Buni bilasizmi

Description
Olam va odam haqidagi siz bilgan va bilmagan
Qiziqarli voqealar,
Foydali maʼlumotlar,
Faktlar,
va barchasi haqida ...
We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 4 months ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 3 weeks, 3 days ago

SENATOR RASMIY KANALI.✅??

- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm

? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket

Last updated 1 year, 6 months ago

2 months, 1 week ago
**Ko'pgina zamonaviy kitoblarning sahifalari oksidlanish natijasida …

Ko'pgina zamonaviy kitoblarning sahifalari oksidlanish natijasida vaqt o'tib jigar rang bo'lib qoladi.

2 months, 1 week ago
Olimlarning aniqlashicha, yoqimtoy hayvonlarni tomosha qilish …

Olimlarning aniqlashicha, yoqimtoy hayvonlarni tomosha qilish stress darajasini 2 barobar kamaytiradi

@bilasizmi5

2 months, 1 week ago
Birlashgan Arab Amirliklarida bunday narsalarni mahalliy …

Birlashgan Arab Amirliklarida bunday narsalarni mahalliy cho‘lda tez-tez uchratishingiz mumkin. Ha, bu oddiy rozetkalar, ular cho‘lda ekskursiyalar paytida jihozlarni zaryad qilish uchun ishlatiladi.

@bilasizmi5

3 months, 2 weeks ago

Kanalimiz sizlarga ma'qul bo'lyabdimi? Do'stlaringizga tavsiya qiling!
@bilasizmi5

3 months, 2 weeks ago

Туя шўр сувни хам ичаверади. Хатто ўлик денгизнинг сувини хам ичиши мумкин. Унинг босими кўтарилмайди. Чунки туянинг буйраги сувни филтрлаб туздан ажратади ва ичишга яроқли ширин сувга айлантиради.
        Туя тиканларни хам еяверади. Ошқозон, ичакларига зарар етмайди. Чунки унинг сўлаги худди кислотадек тиканларни эритиб юборади.Агар сахрода яшовчиларнинг қўл ёки оёқларига тикан кирса, туянинг сўлагини суртишади. Сўлак тиканни эритиб юборади.
       Туянинг кўзида иккита қовоқ бор. Бири юпқа - шаффоф, иккинчиси қалин, гўштдан иборат. Сахрода қум бўрони бошланса, шаффоф қовоғини ёпиб, юришда давом этаверади.
       Туя тана хароратини хам ўзгартира олади. Агар совуқ ерда бўлса, хароратини кўтаради. Жазирама иссиқ сахрода бўлса, танасидаги хароратни пасайтиради.
    "Улар туянинг қандай яралганига назар солмайдиларми? "
                                                                              (Ғошия сураси, 17-оят).

@bilasizmi5

3 months, 2 weeks ago

Ot ichadigan joyda suv iching. Ot hech qachon yomon suv ichmaydi.
To'shakni mushuk yotadigan joyga qo'ying.
Chuvalchang tekkan mevani yeng.
Ilon isinadigan joyga uy quring.
Issiqda qushlar uya qiladigan joyga quduq qazing.
Tez-tez suzing - quruqlikda o'zingizni suvdagi baliq kabi his qilasiz

@bilasizmi5

3 months, 3 weeks ago

Burgut o‘z farzandlariga qanday qilib ota tanlaydi?

Bu jarayon judayam hayratlanarli kechadi. U daraxt yoki biror butadan kichik shoxcha sindirib oladi, uni tumshug‘ida tutgancha balandga ko‘tariladi va tumshug‘idagi shoxcha bilan aylana boshlaydi. Atrofida nar burgutlar yig‘ilib parvoz etadi. Shu payt u tumshug‘idagi shoxchani tushirib yuboradi va kuzatadi. Burgutlardan biri shoxchani tutib olib, ohistalik bilan unga olib kelib topshiradi. U esa shoxchani olib, uni yana tashlab yuboradi. Burgut  yana tutib oladi, yana unga qaytaradi. U esa yana tashlab yuboradi... Va bu holat juda ham ko‘p marta takrorlanadi. Agar nar burgut ma'lum muddat davomida va bir necha marta tushirib yuborilgan shoxchani har safar tutib keltirib bersa, burgut o‘sha nar burgutni tanlaydi va ular birga yashay boshlaydi.
Xo‘sh, ushbu harakatlarda qanday ma'no yashirin? Buni ularning keyingi hayotidan tushunib olasiz...

Ular birgalikda tog‘ cho‘qqisiga ko‘tariladi, mustahkam o‘simlik poyalaridan in quradi va ikkala burgut ham tanasidan o‘z tumshug‘i bilan patlarini yulib, inlarini to‘ldiradi, barcha teshiklarni yopib, uyani yumshoq va shinam makonga aylantiradi. Ona burgut bu yerga tuxum qo‘yadi va ikkalasi polapon burgutchalar dunyoga kelishini kuta boshlaydi. Burgutchalar tuxumdan chiqqach(ular juda kichkina, zaif va yalang‘och holatda bo‘ladi), ota-onasi ularni to biroz quvvatga kirgunicha parvarishlaydi. Qanotlari bilan yomg‘irdan, quyosh nurlaridan asraydi, ularga suv, ozuqa tashiydi, va burgutchalar asta katta bo‘lib boradi. Ularning patlari o‘sib, qanotlari va dumlari baquvvatlashadi. Hali biroz kichik bo‘lsa-da, ularni pat qoplaydi. Shu payt ota va ona burgut vaqt kelganini anglaydi...
Ota burgut uya chetiga qo‘nib olib, inni qanotlari, tumshug‘i bilan urib silkitadi. Qiziq, nima uchun? Chunki, u uyadan hamma pat va puxni tushirib yuborishi,  boshida o‘zlari shox-shabbadan yasagan skeletnigina qoldirishi kerak. Polaponlar esa, ushbu qattiq, noqulay uyada o‘tirishar ekan, nima bo‘layotganini tushunishmaydi ham: axir ota-onalari ularga juda g‘amxo‘r va mehribon edi-ku. Bu orada ona burgut qaerdandir kichik bir baliqchani tutib kelib, atayin polaponlari ko‘rib turishi uchun, uyadan, chamasi, besh metr uzoqlikka qo‘nib olib,  uni asta maydalab yeya boshlaydi.  Polaponlar uyada turib chug‘urlab, o‘zicha shikoyat qilib baqira boshlaydi. Axir, ilgari bunday emasdi-ku...   Ota-onasi ularga yemish berardi, suv berardi. Endi esa hammasi tamom bo‘ldi: inlari qattiq va noqulay, ota-onasi esa ularga ozuqa ham bermayapti.
Nima qilish kerak? Axir och qolishdi-ku. Indan chiqishga harakat qilish kerakmikin? 
Shunday qilib, polaponlar asta harakatga kela boshlaydi va ilgari hech qachon urinib ham ko‘rmagan harakatlarni bajaradi. Agar ota-onalari ularni erkalatishda davom etaverishsa, ular keyinroq ham harakat qilishga jur'at qilmagan bo‘larmidi... 
Polaponlar uyalaridan sudralib chiqa boshlaydi. Oh, mana, kichikkina polapon tushib ketmoqda, axir uya tog‘ chetida, noqulay xarsanglar orasida joylashgan-ku. Polapon avval silliq xarsang uzra biroz sirg‘alib, keyin jarlikka tomon qulaydi. Va shu payt, qachonlardir ona burgut uloqtirgan shoxchalarni tutib keltirgan ota burgut yordamga shoshadi. U o‘zini katta tezlikda pastga otib yelkasiga polaponchasini qo‘ndirib qaytadi.
Bu hol bir necha marta takrorlanadi. Polapon noqulay uya va silliq xarsangdan pastga tomon qulayveradi, ota burgut uni tutib kelaveradi.
Burgutlarning birorta polaponi ushbu jarayonda halok bo‘lmas ekan.
Va, axiyri, qulashlarning qaysi biridadir polapon burgutcha harakat qila boshlaydi. U o‘z qanotlarini yoyib, shamol yordamida parvoz qila boshlaydi. Shu tarzda burgutlar polaponlarini uchishga o‘rgatishadi. Keyin esa, ularni o‘zlari bilan birga olib, ozuqa topishni o‘rgatishadi.

@bilasizmi5

3 months, 3 weeks ago

Qadimgi yunonlar tish og‘rig‘ini yolg‘onchilik oqibati deb bilishgan.

@bilasizmi5

3 months, 4 weeks ago

Dunyodagi gazetalarning deyarli yarmi AQSh va Kanadada chop etiladi.

@bilasizmi5

4 months ago

Obuna bo'lib qo'ying ?

https://t.me/+eNdogMKZ8-w0YmEy

We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 4 months ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 3 weeks, 3 days ago

SENATOR RASMIY KANALI.✅??

- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm

? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket

Last updated 1 year, 6 months ago