysan?' deb do'stlaridan bitta-bitta so'rab chiqdi. Oralaridan biri dard bilan 'Moshkichiri yeyman. Uyni moshkichirisini sog'indim' deb javob qaytardi.

Shu video tugashi bilan oldimga ofitsant buyurtmam bir lagan moshkichirini olib kelib qo'ydi. Qotib qoldim.

Men hozir ishtaxa bilan yeyishni boshlaydigan oddiy bir ovqatimni dunyoning qaysidur chekkasida bir inson orzu qilyabdi. Ozgina o'tirib tafakkur qilinsa, bunday holatlarga hayotimizda yuzlab misol topish mumkun.

Ba'zida hozir oldimizda turgan, yonimizda bo'lgan, umuman hayotimizda mavjud narsalarga shukur qilish esimizdan chiqadi. Barchasiga, huddi biz o'sha narsalarga loyiq va haqlidek his qilib qadriga yetmay qo'yamiz. Muammolarimizni katta hisoblab, Yaratgan aynan bizga bergan ne'matlarini nazar-pisand qilmay qo'yamiz.

Barchamizda, tafakkur qilinsa, kimlardur orzu qilayotgan 'moshkichirilar' bor. Eng muhumi, ularni yo'qotishdan oldin shukur qilishdir. Aks holda, bizda yo'q narsalar ortidan quvib, bergan ne'matlarini ham qadriga yetmay qo'yamiz.

Javokhir. Toshkent
28.06.2024
@uniquelyblog

6 months, 2 weeks ago

don't cross the ocean for someone who wouldn't step in a puddle for you

8 months, 2 weeks ago

Kundan-kunga ketish to'g'ri qaror ekanligiga bo'lgan ishonchim geometrik progressiyada o'syabdi.

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 2 days ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 months ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 6 months ago