Ilhom Rahmatullayev

Description
Doimo fikrga qarshi fikr mavjud.

Bog’lanish uchun : @Ilhom_Murodovich

@ilhomrahmatullayev_mini
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago

1 month, 1 week ago

Boshingga tushganda tashvish-u kulfat,
Yoningdan qochadi bor - yo’q, barcha ulfat.
Soyangni topolmaysan hatto, tushganda zulmat,
Ota - onam yonimda bari bir hikmat!

@Ilhom_Rahmatullayev

1 month, 1 week ago

Dangasalik bu eng og’ir kassalik, negaki qattiq chalinsang tuzalmas bo’lasan.

@Ilhom_Rahmatullayev

1 month, 2 weeks ago

G’olib kim?
Bahslashayotgan ikki do‘stni suhbatini tingladim. Birinchisi haq lek o‘z so‘zida oxirgacha tura olmadi, sen haqsan deya qutildi.

Ikkinchisi haq bo‘lmasa ham talashaverdi, o‘zicha g‘olib…

Hech qachon ahmoqlar bilan bahslashmang, ular sizni o‘zlarining darajachasiga olib tushib, so‘ngra bahsda g‘olib bo‘lganlarini eʼlon qiladilar.
(Mark Tven)

@Ilhom_Rahmatullayev

1 month, 2 weeks ago

O’zi to’qigan yolg’onni aytish, boshqa og’izdan eshitilib takrorlangan haqiqatni aytishdan yaxshiroq. Birinchisida sen bir insonsan, ikkinchisida esa to’tidan farqing yo’q.

Fyodor Dostoyevskiy — Jinoyat va jazo@Ilhom_Rahmatullayev

2 months, 2 weeks ago

Bir eshik yopilsa…

Hayot shu qadar murakkab-ki kecha shox bo’lganlar, bugun esa gado. Hech kimga hech narsa bog’lab berilmagan mansab ham, boylik ham, kuch ham, yoshlik ham.

Umr asli besh kunlik bozor, bir kun omad kelsa bir kun musibat. Past balandlari bilan qiziq bu - taqdir. Bir tekis davom etganda hech narsani anglolmasdik balkim.

Yiqilish bu tabiiy qayta turib yo’lda davom etish esa haqiqiy jasorat. Bir eshik yopilsa, boshqa eshiklar ham yopiq degani emas, undanda yaxshirog’i kutayotgandir balkim.

@Ilhom_Rahmatullayev

3 months, 2 weeks ago

Negativ

Dunyo iqtisodiyoti keskin ravishda cho’kayotgan bir vaqtda yetishmovchiligi bor insonlarning bari negativ orqali g’uborlarini chiqazishmoqda.

Negativ fikrlash ham o’z-o’zidan paydo bo’lmaydi, qalbi qoraygan, nima qilishini bilmagan, qiladigan boshqa ishi yo’q kishi negativ qoldiradi shu bilan o’zini ovutadi.

@Ilhom_Rahmatullayev

3 months, 3 weeks ago

Birdaniga erishish qiyin

Har tomonga qaramang, hamma band, hamma shoshgan, hech kimni vaqti yo’q. Yaxshi bir suhbatdosh topish qiyin.

Dunyoga kelishimiz bilan hayot uchun kurashamiz.

Maqsadlar esa o’zgaraveradi, maktabda prezident bo’lmoqchi bo’lganlar qancha! O’zimizga maqsad qo’ymasak hayot zerikarli, o’zimiz esa bekorchiga aylanamiz.

Maqsadga esa zinama-zina chiqiladi, orada yiqilasiz, qiynalasiz, lek oyoqqa qayta tura olgan insongina maqsadiga erishadi.

@Ilhom_Rahmatullayev

9 months ago

Kuchlidek ko’rinadilar

Bilagi ishgan, yelkasi keng, bo’yni beldek ammo bir ishga yaramas kishilarni, ichi somonga to’la qopga qiyoslash mumkin, chunki qum solingan qop bilan hajmi bir xil bo’lsa ham, massadagi farqi anchagina.

Gapga usta kishilar, ishga yo’q bo’lishadi, ular kabi aqllisi (gap) da bo’lmasa ham, ishga kelganda bog’cha bolasi.

Gapirish oson, yengil yo’l bilan kuchli bo’lish ham, ammo natijasi davomli emas.

Birinchi ko’rinish aldamchi, davomlisi esa asli. Kuch sinalganda bilinadi, ko’ringanida emas. Kim yuzaga chiqishga intilsa, kimdirga halovat muhim.

@Ilhom_Rahmatullayev

10 months, 1 week ago

Ayolga nima kerak?

Hashamatli uy, qimmatbaho taqinchoqlar, brendi baland kiyimlar - baxt tushunchasiga zarracha ham elta olmaydi, bular bir vosita xalos.

E'tibor va mehr asli bebaho sanaladi, baxt har kimning nazlida... Boy ammo keksa erkaklar bilan turmush qurish, erta ajrimga olib kelmoqda. Bir-birini tushunish, qayg'urish degan narsa yo'q. Soxta tuyg'ularga qurilgan hayot, chin bo'lishini kutish, meva solmaydigan daraxtning, mevasini kutishdek gap.

Har bir inson uchun bir kunda 24 soat bor. Boylik mukofot kambag'allik jazo emas. To'q yashashning o'ziga yarasha ammalari ham bor. Boylik sho'r suvga o'xshaydi, qancha ko'p ichsang shuncha chanqayverasan.

Turmush bu - ikki qalbning birligi demak.

Har kim berganiga yarasha oladi, mehr bermay, mehr kutmang.

@Ilhom_Rahmatullayev

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago