Advokat Dilshodbek Kenjaboyev

Description
"BUSINESS LAWYERS GROUP" advokatlik firmasi advokatining shaxsiy blok kanali

Murojaat uchun @advokat_dilshodbek ga yozing.
Advertising
We recommend to visit

? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?

⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT

ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅

? Elon va Garant: @TonyYT

? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER

Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???

https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy

??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️

©️ SENATOR PUBGM

Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️

? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.


? Reklama: @Xojisaid

5 months ago

https://telegra.ph/Sizdan-tushuntirish-xati-olishmoqchi-yoki-sizni-soroq-qilishmoqchi-Bunday-holatda-nimalarga-etibor-berish-kerak-06-25

Telegraph

Sizdan tushuntirish xati olishmoqchi yoki sizni so'roq qilishmoqchi. Bunday holatda nimalarga e'tibor berish kerak?

Oldingi mavzuyimizda sizni organ xodimi chaqirganda qanday harakat qilish kerakligi to'g'risida suhbatlashgandik. Unda bitta holatni e'tibordan chetda qoldiribmiz. Har qanday organga borganingizda o'zingiz bilan albatta shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatingizni…

5 months, 3 weeks ago

Huquqiy IQ. 1-son.

Sizni "organ" xodimi chaqirmoqda. Bunday vaziyatda qanday harakat qilish kerak?

"Organ" deganda aholi tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshirishchi davlat organlarini nazarda tutishadi. Tergovga qadar tekshiruv organlari doirasi kengroq, shuning uchun asosan surishitiruv va dastlabki tergov organlari tushinilib, bular ichki ishlar organlari (aholi tilida "ROVD"), Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departementi (aholi tilida Departament), prokuratura va DXX tergov boshqarmasi va bo'limlari hisoblanadi.

Hayotda ko'ramizki, bu organlardan kimgadir "tez yetib keling" degan telefon bo'lsa, yoshi katta, oliy ma'lumotli, o'qimishli insonlar ham hayajonlanib, o'zini yo'qotib, nima qilishini bilmay qoladi. Xo'sh, bu organlar sizni chaqirsa qanday harakat qilish kerak?

Hozirgi beradigan tavsiyalarimiz sizga juda oddiydek tuyulishi mumkin, lekin ularga amal qilsangiz albatta samarasini sezasiz.

Avvalo, o'zi telefon orqali chaqirish mumkinmi? O'zbekiston Respublikasi Jinoyat-protessual kodeksining 97-moddasiga asosan organga chaqiruv qog‘ozi bilan chaqiriladi. Chaqiruv qog‘ozi pochta orqali jo‘natiladi yoki chopar orqali topshiriladi. Chaqiruv telefonogramma, telegramma, radiogramma bilan yoki telefaks orqali ham bo‘lishi mumkin. Chaqiruv qog‘ozida shaxs kim sifatida, qaysi manzilga va kimning huzuriga chaqirilayotganligi, qaysi kunda va qaysi soatga kelishi kerakligi, shuningdek uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmay qolgan taqdirda qanday oqibatlar ro‘y berishi ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. Biroq bu qoida qachonki jinoyat ishi qo'zg'atilgan bo'lsa ya'ni shaxs guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi maqomida bo'lsagina qo'llaniladi.

Lekin qonunchilik tergovga qadar tekshiruv o'tkazilayotganda shaxsni qanday chaqirish tartibini belgilab bermagan. Tergovga qadar tekshiruv degani bu, jinoyat haqida xabar kelib tushgan, bu xabar tekshirilayotgan va hali jinoyat ishi qo'zg'atish to'g'risida qaror qabul qilinmagan jarayon.

Shuning uchun amaliyotda organ xodimlari tergovga qadar tekshiruv vaqtida bemalol telefon orqali fuqarolarni chaqirmoqda. Jinoyat ishi qo'zg'atilganidan keyin ham garchi qonunda bunga ruxsat berilmagan bo'lsada, telefon orqali chaqirish holatlari uchrab turibdi. Balki, qonunni o'zgartirib zamon talabidan, rivojlanishdan kelib chiqqan holda telefon orqali chaqirishga qonunan ruxsat berish vaqti kelgandir.

Xo'sh, telefon orqali chaqirildingiz. Nimalarga e'tibor berish kerak? Avvalo, tinch, bemalol gaplasha oladigan sharoitga o'tish kerak, rulda bo'lsangiz chetda to'xtab, shovqinli joyda bo'lsangiz tinchroq joyga o'tib, masalan. Keyingi asosiy masala yozib olishga imkoniyat bo'lsin, bloknot va ruchka, juda bo'lmasa telefonning o'ziga. Agar telefoningizda so'zlashuvlarni yozish imkoniyati bo'lsa u ham yaxshi.

Organ xodimi bilan muloqotda hayajonlanmasdan, ular ham siz-u biz kabi shu davlat fuqarosi ekanligini, shu davlatdan oylik olib ishlayotganligini unutmasdan muomala qilish kerak. Albatta, xushmuomala bo'lish kerak, qo'pollik qilish, asabiylashib baqir-chaqir qilish kerak emas.

Aslida qonunchilik bo'yicha ham, o'sha organlarning odob-axloq qoidalari bo'yicha ham xodim fuqaro bilan muloqotda o'zini tanishtirishi, lavozimini aytishi, shaxsga "siz" deb murojaat qilishi kerak. Biroq, afsuski hayotda bu normalarning buzilish holatlari uchrab turibdi.

Xodim bilan muloqotda albatta xushmuomalalik bilan so'rab quyidagi ma'lumotlarni aniqlashtiring va yozib oling:

Xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi, ya'ni qayerda kim bo'lib ishlashi. Ba'zi xodimlar faqat ismini yoki faqat familiyasini aytadi, aytganda ham juda tez aytadiki, siz ilg'amay qolasiz. Lekin siz hammasini aniqlashtiring, sababi shu organda aynan shu ismdagi yoki familiyadagi bir necha xodimlar ishlashi mumkin. Lavozim esa, tezkor vakil (aholi tilida "Oper"), surishtiruvchi, tergovchi, yoki profilaktika inspektori kabilar bo'lishi mumkin.

1 year, 1 month ago

Assalomu alaykum!
Advokatlik faoliyatimdagi tajribalar, advokatlarni qiynayotgan muammolar, qonunchilikdagi bo'shliqlar, umuman, yuridik sohadagi dolzarb masalalar bo'yicha fikrlarimni "BUSINESS LAWYERS GROUP" advokatlik firmasining ijtimoiy tarmoqlaridan tashqari mana shu shaxsiy kanalda ham berib borishga qaror qildik. Kanalga obuna bo'ling, ulashing va O'zbekistonda qonuniylik va adolat ustuvorligi ta'minlanishiga hissangizni qo'shing.

We recommend to visit

? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?

⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT

ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅

? Elon va Garant: @TonyYT

? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER

Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???

https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy

??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️

©️ SENATOR PUBGM

Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️

? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.


? Reklama: @Xojisaid