Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago
***Milliy tarixni milliy ruh bilan yaratish kerak. Aks holda uning tarbiyaviy ta’siri bo‘lmaydi. Biz yoshlarimizni tarixdan saboq olish, xulosa chiqarishga o‘rgatishimiz, ularni tarix ilmi, tarixiy tafakkur bilan qurollantirishimiz zarur.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti
✍ Shavkat Miromonovich Mirziyoyev***
https://t.me/Lider_rahbarlar
**14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni!
Bugun har birimiz kun kundan rivojlanib borayotgan, jahonda о‘z о‘rni va aytar sо‘ziga ega, global muammolarga yechim taklif eta oladigan davlatning fuqorosi ekanlimizni his etib, bundan g‘ururlanib yashamoqdamiz.
Darhaqiqat, bunday о‘zgarishlar Muhtaram Yurtboshimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlarning samarasidir.
Ayni paytda barcha sohalarda bo‘lgani kabi Qurolli Kuchlarimizning ham jangovar salohiyati yuksalib, uning saflarida xizmat qilish tom ma’noda sharafli kasbga aylandi.
Aslini olganda, Vatanni sevish, uning taraqqiyotiga xizmat qilish har birimizning insoniy burchimizdir.
Shu ma’noda, Vatan himoyachilari kuni bayrami bilan o‘z xizmat vazifasini sharaf bilan bajarayotgan mard va jasur harbiylarimizni, shuningdek, o‘z faoliyati bilan Vatanimiz rivojiga hissa qo‘shayotgan har bir yurtdoshimizni chin yurakdan samimiy muborakbod etaman!
Ehtirom ila,
Nodirbek Sayfullayev,
О‘zbekiston davlat san’at
va madaniyat instituti
rektori, professor**
Yurtimizning barcha mard va jasur oʻgʻlonlariga, har bir sohaning asl fidokor, jonkuyar er yigitlariga ushbu kun muborak boʻlsin!
Hurmat va ehtirom ila, Barno Ravshanova.
O‘zbekning
Ursangiz tog‘ talqon bo‘lar,
Vijdoningiz vulqon bo‘lar,
Yurtga joni qalqon bo‘lar,
O‘g‘lonlari bor, o‘zbekning!
Qo‘rg‘on bo‘lib sarhadiga,
Sodiq bo‘lib o‘z ahdiga,
Tinchlik uchun el baxtiga,
Posbonlari bor, o‘zbekning!
Shu zaminning nonin yegan,
Kurash tushib ko‘ksin kergan,
Pahlavon er, Rustam degan,
Dostonlari bor, o‘zbekning!
Ajdodlari jasur o‘tgan,
Avlodiga g‘urur tutgan,
Temur nomin dilga bitgan,
Turonlari bor, o‘zbekning!
Misralari qalam yo‘ygan,
Yurakda ishq, mehr tuygan,
Navoiyga ihlos qo‘ygan,
She’rhonlari bor, o‘zbekning!
Men – o‘zbekning o‘g‘liman der,
Yov og‘ziga tishlatib yer,
O‘ktam, jasur, bahodir, sher,
Mardonlari bor, o‘zbekning!
Haqqi uchun turmaydi tek,
Boshi osmon, ko‘kragi kek,
Erki qo‘lda, o‘ziga bek,
Sultonlari bor, o‘zbekning!
Davrada o‘z savlati bor,
O‘z mehnati, davlati bor,
Sharafli kasb, shavkati bor
Ham shonlari bor, o‘zbekning!
Barno Ravshanova
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Ўзбекистон Республикаси Қуролли Кучлари ташкил этилганининг 33 йиллиги ҳамда Ватан ҳимоячилари куни муносабати билан ҳарбий хизматчилар ва ҳуқуқни муҳофаза қилиш органлари ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида"ги Фармони
—
Указ Президента Республики Узбекистан "О награждении группы военнослужащих и сотрудников правоохранительных органов в связи с 33-летием Вооруженных Сил Республики Узбекистан и Днем защитников Родины"
"Сиз ҳар куни бирон бир нарсани ўзгартирмагунингизча ҳаётингизни ҳеч қачон ўзгартира олмайсиз. Муваффақиятнинг сири ҳар кунги ишларингизда бўлади ."
©Жон Максвелл
"Пулни тежаш учун реклама қилишни тўхтатиш, вақтни тежаш учун соатингизни тўхтатишга ўхшайди."
©Генри Форд
*?*?*?*?*?#eslatma ❗️*‼️O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti 2025-yil "Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot yili"ga bag'ishlangan ?"Yashil makonda - yashil iqtisodiyot" nomli videoroliklar tanlovini e'lon qiladi.
Tanlovda O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutida bakavriat, magistratura hamda doktorantura bosqichida tahsil olayotgan yoshlar ishtirok etishlari mumkin.
❗️Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo'yicha o'tkaziladi:
Eng yaxshi videorolik
Eng yaxshi kreativ g'oya
Eng yaxshi ssenariy
Eng ko'p tomoshabin e'tirofi
Eng yaxshi operatorlik ishi
Eng yaxshi rejissyorlik ishi
"Atrof-muhitni asrash va "yashil" iqtisodiyot yili" uchun
Tanlovga videroliklari 2025-yil 30-aprel kuniga qadar (shu kuni ham) Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limida qabul qilinadi.
G'oliblar institut rahbariyati tomonidan munosib taqdirlanadi.
Tanlov haqida qo'shimcha ma'lumot uchun quyidagi raqamlarga murojaat qilishiningiz mumkin:
+998 99 878 98 38
+998 97 265 16 61
+998 94 636 07 28**#Yashil_makonda_yashil_iqtisodiyot#videoroliklar_tanlovi#UzDSMI
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев қисқа муддатли меҳнат таътилини якунлади.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев завершил свой краткосрочный трудовой отпуск.
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago