Audio MonoLogLar

Description
Jaxongir Yuldoshev o'qigan monologlar va she'rlar🎙️
Sizlarga yoqadi degan umiddaman🤗
Advertising
We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 2 months ago

🔔 Reklama: @Edurekadmin


Ta'limda nima yangiliklar?

O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!

© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!

📩 @Edu_murojaatBot

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 1 month ago

2 weeks, 5 days ago

Ona tongga aytib qoʻying, tezroq otsin,
Bu kechada koʻksim uzra, turgan ogʻriq,
Oʻng qoʻlimni yurak tomon qoʻyib behos,
Chuqur nafas olayapman, haddan ortiq.

Ona tongga aytib qoʻying tezroq otsin,
Bolishimning qolmadi hech quruq joyi,
Tirik jondan, buncha koʻz yosh chiqmaydi-yu,
Toʻlib ketdi, tor xonamning ulkan soyi.

Ona tongga aytib qoʻying tezroq otsin,
Yoʻqsa bu dard bu tanamni qoʻymas omon,
Yana birbor yuzingizni koʻrmay turib,
Tor xonada yolgʻiz berib, qoʻymayin jon....!

Shahrizoda Sharofiddinova ✍🏻
Jahongir Yuldoshev🎙️

2 weeks, 5 days ago

Sevdim, sevilarman deya oʻyladim,
Senga ochgandim dil koʻpriklarimni…
Endi men harakat qilishdan toʻydim,
Qimirlatgim kelmas kipriklarimni…
Yasemin
✍🏻*Jahongir Yuldoshev🎙️***

2 weeks, 5 days ago

Xatarga bemalol bosildi qadam,
Yaltirab koʻrinar uning yoʻllari.
Beozor bagʻriga bosadi alam.
Bir quchsa qoʻyrilmas uning qoʻllari.

Tish-tishga tegadi haqiqat ojiz,
Soʻzlansa portlaydi jumla-yu jahon.
Yaxshimi, yomonmi qoldiradi iz.
Xohlasang ishonma, xohlasang ishon.

Marvarid yaltirar quyosh nuriga,
Qor tushsa koʻrinmas butun jilosi.
Gar, xato qilmasa yashardik qandoq?
Bilmadim oʻshanda Momo Havvosi.

Talpinib turadi koʻzlarga kiprik,
Baxt kelsa begona etadi yoshni.
Ojiz koʻz yorishsa qanday taʼriflar,
Oyning shuʼlasi-yu, nurin quyoshni.

Maftuna Amirzoda
🎙️Jahongir Yuldoshev***

3 months, 2 weeks ago
3 months, 2 weeks ago

#….

***Kimdir kutar yoʻlimni mushtoq,
Kimdir zordir shirin soʻzimga…
Har kimsaga achindim biroq,
Aslo rahmim kelmas oʻzimga…

Mehr tutdim arzimaslarga,
Yuragimni toʻrini berdim…
Shoxdek qarab mayda xaslarga,
Ishq bogʻidan xazonlar terdim…

Doʻst boʻlmadi doʻst deganlarim,
Yo sevgimni bilmadi bir yor…
Yodda qoldi pand yeganlarim,
Xatolar koʻp, tajriba bisyor…

Goh yiqildim, gohida turdim,
Rahmat dilda saqlamaganlar…
Yuzingizga bugun tupirdim,
Ishonchimni oqlamaganlar…Yasemin✍🏻
Jahongir Yuldoshev
🎤***

3 months, 3 weeks ago

***Dunyoni ismimda atadi birov,
Kimgadir nafasdek boʻldi keragim…
Uyqusidan oldin esladi birrov,
Oʻziga sigʻmayin urdi yuragim…

Yostigʻin ostiga qoʻydi suratim,
Pichirlab suhbatlar qurardi kimdir…
Hayolida chizdi goʻyo siyratim,
U soʻzlardi hatto borliq ham jimdir…

Meni ta’riflardi oylarga maqtab,
Huddi-ki yulduzlar qilardi havas…
Meni shundayin pok sevardi biri,
Va sof muhabbati boshqaga emas…

Gohida oʻzimga kuyardi ichim,
Hasad ham qilardim hatto oʻzimga
Ahir oldin bunday sevmagan hech kim,
Balki ishonmassiz ushbu soʻzimga…

Shamol olib keldi uning nafasin,
Meni barchasidan etardi ogoh…
Koʻp koʻrma bandangni shunday sevgisin,
Meni taqdiriga yozaqol Alloh…Yasemin✍?
Jahongir Yuldoshev
?***

3 months, 4 weeks ago

***Kechagidek yodimda hanuz,
Oʻtmish tomon bir nazar soldim…
Unutish-ku imkonsiz afsus,
Sensizlikka koʻnikib qoldim…

Kunlarimda yoʻq edi mazmun,
Va nihoyat bugun tan oldim…
Endi sevmay qoʻyganim uchun,
Sensizlikka koʻnikib qoldim…

Qachonlardir jondan suygandim,
Quchogʻingda baxtni tuygandim,
Ilk bor sevib, ilk bor kuyganim
Sensizlikka koʻnikib qoldim…Yasemin✍?
Jahongir Yuldoshe
?***

3 months, 4 weeks ago

#…

***Goho yaqinlardan topmaysan taskin,
Bosh olib ketmoqqa topilmas tinch yer…
She’rni tushunmaslar bilmas-u lekin,
Ba’zan dalda berar ikki mirsa she’r…

Bitta doʻst qolmaydi insonlar aro,
Asta peshonangdan toʻkiladi ter…
Shunday payt joningga kiradi oro,
Ba’zan dalda berar ikki mirsa she’r…

Dardingni toʻkasan asta qogʻozga,
Ancha yengillaysan soʻng Ishonaver…
Hojat ham qolmaydi hatto ovozga,
Ba’zan dalda berar ikki mirsa she’r…

Shoirni mensimay yurganlar talay,
Bitta she’r yozolsang gar koʻksingni ker…
Ularda sotqin doʻst boʻlmas har qalay,
Ularning chin doʻsti ikki misra she’r…Yasemi✍?
Jahongir Yuldoshev
?***

3 months, 4 weeks ago

***Bir bevafo sevgisi sabab,
Ishonch hissi butkul oʻlarkan…
Muhabbatim bir senga atab,
Ishonmasam yaxshi boʻlarkan…

Gumonlarga koʻmilib mutloq,
Shubxa qilsam koʻngling toʻlarkan…
Men ishonib qoʻyibman biroq,
Ishonmasam yaxshi boʻlarkan…

Xiyonatga uchrasang gohi,
Doʻst-u, dushman zimdan kularkan…
Sen ham ular kabisan chogʻi,
Ishonmasam yaxshi boʻlarkan…**✍?Yasemin
?*Jahongir Yuldoshev

4 months ago

Xudoyimga solib qoyaver??
Manzilinga tezroq yetasan?
Ko’rmaganga olib ketaver?
Ko’rmagandek bo’lib ketasan???

?Jahongir Yuldoshev

We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 2 months ago

🔔 Reklama: @Edurekadmin


Ta'limda nima yangiliklar?

O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!

© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!

📩 @Edu_murojaatBot

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 1 month ago