Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 3 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago
Яхшидир, ёмондир кўксимда ғамлар,
Орангизда мен ҳам борман, одамлар.
Мен ҳам безовтаман, мен ҳам йиғлайман,
Ўчмасайди, дейман қалбдаги шамлар.
NAVOIYNI ANGLASH
Tarix, degani bu — jang-jadal emas,
So‘zdir u , so‘zlarda aks etgan ma’no.
Balki turkiyni ham birov til demas,
Navoiy nazmidan tuymasa navo.
Uyg‘oq shuur bilan xayolga tolsak,
Navoiy va iymon — egiz tushuncha.
Shoirga biz qancha yaqin borolsak,
Xudoga yaqinlab borurmiz shuncha.
El g‘amin o‘ylagan bari bir o‘lmas,
Uni kutar doim taqdir alomat.
Bu teran nolalar hech qachon so‘lmas,
Ko‘ngilni avaylab-asrar salomat.
«Ey, Navoiy», deya chorlar o‘zini
Muhabbat yo‘liga, mehr yo‘liga.
«Ey, Navoiy» — jahon ochar ko‘zini,
Tilla tushgan kabi gadoy qo‘liga.
«Ey, Navoiy» — quyosh tushar samodan,
Ketar poy-piyoda ufqlar oralab.
Yurak entikadi toza havodan,
Metin dardlarini tilka-poralab.
Avlod-avlodlarga hamisha yor u,
Turli xalqlar aro raso qaddimiz.
«So‘zimni eshit», — deb bizlarga zor u,
«Biz ham zor», — deyishga bormi haddimiz?
Shukur Qurbon
QUSHCHA
Qushcha in quradi daraxtga nuqul,
Shamol buzib tashlar uni beshafqat.
Qushcha in quradi daraxtga har yil,
Uning qismatida har yil shu mehnat.
Qushcha chirqillaydi ogʻir va dardli,
Koʻksida olamcha orzu va toqat.
Daraxtga u inlar quraveradi,
Yoqur shamol esib tursa-da bu payt.
Hayotda koʻp bunday gʻussali taqdir,
Odatda ularga taskin berilar.
Unga achinmayman ammo negadir,
Negadir qushchani qutlagim kelar.
Shukur Qurbon 1971
BUGUN SENI KOʻRMASAM BOʻLMAS
Bugun seni koʻrishim kerak,
Bugungidek hech qachon toʻlmas
Hajringda qon qaqshagan yurak,
Bugun seni koʻrmasam boʻlmas.
Tutumi yoʻq bu ishq dunyosi
Koʻnglimizni bir pulga sotdi.
Tutumi yoʻq bu ishq dunyosi
Oʻrtamizda togʻlar yaratdi.
Togʻlar baland... bu endi sirmas,
Koʻksimizdan hayot sipqorar.
Hayqiramiz, aks-sado bermas,
Hayqiramiz, yutib yuborar.
Ayriliqning bu manzarasin
Hayratdaman koʻz bilan koʻrib.
Dardlarimning asli-sarasin
Angladim-ku oʻlmasdan turib.
Yuragimda armonimday sir,
Oʻzga kimni chorlayman, kimni?
Endi senga bari bir, axir,
Aytay, axir, sevganligimni.
Behudadir oʻtgan yoshliging,
Menga boʻlgan bagʻritoshliging,
Yuragimga quloq solmasang,
Sevganligim anglay olmasang...
Bugun seni koʻrishim kerak,
Bugungidek hech qachon toʻlmas.
Hajringda qon qaqshagan yurak,
Bugun seni koʻrmasam boʻlmas.
Shukur Qurbon 1977
Farzandiga kitob olib bermagan odam
Farzandni baxt-iqbolini koʻrmagan odam.
Oʻzining-da kelajagin oʻz qoʻllari-la
Avlodlari koʻz oʻngida zoʻrlagan odam.
Shukur Qurbon 2010
Hikoyani o‘qib, buyuk shoir Matnazar Abdulhakimning "Darsdan so‘ng" nomli she'ri voqealari ko‘z oldimga keldi. Ikkalasining ham yakuni juda o‘xshash. Huzunli hikoya ekan. Sizga ham ilindim
https://telegra.ph/AJRON-11-09
Telegraph
АЙРОН
Қишлоқдан станциягача чўзилган йўл эриган қорлар туфайли тизза бўйи лой эди. Икки найза бўйи кўтарилган қуёш ҳали далаларни қоплаган қорлар устида жимирлар ва кўзни қамаштирадиган даражада порлар, бироқ йўлдаги лойқа кўлмакларга тушганида кўримсиз рангга…
Yana keldim bag‘ringga, ey tog‘,
Ey pokiza, ey yuksak panoh!
Ifloslik-u tubanliklardan
Qochib keldim, keldim banogoh!..
Yana keldim bag‘ringga, ey tog‘!
Nafasingdan simirsam, to‘ysam,
Qo‘shiq aytsam, toshlar tinglasa!.. Cho‘qqilardan yiqilib o‘lsam,
O‘lganimni hech kim bilmasa!..
Qo‘shiq aytsam, toshlar tinglasa!..
Yana keldim bag‘ringga, ey tog‘!..
Shukur Qurbon
ЙИҒЛАЁТГАН ҚИЗ
Бу оғир боғ ичра оғир қадамлар
Ташлаб кетаётган оғиргина қиз,
Дунё кўзларингдан дунё аламлар
Томчилар, ҳар бири бир улкан юлдуз.
Томчилар кўзингдан норасидалик,
Сўзга айланмаган ёниш томчилар.
Бешафқат дийдорми оғир жудолик,
Йўқотиш томчилар, топиш томчилар.
Йўқ, сени алдаган, биров алдаган,
У сени севгандир, йўқ, йўқ, севмаган.
Кўксингга чиройли ўқлар қадаган,
Бировлар алдаган, биров алдаган.
Томчилар кўксингдан келаётган куз,
Оғулар томчилар, гуллар томчилар.
Яқин хотиралар… идрок фаромуш,
Виждонингни ўйиб урар томчилар.
Виждонсиз номусли ниқобин қўймас,
Виждоннинг ҳар дами руҳий изтироб.
Виждонсиз хатосиз кунлардан тўймас,
Виждон бу хатодан улғайган азоб.
Сени юпатмоққа журъат йўқ менда,
Сен менинг кечмишим, умрим бўлаги.
Фақат мен қайғулар тиларман сенга,
Каттакон қувончнинг унсиз ўланин!
Алданмоқ тиларман сенга кўп марта,
Алданмоқ – дунёга назар, англамоқ.
Алданмоқ – кўзёши қилмоқ, йўқ, артмоқ,
Алданмоқ – курашга отланмоқ демак.
Йиғламоқ тиларман, қайнаб йиғлагин,
Тишларингни секин қайраб йиғлагин!
Ўнта мард ўғлонинг бўлгунча йиғла!
Юзта мард ўғлонинг бўлгунча йиғла!
Мингта мард ўғлонинг бўлгунча йиғла!
Паймонанг тўлгунча, тўйгунча йиғла!
Улар лаззатхўрлар, қароқчилардир,
Умрлари узун, соб бўлмас, эсиз!
Бу дунё – аслида алдоқчилардир!
Бу дунё – аслида йиғлаётган қиз!
Мен сенга қўшилиб йиғлай олмасман,
Фақат бош эгаман қайғунгга сўзсиз.
Мен сенга талпиниб, асло толмасман,
Мен сени севаман, йиғлаётган қиз.
Йўлдош Эшбек
CHORLASH
Egri-bugri, qing‘ir-qiyshiq harflar ila
Sen ilk bora yozding, o‘g‘lim, «Vatan» so‘zini.
Qo‘lingdagi qalam ochdi ilk bor ko‘zini,
Qog‘oz ochdi...
Sen ham, yetar, ko‘zlaringni och,
Yuraginga ko‘chir uni rostlab, avaylab,
Yurakdagi vatan so‘zi — umriy ehtiyoj.
Shukur Qurbon 1982
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 3 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago