Turg'unali Shermatov|Rasmiy blog

Description
Ish va shaxsiy hayotimdagi tajribalarni bo'lishaman.
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 5 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago

2 months, 1 week ago

Рўза тутасан, кечалари туриб намоз ўқийсан, Аллоҳни зикр қиласан, садақалар берасан, инсонларга ёрдам қиласан, уёқдан буёққа югуриб яхшилик қиласан ва бир кун битта одам келади, бир грамм ҳам ҳаракат қилмай, чарчамай, ҳамма савобларингни олиб кетади... Балки ҳеч ҳам ёқтирмаган бир инсонинг олиб кетади бу савобларингни. Ғийбат мана шундай нарсадир!

2 months, 3 weeks ago

Istalgan tilni tez va samarali o'rganish uchun quyidagi strategiyalarni qo‘llashingiz mumkin:

  1. Ma’lum bir maqsad qo'yish: O'zingiz uchun aniq va o‘lchanadigan maqsadlarni belgilab oling. Masalan, bir oy ichida 500 ta yangi so‘z o‘rganish yoki ma'lum bir mavzuda suxbatlashishni o'rganish.

  2. Tilga sho'ng'ish (Immersion): O‘rganayotgan tilda imkon qadar ko‘p materiallardan foydalaning. Bunga filmlar, seriallar, radioeshittirishlar, podkastlar va kitoblar kiradi. Tilga muntazam ta’sir qilish tilni tezroq o‘rganishga yordam beradi.

  3. Amaliyot va muntazamlik: Har kuni oz bo'lsa-da, muntazam ravishda tilni o'rganishga vaqt ajrating. Biror bir mashqni har kuni takrorlash, o‘rganilgan materialni yaxshi eslab qolishga yordam beradi.

  4. Suhbat qilish: Tilni o'rganishda uni amaliyot qilish juda muhim. Agar tilni o'rganadigan sherik topa olsangiz, ular bilan muntazam ravishda suhbatlashib turing. Shuningdek, onlayn suhbat platformalari va til almashish ilovalaridan ham foydalanishingiz mumkin.

  5. Flashcards va mobil ilovalar: Anki yoki Quizlet kabi ilovalardan foydalanib, yangi so‘zlarni eslab qolishga harakat qiling. Flashcards so‘z boyligini oshirishda juda samarali vosita hisoblanadi.

  6. Grammatikani oddiy qiling: Til grammatikasini birvarakayiga o‘rganishga urinmang. Eng ko‘p ishlatiladigan qoidalarni o‘zlashtirib, keyin murakkab qoidalarga o‘ting.

  7. Tilni kundalik hayotga qo‘llash: Tilni o‘rganish davomida uni kundalik hayotingizga qo‘llashga harakat qiling. Masalan, o‘rganayotgan tilda xarid qilish ro‘yxatini tuzish yoki kunlik jadvalingizni shu tilda yozib borish mumkin.

  8. O‘z ishtiyoqingizni saqlash: Til o‘rganishda ba’zida charchash tabiiy. O‘zingizga qiziqarli mavzular topib, shu mavzularda til o‘rganing. Qiziqish va ishtiyoq, tilni o‘rganishda sizni motivatsiyaga ega qilishga yordam beradi.

Bu strategiyalarni qo‘llab, siz tilni tezroq va samarali o‘rganishingiz mumkin. Yana bir narsa, sabr-toqatli bo'lish ham juda muhim, chunki til o'rganish uzoq muddatli jarayondir.

By: ChatGPT
@Turgunali_Shermatov

9 months, 1 week ago

Manfaatsiz bilim

Ilmdagi barakani yo'q qiluvchi omillardan biri - kimdandir o'zib ketish uchun, yoki kimgadir nimanidir isbotlab qo'yish uchun o'rganishdir.
Agarda siz shu yo'lda ketayotkan ekansiz hech qachon biror ilmni puxta, yaxshi o'rgana olmaysiz.

Til o'rganish masalasiga kelsak, hech qachon sertifikat uchun o'qimang.

Sertifikat bu shunchaki qogʻoz, uni yoqib yuborsangiz endi u yoʻq, lekin chinakam shu tilga mehr berib undan manfaat olish uchun o'rganilgan til esa doim mavjud bo'lib qolaveradi.

Tilni yaxshi bilgan inson shundoq ham shu sertifikatlarni bemalol kerakli balni olib chiqa oladi.

Juda koʻp CEFR yoki IELTS sertifikatlari bor o'quvchilarni yaxshi bilaman, real hayotdagi oddiy narsalarni ham shu tilda gapirib bera olmaydi,

Agar kundalik foydanalishda erkin ishlatila olmasa, biror chet davlatda erkin yuradigan darajada boʻlmasa, korgan filmlarini, eshitkan maruzalarini, o'qigan kitoblarini tushunmasdan faqat test qolipini yodlanib amallab sertifikat olinsa,

Nega kerak bu til ?!
Iltimos ongli ravishda bilim oling!

@Turgunali_Shermatov

9 months, 3 weeks ago

Talaba psixologiyasidan.

Nafs itin qilsang zabun olamda yo‘q sendek shujo.

Hazrat Alisher Navoiy.

Biz talabalar odatda Harvard, Oxford, Al-Azhar, Qohira kabi nufuzli oliygohlarda o‘qishni orzu qilamiz.

Qani edi bir muddat shu kabi universitetlarda tahsil ko‘rsam deymiz.

Lekin, Harvardda atigi 3-4 ta fan o‘qitilsada, talaba bitta ma'ruzaga 300-500 bet kitob o‘qib borishi haqida o‘ylab ham ko‘rmaymiz.

Talabalar kuniga 15 soatlab dars qilishi haqida faqat eshitib qo‘yamiz.

Azhar imtihonlarida pashsha uchsa emas, nafas olsa bilinadigan atmosfera bo‘lishi haqidachi?

Harvard, Oxfordda kim o‘qiydi? Bizga o‘xshagan talabalar yoki borsak biz.

Demak, bormasak bizda Azhar yo‘q, Harvard yo‘q.

Ammo, bizda Oxfordsiz o‘zi o‘qishi mumkin bo‘lgan o‘zimiz bor.

Bir ustozim: "Istagan joyga, istagan o‘qituvchiga bor. Baribir o‘zingni o‘qitadi, o‘zingni ishlatadi" - degandilar. Darhaqiqat...

Bizda Oxford yo‘qdir, Qohira yo‘qdir. Biroq, Massachusets talabasidek bosib o‘qishga nima monelik qiladi?

Shunday dargohlarda o‘qish haqida o‘ylar ekanmanku-ya, unda nega ustoz boshimni ko‘tarishga vaqt qoldirmagudek vazifa bersalar, bajargim kelmaydi?

Ba'zida doooood deb yuboraman. Axir da'vo ulug‘, Harvardning ta'mini totish emasmidi?

Havoyi nafsning maslahati bilan tesha tegmagan bahonalar to‘qiladi. Demak, bizdagi bu xohish shunchaki havas.

Qup-quruq gap yoki o‘qimaslikni maksimal darajada oqlash uchun to‘qib chiqarilgan jimjimador argument.

Maqsadi faqat o‘qish bo‘lgan talaba uchun qancha vazifa berilsa kam.

Tajriba shuni tasdiqlaydiki, vazifa ko‘pligidan nolib, darsni yomonlab, gapirib yuradigan talaba biron marta to‘liq dars qilmaydi.

Lekin, nolishda davom etadi.

Maqsadi o‘qish bo‘lgan inson uchun dars qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha kam.

Ba'zida niyyat jiddiy, ko‘z qo‘rqoqlik qilishi mumkin.

Ko‘zning qo‘rqoqligi qo‘lning botirligigacha emasmi?

(C) arabictadriys

10 months, 2 weeks ago

Собит ибн Қурро раҳимаҳуллоҳ дедилар:

«Тана роҳати таом озлигида. Руҳ роҳати гуноҳ озлигида. Тил роҳати гап озлигида».

? Ибнул Қоййим «Задул Маъад» (4/186).

11 months ago

Qiymatiga nisbatan eng arzon narsa - Kitob!

11 months, 1 week ago

Rejalash

Kunni rejalab boshlashning yaxshi tarafi shuki, vaqtingizni nimani qilsam ekan deb o'ylab, yoki umuman boshlolmay yurmaysiz. Osongina ishni boshlaysiz va tez tez bajarasiz.

Rejalashni eng yaxshi yo'li uni yon daftaringizga yozib borishingizdir.
Telegramda ham buni yozib borsa bo'ladi lekin turli xil sabablar bilan keraksiz narslarga chalg'ib yana qolib ketishingiz mumkin.

Rejalashning yana bir yaxshi payti har kuni uyqidan oldin ertangi kun uchun tayyor qilib yozib qoyishdir.

Rejalash tartibiga kelsak, qilinadigan ishlarni ro'yxatini ahamiyati jihatidan muhimroq ishlardan boshlab yozib chiqing! Shunda har kuni mayda, siz qilmasangiz ham bo'laveradigan ishlar bilan kun o'tib ketmaydi.

Muhim oʻzingiz uchun kerakli ishlarni bajarishga odatlanasiz.

@Turgunali_shermatov

11 months, 1 week ago

Bittaga ham gapirardingiz

Ko’chada turibsiz. Gapirishni boshladingiz. Yigirmata odam kelib eshitishni boshladi. Xursand bo’lasiz.

Yuzta bo’lib ketsa hayajon bosadi. Ikki yuzta bo’lsa nega shuncha odam eshitayotganiga hayron qolasiz.

Bittaga ham, yuztaga ham gapirishga bir xil vaqt ketadi. Foydasi karrasiga farq qiladi.

Blog boshlang. Bu ham ko’pchlikka gapirishga o’xshaydi.

Odam kam deb siqilmang. Ko’chada ikki yuztaga hayronmiz, onlaynda beparvomiz. Har bir kuzatuvchini ko’chada eshitib turgan odamdek tasavvur qiling.

Bittadan ko’p bo’lsa yutuqdasiz. Bittaga ham gapirardingiz.

O’zi boshida obunachini umuman o’ylamang.

Blog yurgazishda obunachisi kamlar yutqazmaydi. Blogi yo’qlar yutqazadi.

@azizrakhimov_blog

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 5 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago