Фотимабегим Юлдошева

Description
Bugun mayli, bu dunyoning zori bolamiz ,
Bugun mayli , goh past, goh yuqori boʻlamiz.
Ertangi kun , in shaa Alloh bizniki boʻlar,
Ertaga biz , shu xalqning sha'n ori boʻlamiz.
Advertising
We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 1 month ago

🔔 Reklama: @Edurekadmin


Ta'limda nima yangiliklar?

O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!

© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!

📩 @Edu_murojaatBot

Last updated 1 month, 1 week ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 2 weeks, 2 days ago

1 year, 1 month ago
1 year, 1 month ago

Dada sizni Hoji qilaman ?**

Hammamizga nasib aylasin**https://t.me/Fotimabegim_Yoldosheva

1 year, 1 month ago
**Ona , seni taʼriflashga qalamim ojiz

**Ona , seni taʼriflashga qalamim ojiz
Beqiyos mehringni kuylayman yana
Bagʻringga bosh qoʻyib topaman taskin
Yurak tinch turolmas , pitirlab yana.

Talpinaman hamon sening bagʻringga,
Vujudimda mudhish sadolar qolgan.
Shu sadolar torin chertib birma- bir
Men seni kuylayman yana va yana.

Bir yaproq misoli , yanoqlaring ham
Har bahor yangidan gullaydi ona.
Xushboʻy iforlari taralib yerdan
Sening ostonangga keladi ona.

Mushtiparim oʻzing, gulg'uncham oʻzing
Falakda nur sochar yogʻduyim oʻzing.
Nozikkinam oʻzing, nozigim oʻzing,
Men seni kaftimda asrayin ona.

2022-yil 22-noyabr**

1 year, 1 month ago

**Uyga kelsam oʻtirar onam
Bir qoʻlda choy piyola bilan.
Bir bor parvo qilmabman men ham
Nodon farzand boʻldim, volidam.

Izlanibman topibman imkon
Chorasi yoʻq nedir dunyoda?
Farzand boʻlib yoningga bir bor
Kelolmadim kechir, ey ona!

Qoʻllaringni ushlayman sokin
Oralabdi sochlaringga oq.
Nafis husning mubtalo etib,
Yuzlaringga tushibdida dogʻ.

Keldim ,bugun yoningga ona,
Ko'ksingga bir boshim qoʻygani.
Olam qayg'ularin bir chetga surib,
Poyingda bir hovuch tuproq boʻlgani.

2022-yil 29-may**

1 year, 1 month ago

SENI ?LLOH QO'LLASIN

Do'sting sotib ketganda,
Boshing g'amga botganda,
Taqdir azob berganda,
Seni ?lloh qo'llasin.

Bandasin mehri bekor,
Shaytonning so'zi ????,
Hayot bersa ham zavol,
Seni ?lloh qo'llasin.

Mayli g'amni ko'rsang ham,
Hayotdan pand yesang ham,
Sinovlarda qolsang ham,
Seni ?lloh qo'llasin.

Tik boshingni egmagin,
Qaddingni hech bukmagin,
Nomard bilan yurmagin,
Seni ?lloh qo'llasin.

O'ylama bu kunlarni,
G'amgin o'tgan tunlarni,
Ma'nosiz ko'p yillarni,
Seni ?lloh qo'llasin.

2021-yil 17-aprel

1 year, 2 months ago
1 year, 2 months ago
**Nur ila ziyoga borayoturman

**Nur ila ziyoga borayoturman

Men ham bir ilmning eshigin ochib,
Nur ila ziyoga borayoturman...
Koʻngilning qirgʻogʻi toshqinday toshib,
Soylarda mavj urib, oqayotirman.

Men sari kel deydi , ishq oniy jilgʻa,
Baxtning bahorini kutayoturman.
Sokinlikda oqqan soylar shiviri,
Senga hayot berib oʻtayoturman...**https://t.me/Fotimabegim_Yoldosheva

1 year, 2 months ago
**Istadim

**Istadim

Bir matonat ichra olam,
Keng koʻlamlik istadim.
Xonimonim nolishidan,
Oh-u faryod istadim.

Xanjar urgan qalbimga tik,
Bagʻrim qondir azobdan.
Nolishimdan koʻnglim giryon,
Saf-sadosin istadim.

Chaman bogʻlar qolmish ajab,
Xazon bogʻga aylanib.
Xasta qalbing xasligidan,
Bir matoga bogʻlanib.

Chetlashsamda barchasidan,
Tuymasaydim azoblar...
Yetar koʻnglim murodiga,
Bir balolig' istadim.

Vaqtlar oʻtib boshingdan ham,
Bir kun quyosh moʻralar.
Sen kezgan bu ,xazon bogʻ ham,
Gullar bilan burkanar.

Shafaq qaytib , nazar bilan,
Koʻnglingga bir yuzlanar.
Quvonch ila yashamoqni,
Men hayotdan istadim.

Fazolarga qilay parvoz,
Agar gʻamlar tonsalar.
Yo rab, barcha sinovlardan.
Bir tasalli istadim.

Matonatni jasoratdan,
Parchalagan yuraklar.
Men ularni yana bir bor,
Tiklamoqni istadim.

Marhabodek murgʻak qalblar,
Mehrlarni koʻrsinlar.
Dilda tuygan tugʻyonlarni,
Bardoshlarga bogʻladim....

2020-yil 7-iyul
Muallif; Fotima Yoʻldosheva**https://t.me/Fotimabegim_Yoldosheva

1 year, 3 months ago

*?*Cho‘ntagi boy, ruhi qashshoq bo‘lgan insonlarning ahvollari juda jirkanch.

?Chunki ular, har narsaning narxini bilishadi, ammo qadrini bilishmaydi.

- Jaloliddin Rumiy

?**https://t.me/Fotimabegim_Yoldosheva?****

We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 1 month ago

🔔 Reklama: @Edurekadmin


Ta'limda nima yangiliklar?

O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!

© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!

📩 @Edu_murojaatBot

Last updated 1 month, 1 week ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 2 weeks, 2 days ago