? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?
⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT
ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅
? Elon va Garant: @TonyYT
? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER
Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️
©️ SENATOR PUBGM
Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️
? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.
? Reklama: @Xojisaid
"Mening chaman, zorimsan ayol!"
*Endi bildim, nega yurak oq,
Nega buncha shirin bu xayol!
Sen borsanki bu dunyo oppoq,
Mening chaman, zorimsan ayol!
Sen tufayli gullayman goʻyo,
Sen tufayli koʻrinmas roʻyo!
Gullamasang, gullamas dunyo,
Mening yoʻgʻu borimsan ayol!
Endi bildim, nega koʻnglim choq,
Nega buncha goʻzal hamma yoq!
Mayli qora, mayli boʻlgin oq,
Mening kengu torimsan ayol!
Sen dilimning gul rishtalari,
Sen tufayli kul, nishdalari!
Ey, uyimning farishtalari,
Mening koʻngil, torimsan ayol!
Koʻzimdagi gʻamimdirsan sen,
Boshimdagi shamimdirsan sen,
Koʻnglimda bir kamimdirsan sen,
Mening gʻurur, orimsan ayol!
Endi bildim, bu dunyo oppoq,
Buncha shirin ekan bu xayol!
Sen boʻlmasang gullarmidim oq,
Mening chaman, zorimsan ayol!*
"Bugundan boshqa kun bormikin, ey doʻst?!"
*Kimdir tosh qoʻyadi, kimdir yuladi,
Kimdir ketib borar, kimdir keladi,
Ertaga ne boʻlar, Xudo biladi,
Bugundan boshqa kun bormikin, ey doʻst?!
Gohida shon uchun yugurdik, yeldik,
Gohida non uchun yugurdik, yeldik,
Bir umr yugurib shu kunga keldik,
Bugundan boshqa kun bormikin, ey doʻst?!
Dunyoni toʻldirib yurgandik kecha,
Daryoni ortiga burgandik kecha,
Yiqilsak oʻzimiz turgandik kecha,
Bugundan boshqa kun bormikin, ey doʻst?!
Bugun koʻnglimni ol, koʻnglimni koʻtar,
Bilmayman ertaga bizni ne kutar,
Hammasi oʻtdi-ku, bugun ham oʻtar,
Bugundan boshqa kun bormikin, ey doʻst?!
Oʻtadi hammasi, gʻami, kulfati,
Bitib ham ketadi alam, gʻurbati,
Lekin kelarmikin yashash fursati,
Bugundan boshqa kun bormikin, ey doʻst?!
Kimlar kelgan dunyo, oʻtgan dunyo bu,
Bormasang qoʻlingdan tutgan dunyo bu,
Yuragingni yulib, yutgan dunyo bu,
Bugundan boshqa kun bormikin, ey doʻst?!
Bugun taʼzim qilgin, taʼzimlarim — ol,
Bugun koʻngil soʻra, koʻnglimga qoʻl sol,
Doʻst boʻlsang shu bugun sen yonimda qol,
Bugundan boshqa kun bormikin, ey doʻst?!
Kimdir tosh qoʻyadi, kimdir yuladi,
Kimdir ketib borar, kimdir keladi,
Ertaga ne boʻlar, Xudo biladi,
Bugundan boshqa kun bormikin, ey doʻst?!*
"Sen xato, men xato, bizlar xatomiz"
*Ufqqa choʻkmoqda quyosh jimgina,
Bugunga jimgina aytdik vidomiz.
Umrimiz oʻtmoqda beun, begina,
Sen oʻsha, men oʻsha, oʻsha xudomiz.
Sen ketgan yoʻllarda bu burd, bechora,
Sen ketgan yoʻllarda yondi atomiz.
Lekin topilmadi bizlarga chora,
Sen xato, men xato, bizlar xatomiz.
Men aytdim, qolganin oʻzing ayt roʻyo,
Sen kimsan, men kimman, nega adomiz.
Buncha hursand boʻldi bizsiz bu dunyo,
Sen vido, men vido, bizlar vidomiz.
Bilaman, yerdan ham bir kun ketamiz,
Nahot osmonlarda oʻchmas sadomiz.
Taqdirga tan bermay, aytgin netamiz,
Sen nido, men nido, bizlar nidomiz.
Ufqqa choʻkmoqda quyosh jimgina,
Jimgina koʻnglimga toʻlmoqda ziyo.
Sen ketding, men ketdim, ketdik ikkimiz,
Baribir oʻshanday turibti dunyo.*
"Bildingizmi yolgʻon dunyo bu"
*Bir pas toʻxtang endi odamlar,
Nimaga ham yetayotirsiz?!
Bir pasdan soʻng soʻnggi qadamlar,
Bir toʻxtamay ketayotirsiz.
Kecha qancha orzu bor edi,
Eh, qanchasi esdan ham chiqdi.
Yugurgunda dunyo yor edi,
Buyurganda doim kam chiqdi.
Nafas oling axir bir nafas,
Bitta kamni toʻldiray deysiz.
Siz ham qiling bir marta havas,
Boʻlmaganni boʻldiray deysiz.
Kimga bolu kimgadar zahar,
Tutgan dunyo keng boʻlmadi hech.
Hamon quyosh chiqar har sahar,
Lekin u ham teng boʻlmadi hech!
Dunyoning tosh bitiklarini,
Qogʻoz kaba yirtib boʻlmadi.
Paymonangiz toʻlsa-ku, toʻldi,
Lek koʻnglingiz hech ham toʻlmadi?!
Olislardan chorlaydi saslar,
Yoʻlingizni alamlar boshlab.
Koʻrganingiz boʻldi bekaslar,
Hatto u ham ketdilar tashlab.
Maymun kular oʻz ahvoliga,
Beparvodir hamon alamlar.
Siz dunyoni qoʻyib holiga,
Oʻzingizga yigʻlang, odamlar!
Ketyapsizmi, chalinmoqda zang,
Chalinmoqda soʻnggi qadamlar.
Ahvolingiz boʻlmasidan tang,
Tavba qilib qoʻying, odamlar?!
Chang, toʻzondan oshib ketayapsiz,
Koʻzingizda yoshmi, nima u?!
Oʻzingizdan toshib ketyapsiz,
Bildingizmi, yolgʻon dunyo bu?!*
"Eh, dunyo ishlari, dunyo ishlari"
*Bu dunyoda tanda jon ham el boʻlmagay,
Butun umrim oʻtti yelda, yel boʻlmagay.
Koʻzyoshlarim daryo boʻldi, sel boʻlmagay,
Eh dunyo ishlari, dunyo ishlari.
Eshiklarni oʻzim ochib, yopgan oʻzim,
Oʻzim izlab yoʻqotganim, topgan oʻzim.
Jon-jonimga botgan oʻzim, botgan oʻzim,
Eh, dunyo ishlari, dunyo ishlari.
Nolmayman, axir qancha damlar koʻrdim,
Qancha xamlar ketdi, qancha gʻamlar koʻrdim.
Ming yil qoʻshsam bir bor bitmas kamlar koʻrdim,
Eh, dunyo ishlari, dunyo ishlari.
Qancha koʻrdim, yaxshi boʻlib aytmas qancha,
Bir kuningni naqshi boʻlib aytmas qancha.
Qoʻl tutganda qoʻlingga qoʻl qaytmas qancha,
Eh, dunyo ishlari, dunyo ishlari.
Bu dunyoda qancha kuyik, somonlar bor,
Yaxshi qolib, yomon izlar tomonlar bor.
Oh, baribir qancha yaxshi zamonlar bor,
Eh, dunyo ishlari, dunyo ishlari.
Nega noliy, dunyoga bong urib tursam,
Yiqilsam ham oʻz oʻrnimdan turib tursam.
Yomonlardan yuzlarimni burub tursam,
Eh, dunyo ishlari, dunyo ishlari.*
"Mening dushmanim yoʻq oʻzimdan boshqa"
*Kimdir qoʻl tutadi, kim koʻtarar bosh,
Kimdir tosh otadi egilgan boshga.
Menga bu dunyoda Sen ham qarindosh,
Mening dushmanim yoʻq oʻzimdan boshqa!
Yuliblar yugurdik, shumidi hayot,
Qoʻl choʻzsang goh qoʻling yetmas-ku oshga.
O, menga qoʻlini niqtab turgan zot,
Mening dushmanim yoʻq oʻzimdan boshqa!
Kamlar-ku bitmadi, eh, kami-koʻstim,
Umr ham oʻtmoqda koʻz toʻlib yoshga.
Mening gʻiybatimni qilayotgan doʻstim,
Mening dushmanim yoʻq oʻzimdan boshqa!
Gohida oʻzingga kelarsan malol,
Gohida yigʻlaging kelar bir toshga.
Mening yiqilishim kutayotgan ayol,
Mening dushmanim yoʻq oʻzimdan boshqa!
Ey koʻngil, shumidi talpinganlaring,
Bir umr talpinib kirding shu yoshga.
Nahot yuz oʻgirar topinganlaring,
Mening dushmanim yoʻq oʻzimdan boshqa!
Kimdir qoʻl tutadi, kim koʻtarar bosh,
Kimdir tosh otadi bir mulzam boshga.
Menga bu dunyoda hamma qarindosh,
Mening dushmanim yoʻq oʻzimdan boshqa!*
Nahotki men senga baxtlar tilarman!
*Men seni topgandim, seni yoʻqotdim,
Nahot yozmoqdaman eng oxirgi xat!
Nahotki sensiz ham yana tong otdi,
Sen...
Baxtli boʻl faqat!
Qanoat soʻrayman, soʻrayman sabr,
Xudodan tilayman sen uchun toqat!
Dunyoga men uchun kelganding axir,
Sen...
Baxtli boʻl faqat!
Menga quyosh eding, eding yulduzim,
Sen tomon talpinib yashardim faqat!
Men sensiz dunyoda qoldim bir oʻzim,
Sen...
Baxtli boʻl faqat!
Bu dunyo ustidan qah-qah kularman,
Garchand yuragimda alamlar qat-qat!
Nahotki men senga baxtlar tilarman,
Sen...
Baxtli boʻl faqat!*
"Nima qilay, kuyib ketyapman".
*Nima qilay, kuyib ketyapman,
Yuragim ham ezilib ketdi.
Axir uning yoʻqligi bugun,
Juda qattiq sezilib ketdi.
Ey odamlar, kim bor, gapiring,
Ovuntiring, ovunay men ham!
Nahot shuncha malolman, lolman,
Nahot yoʻqdir bir menga hamdam!
Xuvullaydi yuragim, boʻm-boʻsh,
Toʻlib ketdim qaygʻuday, gʻamday.
Yuragimni koʻksimga bosib,
Men yerlarda yashayman qanday?!
Umrimni boy berdim intizor,
Nima berding menga fasllar!
U dunyoga qoladi nahot,
Menga qolganida vasillar!
Oʻtib ketdi men kutgan yillar,
Oʻtib ketding hayu havolar.
Topolmayman bitta men, nahot,
Meni izlab yurgan savollar!
Nima qilay, kuyib ketyapman,
Yuragim ham ezilib ketdi.
Axir uning yoʻqligi, axir,
Bugun qattiq sezilib ketdi!*
"Yoʻling tushsa meni tashlab ket!."
*Seni desam, uygʻonar dilim,
Seni desam, dilim boʻlar yosh.
Men ortingdan "qayt" deb baqirdim,
Sen ortinga otib ketding tosh.
Sen-ku ketding, har kun ming bora,
Hayolimda yelaverding sen.
Tunlari ham gʻarib, bechora,
Tushlar boʻlib kelaverding sen.
Qaytib bergin koʻnglim zarini,
Topib bergin, deya oʻtindim.
Togʻdek koʻnglim siniqlarini,
Yopib bergin deya oʻtindim.
Topolmadim lekin bir chora,
Eslamay ham qoʻyding, ilgʻadim.
Lekin bugun eng soʻnggi bora,
"Men sevardim" deya yigʻladim.
Seni kutdim, bilmayman nega,
Ayt, yoʻqmidi menda gʻurur, bet?.
Lekin endi meni qaytib ber,
Yoʻling tushsa meni tashlab ket!.*
? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?
⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT
ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅
? Elon va Garant: @TonyYT
? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER
Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️
©️ SENATOR PUBGM
Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️
? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.
? Reklama: @Xojisaid