Yakka Xon

Description
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated hace 2 meses

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated hace 3 meses, 3 semanas

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated hace 1 año, 8 meses

1 month, 3 weeks ago
1 month, 4 weeks ago

30-MAVZU: JAVOBI O’ZIDA
#õrtacha

10. Real Madridga uni 2014-yilda Ramos 94 daqiqada taqdim etgan desak ham bo'ladi. Qolgani esa ertaknamo. Uni yozib bering.

20. Uning eng mashhur mahsulotlari qatorida Titanik, Avatar, Muzlik davri, Yulduzlar jangi, Muzeydagi tun kabilarni aytish mumkin. Uning tashkil topgan vaqti nomidan ma’lum. U nima?

30. 2020-yil avgust oyida "Mening fikrim" jamoaviy murojaatlar portalida X ni doimiy saqlab qolish haqida petitsiya joylashtirildi. X oila baxti dabdabada emasligini isbotlay oldi. X ni bir necha so'zda yozib bering

40. Bu so'z yunonchada kanikul degani, siz o'zbekchasini bitta so'zda ayting

50. Biz uning aversida Ulis Grantni ko’rishimiz mumkin?

Javoblarni kommentda qoldiring

*👉Manba:* @Yakka_Xon

1 month, 4 weeks ago

29-MAVZU: "SHAVKAT"LAR
#õrtacha

10. 2023 yil 5-may kuni FIFA prezidenti Unga 24 raqamli futbolkani taqdim etdi. Kimga?

20. O'zining aytishicha, uning uyida xonadan xonaga o'tish uchun velosipeddan, zinani o'rniga esa eskolatordan foydalanishar ekan. U kim?

30. Surxondaryoda tug'ilgan ushbu yigit UFCda yarim o'rta vazn reytingida 3-o'rinni egallab turibdi. U kim?

40. Uning aytishicha, Jinoyatlar ko'p-u, jinoyatchi yo'q. Kimga tegishli gap?

50. Hokim buva bundan avval 2018-2023-yillarda UzAvtoMotors kompaniyasi boshqaruv raisi bo'lgan. Gap kim haqida ketmoqda?

Javoblarni kommentda qoldiring

*👉Manba:* @Yakka_Xon

7 months, 1 week ago

25-MAVZU: TAXALLUSNI TOPING
#õrtacha

10. “Qutlug’ qon” “Navoiy”, “Quyosh qoraymas” asarlarini eslaganimizda albatta bu ijodkor hayolimizga kelishi shubhasiz.

J: Oybek

20. Asl ismi Semyuel Lengxorn Klemens bo’lgan bu buyuk amerikalik yozuvchi, satirachi, jurnalist va maʼruzachi eng yaxshi va eng sevimli yozuvchilardan biri hisoblanadi.

J: Mark Tven

30. Bizga “Shinelli yillar”, “Oltin zanglamas” kabi noyob romanlar ulashgan G’ulom Alimovning taxallusini ayting.

J: Shuhrat

40. Shoir va dramaturg bo’lgan Rahmatilla Otaqo’ziyevning taxallusi garchi ism-sharifiga hamohang bo’lmasa-da, biz uchun ko’plab she’riy xazina qoldirgan deb aytish mumkin.

J: Uyg’un

50. Asl ism-sahrifi Mishmashriq Yunusov bo’lgan bu ijodkor shoir, tilshunos va folklorshunos bo’lgan. 1898-yil Bo’stonliqning Xumson qishlog’ida tug’ilgan. 1939-yil Magadanda vafot etgan.

J: Elbek

*?Manba:* @Yakka_Xon

7 months, 1 week ago

24-MAVZU: XORIJIY FILMLARDAN MASHHUR IQTIBOSLAR
#õrtacha

10. “Men unga u rad qila olmaydigan taklif beraman!”

J: “Cho’qintirgan ota”
Vito Karleone

20. “Onam doim takrorlardi: “Hayot shokolad qutisiga o'xshaydi. Sen nimaga ega bo'lishingni hech qachon bilolmaysan””

J: “Forest Gump”
Forest Gump

30. “Ba’zilar shunchaki erib ketishga munosib.”

J: “Frozen” (Muzyurak)
Olaf

40. “Musibat payti gullagan gul barchasidan eng noyobi va eng chiroylisidir”

J: “Mulan”
Mulan

50. “Men omon qolishni istamayman! Men yashashni istayman!”

J: “12 yil qullikda”
Solomon Nortap

*?Manba:* @Yakka_Xon

7 months, 2 weeks ago

24-MAVZU: INITSIAL A- A-
#õrtacha

10. Bu savolni eng birinchiga qo’yish barcha tomonlama eng to’grisi bo’ladi. Eskimoslarning Inuit qabilasi bu so’zlarni aytish o’rniga bir-birlari bilan burun urushtirishadi.

J: Assalomu alaykum

20. Bu buyuk rus shoirasi 1889-yil tug’ilgan bo’lib, 1965-yil “Nobel” mukofoti laureati bo’lgan.

J: Anna Axmatova

30. Bu poytaxt shaharning o’zbekcha tarjimasi “qaynoq mineral suv favvorasi” deb tarjima qilinadi.

J: Addis Abeba

40. Amerikaning Las-Vegas shahrida tug’ilgan bu taniqli sportchi 1995-yil 10-aprel sanasida o’z sport turi bo’yicha 1-raqamli deb e’lon qilindi.

J: Andre Agassi

50. 1974-yil Italiyaning Vinchenza shahrida tug’ilgan bu aktrisa “Qo’lingdan kelsa tutib ol”, “Iyun qo’ng’izi”, “Katta ko’zlar”, “Shubha” kabi filmlardagi rollari bilan mashhur

J: Amy Adams

*?Manba:* @Yakka_Xon

7 months, 3 weeks ago

24-MAVZU: MATRITSADA -SAI-
#õrtacha

10. “Yo’qotganlarim va topganlarim” asari aynan ushbu yozuvchi qalamiga mansub

J: Said Ahmad

20. Ingliz tilida “avliyo” so’zini mavzuga moslab ayting.

J: Saint

30. Amerikaning bu tashkilotiga 1961-yil 3-noyabr sanasida asos solingan bo’lib, shiori “Amerika xalqidan” deb nomlanadi va asosan xalqaro yordam va rivojlanish dasturlari bilan ishlaydi.

J: USAID

40. 1929-yilda tug’ilgan bu rus aktrisasi nafaqat o’zining rollari balki KGB agenti bo’lgani bilan ham mashhur.

J: Larisa Ivanovna Krobberg

50. Yaponlardagi bu so’z “shovqinli”, “baland”, “asabni buzadigan”, shuningdek, “Ovozingni o’chir” ma’nolaridan ham ishlatishi mumkin.

J: Urusai

*?Manba:* @Yakka_Xon

7 months, 4 weeks ago

MA'LUMOT
MAVZU: TURLI XOHADAGI "BIRINCHI" O'ZBEK AYOLLARI

1. Birinchi o'zbek parlament rahbari ayoli - Yodgora Nasriddinova 2. Birinchi o'zbek huquq fanlari doktori - ayol sudya - Xadicha Sulaymonova; 3. Birinchi o'zbek aktrisasi - Tursunoy Saidazimova;
4. Birinchi o'zbek ayol rejissor - Nelya Ataullayeva
5. Birinchi o'zbek baleytmesteri - Tamaraxonim
6. Birinchi o'zbek raqqosasi - Nurxon Yo'ldoshxo'jayeva
7. Birinchi o'zbek ayol dirijyori - L.Sultanova 8. Birinchi o'zbek ayol kimyogar olimasi - Zarifa Saidnosirova
9. Birinchi o'zbek mashinist ayoli - Bashorat Miryoqubova
10. Birinchi parashyutdan sakragan o'zbek ayoli - Bashorat Miryoqubova
11. Birinchi o'zbek jurnalist ayoli - Sobira Xoldorova
12. Birinchi o'zbek publitsist ayoli - Nozimaxonim
13. Birinchi ayol shikofor - Zulfiya Umidova

Manba: ?@Yakka_Xon

7 months, 4 weeks ago

MA'LUMOT
MAVZU: "BIRINCHI" O'ZBEKLAR

1. Birinchi O'zbekiston rahbari - Fayzulla Xo'jayev
2. Birinchi o'zbek professori - Abdurauf Fitrat; 3. Birinchi o'zbek advokati - Ubaydulla Asadullaxo'jayev 4. Birinchi o'zbek kosmonavti - Solijon Sharipov
5. Birinchi o'zbek uchuvchisi - Abdusamat Toymetov 6. Birinchi o'zbek generali - Jo'rabek (XIX asr 60-yillarida Kitob shahri hokimi) 7. Birinchi o'zbek "Sovet qarahmoni" - Qo'chqor Turdiyev
8. Birinchi o'zbek marshali - Abdurahmon Do'stum 9. Birinchi o'zbek millioner - Mirkomil Mirmo'minboyev 10. Birinchi o'zbek olimpiada chempioni - Muhammadqodir Abdullayev
11. Birinchi o'zbek fotosuratchisi - Xudaybergan Devonov 12. Birinchi o'zbek opera ijrosi - Muxtor Ashrafiy 13. Birinchi o'zbek arxeologi - Yaxyo G'ulomov

Manba: ?@Yakka_Xon

8 months, 1 week ago

23-MAVZU: KASBLAR
#õrtacha

10. Siz unga o’zingizga tegishli narsani berasiz. Olgani uchun haq ham to’laysiz. Qaysi kasb?

J: Sartarosh

20. 2040-yilarga kelib bu kasb vakillariga nisbatan kamayib, kasb yo’qolib ketadi. Sabab avtomatik boshqariluvchi mashinalar ustida katta ishlar olib borilmoqda.
Qaysi kasb?

J: Taksichi

30. Angliyada qirolicha Viktoriya davrida ALFA degan kasb bor edi. Bu lavozimga 10 yoshdan 15 yoshgacha bo'lgan yosh o'g'il bolalar va keksa yoshdagi, ammo sog'lom odamlar qabul qilindi. Ularning vazifasi sayr qilishga qaror qilgan yuqori martabali shaxslar oldida yo'lni tozalash edi.
ALFA o’rnida qanday kasb mavjud?

J: supuruvchi

40. 2028 yilda Google og’zaki nutqni aniq tarjima qilish vositasini ishlab chiqaradi, shu bilan ushbu kasb vakillariga zarurat qolmaydi.
Qaysi kasb?

J: Tarjimon

50. Bir kasb egalari borki umri davomida ko'pchilik insonlarga ''uy''qurib berishadi,lekin o'zlariga o'sha ''uy'' kerak bo'lganda boshqa bir hamkasblaridan yordam so'rashadi. Diqqat savol; ''uy'' so'zini boshqa so'z bilan almashtiring va bu kasb egasini toping.

J: Go’rkov

*?Manba:* @Yakka_Xon

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated hace 2 meses

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated hace 3 meses, 3 semanas

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated hace 1 año, 8 meses