Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 5 days, 23 hours ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 1 month, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 5 months ago
Kulgan boshqalardir, yigʻlagʻan menmen,
Oʻynagʻan boshqalar, ingragʻan menmen.
Erk ertaklarini eshitkan boshqa,
Qullik qoʻshigʻini tinglagʻon menmen.
Boshqada qanot bor, koʻkka uchadir,
Shoxlargʻa qoʻnadir, bogʻda yayraydir.
Soʻzlari sadafdek, tovushi naydek
Kuyini har yerda elga sayraydir.
Menda-da qanot bor, lekin bogʻlangʻon…
Bogʻ yoʻqdir, shox yoʻqdir, qalin devor bor.
Soʻzlari sadafdek, tovushi naydek.
Kuyim bor. Uni-da devorlar tinglar…
Erkin boshqalardir, qamalgʻon menmen,
Hayvon qatorida sanalgʻon menmen.
Choʻlpon
Ulashing 👉 @AbduraufFitrat
Фарёдим дунёнинг борлиғин бўғсин!
Умиднинг энг сўнгги иплари узсин!
Ғазабдан титраган ёш бир йигитнинг
Тоғдек сийнасига ўтлар ўрнашмиш,
Тоғларда эрк учун юрган кийикнинг
Қора кўзларига мотамлар кирмиш.
Дарёлар, тўлқинлар титраркан, бир эр
Зарбалар қаҳридан йиқилмиш қолмиш.
Қутқариш юлдузи йўқликка кирмиш,
Сенинг сўнг жонингни ёвларинг олмиш.
Мармара йўллари, Эдирна йўли,
Чаталжа кенглиги, Бўғоз торлиги,
Карпат баландлиги, Траблус чўли,
Гўзал Селаникнинг ширин боғлари.
Шаҳидлар юзига томгучи нурлар,
Қонлар йиғлатди-ку, бизни бу хабар.
Берлин кўчалари йигитнинг бирин
Тўп-тўлиқ ғалвалар қўйнига олди.
Тифлис ҳаволари бир нажот эрин
Қора қонга бўяб ерларга солди.
Тарихнинг рангини кўп қонлар билан
Қорартган, толдурган, бироқ Балжувон
Энг сўнгги умидни қонга бўяган
Оҳ, қандай уғурсиз замонлар келган.
Фарёдим дунёнинг борлиғин бўғсин!
Қоп-қора бахтимга шайтонлар кулсин!
Абдулҳамид Сулаймон ўғли Чўлпон.
SHUNCHAKI MA'LUMOT UCHUN
O'SHA MASHXUR TARIXIY IBORALARNING LOTINCHA YOZILISHI VA TRANSKRIPSIYASI
1.ALEA JACTA EST lot. [alea yakta est] — «qur’a tashlandi» (Yuliy Syezarning Rubikon daryosini kechib o‘tishdan oldin aytgan iborasi ).
2.ARS LONGA, VITA BREV1S lot. [ars longa, vita brevis] — san’at barhayotdir, umr esa qisqa.
3. AVE, CAESAR, MORITURI TE SALUTANT lot. [ave, Sezar, morituri te salutant] — «Salom, Sezar, o‘limga boruvchilar seni olqishlaydilar» (Rim gladiatorlarining jang oldidan imperatorga murojaati).
4.COGITO, ERGO SUM lot. [kogito, ergo sum] — «men fikrlayapman, demak men tirikman» ( fransuz faylasufi Dekartning so‘zlari, 1596—1650).
5.DE MORTUIS AUT BENE, AUT NIHIL lot. [de mortuis aut bene, aut nixil] — marhumlar to‘g‘risida faqat yaxshi gapirish zarur yoki hech narsa demaslik kerak.
6.DIVIDE ET IMPERA lot. [divide et impera] — «bo‘lib tashla va hukmronlik qil».
7.EPPUR SI MUOVE! ital. [eppur si muove] — «u baribir aylanadi!» (Galiley inkvizisiya sudida N. Kopernikning geliosentrizm to‘g‘risidagi ta’limotidan voz kechganligini e’tirof etganidan so‘ng shunday degan, deb tahmin qilinadi).
8.GUTTA CAVAT LAPIDEM lot. [gutta kavat lapidem] — «Suv tomchisi toshni kemiradi” (Rim shoiri Ovidiy. Mil avv. 43 – milodiy 18 yy).
9.HOMO H0MINI LUPUS EST lot.[xomo xomini lupus est] - «odam odamga bo‘ri» (Qadimgi Rim komediografi Tit Plavt.Mil avv.III asrning o‘rtalari-mil avv.184 y).
10.HOMO LOCUM ORNAT NON HOMINIS LOCUM- [xomo lokum ornat, non xominis lokum]- joy insonning emas, inson joyning ko‘rkidir.
11.LITTERA SCRIPTA MANET lot. [littera skripta manet] —aynan «yozilgan xarf qoladi»; ma’nosi: xatga tushding, o‘tga tushding.
12.MANUS MANUM LAVAT lot. [manus manum lavat] — «qo‘l qo‘lni yuvadi»
13.O, SANCTA SIMPLICITASt lot. [o, sankta simplisitas] —«O, naqadar soddalik!» — Chexiyadagi Reformasiyaning g‘oyaviy yetakchisi Yan Gus (1371-1415) inkvizisiya gulxanida yoqilayotgan paytda olovga shox-shabba tashlagan kampirni ko‘rib, shunday degan.
14.PER ASPERA AD ASTRA lot. [per aspera ad astra] — «mashaqqatlar osha yulduzlar sari» (Mehnat, mehnatning tagi rohat)
15.SE NON Ye VERO, Ye BEN TROVATO ital. [se non e vero, e ben trovato] — «garchi yolg‘on bo‘lsa-da, yaxshi o‘ylab topilgan»
16.SI VIS RASEM, PARA BELLUM lot. [si vis pasem, para bellum] — «Tinchlikni xohlasang, urushga tayyorlan».
17.TEMPORA MUTANTUR, ET NOS MUTAMUR IN ILLIS lot. [tempora mutantur et nos mutamur in illis) — «Zamonlar o‘zgaradi, unga qarab biz ham o‘zgaramiz»
18.TIMEO DANAOS ET DONA FERENTES lot. [timeo danaos et dona ferentes] -«Danay (yunon) lar sovg‘a bersalar ham, ulardan qo‘rqaman» (Rim shoiri Vergiliy.Mil. avv 70-19 yy).
19. VENI,VIDI,VICI lot. [ veni, vidi, visi] — «Keldim, ko‘rdim, yengdim» [Yuliy Syezarning Bospor shohi Farnak II (mil. avv. 63-47 yillarda shoh bo‘lgan) ustidan mil. avv. 47 yili erishgan g‘alabasi to‘g‘risida Senatga yozgan xabarnomasida shunday so‘zlar bo‘lgan]
20. VERBA VOLANT, SCRIPTA MANENT lot. [verba volant, skripta manent] — «so‘zlar uchib ketadi, yozilgan narsa qoladi»
Ulashing ? @AbduraufFitrat
? «Jadid» газетасининг 2024 йил 9 август кунги 33 (33)-сони
*Oxirgi 2-3 yilda jadidlarning ma’naviy-ma’rifiy faoliyatini o‘rganish siyosat darajasiga ko‘tarildi. Ilmiy doiralardan tortib ijtimoiy doiralargacha jadidlar haqida gapira boshladi. Hatto, ijtimoiy tarmoqlarda jadidlarning sahifalari ham paydo bo‘ldi. Milliy uyg‘onish masalalari kun tartibga chiqdi. Bu haqida juda ko‘p va xo‘p gapiryapmiz, ammo "Milliy uyg‘onish" nima o‘zi?
Milliy uyg‘onish bu shunchaki axloqiy qadriyatlarni qayta tiklash emas, balki Milliy uyg‘onish - uyg‘onish og‘riqlariga dosh berish demakdir. XX asrning birinchi choragida sodir bo‘lgan siyosiy-harbiy jarayonlar shu qadar murakkabki, yagona tizimga birlashtirilsa va umumiy manzaradan qaralsa bugun qahramon sifatida ko‘tarayotganlarimiz qahramonga aylanmay qolishi mumkin.
Bosmachilarni Vatan ozodligi yo‘lida kurashgan qahramonlar deb bilamiz, ammo bosmachilarning qay biri qaysi maqsad uchun kurashdi? Siyosiy shaxmat doskasida ularning yurish trayektoriyasi qay tomonga harakatlandi? Bolsheviklar bilan kimlar ittifoq tuzdi? Kim kimga pand berdi? Monarxistlar, respublikachilar, kommunistlar, demokratlar, dekabristlar, imperialistlar, ruhoniy xalifachilar kimlar edi-yu, bular nega bir-biri bilan kurashdi?
Mana shu og‘riqli savollarga javob berish va voqea hodisalar tizginini siyosiy shaxs-fuqaro sifatida o‘rganishga tayyormizmi? Menimcha biz achchiq haqiqatlarni qabul qilishdan ko‘ra, odatiy tashviqot materiallari bilan o‘zimizni "ezilgan millat, ezilgan xalq" sifatida ko‘rishni yaxshi ko‘ramiz.
Bunday qarash bizning ichki ambitsiyalarimizni bosadi. Biz mag‘lubiyatlarimiz uchun mas’uliyatni yelkaga olishdan qo‘rqib, mas’uliyatni boshqa bir xalqlar ustiga yuklashni xush ko‘ramiz. Milliy uyg‘onayotgan millat o‘z xato va kamchiliklariga o‘zi egalik qiladi. ©️ Burxonov LiteUlashing ?* @AbduraufFitrat
Turkiston ma'rifatchi jadidlarining axloqiy qarashlari
? 43K
Ulashing ? @AbduraufFitrat
Bu dunyo kurash maydonidir. Bu maydonning quroli sog‘lom jism-u tan, aql va axloqdir. Lekin ana shu qurol-aslahamiz sinib, zang bosib chirib ketgan. Shunday qurollar bilan bu dunyoda bizga na saodat va na rohat bor.
© Abdurauf Fitrat
Ulashing ? @AbduraufFitrat
KUN KO‘RISH
Chalpak yoqqan emas osmondan aslo,
Har kim nasibasin albatta yegan.
Odam bolalarin lafzida ammo,
Bitta ibora bor – kun ko‘rish degan.
Asli bu qismatga yo‘liqqan har kas
Orzu umididan ayrilgan demak.
Qayda bir luqmani ilg‘adimi, bas,
O‘sha tomonga u yugurgan beshak.
Kun ko‘rish degani o‘rtab dillarni,
Amallab yashashdan bir belgi, nishon.
Zabtiga olgay u hatto ellarni,
Ne-ne mardlarni ham aylagay yakson.
– Nega yolg‘on aytding, aldading nega,
Nega haqni yoqlab bermading turish?!
Deydi: – Sen haq deysan, jon kerak menga,
Kun ko‘rish kerakmi, axir, kun ko‘rish.
Kun ko‘rish yo‘lida yurarlar kuylab,
Kun ko‘rish dardida to‘karlar ko‘z yosh.
Agarda teranroq qarasang o‘ylab,
Jallod ham kun ko‘rish uchun olgay bosh.
Faqat kun ko‘rish deb qilingan ishdan,
Bahra toparmikan birorta banda.
Odam charchar bir kun bunday yumushdan,
O‘zini o‘ylar-ku hech bo‘lmaganda.
Ulug‘ orzularga etgandi da’vat
Fidoyi insonlar – benazir zotlar.
Nahotki, kun ko‘rish yo‘lida faqat
Yonib bitgan bo‘lsa o‘sha hayotlar.
Insof bera qolsin har kimga Egam,
Hayot ko‘zgusida turlanmoq nechun?!
Ehtimol, mana shu satrlarni ham,
Yozib turgandirman kun ko‘rish uchun.
Abdulla Oripov
Ulashing ? @AbduraufFitrat
Dunyo ulug‘larini ziyorat qilgani qabristonga borasanu, fikrlari bilan hamsuhbat bo‘lgani nechun kutubxonaga bormaysan?!
©️ Xayrulla Hamidov
Ulashing ? @AbduraufFitrat
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 5 days, 23 hours ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 1 month, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 5 months ago