Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 4 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 months, 3 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 6 months ago
🟡Ijtimoiy tarmoqlarda "Bog‘chada bola kaltaklanishi oqibatida oyog‘i sindi" sarlavhasi ostida tarqalgan video yuzasidan
❗️Mazkur holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi.
✅Aniqlanishicha, joriy yilning 22 yanvar kuni Toshkent shahar Sergeli tumanida joylashgan maktabgacha ta’lim muasasasining tarbiyachi yordamchisi Y.M (1997 yilda tug‘ilgan, ayol) go‘yoki xarxasha qilayotgan bolani tinchlantirish maqsadida S.A ni (2023 yilda tug‘ilgan o‘g‘il bola) boshiga urib, so‘ng qo‘pol harakatda uni ko‘tarib boshqa xonaga olib chiqayotganda qoqilib yiqilgan, natijada bolaning chap oyog‘i singan.
🚨Bolaning ota-onasiga bog‘cha ma’muriyati tomonidan o‘g‘li o‘zi yiqilib oyog‘i singanligi va Sergeli tuman tibbiyot birlashmasiga olib kelinganligi
to‘g‘risida xabar berilgan. Bolaga "chap oyoq son suyugi singanligi" tashxisi qo‘yilgan.
Shundan so‘ng ota-ona bog‘cha ma’muriyatidan kuzatuv kameralar yozuvlarini ko‘rsatishni talab qilgan.
⌛Hozirda Sergeli tumani IIB FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
⚠️Bu borada qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
ℹ️Xabaringiz bor, 2025 yil - "Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot" yilida amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturi va uni tasdiqlash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihalari ishlab chiqilib, keng jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
📌"Xavfsiz va tinchliksevar davlat" tamoyiliga tayanib, Davlat dasturida ko‘zda tutilgan vazifalarni izchil amalga oshirish hamda bola manfaatlariga ustunlik beradigan mustahkam va barqaror jamiyat shakllantirish yuzasidan Bolalar ombudsmani tomonidan ham fikr-mulohazalar bildirilib, Davlat dasturi loyihasi jamoaviy tarzda muhokama qilindi.
✅Bunday umumxalq muhokamasi jarayoni har bir yurtdoshimizga o‘z salohiyatini rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarni yaratish borasida o‘z mustaqil pozitsiyasini faol bildirish imkonini beradi.
⚠️*Eslatib o‘tamiz, 2025 yilgi Davlat dasturi loyihasi muhokamasi 22-yanvarga qadar davom etadi.
👉 www.uzbekistan2030.uz 👈
❗️*Muhokamada faol ishtirok etib, o‘z fikr va takliflaringizni qoldiring!
?Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilariga ilonlar bilan tomosha uyushtirilganligi holati
Bolalar ombudsmani tomonidan o‘rganilmoqda.
✍️Mazkur holat joriy yilning 16-yanvar kuni Toshkent viloyati Piskent tumanida joylashgan 7-sonli MTM da bo‘lib, bunda muassasa ma’muriyati tomonidan mazkur tomoshada bolalarning xayoti va sog‘lig‘i xavfsizligi ta’minlanmaganligi aniqlangan.
?Jumladan, sirk tomoshasi Olmaliq shahar xususiy korxona tasarrufidagi xavaskorlik sirk jamoasi tomonidan uyushtirilgan.
✅Ma’lum bo‘lishicha, o‘quv yili boshida mazkur xususiy korxona rahbari H.E. tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga tuman ta’lim muassasalarida sirk tomoshalarini o‘tkazish bo‘yicha murojaat kiritgan bo‘lib, mas’ullar tomonidan ommaviy tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha belgilangan talablarga zid ravishda ruxsat berilgan.
⚠️Sirk namoyishi dasturida yovvoyi hayvonlar bilan sahna ko‘rinishlari ko‘zda tutilmagan bo‘lsa-da, bolalar uchun xavfli tarzda 2 ta O‘rta Osiyo kobralari bilan tomoshalar o‘tkazilgan.
?Hozirda holat yuzasidan tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
⚠️Bu borada qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
?Ijtimoiy tarmoqlarda bolalarga zaharli ilonlar bilan tomosha ko‘rsatilganligi aks etgan video tarqalganligi yuzasidan
❗️Holat bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi.✍️Videoda maktabgacha talim muassasasida tarbiyalanuvchilarga hozirda noyob, Qizil kitobga kiritilgan O‘rta Osiyo kobralari bilan tomosha uyushtirilganligi va bunda bog‘cha ma’muriyati tomonidan bolalarning hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfsizlik choralari ta’minlanmaganligi aks etgan.
?Hozirda Ichki ishlar organlari tomonidan mazkur holat qachon va qayerda sodir bo‘lganligini aniqlash choralari ko‘rilmoqda, buning natijasida vaziyatga huquqiy baho berish masalasi hal etiladi.
✅Bu borada qo‘shimcha ma’lumot beriladi.Telegram|Facebook|Instagram
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 4 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 months, 3 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 6 months ago