Фотограф | Сардорбек Орифов

Description
-Тарихчи талаба

- Фарғона шаҳридаги Президент мактаби матбуот ва медиа хизмати раҳбари ҳ.в

- 2020-2022-Ўзбекистон ёшлар иттифоқи Фарғона вилояти Кенгаши матбуот ва медиа хизмати раҳбари

👨‍💻 @press_fergana
We recommend to visit

Унча-Мунча - Кун ботгунча...

Видеоларни жўнатиш ва бошқа мавзулар бўйича:
@UM24BOT

Реклама бўйича:
@newline24

.

Last updated 1 week, 2 days ago

Ва ниҳоят ўша машхур МАНОЛИ СЎЗЛАР Расмий саҳифасидасиз!

Admin: @omadli_adminjon

Reklama: https://t.me/rek_info/1338

Сиз тўғри манзилдасиз бизни танлаб адашмадингиз ?

"Каналга қўшилиш" тугмасини устига босинг ?

Last updated 1 year ago

📚Расулуллоҳ ﷺ дедилар:
«Албатта, Аллоҳ суратларингизга ва молу дунёларингизга қарамайди. Лекин қалбларингизга  ва  амалларингизга қарайди»
✍(Имом Муслим ривояти)

Reklama! @RekIama_beriish

Last updated 1 month ago

1 month, 1 week ago
**Vasiliy Yan** (*Yancheveskiy; 1874/1875—1954*) mo‘g‘ul bosqini …

Vasiliy Yan (Yancheveskiy; 1874/1875—1954) mo‘g‘ul bosqini tarixiga bag‘ishlangan va «Chingizxon», «Botu», «So‘nggi dengizgacha» tarixiy romanlaridan iborat trilogiyasi, Jaloliddin Manguberdi hayoti haqida «Jasorat qanotida», shuningdek juda ko‘p tarixiy asarlar muallifi. Adibning asarlari dunyoning juda ko‘p tillariga tarjima qilingan. Peterburg universitetining tarix va filologiya fakultetida tahsil olgan. Universitetdan keyin ikki yil Rossiya bo‘ylab sayohat qiladi va bir yil Londonda yashab, Britaniya muzeyidagi qadimiy hujjatlarni o‘rganadi. O‘sha davrdan boshlab Sharq xalqlari tarixini chuqur o‘rganishga kirishgan. Shu maqsadda 1901 yili Rossiya imperiyasining Asxobod (hozirgi Ashgabat) istehkomida xizmat qila boshlaydi. Osiyo bo‘ylab bir necha ekspedisiyalarda qatnashgan. 1902 yili Xivaga borgan va xon qabulida bo‘lgan. 1906—1907 yillari Toshkentda, 1925—1927 yillari Samarqanda yashagan. Birinchi jahon urushi paytida bir guruh adiblar va olimlar qatorida Toshkentga ko‘chirilgan.

1 month, 1 week ago
**Archa oddiy daraxt emas, yonadigan daraxt …

Archa oddiy daraxt emas, yonadigan daraxt () 🌚

P/s: yangi yilni sovg'asi bu ta'til bo'lsa kerak

1 month, 2 weeks ago

*...Rozidil qilgan o'shal on ko'zlaringga termilib,
Lola yanglig' la'l olib yongan yuzim yodingda tut.

Ne jafo hajringda chekdi bir g'arib qovdek kuyib,
O'zgamas kuygan ko'zim, kuygan o'zim, yodingda tut.

E, G'ulom, bilsam agarki sidqu ishqing zarrasin,
Oʻlganimda ketmagay ochiq ko'zim, yodingda tut..*.

Yodimdasan, Hayotim, yodimda! Hamisha, har dam, har lahza...

Tanda jonim bor ekan, yodimdasan, yonimdasan!
Yod nechuk, e dilbarim, jonimdasan, qonimdasan!
Dermu hech bu xasta dil oh-u figʻondin o'zgasin,
E, Hayotim, to abad har lahza, har onimdasan!..

P/s: "Farg'ona tong otguncha" 2-qism yakunlandi. Afsus romanning 3-qismi bizga qadar yetib kelmagan yoki yozilsada yo'q qilingan bu bo'yicha hech qanday aniq ma'lumot topolmadim. Roman faqat sevgi qissasi emas, roman chinakamiga zulmdan aziyat chekkan, ma'rifat uchun kurashgan, katta-yu kichik amaldorlarning zo'g'imidan aziyat chekkan xalqimiz hayotini hikoya qiladi. Hukumat boshqaruvidagi noinsof qozilar, qo'shtirnoq ichidagi din peshvolari, ko'rib bila turib xalq uchun jon kuydirmagan la'nati korchalonlar roman mazmunini yanada ochib bergan. Zamonaviy ta'lim uchun jon tikkan, o'z yori vasli uchun butun umr aziyat chekkan G'ulomjon, erk va ozodlik, hurlik nima ekani, ayollar ta'lim, huquqi nima ekanini bilmagan Hayotxonlar hayoti oynadek aks topgan. Dilshodning To'tisi, Hamidaxon va Jamilaning ayanchli taqdiri kitobxon uchun bir og'riqlik uyg'otadi. Xalqning necha bor ozodlik uchun kurashlari besamar ketgani esa yanada o'yga toldiradi.

1 month, 2 weeks ago
**Ruslarda maqolga o'xshagan bir gap bor, …

Ruslarda maqolga o'xshagan bir gap bor, Jamoliddin aka.

Xo'sh, xo'sh?

"При желании всё возможно", deyishadi.

Ya'ni? "Ya'ni, xohish bo'lsa, hamma narsaning iloji topiladi", degani.

Ip uchini uzunroq tashlab o'ylab qaralganda, do'stlik - samovarda yo hujrada ulfatchilik qilishdan iborat emas. Buning o'ziga yarasha sharti, og'ir yuki bor. Odamlarni bir-birlariga yaqin qiladigan, do'st qiladigan bir kuch borki, uning oti maslakdoshlik! Do'sti uchun zahar ichiradigan narsa ham shu maslakdoshlik!

P/s: "Farg'ona tong otguncha" 2-qism, juda ham qiziqarli ijtimoiy hayot.

1 month, 2 weeks ago

⚡️Farg‘ona shahridagi Prezident maktabida “Konstitutsiya – yangi davr, yangi bosqichlar asosi!” shiori ostida tadbir o‘tkazildi.

P/s: robototexnika qurilmalari orqali bayram tabrigi

1 month, 3 weeks ago
*"Yor, seni izlab o'shal borgan kezim …

"Yor, seni izlab o'shal borgan kezim yodingda tut,
Ko'zdagi yoshlar bilan bergan so'zim yodingda tut,
Rozidil qilgan o'shal on ko'zlaringga termulib,
Lola yanglig' la'l olib yongan yuzim yodingda tut.
Ne jafo hajringda chekdi bir g'arib qovdek kuyib,
O'zgarmas kuygan ko'zim, kuygan o'zim, yodingda tut.
E G'ulom, bilsam agarki sidq-u ishqing zarrasin,
O'lganimda ketmagay ochiq ko'zim yodingda tut...

P/s: "Farg'ona tong otguncha" kitobining 1-qismi yakunlandi, deyarli 557 varaq har sahifada bir qiynoq va ozorladi dilni. Aytaylik "O'tkan kunlar"dan kam qiyin bo'lmadi ruhiy og'riq. Ham muhabbat qissasi, ham siyqasi chiqqan ta'lim, odamlarning berahim va vijdonsizligi, ilmsiz qatlamning hukmdorlikga ega kimsalar tomonidan ezilishi ancha diydamni ezdi. Vaqt qilib alohida yozaman. Hozircha G'ulomning ayanchli taqdiri yetib turibdi)

1 month, 3 weeks ago
*"Bir qiyo boqdim ilindim to'tining zanjiriga,

"Bir qiyo boqdim ilindim to'tining zanjiriga,
Hech iloj topolmadim, Parvardigor taqdiriga,
Taqdiriga o't tushib kuysa nima, yonsa nima?!
Ikki oshiq bir bo'lib murodga yetsa nima!.."

Mirzakalon Ismoiliy - "Farg'ona tong otguncha" romani

1 month, 3 weeks ago
Фотограф | Сардорбек Орифов
1 month, 4 weeks ago
**Otamiz kitob yuzini tomosha qildi.

Otamiz kitob yuzini tomosha qildi.
Kitob yuzida ulkan mushuk cho‘nqayib o‘tirdi. «Kitob ana shu mushuk haqidadir-ov...» deya o‘yladi.

Kitobni qaytib berdi.
Turdi-turdi, o‘ylab qoldi. Chindan-da kitob olib borsa bo‘lmaydimi? Xushvaqt katta bo‘lsa o‘qiydida!..

Otamiz eshitgan-bilgan kitoblarini bir-bir yodga oldi.
-Shu, Kumushbibidan bormi - dedi.
- Qanaqa Kumush?
- Haligi, marg‘ilonlik Kumushbibi.
- Yozuvchimi?
- E, yo‘g‘-ye, haligi... Otabekning qaylig‘ichi?
- Ha-a, «O‘tgan kunlar» deng.. Bor, bor.
- Shundan ber, Kumushbibidan ber.
Qiz kitobni topib keldi.
- Otabek kerak emasmi?- deya jilmaydi.
Kumushbibi qayerda bo‘lsa, Otabek-da shu yerda bo‘ladi-da.

Otamiz do‘kondan choyxonata yo‘l oldi.
Ikki kilo qovurilgan baliq oldi. Yarmini o‘zi tushlik qildi. Yarmini qog‘ozga o‘rab, xurjunga soldi.

- Ayolimizga, - dedi o‘zicha.

📖Tog'ay Murodning "Oydinda yurgan odamlar" hikoyasidan parcha

We recommend to visit

Унча-Мунча - Кун ботгунча...

Видеоларни жўнатиш ва бошқа мавзулар бўйича:
@UM24BOT

Реклама бўйича:
@newline24

.

Last updated 1 week, 2 days ago

Ва ниҳоят ўша машхур МАНОЛИ СЎЗЛАР Расмий саҳифасидасиз!

Admin: @omadli_adminjon

Reklama: https://t.me/rek_info/1338

Сиз тўғри манзилдасиз бизни танлаб адашмадингиз ?

"Каналга қўшилиш" тугмасини устига босинг ?

Last updated 1 year ago

📚Расулуллоҳ ﷺ дедилар:
«Албатта, Аллоҳ суратларингизга ва молу дунёларингизга қарамайди. Лекин қалбларингизга  ва  амалларингизга қарайди»
✍(Имом Муслим ривояти)

Reklama! @RekIama_beriish

Last updated 1 month ago